🔍

Article

ULKAN LOYIHALAR VA HOKIMLAR MUROJAATI

By Said BOBOEV, jurnalist • in 2021

Yil yakunlari bilan joylarda shahar va tumanlar, viloyatlar hokimlari aholiga murojaatlar yo‘llamoqda. Shu munosabat bilan AOKA tomonidan press-turlar tashkil etilib, jurnalistlar hudud ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotining joriy manzarasi bilan tanishtirilyapti.

Chunonchi, gazetamiz muxbiri $$Samarqand$$, $$Jizzax$$, $$Sirdaryo viloyati$$da bo‘lib o‘tgan mana shunday tadbirlarda ishtirok etib qaytdi. Mazkur sessiyalar va undan olingan taassurotlar bitta maqolaga sig‘maydi, albatta. Kelgusi chiqishlarimizda tahliliy maqolalarni o‘qiysiz. Boisi, safardan qaytib kelib, voqelikni hazm qilib, barchasini bir zarbda hikoya qilish, fikrlarni jamlab, muayyan xulosalar beradigan umumlashma fikrlarni aytishga fursat bo‘lmadi. Lekin, haria ertaroq muxbirlarimizga ma’lum qilaylik, degan istakda taassurotlardan bir shingilini havola qilayapmiz.

QORASUV KELAJAK SHAHRIMI?
$$Samarqand viloyati$$ga media tur dastlab $$Qorasuv massivi$$dan boshlandi. U yerda ko‘p qavatli uylar qurilayotgan bo‘lib, oppoq rangi, muhtasham ko‘rinishi bilan qadimiy shaharga zamonaviy ko‘rinish bag‘ishlab turibdi.

Ma’lumki, $$Samarqand shahri$$da bugun 550 ming 800 nafar aholi istiqomat qiladi. Shunga ko‘ra, aholini zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash masalasi dolzarb. Joriy yilning o‘ziida $$Samarqand shahri$$ning $$"Qorasuv" massivi$$da 10 ta 16 qavatli, 928 xonadonli turar joy binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 2022 yilning birinchi choragida esa 3 ta 16 qavatli va 2 ta 25 qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bu uylarning qurilish uslubi, qulayligi, shart-sharoitlari bilan tanishar ekanmiz, qarshimizda bo‘y cho‘zayotgan binolar qadimiy shaharniing istiqboli haqida yorqin tasavvur beradi.

MAKTABIMDA HAMMADAN GO‘ZAL EDING AGAT9
Bizni shu atrofdagi maktabga taklif etishdi. Qurilish maydonchasidagi yolg‘iz maktab, gurillab faoliyat ko‘rsatishni boshlagan ta’lim maskani ming uyli $$"Qorasuv"$$ning dovrugiга yarasha muhtasham, o‘ta zamonaviy.

Maktab 2021 yilning mart oyida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining 32 milliard so‘m mablag‘i hisobiga qurilib, shu yilning 6 sentyabrida faoliyatini boshlagan. Umumiy o‘quvchi sig‘imi 1680 o‘rinli, hozirgi kunda 67 ta sinfda 2334 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun 1-sinfdan inkluziv ta’lim dasturi asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda 3 nafar bola inkluziv ta’lim dasturi asosida o‘qitilmoqda.

O‘quvchilarni kasbga o‘rgatish maqsadida o‘g‘il va qiz bolalar uchun 2 ta texnologiya xonasi, biologiya, kimyo va fizika fanlaridan 6 ta laboratoriya xonalari, 2 ta kompyuter va 4 ta chet tili fan xonalari, 168 o‘rinli faollar zali, 200 o‘rinli oshxona mavjud. Yuqori va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 2 ta sport zali, 5 ta ochiq sport maydonlari mavjud.

Maktab chog‘larim esimga tushdi. Sakkizta AGAT9 rusumli kompyuter bo‘lib, hammamiz unga sehrli quchikdek termulardik. Nima ish qilish mumkinligini tushunmasdik. Ustozimiz ham tushuntirib bera olmasdi. Muhimi, maktabimizda kompyuter borligini aytib maqtanardik. Va bo‘ldi. Boshqa hech narsa. Bu yerda esa o‘sha yoqimsiz taassurotlarim parchalandi. Eng zamonaviy kompyuter va uni boshqarishni “sayratib tashlayotgan” Samarqand oltinboshlar… Mana buni ta’lim desa bo‘ladi!

ENG MUHIMI - SO‘G‘LIK, QORAKO‘ZLAR
Shuningdek, yangi qad rostlayotgan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filiali binosi bilan tanishdik. 2022 yil mart oyida ochilishi rejalashtirilgan mazkur bino 330 o‘ringa mo‘ljallangan. Og‘ir ahvolda yotqiziladigan bemorlar uchun 45 o‘rinli alohida reanimatsiya bo‘limi bor. Mazkur tibbiyot muassasasini qurish va jihozlash uchun 108 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Butunjahon taraqqiyot bankining shoshilinch yordamni rivojlantirish loyihasi asosida 3 million 513 ming 300 AQSh dollari ajratilgan. Mazkur mablag‘ga MSCT, angeograf, zamonaviy endoskoplar, UTT apparatlari, laparoskoplar, laboratoriya apparatlar va boshqa yangi texnologiyalar olib kelish rejalashtirilgan.

Yana bir muhim raqam. 2021 yil RShTEIM Samarqand filiali uchun byudjet orqali 278 420 000 so‘mga yangi apparatura va asbob-uskunalar olingan.

Uylar kerak, maktablar kerak, sharoitlar kerak. Ammo, hammasidan buрун sog‘liq kerak, qorako‘zlar. Samarqandda ko‘rdikki, hali uy-joylar qurilishi to‘liq bitkazilmasdan, avvalo, ta’lim dargohi, so‘ngra eng zamonaviy tez tibbiy yordam markazi qurilishi boshlangan.

[TURDIMOV] NEMISLARI
Samarqandga borgan jurnalist "Urgut" erkin iqtisodiy zona bilan tanishmay qaytar ekan, nimadir kemtik bo‘lib qolaveradi. Deydilar-ki, marvarid go‘zal, uni bir ipga tizsang yanada go‘zal bo‘ladi. Shu ma’noda "Urgut" erkin iqtisodiy hududi $$Samarqand$$ salohiyatini bir ipga tizib, marvarid singari sayqal topib, jahon bozoriga yo‘l, vosita bo‘libdi. Bu haqda keyinroq, hozircha Urgut mo‘jizasiga to‘xtalmay turamiz.

$$Samarqand ko‘chalari$$ bo‘ylab yurar ekanmiz, $$"Bostonsaroy" va Rudakiy ko‘chalari$$ kesishmada yangi yo‘l o‘tkazgich ko‘prik qurilayotgani ishlar jadal sur’atda olib borilayotganini ko‘rdik. Odamlar ko‘p, texnikalar undan ham ko‘p, hamma soat milidek aniq harakat bilan ish olib borayapti. Qurilishlar ko‘p. Ammo sifat-chi?

Viloyat hokimining maslahatchisi [Manuchehr Mirzaev]ning aytishicha, nemislarda ko‘p ran bor. Janob [Turdimov] qurilish ishlari sifatini nazorat qilib borish, viloyat hokimiga xulosa berish uchun nemis mutaxassislarini jalb qilgan ekan. Tabiyatan pishiq-puxta, barcha aniq me’yorlarni yaxshi ko‘radi. Nemislar byudjet puliga qurilgan obyektlarning sifatini qurilish jarayonida ko‘rib, kuzatib borar, yakunda ham ular qabul qilib olar ekan. "Man-man" degan qurilish tashkilotlari ham "[Turdimov] nemislari"dan cho‘chib, ishni sifatli bajarishga tirishar ekan. Bu ham bir uslub, yolg‘on raportlar, sifatсиз ishlarga qarshi kurashishning samarali usuli. Nima desangiz, deng, tan berdim.

MUROJAATNOMA FALSAFASI
Kun botdi, kosh qoraydi, ayoz junjiktiradi, qorli cho‘qqilarda oppoq qor yil­tirib turadi, $$Samarqand jamoasi$$ jurnalistlarni qo‘yib yubormoqchi emas. "Insoflaring bormi", deyishga uyal­dik, nafsilarmi­ni aytganda, bunday mikseli mushohadalarga yetaklaydigan epik voqealar bilan tanishish o‘zimizga ham yoqayotgan edi. Eng oxiri Nurobod tumanida bo‘ldik va noёb ikkita loyiha bilan tanishdik.

$$Samarqand viloyat$$ hokimligi faollar zali. Hozirgina [Erkinjon Turdimov] aholiga murojaatini o‘qib eshittirdi. Soatga qarayman: ma’ruza bir soat-u yigirma daqiqa davom etdi. Dasturiy nutqda hududning barcha jihatlari qamrab olingan, faqat… Bu haqida keyinroq.

Hokimning so‘zlari, fikrlari, keltirilgan faktlar, istiqbol rejalar shunchaki hayratlanarli. [Erkin Turdimov] murojaatini $$"G‘arbda Rim$$, $$Sharqda Samarqand$$ ilm-ma’rifat markazi", degan qadimiy, mashhur ibora bilan yakunladi.

Tushuntiraman. $$Samarqand$$da bugun 13 ta oliy o‘quv yurti bor. Ularda 63 ming nafar talaba o‘qiydi. Ayni paytda 17 ming nafar talabaning uy-joyga ehtiyoji bor. Biz agar ta’lim olayotgan yoshlarga sharoit qilmasak, boshqa hamma ishlarimiz chappasiga ketadi, dedi Viloyat hokimi.

"BU BINODA [SHAVKAT MIRZIYOEV] ISHLAGAN"
Press-tur ishtirokchilari $$Samarqand$$dan chiqib, $$Jizzax$$ga yo‘l oldi. $$[Sharof Rashidov] nomidagi markaziy ko‘cha$$dani. Yo‘llar keng va ozoda, bino va inshootlar yaray turibdi. $$Samarqand$$da ko‘rganimiz zichlik, tikilinch yo‘q. Shuningdek, Jizzax shahrini $$Samarqand$$ bilan taqqoslab bo‘lmaydi. $$Samarqand shahri$$da qariyb million salnokli aholi yashaydi, $$Jizzax$$da esa 200 ming nafar aholi istiqomat qiladi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi joylashgan binolar va alohida xonalar bilan tanishtirildi. Yangi yil shukhi seziladi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri ^^Nodira Karimova^^ Kengashning yangilangan binosi bilan tanishtirar ekan, oxirida g‘urur va iftixor bilan qo‘shdi: "Bilasizlar, bu bino ilgari viloyat hokimligining binosi bo‘lgan. Prezidentimiz $$Jizzax$$da hokim bo‘lganlarida, shu binoda ishlaganlar..." Shu bilan biz uchun bu muhtasham va ozoda bino yana fayzli, qadrdon maskan bo‘ldi.

"VELOTREK" VMX FOYDASI KEYIN MA’LUM BO‘LADI
$$Jizzax shahri$$da joylashgan $$O‘rta Osiyo$$da yagona hisoblangan sportning veloturiga ixtisoslashgan VMX maydoni $$"Sangzorkul"$$ning 4 gektarli joyini o‘z ichiga oladi. VMX degani dongliklar osha velosipedni mohirlik bilan boshqarib, osmonlarga uchib qo‘nadiganlar bor-­ku, ularga aytilar ekan.

15 milliard so‘mingiz bor. Nima ish boshlardingiz? Original g‘oya bormi?

Jizzaxlik bu tadbirkor puli­ni hech kim o‘ylamagan soha­ga tikdi. Avvaliga nima manfaati borligini tushunmadim. Keyin esa tan berdim. Xalqaro musobaqalar va sohaning chinakam ixlosmandlar qatlamining paydo bo‘lishi bilan investitsiya o‘zini oqlashni boshlaydi.

Majmua $$Sochi shahri$$dagi "Velotrek" majmuasi loyihasi asosida qurilgan bo‘lib, qurilish Ukraina, Belgiya va Frantsiyadan kelgan mutaxassislar ko‘magi bilan amalga oshirilgan. Jaqqon andozalariga javob beradigan sport majmuasida "Velotrek"ning VMX yo‘nalishi bo‘yicha nafaqat respublika, balki xalqaro miqyosdagi musobaqalar o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi.

INTENSIV USULDA BALIQ ETISHTIRISH QANDAY BO‘LADI?
$$Jizzax viloyati$$da 220 dan ortiq baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritayotgan ekan. Umuman, yil yakuni bilan hududda jami 23 ming tonna baliq yetishtirish mo‘ljallanmoqda.

Bu yil ularning safiga $$"Gold Fish Agro" MChJ$$ ham qo‘shildi. Qiymati 30 milliard so‘mlik ushbu loyiha uvildiriqlarni tayyorlashdan tortib, baliq yetishtirish, qayta ishlash, yem ishlab chiqarishni qamrab olgan.

Klaster maydoni 43 gektar bo‘lib, shundan 4 gektarida intensiv va yarim intensiv usulda baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Sun’iy hovuzlarda Xitoy texnologiyasi o‘rnatilgan. Bu doimiy suv talab qilmaydi, balki o‘zidagi suvni qayta aylantirib ishlaydi. Hozir har bir sun’iy hovuzda mingtagacha sazan boqilmoqda. 2 gektar maydonni egallagan sun’iy ko‘llarda esa yarim intensiv usulda baliq parvarishlanmoqda. Umuman, klaster yillik 500 tonna baliq yetishtirish quvvatiga ega. Shu yerning o‘zida baliqni qayta ishlash sexi, 800 tonna sig‘imli zamonaviy muzlatgichlar ham bor.

$$KO‘HNA XOVOS$$ HAYRATLARI
$$Sirdaryo$$ga yetib keldik. Xovos tumani $$Eski Xovos qishlog‘i$$damiz. Mezbonlar safarni ziyaratdan boshlashni taklif etdilar. $$"Hasti Buzrukon"$$ deb umumiy nom bilan ataladigan aziz avliyolar, siddiq hoki turubi yotgan joylar ekan. Biz kirgan maqbara Hazrati Jobir maqbarasi ekan.

$$Xovos$$ chorrahadagi shahar. Tarixan shunday. $$Xo‘jand$$, $$Uratepa$$, $$Shosh$$ va $$Samarqand$$ yo‘llari $$Xovos$$da kesishadi. $$Sirdaryo$$ xalqi qu­rama xalq - o‘zlashtirish paytida $$Farg‘ona vodiysi$$, $$Samarqand$$, $$Jizzax$$dan ko‘chib kelgan aholi ko‘pchilikni tashkil qiladi.

2020 yili $$"Yangi Xovos$$ tarixi" muzeyi tashkil qilingan ekan. Muzey zo‘r ekan. $$Ko‘hna Xovos$$ arxeologlar uchun qiziqarli obyekt. Hali chuqur urg‘anilmagan tarix. Bugungi kunda uning 2500 ga yaqin fotosuratlar kolleksiyasi $$AQSh Kongressi$$ kutubxonasida saqlanmoqda.

Shamol kuchli $$Bekobod$$ yaqin. Kuzdan to bahorgacha shunday shiddatli shamol esib turar ekan. Ziyoratdan chiqib, Yangier shahriga yo‘l oldik. E’tibor berganim, $$Xovos$$da rang-baranglikka e’tibor berishar ekan. Ko‘p qavatli uylar, ma’muriy binolar biri-biriga o‘xshamagan, yorqin ranglarda bo‘lib, chiroyi ko‘zni kamaytiradi.

GIGANT ISSIQXONA
Aholining band bo‘lmagan qatlamini ish bilan ta’minlash hamda tuprogi yomon yer maydonlaridan unumli foydalanishda issiqxonalar tashkil etilmoqda. Ayniqsa, zamonaviy gidroponika usulidagi issiqxonalar qishin-yozin hosil olish imkonini beradi.

$$"Eco Grand Fruits" MChJ$$ tomonidan Yangier shahridagi unumdorligi past bo‘lgan o‘n gektar maydonda barpo etilgan issiqxonada 100 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan. Tadbirkor [Xolmat G‘afurov] qiymati 10 million AQSH dollarlik issiqxonani $$Turkiya$$ texnalogiyasiga asosan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlagan. Majmuada bodiring, pomidor kabi poliz ekinlari yetishtirilib, yiliga 2 ming honna mahsulot eksport qilinadi.

YANGIER MIRZAChUL DARVOZASI
$$Mirzacho'l$$ning ostonasi $$Yangier shahri$$ bugun avvalgi shuh­rati, salohiyatini tiklab bormoqda. Bunda "Yangier erkin iqtisodiy zonasi" asosiy rolni tutadi. Bugun ayni joyda 10 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Jumladan, $$"Yangier Flour Trading" MChJ$$ ta’sischisi xorijiy investor [Ameli Shafiq] tomonidan 3,5 million AQSh dollarilik sarmoya kiritilib, 2,7 million AQSh dollaridagi zamonaviy jihoz va asbob-uskunalar o‘rnatilgan. Besh gektar maydonda joylashgan un mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada bir mavsumda 19 ming tonna tayyor mahsulot eksport qilinadi. Korxona ishga tushishi bilan 50 nafar mahalliy fuqarolarning bandligi ta’minlangan.

$$O‘ZBEKISTON$$DA YAGONА BO‘LGAN TIBBIYOT KLASTERIGA SAYOHAT
Press-tur ishtirokchilari viloyatda tajriba sinov tariqasida joriy etilayotgan "$$^^Guliston^^ tibbiyot klasteri"$$ning dastlabki bosqichi bo‘layotgan ishlar bilan tanishdilar. Bugungi kunda klasterning biznes-rejasi to‘liq ishlab chiqilib, keng ko‘lamli ishlar bosh­lab yuborilgan.

Loyiha nihoyasiga yetkazilgach, viloyatdagi 6 ta tibbiy muassasa, ya’ni viloyat ko‘z kasalliklari, urush va mehnat faxriy­lari shifoxonalari, viloyat endokrinologiya dispanseri, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali hamda viloyat diagnostika markazi $$"^^Guliston^^" tibbiyot klasteri$$ tarkibiga o‘tkaziladi va ular bir joyda, yagona boshqaruv asosida faoliyatini boshlaydi. Ayni paytda hududda gematologiya, gastroenterologiya, pul­monologiya, nevrologiya, revmatologiya bo‘limlari uchun 100 o‘rinli bino qurilmoqda.

[GO‘FURJON MIRZAEV]:
"SIRDARYOLIKLAR HAM TRILLION-TRILLION SO‘MLIK DAROMAD HAQIDA GAPIRA BOSHLADI"
Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi avvalida viloyat hokimi qurilish sohasiga keng to‘xtaldi. Viloyat hokimi Sirdaryo jamoatchiligini, huquq-tartibot idoralarini sifat­siz qurilishlar, yolgonchi quruvchilar, ishni chala tashlab ketadiganlarga qarshi ajoyib kurashishga chaqirdi.

$$Sirdaryo$$da eng jadal rivojlanayotgan soha IT ekan. Ayni paytda $$Sirdaryo$$da 31 ming yosh yigit-qiz "Bir million dasturchi" loyihasida ishtirok etayapti. Joriy yil tashkil etilgan birgina mo‘jazz IT maktabi yoshlari 500 million so‘mlik dasturiy mahsulot sotishga erishganini istikboli kad­rlar ko‘pligidan dalolat beradi, dedi [G‘ofurjon Mirzaev]. Nazarda tutish kerakki, bu yangi sohalar. $$Sirdaryo$$da ilgari rivojlanmagan yo‘nalishlardir.

Viloyat rahbari yana bir og‘riqli raqamga to‘xtaldi. Bugun 2 ming nafar $$Sirdaryo$$ yoshlari chet elga ishlash uchun ketgan. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, ularning salmoqi yildan yilga kamayib bormoqda. Vatanga qaytganlarga o‘sha chet eldagi oyligiga yaqin miqdorda ish topib berilmoqda.

Yana daftarda viloyat hokimining so‘zlaridan iqtisbolar qayd etildi: "Ikki yilda $$Sirdaryo$$ to‘liq sanoatlas­han hududga aylanadi"; "Yaqin ikki yildan so‘ng, Sirdaryo viloyati $$O‘zbekiston$$dagi jami elektr energiyasining 54 foizini ishlab chiqaradi. Yirik loyiha qurilishi boshlangan"; "Otang mirob bo‘lsa ham, yering suvning boshida bo‘lsin. Energiya bilan uzluksiz va zamonaviy shaklda ta’minlangan hududda rivojlanish bo‘ladi. Investitsiya qamoqib keladi, ko‘rasizlar"; $$"Sirdaryo$$ og‘izga tushdi, rivojlanish tezligini hamma e’tirof etayapti. Lekin, chempion bo‘lish oson, chempionlikni ushlab turish qiyin"; $$"Sardoba$$ fojiasi ko‘rsatdiki, buyuk xalqimiz bor. Bizning xalqimiz sinovli, og‘ir damda qanday mustahkam birlasha olishini hamma ko‘rdi. Alohida aytishimizki, shunday xalqimizga eng munosib yetakchi, o‘z xalqiga mehrli Prezidentimiz bor. Biz sirdaryoliklar o‘sha kunlardagi yordam, qo‘llov uchun xalqimizga ta’zim qilamiz, rahmat aytamiz".

Total words

1,896

Unique words

1220

Annotated anthroponyms

15

Toponyms

66

TTR

0.643

Hapax

945

Distribution

Top frequency chart

Dataset