🔍

Article

SOLIQDAGI O‘ZGARISHLAR: KIM HAQ?

By Toshtemir XUDOYQULOV, "O‘zbekiston ovozi" muxbiri • in 2022

2021 dekabr oyı yakunlanaotganda "Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. O‘zgartishlarga ko‘ra, 2022 yilda yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirildi. Shu bilan birga, mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi bu obyektlarga 1 kvadrat metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi bo‘yicha yangi tartib ham kiritildi. Bu ko‘rsatkich $$Toshkent shahri$$da 2,5 million so‘m, $$Nukus$$ va viloyat markazlarida 1,5 million so‘m hamda boshqa shaharlar va qishloq joylarda 1 million so‘m etib belgilangan edi. Ushbu holat va boshqa yangiliklar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i miqdorining oshib ketgani, natijada, ayniqsa, kichik biznes zarar ko‘rishi borasida ko‘plab fikr-mulohazalar bildirildi. Dushanba kuni $$Davlat soliq qo‘mitasi$$ raisi [Sherzod Qudbiev] soliq ma’murchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi.

Bu anjumanni o‘tkazishdan maqsadimiz, aholiga soliq ma’murchiligida bo‘lgan o‘zgarishlarni ommaviy axborot vositalari orqali baholi qudrat yana bir bor tushuntirishdir, deb gap boshladi qo‘mita raisi. Bunday deyishimning boisi, xuddi shu zalda mamlakatimizda o‘z o‘rni va nufuziga ega tadbirkorlar hamda yirik sanoat korxonalari hamda idoralarining buxgalterlari bilan uchrashib ma’murchilikdagi o‘zgarishlar, ya’ni e-ijaga va e-aktiv avtomatlashtirilgan axborot tizimi haqida ma’lumot bergan edik.

Shuningdek, ushbu avtomatlashtirilgan axborot tizimi soliq to‘lovchilarga murakkablik emas, balki qulaylik yaratayotganini misollar orqali ko‘rsatib o‘tdik. Misol uchun, e-ijaga tizimi orqali tadbirkorlarimizni qonunchilikka rioya qilgan holda mol-mulklarini real bozor bahosida baholayapti-mi-yo‘qmi, shuni kuzatish imkoniyati yaratildi.

Misol uchun, bitta hududda bir-biriga o‘xshash subyektlarni topishga harakat qildik. Jizzax shahrida 861 kvadrat metr maydonga ega mulkning qiymati 1,99 million so‘m ko‘rsatilgan. Huddi shunday $$Jizzax shahri$$da, yuqoridagi binodan ko‘rinishi xunukroq bo‘lgan 880 metr kvadrat maydonga ega mulkning qiymati esa 1,7 milliard so‘m. Ikkalasi ham tadbirkor. Qaysi tadbirkorning manfaatini himoya qilishimiz kerak? Yuqoridagi misolda birinchi tadbirkor 2021 yilda 39,8 ming so‘m soliq to‘ladi. Ikkinchisi esa 2 foizlik stavkada 34,52 million so‘m soliq to‘ladi. Shu sababli, Moliya vazirligi taklifiga ko‘ra, mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5 foizgacha pasaytirildi. Chunki halol ishlagan tadbirkorga soliq yukini kamayishi kerak. Shu sababli yuqoridagi ikkinchi tadbirkor 2021 yilda 8 million so‘m kamroq soliq to‘ladi. Lekin mulkini to‘g‘ri baholamagan tadbirkorga albatta soliq yuk oshyapti. Bu to‘g‘ri. Chunki minimal qiymat kiritilmoqda.

Shuningdek, yana bir misolni, ya’ni $$Toshkent shahri$$dagi holatni aytmoqchi edim. $$Toshkent$$da maydoni 40 kvadrat metr bo‘lgan do‘kon 2 million so‘mga baholangan. Undan uzoq bo‘lmagan joydagi maydoni 31 kvadrat metr bo‘lgan mulk esa 168 million so‘mga. Poytaxtda 40 kvadrat metr joyning 2 million turishiga ishonadimi kimdir? Bu tadbirkor shu 2 million hisobida soliq to‘lashi kerak. Shunday ekan, bu do‘kondan unchalik uzoqda joylashmagan 31 kvadrat metr mulk 168 million so‘mga baholangan. Buning aybi davlat chiqarilgan qonunchilikka amal qilganimi? Bir so‘z bilan aytganda, ushbu tizim tadbirkorlarni halol ishlashiga ko‘maklik vazifasini bajaradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tartiblar joriy etilganidan so‘ng 21 mingdan ortiq subyektlarda mol-mulk solig‘i kamaymoqda. 40 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektida esa ko‘paymoqda. 7 ming subyektda o‘zgarmasdan qolmoqda. 5 ming soliq to‘lovchisi mulkini "nol" ko‘rsatib kelmoqda.

O‘rni kelganda yana shuni aytish mumkin-ki, ayrim viloyatlarda soliq yuki bir necha baravar oshib ketayapti, deb vaj keltirishmoqda. Bizdagi prognozga ko‘ra, 2022 yilda soliq tushumlari 2021 yilga nisbatan 33 foizga oshishi reja qilindi (2,1 trillion so‘m miqdorida). Endi oldingi yilga qarasak, 2021 yilda 2020 yilga nisbatan soliqdan tushumlar 30 foizga oshirilgan.

Endi eaktiv platformasi nega joriy qilinayotgani haqida ham qisman to‘xtalib o‘tsam.

Korxonalardagi mahsulotlar harakatini kuzatib borish va qora sxemalarga qarshi kurashish uchun e-aktiv platformasi joriy qilindi. Ushbu platforma joriy qilinishidan asosiy maqsad mahsulotlar harakatini kuzatib borish. Masalan, ruchka sotib olib, suv sotish mumkin emas. Mana shu holatlarning oldini olish uchun ham e-aktiv qilinyapti. Agar siz pechenye ishlab chiqarsangiz va uni sotsa, biz bunga aralashayotganimiz yo‘q. Birorta tadbirkorlar subyekti ayta olmaydi-ki, shu platforma sabab ishlab chiqarish to‘xtab qoldi, deb. 24 ta eng yirik soliq to‘lovchilar to‘liq e-aktivni integratsiya qilib bo‘ldi. Aynan mana shu tizimlar orqali qora sxemalarga qarshilayapmiz.

Shundan so‘ng, jurnalistlarni qiziqtirgan boshqa ko‘plab savollariga qo‘mita raisi javob bera boshladi.

Anjumanda Artel, $$"O‘zbekiston temir yo‘llari"$$ va $$Uzbekistan Airways$$ kabi yirik kompaniyalarga soliq imtiyozlari berilgani natijasida davlat byudjetiga tushmayotgan mablag‘lar kimning elkasiga tushayotganini, ular nega mol-mulk solig‘idan ozod qilinganini va ularning balansida qancha mol-mulk borligi haqida savol berildi.

Oxirgi savolga javob bermayman: balansida qancha mol-mulk borligi soliq siri bo‘ladi. Buni bilmayman ham, bilganimda ham javob bermasdim.

Kimning elkasiga tushyapti, deganda savol noto‘g‘ri qo‘yilmoqda. Hech kimning elkasiga tushgani yo‘q. Davlat fiskal va moliya siyosati doirasida qaysidir sohalarni rivojlantirish uchun soliq imtiyozlarini beradi. Agar biz o‘sha soliq imtiyozlarini yashirib, e’lon qilmaganimizda, Soliq qo‘mitasiga aybdor sifatida qarashingiz mumkin edi. Biz hammasini ochiqchasiga e’lon qilayapmiz, dedi u.

Qo‘mita raisi yana so‘zini davom ettirgan holda $$Anhor.uz sayti$$da e’lon qilingan "2022 yildagi soliqlar haqida" nomli tanqidiy maqoladagi qator vajlarni inkor qildi va gapida davom etdi.

Mayli, soliqchi bo‘lmagandan keyin… Faqatgina iltimos qilardik, kelgusida agar so‘rasangizlar o‘zimiz axborotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri beramiz. Birinchidan, kimga soliq imtiyozi berilgan bo‘lsa, hammasini e’lon qilib borayapmiz.

Ikkinchidan, $$Moliya vazirligi$$ning barcha tuzilmalariidagi xodimlar jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod qilinganini qayd etgan, unday emas. Soliq kodeksida belgilanganidek, oxirgi ikki yildan beri hatto huquq-tartibot idoralari ham daromad solig‘i to‘layapti, kim qancha daromad soliq to‘lganligi haqida aniq raqamlar bor.

Uchinchidan, yakuniy bo‘lmagan hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yilda 1 trillion 190 milliard so‘mlik tovar aylanmasi qayd etilgan, shundan 17 foizi nol darajada, 13 foizi esa imtiyozli tovar aylanmalaridir. Umumiy, soliqka tortiladigan aylana 833 trillion so‘mni tashkil qilgan, shundan 125 trillion QQS hisoblangan, 105 trillion "zachet"ga hisoblangan. Soliq imtiyozlari ham bir muammo bo‘lishi mumkin, ammo biz uchun eng asosiy muammoimiz adolatli hisobot berilishini ta’minlashdir, dedi rais. Shuningdek, qo‘shimcha qilib mol-mulk solig‘idan hech kim ozod bo‘lmasligini aytdi.

Keyingi masala mol-mulk solig‘idan ozod qilinganlar haqida. Aniq ayta olaman-ki, $$O‘zbekiston$$da hech kim mol-mulk va yer solig‘idan ozod bo‘lib qolmaydi. Ozod bo‘lganlar ham, belgilanganidek, 1 foizlik to‘lovlarni to‘ladi, dedi Sh.Qudbiev.

Mol-mulk solig‘i oshirilishi mahsulotlarning narxi ko‘tarilishiga ta’sir qilmaydi?

$$O‘zbekiston$$da mol-mulk solig‘i oshirilishi halol ishlab kelayotgan tadbirkorlarga foyda beradi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsam, aksariyat kichik korxonalar yillar davomida mol-mulkini qayta baholamay kelganligi natijasida ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati “past” yoki “nol” bo‘lganligi, shu bois, minimal qiymat asosida soliq hisoblanganda ushbu obyektlar uchun soliq yuki ortishi kuzatilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, mol-mulk solig‘ining 2 foizdan 1,5 foizga tushirilishi halol ishlab kelgan tadbirkorlar manfaatiga xizmat qiladi va narxlarga umuman ta’sir qilmaydi. Ushbu matbuot anjumanidan shunday xulosaga kelish mumkinki, bu o‘zgarishlar soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratmoqda, deb qo‘mita raisi misollar bilan tushuntirib berdi. Ammo, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari, ayrim mutaxassislar, ya’ni, buxgalterlar bunday fikrlarni inkor etmoqda…

$$"Facebook"$$da $$"Uzreport" telekanali$$ orqali namoyish etilgan matbuot anjumanini kuzatgan foydalanuvchilar quyidagicha izohlar qoldirgan:

[Jasurbek Sultonov]:

Jurnalistlar yaxshi niyatda bo‘lganini bilamiz. Tadbir ssenariy bo‘yicha olib borildi. Soliq qo‘mitasi mard bo‘lsa, katta korxonalar yoki jurnalistlar bilan emas, balki kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashsin.

^^Ilmira Shamsutdinova^^:

Yangi tizim bo‘yicha mol-mulk solig‘im 4 baravar ko‘paydi. Qanaqa qilib narhga ta’sir qilmasin? O‘tgan yilda 15 million to‘laydigan solig‘imni edik-da, ya’ni hozirgi yangi tizim bo‘yicha hisoblasam, 67 million bo‘lyapti. Farqni ko‘ryapsizlarmi?..

^^Nilufar Usmonova^^:

Agar soliq to‘lovchilar qonun doirasida vijdonan soliq to‘lasa, hech qanaqa muammo bo‘lmaydi.

^^Shahnoza Soatova^^, bloger:

Ushbu matbuot anjumanida DSQ o‘z oldiga qo‘ygan vazifasini bajara olmagan. Bugungi matbuot anjumanini maqsadli auditoriya bilan muloqot, deb bo‘lmaydi. YouTube’da jonli uzatuv payti aynan shu soliqlar boshiga tushgan tadbirkorlar sharhlarda yozib qoldirgan savollarga javob berish kerak. Tadbirkorlar, iqtisodchilar bilan muloqot qilish kerak. Soliq sxemalarini hamma jurnalistlar ham tushunib, zarur savolni bera olmasligi mumkin. Shunga asosiy masala qolib… deb boshlanuvchi tanalarga ham qo‘shilmayman. Chunki tadbirda asosiy masala haqida kam gapirildi, tadbirkorlarning Soliq Kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi noroziliklari fokusda turmadi, leitmotiv bo‘lmadi. Boshqattan boshqa muloqot kerak, maqsadli auditoriya bilan.

Fakt va vaziyat shunda-ki, vazirlik, qo‘mita va tashkilotlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligi sari dadil qadam tashlanyapti, bu yaxshi, albatta. Muhimi, muloqot bor, tushunish keyinroq ro‘y berishi kerak. Buning ustiga pensiya yoki soliq sohasidagi yangiliklar hech qachon hech qaysi davlatda oson kechmagan. Soliq sohasidagi e’tirozli fikrlar ham birdan qizidi. Buning nimaligini anglagan yoki anglamagan ham fikr bildirmoqda. Muammoli vaziyatlar vujudga kelmasligi uchun qo‘mita bir yil, yo bo‘lmasa 6 oy oldin aholiya tushuntirib borganida, bu qadar e’tirozlar ko‘p bo‘lmagan bo‘lar edi, ehtimol. Soliq qo‘mitasi keltirgan misollarga qarasang, ularning ham gapida jon bor. Nima uchun cho‘ntagini o‘ylagan "tadbirkor"ning yonini olish kerak. Halol tadbirkorlar ko‘payishi tarafdorimiz.

Xullas, muammoli vaziyat hali ochiq. Kutamiz va kuzatamiz. Yurish yana Soliq qo‘mitasidan…

Total words

1,328

Unique words

791

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

14

TTR

0.596

Hapax

570

Distribution

Top frequency chart

Dataset