[SHOHRUX MAMAJONOV], $$O‘ZBEKISTON XDP FARG‘ONA VILOYAT KENGASHI$$ RAISI O‘RINBOSARI:
Prezident har bir tashrifida muhim yangiliklarni boshlab beradi. Farg‘onada bu safar ham shunday bo‘ldi. Bu haqida biroz keyinroq.
Odamning biror joyi og‘risa, eng yaqin shifoxonaga shoshadi. Maqsad tezroq davo topish, og‘riqni kamaytirish yoki sog‘lig‘iga xavf solayotgan masalaning oldini olish, davolashdan iborat. Masofaning yaqinligi bilan birga, ko‘rsatiladigan xizmat sifati ham muhim sanaladi.
Keyingi yillarda tibbiyot tizimida sezilarli raqobat yuzaga keldi. Sifat o‘sdi. Xususan, Xalq demokratik partiyasining elektori hisoblangan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati viloyatimizda yilidan-yilga yaxshilanmoqda. Farg‘ona viloyatida 80 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar bor, ularning hammasi ham sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish uchun markazlarga borishga qodir emas.
Tibbiyotda xususiy sektorga imkoniyat berilganidan beri raqobat va sifat oshdi. Bugun $$Farg‘ona viloyati$$da bunday muassasalar 720 taga yetdi. Natijada nogironligi bo‘lgan shaxslar ham shunday zamonaviy tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shunday xususiy klinikalardan biri Farg‘ona shahridagi "Meridian" tibbiyot markazi bo‘lib, 2021 yil dekabrda foydalanishga topshirilgan. Klinika zamonaviy tashxis va davolash xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda. Buning uchun Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoydan zamonaviy uskunalar keltirilgan. Shifoxona 120 ta statsionar o‘rin, yiliga 2 mingta jarrohlik amaliyotini o‘tkazish quvvatiga ega.
E’tiborli, o‘tgan yili tibbiyot markazi huzurida universitet ham ochildi. Hozir 600 nafar talaba o‘qimoqda, ularga chet ellik o‘qituvchilar saboq beryapti. Talabalar tibbiyot markazida amaliyot o‘tadi.
Shu tariqa bu muassasa zamonaviy klinikalar, tashxis markazlari, laboratoriyalar va universitetni o‘zida birlashtirgan tibbiyot klasteriga aylandi. Davlat rahbarining markazga tashrifi uning faoliyatini yana-da jonlantirish, yangi loyihalar bilan tashabbus ko‘rsatishga undashi shubhasiz. Zеро, xususiy sektor rivojlanishi nafaqat sifatni yaxshilashga, yangi ish o‘rinlari yaratishga, balki korrupsiya holatlarining oldini olish, soha zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish hamda mulkdorlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.
Bu quvonarli holat. Lekin davlat tibbiyot muassasalari faoliyati bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazoratini tashkil etish zarurati katta. Deputatlarimiz hamjihat, hamfikr bo‘lib, sohaning ichiga chuqurroq kirishimiz kerak. Shu uchun tibbiyot tizimidan yaxshi xabardor deputatlar, faollar bilan muloqot tashkil qilib, rejamizni belgilab olishimiz zarur.
^^MASTURA SAYFIDDINOVA^^, "QUVA ANORI" AGROFARMASI RAHBARI, $$XALQ DEPUTATLARI$$ $$FARG‘ONA VILOYAT$$ KENGASHIDAGI $$O‘ZBEKISTON XDP$$ GURUHI A’ZOSI:
Davlatimiz rahbari o‘tkazgan yig‘ilishda o‘tirib nimani o‘yladim, bilasizmi? 24 soat ishlaydigan davrimiz kelganini tushundim. Klasterga mendan nima yordam kerak, deb so‘rayaptilar. Bu nimani ko‘rsatadi? O‘sha yerga qadallgan urug‘dan tayyor mahsulot qilib, jahon bozoriga olib chiqishni ko‘rsatadi. Biz uchun shuncha imkoniyatni kim yaratib beryapti? Davlatimiz rahbari, albatta.
Qishloq xo‘jaligidagi ekin maydonlaridan birgina bizning viloyatimizda 34 ming nafar yoshga hamda 11 ming nafar xotin-qizga 10 yillik shartnoma asosida 20 sotixdan yer ajratib berildi. Qarangki, ularning har biri bir necha marta ekin ekib, oila byudjetini yaxshiladi. Bu oqilona siyosatning birgina ko‘rinishi, xolos.
Juda ko‘p ota-onalar farzandlarini chetdan chaqirib olayapti. O‘g‘lim yoki qizim kel, yoshlar uchun katta e’tibor berilyapti, bag‘rimda bo‘lgin, deb ularni yurtga qaytarayapti. Bu shukronalik, hayotimizning tubdan o‘zgarishi, deb bilaman.
^^DILBAR MAMADJONOVA^^, $$OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI$$ DEPUTATI, $$O‘ZXDP FRAKTSIYASI$$ A’ZOSI:
$$Farg‘ona viloyati$$ barcha jabhalarda faol va tashabbuskor bo‘lishga intiladi. Birgina xizmat sohasida o‘tgan yilda 3,3 trillion so‘mlik 1 611 ta loyiha ishga tushdi. Hududiy korxonalar tomonidan 786,4 million dollarlik sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Bu galgi Prezidentimizning $$Farg‘ona$$ga tashrifi doirasida $$Qo‘shtepa tumani$$dagi $$"Global textile infinity" klasteri$$ning to‘qimachilik korxonasi ishga tushdi. Bu yerda paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to‘liq jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. 132 million yevro evaziga katta fabrika tashkil etilib, Shveytsariyaning "Rieter machine works" uskunalari o‘rnatildi. Mazkur korxonada 3 ming nafarga yaqin fuqaroning bandligi ta’minlanadi.
Ta’kidlash joiz, yaqin yillarda ham $$Qo‘shtepa tumani$$ qizil hududga kiritilib, iqtisodiy ko‘rsatkichlari past bo‘lgan edi, endilikda esa tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1 trillion so‘mdan oshdi. $$Quvasoy shahri$$dagi "Art soft ceramics" yirik ishlab chiqarish korxonasi yiliga qariyb 3 million kvadrat metr kermogranit mahsulotlar tayyorlash quvvatiga ega. Ayni paytda bu yerda 350 nafar odam mehnat qilmoqda. Mahalliylashtirish darajasi 100 foiz bo‘lganligi bois, tovarlar xorijnikidan ancha arzon narxlarda bozorga chiqmoqda.
Shuningdek, ularning 35 foizi Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, bir vaqtlar o‘zining chinni mahsulotlari bilan dunyoga dong taratgan $$Quvasoy shahri$$ning yangi istiqbolini belgilaydi.
Umuman olganda, viloyatning qaysi tumaniga bormang, o‘ziga xos ishlab chiqarish, hunarmandchilik yo‘nalishlari, sanoat rivojlanishi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, bog‘dorlik rivojlanganligiga guvoh bo‘lasiz. Misol uchun, $$Quva$$ o‘zining anorlari bilan dunyoga dong tarqatgan bo‘lsa, $$Oltariq tumani$$ shirinidan shakar uzumlari bilan mashhur. $$Ko‘hna Marg‘ilon$$da esa ipakchilik sanoati rivojlangan.
Vodiyning gavhari $$Marg‘ilon$$ qadimiy shahlardan biridir. $$Marg‘ilon$$da hunarmandchilik IX asrdan boshlab keng tarqalgan. $$Marg‘ilon$$ tarixda hunarmandlar shahri sifatida ham dong taratgan. Xitoyliklardan ipak yetishtirishni o‘zlashtirish va uni dunyoga yetkazish ham ana shu shahar tarixi bilan bog‘liq. Bu yerda tayyorlangan ipak matolar nafaqat yurtimizda, balki jahon bozorlarida ham nihoyatda e’zozlanadi.
Darvoqe, to‘qimachilik va ipak to‘qish sanoati dastgohlari ham ilk bor shu shaharda paydo bo‘lgan. Bu yerda hunarning biror turi yo‘qki, marg‘ilonliklar shug‘ullanishmagan bo‘lsin. Marg‘ilonlik hunarmandlar tayyor lagan, go‘zal, bejirimm, didingizga mos buyum-parini, matolarini ko‘raman desangiz, shahar ko‘chalari, bozorlaridagi rastalarni bir-bir aylaning. Ana shunda nihoyatda chiroyli, milliy an’analar asosida to‘kilgan adras, banoras, beqasam, atlas, shoyi, duxobalarning o‘nlab turlari ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Xalqimizning ijodkorligi, yaratuvchiligiga tan berasiz.
Marg‘ilon shahridagi "Oltin ipak karvon saroyi" turist markazi yangi inshootlardan biri. Bu maskan o‘zbek hunarmandchiligini jahoniga targ‘ib etish, sayyohlik salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega. Majmuaning birinchi qavatida gilamdo‘zlik, kashtachilik, nisgarlik kabi xalq hunarmandchiligi xonalari joylashgan.
Prezidentimiz mazkur turist markazda bo‘lib, u yerdagi hunarmandlarimizning mehnatiga yuqori baho berdi. Bugun farg‘onaliklar ulkan maqsadlar, ezgu niyatlar bilan mehnat qilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan tashrif doirasida belgilab berilgan vazifalar yangi imkoniyatlar eshigini ochilishiga, investitsiyalarning kirib kelishiga hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, aholining turmush darajasi oshishiga zamin yaratadi.
^^MAVLUDA JO‘RABOEVA^^, $$NAMANGAN VILOYATI$$ $$^^NODIRABEGIM^^ NOMIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI$$ DIREKTORI:
Allomalardan biri kitobga ta’rif berar ekan, uni zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasiga qiyoslaydi. Kitob har qanday zulmatni yoritish kuchiga ega bo‘lgan, aslida. Bunday xazinalar jamlangan manzil esa kutubxonadir.
Prezidentimizga viloyatimizga tashrifi chog‘ida Namangan shahrining $$Davlatobod tumani$$da joylashgan $$"Yangi O‘zbekiston yoshlar ziyo maskani$$" axborot-kutubxonani ham borib ko‘rdi. Ushbu kutubxona umumiy qiymati 24,4 milliard so‘mlik loyiha, 2021 yil foydalanishga topshirilgan. O‘shanda mazkur ziyo maskani 30 mingdan ortiq kitob fondiga ega edi. Bugungi kunda turli badiiy va ilmiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar soni 70 ming donaga yetdi. Mazkur zamonaviy kutubxonaning yana bir afzalligi jahondagi eng yirik hamda nufuzli elektron kutubxonalar tarmog‘iga ulangan.
To‘g‘risi, mana shular haqida gapirar ekanman, o‘tmiş yodimga tushadi. Har bir qishloqda "Yosh kitobxon" yoki "Yosh kitobxon oila" tanlovlari o‘tkazilayotgani va uning g‘oliblariga "Prezident sovg‘asi" berilayotgani butun mamlakat yoshlarini qo‘liga kitob olishga undadi. Har yili millionlab yoshlar kitob dunyosi bilan tanishmoqda. Bu juda katta motivatsiya aslida.
Keyinchalik esa ular yo‘qolib ketdi va kutubxonalar qog‘ozda ishladi, hisob-kitob uchun faoliyat yuritdi. Amalda esa e’tibordan chetda qolib, kitobxonlar uchun yetarli sharoit va imkoniyat yaratilmadi. Mavjud fondlar yangilanmadi, borlari ham boy berildi. Oxir-oqibat kutubxonalar aksari yopildi. Shunchaki yopilmadi, ilm maskanlari o‘rniga savdo do‘konlari ochildi yoki boshqa binolar qurildi. Bu achchiq haqiqatni katta yoshdagilar bugun yaxshi eslashadi.
Oxirgi yillarda Davlatimiz rahbari boshqa sohalar qatori kitobxonlikni rivojlantirish, ilgari yo‘qotilgan infratuzilmani tiklash masalasiga astoydil kirishdi va muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
"YOSH KITOBXON" YOKI "YOSH KITOBXON OILA" TANLOVLARI O‘TKAZILAYOTGANI VA UNING G‘OLIBLARIGA "PREZIDENT SOVG‘ASI" BERILAYOTGANI BUTUN MAMLAKAT YOSHLARINI QO‘LIGA KITOB OLISHGA UNDADI. HAR YILI MILLIONLAB YOSHLAR KITOB DUNYOSI BILAN TANISHMOQDA. BU JUDA KATTA MOTIVATSIYA ASLIDA.
Shu yo‘nalishdagi ishlardan anglash mumkinki, Prezidentimizning eng katta orzularidan biri bir vaqtlar boy berilgan kitobxonlik tuyg‘usini yana xalqga qaytarish edi. Bu ezgu maqsad asosida ulkan yaxshiliklar ko‘zlangan. Asosiysi, kitobga yaqinlik bor mamlakatda inson kapitali, to‘g‘ri dunyoqarash rivojlanadi. Yoshlarda to‘g‘ri dunyoqarash bo‘lishi juda muhim.
Prezidentimiz juda muhim topshiriq berdilar. Endi barcha tumanlarda yoshlarning har tomonlama kamol topishi uchun sharoiti mukammal shunday maskanlar vujudga keladi. Hozirgi kunda viloyatda 1055 ta har soha bilan bog‘liq kutubxona mavjud. Lekin axborot-kutubxona markazlarining o‘rni boshqacha. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan hokimlarimiz albatta, bu topshiriqlarni amalda bajarishlarini ko‘ramiz. Shuningdek, axborot-kutubxona markazlari xodimlarining oylik maoshi kamligi sababli kadrlar qo‘nimsizligi bor. Shu bilan birga, markaziy kutubxonalarga ko‘chma kutubxonalar uchun bibliobuslar kerak. Bu borada ham mas’ullarimiz qarab turmasligiga ishonaman. Xalqqa xizmat oliy himmatdir.