🔍

Article

BUYUK ISTAK

By Gulrukh ODASHBOEVA, "O‘zbekiston ovozi" muhbiri • in 2022

KASB-HUNARLI, ISHLI ODAMNING DAROMADI TAYIN, RO‘ZG‘ORI BUT, OILASI XOTIRJAM. AMMO HAMMANING HAM BUNGA IMKONIYATI YO‘Q, NOGIRONLIGI BOR SHAXSLAR SHUNDAY MEHNAT QILISHNI ISTAYDI, AMMO ULARGA HAR DOIM HAM ISH BERISHNI ISTASHMAYDI. NEGADIR TADBIRKORLAR, KORXONA EGALARI BUNDAY XODIMLARDAN QOCHISHADI. SHU BOIS ORAMIZDA, ATROFIMIZDA ISH IZLAB YURGAN, KO‘PLAB KORXONA-TASHKILOTLARGA MUROJAAT QILIB OVORA BO‘LIB YURGAN BU KABI ODAMLAR TALAYGINA.

$$Vazirlar Mahkamasi$$ning "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida"gi qaror loyihasida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravari miqdorida subsidya berilishi belgilangan.

Bundan albatta, $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ elektorati bo‘lgan nogironligi bor shaxslar ham, tadbirkorlar ham manfaat ko‘radi. Bu aholi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash imkonini beradi.

[DILSHODBEK MAMADALIEV], QO’RG’ONTEPA TUMAN KO’ZI OJIZLAR JAMIYATIGA QARASHLI MADANIYAT MARKAZI TO’GARAK RAHBARI:
Ancha yillardan buyon bolalarga qo‘shiqchilikni o‘rgataman. Ertalab ayolim ishga kuzatib qo‘yadi. O'zi ham bolalar bog‘chasida faoliyat yuritadi. Ikkimiz birgalikda ro‘zg‘or tebratamiz, qizimizni tarbiya qilamiz. Ko‘zlarim ko‘rmasa-da, bolalarni qalban his qilaman. Ularga nafaqat qo‘shiq aytishni, balki hayotni sevmishni, qadrlashni o‘rgataman. Bolalarning beghubor ovozlari bilan o‘zimning hayotimga ham mazmun, yorug‘lik kirgandek bo‘ladi. Har tong uyg‘onib ishga otlanar ekanman, meni kutayotgan jajji qalblarga kerakligimga shukr qilaman.

Ba’zan nogironligi bor shaxslar ish topishga qiynalishadi. Ishlashga layoqati bo‘lsa-da, ko‘pchilik korxona va tashkilotlar ularni ishga olishni istashmaydi. Bu esa ularning jamiyatdan ajralib qolishlari, hayotda bemaqsad va boqimanda kayfiyat bilan yashashlariga sabab bo‘ladi. Men istardimki, nogironligi bor shaxslar ham jamiyatning boshqa a’zolari kabi o‘zlariga munosib ish topib faoliyat yuritsa, oila a’zolariga nafi tegsa…

Nogironligi bor fuqarolarni ishga olgan tadbirkorlarga subsidya berish haqida masalani o‘z ichiga olgan qaror loyihasidagi takliflarning hayotga tatbiq etilishi mana shu imkoniyatni yanada kengaytiradi, deb o‘ylayman. Negaki, to‘g‘risini aytsak, bizga o‘xshagan imkoniyati cheklangan fuqarolar ko‘pincha o‘zimizga tegishli jamiyatlar, markazlarda ishlaymiz va o‘z-o‘zidan ma’lumki, bunday joylarda ish o‘rinlari cheklangan. Agar xususiy tashkilotlar, ishlab chiqarish korxonalariga bunday kishilarni ishga olganlari uchun rag‘bat berilsa, ham ularga, kam bizga ayni muddao bo‘ladi.

TADBIRKORLARGA SUBSIDYA AJRATILISHI ULARNING ISH FAOLIYATINI BIROZ BO‘LSA-DA KENGAYTIRIB OLISHGA, ISH TOPISHDA QIYNALAYOTGAN FUQAROLARGA E’TIBOR QARATISHLARIGA YANA BIR TURTKI BO‘LADI. FAQAT BIR NARSANI INOBATGA OLISH KERAK. AVVALO ISH BERUVCHIDA ULARGA MUNOSIB ISH BO‘LISHI KERAK. VA, ALBATTA, SHART-SHAROIT.

[AZIZBEK AKHATOV], [NAVOIY] VILOYATI:
O‘tgan yil fevral oyidan Navoiy shahridagi muzlatgich ishlab chiqarish xususiy korxonasida ish boshladim. Vazifam mahsulotlarni qadoqlashdan iborat. Ishimni yaxshi ko‘raman. Sidiqilidan ishlashga harakat qilaman. Jamoadoshlarim juda ahil, mehribon. Ishga bora olmagan kunlarim hol-ahvol so‘rab qo‘ng‘iroq qilishadi. 2021 yilda nafaqat ish joyimga ega bo‘ldim, balki kichik vatanli ham bo‘ldim. Prezidentimiz qarori bilan Mehribonlik uyi bitiruvchilariga uy ajratildi. Menga ham shulardan biri nasib etdi.

O‘zimni yaxshi insonlar safiga qo‘shaman, deb ayta olaman. To‘g‘ri, bizning hayot qaysidir jismoniy imkoniyatdan cheklangandir. Lekin ishlash imkoniyatiga, birovning qo‘liga qaramasdan oilamni boqishga qurbim yetganiga shukr qilaman. Korxonamiz rahbaridan ham minnatdorman. Menga ishons bildirib vazifa topshirgani, shu yerda rizqimni topib maosh olib, oila boqayotganimdan xursandman. Men kabi yoshlar, ishlashni xohlovchilarga tadbirkorlar, korxona egalari ko‘p-ko‘p ish berishlarini istayman. Chunki ularning ham oilalari bor, ular ham jamiyatning teng huquqli fuqarolari. Qaror loyihasidan xabar topganimda birinchi galda shu fikrlar xayolimdan o‘tdi. Uning amalda qo‘llanilishi albatta, mening ana shu istaklarimni ro‘yobga chiqaradi, deb o‘ylayman. Kelgusida o‘z ishimni ochib, tadbirkorlik faoliyatimni yo‘lga qo‘yib, mana shunday imkoniyatlardan foydalangan holda nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissamni qo‘shaman.

^^SALOMAT KAMILOVA^^, $$XALQ DEPUTATLARI QARSHI SHAHAR KENGASHI$$ DEPUTATI, "QARSHIMEBEL" MCHJ RAHBARI:
50 yildan tadbirkorlik shu sohada faoliyat yuritaman. Dastlab 19 nafar ishchi faoliyat boshlagan Fabrikamizda bugungi kunga kelib 50 nafar ishchi-xizmatchi va mutaxassis ishlab kelmoqda. "Qarshimebel" MCHJ korxona sifatida Qashqadaryo viloyatida mebelsozlik sanoatiga asos solingan dastlabki ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, tashkilot va ofislar, sog‘liqni saqlash tizimi, o‘quv maskanlari, maktabgacha ta’lim muassasalarini sifatli hamda zamonaviy mebellar bilan ta’minlab kelmoqda.

Faoliyatim davomida ko‘plab nogironligi bor shaxslarni ishga olganman. Ularga sharoit qilib berishga, imkoniyatlariga yarasha ish berishga harakat qilaman. Boisi ularni ishga olishning o‘zi katta bir javobgarlik, mas’uliyat. Nogironligi bor shaxslarni ishga olgan tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishi juda yaxshi, ayni paytda muhim. Ularni ham tushunish kerak. Ularga erkin ishlay oladigan, vazifasini puxta uddalaydigan xodimlar zarur. Albatta, nogironligi bor shaxslar ham imkon qadar kurashishadi, intilishadi. Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishi ularning ish faoliyatini biroz bo‘lsa-da kengaytirib olishga, ish topishda qiynalayotgan fuqarolarga e’tibor qaratishlariga yana bir turtki bo‘ladi. Faqat bir narsani inobatga olish kerak. Avvalo ish beruvchida ularga munosib ish bo‘lishi kerak. Va, albatta, shart-sharoit. Ayirmalari aravachada, ayrimlarining ko‘zi ojiz, birisi beng qo‘llarida muammo bo‘lsa, boshqalari laqobla layoqatidan bebahra. Tadbirkor esa shularni inobatga olgan holda ish taqsimlashi, korxonadagi sharoitlarni ularga moslashtirishi kerak bo‘ladi.

Menga ko‘proq Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ish so‘rab murojaat qilishadi. Qo‘limdan kelgancha ularga yordam berishga harakat qilaman. Ota-ona sizlar, yordamga muhtojlarga ko‘maklashish aslida har birimizning vazifamiz, xalqimizga xos fazilat.

O‘ZIMNI YAXSHI INSONLAR SAFIGA QO‘SHAMAN, DEB AYTA OLAMAN. TO‘G‘RI, BIZNING HAYOT QAYSIDIR JISMONIY IMKONIYATDAN CHEKLANGANDIR. LEKIN ISHLASH IMKONIYATIGA, BIROVNING QO‘LIGA QARAMASDAN OILAMNI BOQISHGA QURBIM YETGANIGA SHUKR QILAMAN. KORXONAMIZ RAHBARIDAN HAM MINNATDORMAN.

^^KOMUNA SHERMATOVA^^, $$XALQ DEPUTATLARI CHINOZ TUMAN KENGASHI$$ DEPUTATI, $$"MUMTAZBEGIM" O‘QUV MARKAZI$$ RAHBARI:
Har bir inson ishlasam, daromad topsam, ro‘zg‘orimni butlasam, deydi. Sog‘lom insonlar-ku harakat qilsa, intilsa bunga erishadi. Ammo nogironligi bor shaxslarida bu jarayon biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Tadbirkor, ish beruvchilarning hammasi ham ularni ishga olishga xohish bildiraver maydi. Sababi ularga ish unumdorligini oshiradigan, ko‘proq daromad keltiradigan xodimlar kerak, albatta. Nogironligi bor shaxslarga esa bu borada ishontirisholmaydi. Biz ularga imkon berishimiz kerak. Axir nogironligi bor shaxslarning ham mehnat qilishga, ishlashga haqlari, huquqlari bor.

O‘zim ularga qanday yordam qila olaman? O‘quv markazimizda biz ularni bepul o‘qitamiz. O‘zim mahalla-mahalla, uyma-uy yurib, ishlashga, o‘qishga xohlovi bor, ammo imkoniyati yo‘q bo‘lganlarni ro‘yxatga olaman. Yolg‘iz onalar, nogironligi bor xotin-qizlarni o‘quv markazimizga jalb qilgan holda ularga kasb-hunar o‘rgatamiz, mustaqil ish qilishni xohlovchilarga kredit olishlariga ko‘maklashamiz. Yaqinda tikuvchilik yo‘nalishida kursni tamomlagan "Eshonobod mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi ^^Husniyabonu Normatova^^ga o‘quv markazimiz tomonidan diplom hamda sovg‘a-salomlar berildi.

O‘quv markazimda ^^Sayyora^^ isimli yolg‘iz ona ham ishlaydi. U nogironlik nafaqasi olmaydi, tortinadi, uyaladi. Ammo o‘z ishining ustasi. O‘quvchilarga sartaroshlikdan saboq beradi, bu kasbning sir-asrorini o‘rgatadi. Jamiyatimizda, atrofimizda bunday insonlar juda ko‘p. Ammo biz ularga e’tibor qilmaymiz, ishonmaymiz. Birgina imkoniyat, qo‘llab-quvvatlash ularga katta sovga bo‘lishini unutmasligimiz lozim. Vazirlar Mahkamasining nogironligi bor shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga imtiyoz berilishi haqidagi qaror loyihasi ana shu maqsadlarni mujassam etganligi bilan e’tiborimni tortdi. Albatta, bu men uchun ham foydali, buni hushxabar, va o‘z navbatida yana bir mas’uliyat sifatida qabul qildim. Har bir nogironligi bor xodim uchun 6 oy davomida beriladigan subsidya albatta, bizga ham katta ko‘mak va rag‘bat.

Men yana tuman xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari hamman. Markaz o‘z navbati da xotin-qizlarga ko‘maklashadi, ularni kasb-hunar ga o‘qitadi. Biz kimnidir hayotini izga solishdan, ularni yaxshi turmush sari qadam tashlashlariga yordam berishdan mamnunmiz.

[QOSIM BEKBOSINOV], $$NUKUS SHAHAR$$, II-GURUH NOGIRONI:

Bundan 20 yil ilgari «Qayir qon» tashkilotini ochib, nogironligi bo‘lgan insonlarni ish bilan ta’minlagan edim. Ammo soliq idoralari tomonidan to‘liq nafaqa pulini tashkilot tomonidan ta’minlanishi kerak bo‘lganligi bois, ishni to‘xtatishga majbur bo‘ldim. Keyin 2004 yilda «Bekbosynov Qasym» yakka tadbirkorlik ishini yo‘lga qo‘ydim. Faoliyatimiz aholi ga maishiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan. $$Vazirlar Mahkamasi$$ qarori loyihasidagi g‘ovlar, takliflar amalga oshsa, men singari nogironlar va tadbirkorlar uchun katta imtiyoz bo‘ladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidya berilishi albatta, ularni ishga oluvchilar ko‘payishiga imkon yaratadi. Bu esa o‘z navbatida ko‘plab ehtiyojmandlarning hayotga qaytishi, ro‘zg‘origa baraka kirishi, turmushi yanada yaxshi bo‘lishiga xizmat qiladi. Men ham mehnat qilishga layoqatli nogironlarni ishga olishga doim tayyorman. Mening taklifim ularni nafaqa berish tartibini ham qonuniy tarafdan yana bir ko‘rib chiqish kerak. Zero, bu tartib ularning ishlashlariga halal bermasin.

Total words

1,234

Unique words

737

Annotated anthroponyms

8

Toponyms

7

TTR

0.597

Hapax

533

Distribution

Top frequency chart

Dataset