YAQIN QO‘SHNICHILIK HAMDA DO‘STLIK TAMOYILLARIGA ASOSLANGAN FAOL VA PRAGMATIK SIYOSAT. BU $$O‘ZBEKISTON$$NING TASHQI SIYOSATDA TANLAGAN YO‘LI BO‘LIB, SHU ORQALI MINTAQADA MAMLAKATLAR BILAN HAMKORLIK MUNOSABATLARI RIVOJLANISHIGA XIZMAT QILADI. AVVALO, ERISHILMOQCHI BO‘LGAN SAVDO-IQTISODIY, TRANSPORT-LOGISTIKA VA MADANIY-GUMANITAR SOHALARDAGI ADOLATLI ALOQALARDA JARAYONLAR O‘SISHLAR KUZATILMOQDA.
BUNDAN TASHQARI, GLOBAL EKOLOGIK MASALALAR, NEFT, GAZ VA BOSHQA QATOR YO‘NALISHLARDA ISTIQBOLLI KELISHUVLARGA ERISHILMOQDA. UMUMAN OLGANDA ESA MINTAQADA MUTLAQO YANGI ICHKI YONDASHUVDA SIYOSIY MUHIT YUZAGA KELDI.
Fikrimizning isboti sifatida kuni kecha bo‘lib o‘tgan $$Markaziy Osiyo$$ va $$Xitoy$$ davlat rahbarlari sammitini aytishimiz mumkin. Xitoy Xalq Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan videoanjuman hamkorlik munosabatlarini yana bir pog‘ona ko‘tarishga xizmat qiladi. Doimiy ravishda tashkil etib kelinayotgan uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad esa mintaqada xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanishni ta’minlashdan iboratdir.
Sammitda asosiy e’tibor iqtisodiy masalalarga qaratildi. Samarali hamkorlikni ta’minlash uchun nimaga e’tibor qaratish zarurligi va qaysi yo‘nalishlar istiqbolli bo‘lishi mumkinligi xususida mulohazalar bildirildi. Aytilishicha, mamlakatimizning tashqi iqtisodiy salohiyatini oshirish, siyosiy hamda gumanitar sohalarda taraqqiyotga xizmat qiluvchi kelishuvlarga erishishda bu kabi muloqotlarning ahamiyati katta. Shu ma’noda, bo‘lib o‘tgan sammit va uning kelgusida kutilayotgan natijalari siyosatshunoslar, olimlar, xalqaro hamjamiyat tomonidan muhokamalar hamda qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. $$O‘zbekiston XDP faollari$$ va deputatlar ham bu borada o‘z fikrlarini bildirayapti.
^^DILORON IMOMOVA^^, $$OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI$$ DEPUTATI:
Bugun dunyo to‘rtinchi sanoat inqilobiga shiddat bilan o‘tishi bilan bir vaqtda tahlikalar ham ortmoqda. Biz ham shiddat bilan rivojlanish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solishimiz va bu jarayonlarga munosib tayyorlanishimiz kerak. Shunday sharoitda nafaqat mamlakat iqtisodini, balki butun mintaqa iqtisodini o‘ylagan Prezidentimiz onlayn sammitda katta tashabbuslar bilan chiqdi. Chunki bizning $$Markaziy Osiyo$$dagi o‘rnimiz beqiyosdir. Bunga inkor qilinmaydigan sabablarni keltirish mumkin. Masalan, $$Markaziy Osiyo$$ning barcha davlatlari bilan umumiy chegara mavjud, yagona davlat ekanligimiz va jahonning biror-bir yirik kuch markazlari bilan umumiy chegaramiz yo‘qligi katta yutuqdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri dengizga chiqolmaydigan jahonidagi ikkita davlatdan biri ekanimiz esa dengiz yo‘li orqali savdo qilish imkoniyatimizni cheklaydi. Shu bois davlatimiz rahbari $$Xitoy$$-$$Qirg‘iziston$$-$$O‘zbekiston$$ transport koridori loyihasini shu yildan kechiktirmasdan boshlashni taklif etdi. Bu loyiha bundan qariyb 25 yil oldin ishlab chiqilgan, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra amalga oshmay qolgan edi. Loyiha ishga tushsa, $$Xitoy$$-$$Qirg‘iziston$$-$$O‘zbekiston$$ o‘rtasidagi tovar oqimini harakatlantiradigan asosiy "qon tomir" vazifasini o‘taydi. Agar $$Xitoy$$ $$Markaziy Osiyo$$ning asosiy eng yirik savdo hamkori hisoblanishini inobatga olinsa, masalaning mohiyati yanada ortadi.
Yana bir jihati, bugun raqamli texnologiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. $$Xitoy$$ bu sohada ham yaxshi tajribaga ega. Demak, raqamli iqtisodiyot va savdoni rivojlantirish, elektron hukumat, blokcheyn hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish sohasidagi manfaatli sheriklikni rivojlantirish ham kun tartibida. Shu maqsadda IT parklar negizida qo‘shma "Intellektual Ipak yo‘li" platformasini yaratish taklifi kiritildi.
Umuman olganda, Xitoy tajribasidan oqilona foydalanib, qaysi soha tadbiq etilsa ham xalqimiz uchun katta yutuq bo‘ladi. Qaysi davlat bilan qanday hamkorlik qilishdan qat’i nazar, bu albatta milliy manfaatlarimizdan kelib chiqishi kerak, deb o‘ylayman.
[ABROR QURBONOV], $$O‘ZBEKISTON XDP MARKAZIY KENGASHI$$ BO‘LIM BOSHLIG‘I:
Qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro savdo-sotiq rivojlanishi mintaqaning investitsion jozibadorligi oshishiga zamin yaratmoqda. Tarixdan ma’lumki, $$O‘zbekiston$$ va $$Xitoy$$ davlatlarining o‘zaro do‘stona munosabatlari ming yillikka borib taqaladi. Ikki xalq bir-biri bilan o‘zaro savdo-sotiq, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi hamkorlik aloqalarida hamohanglikni ko‘rishimiz mumkin. Birgina $$"Buyuk Ipak yo‘li"$$ tarixdan ikki millat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Xalqaro va mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik masalalari $$Markaziy Osiyo$$, jumladan, dengiz portlariga bevosita olib chiquvchi yo‘lga ega bo‘lmagan mamlakatimiz uchun dolzarb sanaladi. Shu boisdan $$O‘zbekiston$$ "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlatimiz rahbari hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarni e’tirof etar ekan, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni yanada rivojlantirish maqsadida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, savdo va investitsion hamkorlikni kengaytirish masalasiga alohida urg‘u berildi. Buning sababi, savdo va investitsion hamkorlik rivoji davlatlar uchun muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, o‘tgan davr mobaynidagi faoliyatga nazar soladigan bo‘lsak, birgalikdagi sa’y-harakatlar $$O‘zbekiston$$ning $$Xitoy$$ bilan tovar ayirboshlashi 30 yilda 140 karra ko‘payishiga turtki bo‘ldi. $$Xitoy$$ning iqtisodiyotimizga investitsiyalari hajmi 2017 yildan buyon besh barobar ortdi.
Davlatimiz rahbarining to‘siq-parsiya savdoni ta’minlash hamda sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishning umumiy makonini shakllantirishga qaratilgan yangi $$"Xitoy-Markaziy Osiyo$$ iqtisodiy muloqot strategiyasini ishlab chiqish" tashabbusi bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shuni aytish kerakki, so‘nggi bir necha yil ichida Xitoy mamlakatimiz iqtisodiyotining eng yirik sarmoyadorlaridan biriga aylandi. Statistika ma’lumotlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, yuritimizda bugunga kelib, Xitoy kapitali ishtirokidagi 1900 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi to‘rt yil ichida o‘zlashtirilgan Xitoy sarmoyasi 6,47 milliard dollardan oshdi.
Shu boisdan, Prezidentimiz Xitoyni "global fabrika", "global bozor", deb atadi. Bugun mamlakatimiz $$Markaziy Osiyo$$ davlatlari va Xitoy iqtisodiyotining bir-birini to‘ldiruvchi ustunliklarini hisobga olgan holda, ushbu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishdan manfaatdor.
[ANVAR TEMIROV], $$OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI$$ DEPUTATI:
Tashqi davlatlar bilan logistika tarmog‘ini rivojlantirish muhim masala hisoblanadi. Bu borada ham Prezidentimiz dolzarb taklifni ilgari surdi. Xususan, $$"Xitoy-Markaziy Osiyo$$ yo‘nalishida uzluksiz yuk oqimini ta’minlash va transmintaqaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish uchun yechim ishlab chiqish lozim. Chunki transport infratuzilmasi nafaqat mamlakat ichida, balki tashqi faoliyatda savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojida alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuk oqimining uzluksizligini ta’minlash va transmintaqaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish zarur. Bunda $$"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston"$$ temir yo‘lini barpo etish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish kun tartibiga olib chiqildi. Ma’lumki, $$"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston"$$ temir yo‘li yangi "Buyuk Ipak yo‘li" rejasining muhim qismi hisoblanadi. Bu yo‘l Xitoyning Xinjiang provinsiyasidagi qashg‘arni $$Qirg‘izistonning Qorasuvi$$ orqali $$O‘zbekistonning Andijon viloyati$$ga tutashtiradi. Bu loyiha $$O‘zbekiston$$ga savdo hamkorlarini ko‘paytirishga yordam beradi.
Bu nima uchun dolzarb? Nega deganda, bugungi kunda $$"Buyuk Ipak yo‘li"$$ bo‘yicha joylashgan davlatlarda qariyb 3 milliard aholi istiqomat qiladi. Shu hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu iqtisodiy maydon katta ko‘lamga ega. $$O‘zbekiston$$ uchun bu juda muhim bo‘lib, shu orqali xalqaro savdoda yanada ko‘proq ulushga erishish mumkin. Bundan tashqari, $$Toshkent Markaziy Osiyo$$ning yirik logistika markaziga aylanadi.
Bir so‘z bilan aytganda, $$Xitoy$$ va $$Markaziy Osiyo$$ davlatlarining hamkorligi mintaqada iqtisodiy-ijtimoiy faollikni oshirishga, yangi imkoniyatlar eshiklarini ochilishiga xizmat qiladi.