Uzoq yillar davomida iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida ishlab kelgan, hozir xalq demokratik partiyasi viloyat kengashiga raislik qilayotgan ilhomjon atabaevni namanganliklar yaxshi taniydi. Chunki u ko‘p yillar viloyat hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Avvaliga namangan shahr, keyinchalik viloyat kengashi raisi bo‘lgan ilhomjon atabaev tabiatan kamgap inson. U ko‘proq ishlari “gapirishi”ni ma’qul ko‘radi.
Shundan bo‘lsa kerak, o‘tgan 3 yil davomida 300 ga yaqin muammoni bevosita hal qilishga erishgan. Aholi bilan muloqot qilish, murojaatlarni o‘rganish va ularga yechim topishni faoliyatining asosi hamda hayotining mazmuni, deb biladi u. [Ilhomjon Atabaev], $$O‘zbekiston XDP$$ $$Namangan viloyat kengashi$$ raisi.
Bizga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 52 nafar fuqaroning ish bilan ta’minlanishida bosh-qosh bo‘lgan. 700 dan oshiq oilaga moddiy yordam ajratilishiga ko‘mak bergan. Aholini tashvishga sola yo tgan masalalar bo‘yicha 35 ta deputat so‘rovi yuborilgan va ularning 27 tasi ijobiy hal etilgan. Shuningdek, kam daromadli, nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlar aravacasi, protez-ortopediya apparatlarini olish va sogliginitiklashda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Viloyat partiya kengashi raisi bilan suhbatimiz cho‘gida u kishi bir voqeani aytib berdi. Yaxshisi, buni uning tilidan sizlarga hikoya qilsak...
ENDI PANDUSSIZ BINO QURISH MUMKIN EMAS
Bir tanishim avtohalokat tufayli uzoq vaqt harakatlana olmai qoldi. U ko‘p qavatli uylarda yashar edi. Usha vaqt oralig‘ida uning qancha qiyinligini, o‘z xonadoniga kirib-chiqqish uchun bir necha kishini ovora qilgani va aynan shu sababli tashqi dunyodan uzilib, uyda o‘tirib qolganini ko‘rdim. Tanishimning boshdan kechirganlariga ko‘p guvoh bo‘ldim.
Ana shunda biz u qadar e’tibor qilmaydigan pandus yoki liftning nogironligi bo‘lgan kishlar hayotidagi ahamiyati qanchalik muhim ekanini chuqur his qildim. Birinchilardan bo‘lib, o‘zimizning binoda ushbu kamchiliklarni bartaraf etdik. Chunki bu kabi kichik masalalarni hal etmasdan turib, yirik iqtisodiy yoki siyosiy mavzularda so‘z ochishning samarasizligini tushunib etdim.
Partiyamizdan saylangan deputatlar hamda faollarimiz bilan mavzudagi masalani o‘rganishga astoydil kirishdik. Shu natijasida partiya guruhi va doimiy komissiyaning qo‘shma yig‘ilishiga masala kiritdik.
2021 yilning 29 dekabr kuni viloyat kengashida partiyamiz guruhi hamda qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan "nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilib berilayotgan imkonyatlar: mavjud muammolar va takliflar" muhokama etildi.
Eski binolardagi mavzudagi kamchiliklarga ko‘z yumish mumkin, lekin yangi bunyod etilayotgan uylarda e’tiborsizlikni kechirib bo‘lmasligi ta’kidlandi. Raisning so‘zlariga ko‘ra, qurilish tashkilotlariga qurilish vazirining xati yuborilgan. Hatto, loyiha qilinishi vaqtida ko‘zda tutilishi kerakligi va hatto qancha mabla’g ajratilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo ularning bundan habari yo‘q, bo‘lganda ham mabla’g bilan bog‘liq muammolar bor. Natijada ijrosi ta’minlanmayapti. Qurilish uchun ajratilgan pulning qo‘shimcha ishlarga yetmasligi sababidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘laklar, yukoriga ko‘tarilish moslamalari ikinchi daraajaga tushib qolayotgani af sus bilan qayd etildi.
"SAKHOVAT" UYI SAQLAB QOLINDI
O‘tgan yili namanganda yana bir ishga q‘ol urildi. Ba’zi sabablar bilan viloyatdaki "sakhovat" uyi farg‘onaga ko‘chirilishi kerak bo‘ldi. Ayrim qariyalar hatto olib ketildi ham. Ammo bir guruh nuroniylar tu‘gilib o‘sgan joyidan ketmasligini, vafotidan keyin yaqinlari bilan bir joyda bo‘lishni istashini bildiradi va shu sabab bilan partiyamizga murojaat qiladi.
Har bir kexsa insonning so‘zini alohida tinglagan viloyat partiya kengashi rahbari ularning iltimosini yozma shaklda hokimga kiritadi. Yoshi ulug‘ kishilarning murojaati yerda qolishini istamagan rahbarlar ham ularning fikrini qo‘llab-quvvatladi. Keyinchalik saqlab qolingan "sakhovat" uyiga davlatimiz rahbari ham tashrif buyurdi.
[Ilhomjon Atabaev]ning so‘zlariga qaraganda, tashrifdan keyin hamma yana o‘z ishi bilan bo‘lib, "sakhovat" uyi biroz e’tibordan chetda qoldi. Gap shundaki, ayni paytda 25-30 kishi istiqomat qiladigan kexsalar uyida odam ko‘payishi ehtimoldan holi emas. Agar shunday bo‘lsa, ularga ajratilgan oshqona, dam olish xonasi va boshqa qator masalalarda yetishmovchilik kuzatiladi. Demak, masala muammoga aylanmasdan oldin kerakli choralar ko‘rib qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Xdp deputatlari ushbu masalani ham sessionga kiritishni rejalashtirmoqda.
"Har bir ish uchun qayta va qayta murojaat qilishga, yo‘limiz tushganda mas’ullarga eslatib qo‘yish uchun uchrab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, sessionga kiritilgan masala o‘z-o‘zidan yeliishi mumkin emas. Chunki maqsadimiz qog‘oz qoralash emas, odamlarning roziligi," deb qo‘shimcha qildi ilhomjon atabaev.
VAKILLIGI ORGANI VA IJRO HOKIMIYATI ALOHIDA BO‘LMASA...
Yana bir muhim jihat bor ki, usha hal etilsa, siyosiy partiyalar, deputatlarni o‘ylantirayotgan masalalarning ko‘piga yechim topiladi, deydi [I. Atabaev]. Joylarda aytilyapti, bo‘ladi, deyilyapti. Qisman kuzatilyapti, lekin qachon to‘liq amalga oshishi nomalum. Ijro hokimiyatidan chiqgan inson sifatida shaxsiy fikrim, vakilligi organi bilan ijro hokimiyati ajratilmasa, joylardagi muammolarni ildizi bilan yo‘qotish ancha murakkab, hatto imkonsiz bo‘lib qolishi mumkin. To‘g‘ri, bu amaliyotga joriy etilishi kutila yotgan jarayon. Istardimki, bu tezlashtirilsa. Ana shunda vakilligi organining joylardagi ish uslubi, obrusi butunlay o‘zgaradi. Ularda erkin fikr aytish imkoni va albatta, istagi ortadi.
Tasavvur qiling, vakilligi organi rahbari viloyat yoki tuman, shahr hokimi bo‘lib tursa, har qanday inson ham hayiqadi. Hur-mat yoki munosabatlardagi nozik jihatlar yuzasidan tilini tiyishga majbur bo‘ladi. Yuz foiz, deya olmayman, ammo aksar-iyat deputatlar gapirmaslikni ma’qul ko‘radi. Uzoq yillik tajribaga ega xalq vakillari biror aniq fikr, taklif ayt-masa, boshqalar jim o‘tirish yo‘lini tanlaydi.
Tuman yoki shahr kengashlari sessionlarida deputatlar ancha dadil. Bazida sessionga boshchilik qilaman. Ana shunda partiyamiz hamda hokimlik manfaatlari yo‘lida vaziyatdan foydalanaman va bu tabiiy hol. Kengash raisi hokimdan alohida bo‘lib ajralib chiqish vaqti allaqachon yetib keldi.
To‘g‘ri, 2017 yilda prezidentimizning deputatlar bilan o‘tkazgan uchrashuvi ishimiz jonlanishida ancha turtki bo‘ldi. Lekin bu yoqini olip ketishga hali ham qiyinalayotganimiz bor. Davlat rahbari turtsa, yuramiz, bo‘lmasa "kel, shu hokim bilan sen-menga bormay, u ham bir nimani bilmasa qilmaydi", "hurmatimizda turaylik" kabi bahonalar bilan tilimizni tishlaymiz. Kimdir turtib, qo‘llab turmasa, harakatalana ol-maslik darajasiga kelib qolishning oqibati esa ayanchlidir. Aslida xalq vakili sifatida ularning ichida masalalarni mas’ullarga olib chiqib, hal etish choralari ko‘rilmasa, u yiringlab, kattalashib, yara ga aylanishi mumkin. Buning oqibatlari bilan kurashish undan-da murakkablashadi, norozilikka olib keladi.
Yana bir tarafi, hududiy dasturlarning ijrosi to‘liq ta’minlanishida ham aynan ushbu holat mone'lik qilmoqda. Bundan tashqari, ikkalasining alohida bo‘lishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi masalalarda ham muhim qadam bo‘ladi, deb hisoblayman.
Tan olish kerakki, shahr va tumanlarda deputatlar ancha dadil. Sessionlarda ham ochiq-oydin gapirish, yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirish ancha jonlangan. Lekin viloyatda jim-jit.
Shart turib, o‘z qarashlarini bayon qilishdan cho‘chiydi, fikrini noto‘g‘ri aytip qo‘yishdan andisha qiladi, "xato qilib qo‘y-ma, tinchroq o‘tiray" deydi, sessiondan keyin esa "bunday taklifim bor edi", "mana bu gapni aytmoqchi edim", deganlar ham ko‘p. Ya’ni, deputatligi manevrlari, tajribasiga ega emasligi, so‘z boyligi kamligi ham pand berishi mumkin. Natijada ishlaydigan deputatning ham nomi chiqmay, soyada qolib ketaveradi.
DIKTOFONGA AYTILMAGAN GAPLAR
Raisning so‘zlariga qaraganda, moddiy manfaatdorlik ham muhim sanaladi. Biror bir yutuqga erishish uchun qobiliyat bilan birga imkonyatlar ham talab etiladi.
Siyosiy partiyalarning ishi jadallashishi, ularning g‘oya va maqsadlari hayotda o‘z tasdiqini topishida ham moddiy manfaatdorlik zarur. Yaxshi kadr shunga yara sha oylik talab qiladi. Istaklar, orzu-maqsadlarni amalga oshirishga mablag‘ yetarli bo‘lmasligi yo‘qotishlarga olib keladi. Suhbatdoshmizning jamoat miqyosida siyosiy partiyalarning holatini yaxshilash, ularni rivojlantirish choralarini ko‘rish vaqti kelmaganmi, degan gaplari bizni ham o‘yga toldirdi.