🔍

Article

XALQ BIZNI O‘ZGARTIRADI

By Zilola UBAYDULLAEVA, "O‘zbekiston ovozi" muhbiri • in 2022

So‘zimiz avvalida tan olishimiz kerak bo‘lgan achchiq haqiqat shu ki, qishloq va shaharlar o‘rtasida tafovutlar, ijtimoiy tengsizlik kuzatiladi. Joylardagi vaziyatni yaxshilash uchun keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur.

Ushbu islohotlarni odamlarni kasb-hunarli, ishlilikka yo‘naltirish, ya’ni daromadini oshirishdan boshlash eng maqbul yechim sifatida qaralmoqda. Mahallalarda doimiy asosda faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi lavozimi joriy etildi. Buning uchun hududlardan nomzodlar ko‘rsatilib, ular orasidan eng munosiblari saralanmoqda.

Mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilarining ayrimlari bilan bog‘lanishga harakat qildik.

Ushbu vazifaga kirishganlar o‘z ishidan rozimi? Ular yangi lavozimdagi majburiyatlarini qay darajada anglamoqda?

[SHUHRAT ZOKIROV], $$NUROTA TUMANI$$ HOKIMI YORDAMCHISI:
12 yanvar kungi farmoyishga ko‘ra, tumaning "Avazsoy" mahallasiga hokim yordamchisi etib tayinlandim. MFY uchta qishloqdan iborat bo‘lib, 396 ta xonadonda 602 oila bor. Ularda 2250 nafar aholi istiqomat qiladi. Ayni paytda xonadonma-xonadon 40 foizdan ortiq aholini hatlovdan o‘tkazishga erishdik. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, 15-20 foiz aholi ishga va yordamga ehtiyoj sezadi.

Chekka hudud bo‘lganligi bois asosiy drayverimiz chorvachilik va issiqxonaga yo‘naltirilgan bo‘lib, qishloqdagilar bu borada kichik bo‘lsa-da tajribaga ega. Hatlovni uch qatlamga bo‘lib olib boramiz. Ya’ni, sharoiti og‘ir, o‘rta va yuqori turuvchilarga ajratiladi. Birinchi urguni kambag‘al qatlamga qaratyapmiz.

Ularning yashash tarzi, sharoiti va muammolarini o‘rganyapmiz. Avvalo, kredit olishga istagi borlarga yordam berishni maqsad qilganmiz. Chunki ularda tushuncha bor, o‘z rejasiga ega. Faqat mutaxassislar maslahati va mablag‘ga ehtiyoj sezadi.

Quyonchilik, asalarichilik yo‘nalishlariga ham qiziqish bildirayotganlar bor. Har bir fuqaro bilan individual tartibda ishlab, ularga faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, mablag‘ning qanday va nimaga sarflanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berish dastlabki bosqichda rejalashtirilgan choralardir.

Shu kungacha mahallada 70 ga yaqin issiqxona qurilgan bo‘lib, ularning yarimidan ko‘pi subsidiyalar asosida bunyod etilgan. Issiqxonalar aksariyatida rediska yetishtirilmoqda. Ularning realizatsiyasi bilan bir tadbirkor shug‘ullanadi. U tadbirkor issiqxonani qurib, rediskaning urug‘igacha yetkazib beradi, aholi vazifasi esa ularni parvarishlashdan iborat. Mahsulotlarning ko‘p qismi Toshkentga sotilmoqda.

Mablag‘ jihatidan olsak, bir sotixlik issiqxona 12 million so‘mga tushmoqda. Uch yil ichida bu kredit to‘liq qoplanadi. Keyingi daromad 100 foiz oilaning o‘ziga qoladi.

Ushbu mahallada ishssizlik soni ko‘proq bo‘lganligi uchun issiqxona va chorvachilikdan tashqari biror ishga ham ehtiyoj bor. Ana shunda xotin-qizlar bandligi ta’minlanadi. Shu sababli tikuv tsexi bunyod etish harakatini ham boshladik.

[ZOKIR RO‘ZIEV], $$KASBI TUMANI$$ HOKIMI YORDAMCHISI:
$$"Sohibkor" MFY$$da 1300 ta xonadon bo‘lib, ular 7400 nafar aholi istiqomat qiladi. Dekabr oyida ushbu vazifaga mas’ul etib biriktirilgan bo‘lsam, hozirga qadar 30-40 foiz aholini hatlovdan o‘tkazib bo‘ldik. Shu oy yakuniga qadar ko‘rsatkichni 100 foizga yetkazish niyatidamiz.

Agrar hududga kirganligi bois bu yerda asosan chorvachilik, asalarichilikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. To‘g‘risini aytganda, bu uchun yoshlarda bilim yetishmasligini kuzatdim. Shu sababli ko‘pchilik mavsumiy qurilish ishlarida daromad topadi. Bilamizki, qishloqning belini tik tutadigan yo‘nalish bu dehqonchilik va chorvachilikdir. Lekin bugun ular ham ortga ketgan. Yaxshi hosil, kutilgan daromad olinmaganligi sababli odamlar ko‘ngli sovigan. Sababi esa ularda shu sohada bilim va tajriba yetarli emas.

Shu bois ishni yoshlarga o‘qitish, qayta tayyorlashdan boshlamoqchimiz. Masalan, tikuvchilik navbatdagi variant bo‘lib qoldi. Natijada bozorini topishga qiynalib qolamiz. Shu sababli zargarlik, payvandlash yo‘nalishlarida ham kurslar tashkil etamiz. Qishloq xo‘jaligi sohasini ham yaxshi, deb bo‘lmaydi. Masalan, bizda bazur 30-35 tsentner hosil olinadi, xorij tajribasida bu ko‘rsatkich 70-90 tsentnerga ko‘tariladi. Buning sababi o‘zimizda etarli bilim va innovatsiya bo‘lmaganida, deb bilaman.

Umuman, har bir muhim yo‘nalishda, tadbirkorlikmi, kasanachilik yoki pazandachilikmi zamonaviy bilimlarni qo‘llash, faoliyat turini ko‘paytirish va kengaytirish bo‘yicha o‘zimizga yo‘l xaritasini belgilayapmiz. Buning uchun tajribali mutaxassislarni jalb qilish niyatimiz bor. Shuningdek, "bir mahalla, bir mahsulot" tamoyili asosida bitta ko‘chani parrandachilikka yo‘naltirsak, boshqasini asalarichilik, chorva, kichik ishlab chiqarish, pazandachilik kabi ixtisosliklarga ajratgan holda ish olib boramiz.

Ayni paytgacha kuzatishlarimizdan ma’lum bo‘ldiki, odamlarda qiziqish bor. Faqat turtki va qo‘llov kerak bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, asosiy ishimiz katalizator vazifasini bajarib, odamlarni mehnat va daromadga yo‘naltirishdan iborat.

Bandlik yo‘nalishida 4 yil rahbar bo‘lib ishlagan bo‘lsam, sayyor qabullarda qatnashgan ekanman, lekin xalqning ichiga kirib borganimni his qildim. Ularning haqiqiy hayoti bilan tanishish imkonim oshdi, qarashlarim o‘zgardi. Chunki odamlar bilan ko‘rishganimda ularning umid bilan qarashlarini sezdim. O‘z reja va maqsadlarini amalga oshirish uchun vositachi sifatida baho beradi, ishonch bildiradi. Avvalgi ishlarda biroz yuzakilik kuzatilganini ham tan olishim kerak. Odamlarning ichiga kirish nimaligini shu ishga o‘tgach, angladim. Yana bir jihati, malakamni oshiradi va kelgusi kareram uchun xizmat qiladi, deb o‘ylayman.

Xatlov jarayonida yonma-yon yurgan deputatlar, mahalla raislari, bandlik va boshqa tashkilotlar xodimlarining ham yordami katta bo‘lyapti. Hokim yordamchisining 90 foiz vazifasi bandlikka ko‘maklashish markazlarining ishi ekanini ham ta’kidlash lozim. Ayni paytda mahallaning har bir vakili bo‘yicha pasportlarni tayyorlab olyapmiz. Qo‘limizdagi xatlov asosida ishlarimizni tashkil etamiz va yaqin uch oy ichida natija ko‘rsatishni maqsad qilganmiz.

$$[Amir Temur] mahallasi$$ga 10 yanvardan rasman hokim yordamchisi sifatida tasdiqlandim. Hududda 9000 dan ortiq aholi 1480 xonadonlarda istiqomat qiladi. Hatlov yakuniga qadar ularning soni ortishi mumkin. Chunki yangi mahalla bo‘lganligi bois ko‘chib keluvchilar davom etmoqda. Shu kungacha 200 dan ortiq xonadonda hatlov o‘tkazgan bo‘lsak, ularning deyarli barchasida sabrli, shukri bor insonlar ekanligi kishini quvontiradi.

^^MAHBUBA MAMIROVA^^, $$JIZZAX SHAHAR$$ HOKIMI YORDAMCHISI:
Ushbu vazifaga nomzod qo‘yilgan 4 kishi edik. Bir necha yillar davomida $$[Sharof Rashidov] tumani$$da mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida birinchi o‘rinbosar, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi sifatida ishlaganman. Shular inobatga olinganmi, bilmadim, mening nomzodim tanlanibdi. Chunki faoliyatim davomida odamlar bilan muloqot qilish, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, xotin-qizlar bilan ishlash asosiy vazifalarimdan sanalgan. Hozircha Jizzax shahridagi 34 mahallaning ikkitasi a’loqchi sifatida ish boshladik.

Mahallamiz tog‘oldi hududda joylashgani bois asosiy drayverimiz chorvachilik va parrandachilikka yo‘naltirilgan. Savolnomalar jamlangan kitob berilgan. Ana shu asosda odamlarning yashash tarzi, xohish-istaklarini o‘rganib borayapmiz. Masalan, kimning tadbirkorligi bor, kimning sog‘ligi yoki ish bilan bog‘liq muammo qiynaydi, umuman, kimga qanday ko‘mak kerakligi bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzib chiqayapmiz. Barcha daftarlarga kirgan kishilar bilan birma-bir suhbat qilinadi. Yo‘l-yo‘lakay kasb-hunarga o‘qitish va boshqa masalalarda yordam berib ketilmoqda.

Ayni paytgacha 5 nafar xotin-qiz issiqxona tashkil etishda yordam so‘radi. Ularning bu borada tajribasi bo‘lmaganligi bois dastlab bepul ravishda o‘qitiladi va opa-singillarimiz kurslarni boshladi.

Bilasizmi, ayol kishiga qiyin emasmi, degan savolni berishyapti. Qanday bo‘lishidan qat’i nazar, muhimi, ishni boshladik. Odamlar umid bildirayapti, ishonayapti. Ba’zilar "Saylovoldi uchrashuvlarda har bir xonadonda Prezident vaкили yuradi, deyilgan edi, o‘sha sizlarmisizlar?" deb qabul qilishmoqda.

Yana bir gap. Qo‘lida kollej yoki oliy ta’lim muassasasining diplomi bilan ish so‘rayotganlar ham uchramoqda. Ularga mutaxassisligi bo‘yicha ish o‘rni va’da qila olmaymiz. Lekin boshqa takliflar berayapmiz. Istaganlar o‘z biznesini boshlayapti. Xohishi yo‘qlar ARGOS tizimida vakant o‘rinlari haqida ma’lumotlarni kuzatib borayapti.

Bir so‘z bilan aytganda, majburlash, biror ishga odamlarni istagisiz undash yo‘q. Har bir fuqaroning xohishlari o‘rganilib, qo‘lidan nima kelishiga qarab, taqsimlanmoqda. Soha bo‘yicha ish topa olmayotganlar daromad manbaiga ega bo‘lishni jon deb istashmoqda.

Total words

1,041

Unique words

714

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

6

TTR

0.686

Hapax

568

Distribution

Top frequency chart

Dataset