Dehqon bahori boshlandi. Bahorni qarshilab dalaga chiqqan dehqonning ishi har qachongidan ko‘paydi. Ular kuzgi ulkan hirmon ishqida ko‘klam ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib mehnat frontida javlon urmoqdalar. Biz $$Guliston rayoni$$dagi $$[Lenin] nomli kolxoz$$da bo‘lganimizda bunga ishonch hosil qildi.
Katta yo‘ldan brigada dalasi tomon bormoqdamiz. Hamrohimiz - kolxoz bosh agronomi [Alisher G‘anisherov] uzoqdan quloq chalinayotgan traktor tovushiga ishora qildi:
- Xo‘jaligimizda almashlab ekishga katta e’tibor berilyapti. Bu yilgi
dehqonchiligimiz 39 gektar maydonga beda va arpani aralashtirib ekishdan boshlandi. So‘ng 25 gektar maydonga sudan o‘ti bilan beda ekildi. Chigit ekish ham qizg‘in davom etmoqda. 1000 gektar maydon ikki marotaba sifatli borona qilingan edi. Ekish agregatlari ham mavsumga yaxshi sozlanganligi durust samaralar beryapti. Kuniga normadan oshirisb chigit ekyapmiz.
Makkajo‘xori ekilayotgan paykaldamiz. “Dala malikasi” oshiqlari dalasida ham ish qizg‘in. Istarasi issiq o‘rta yoshlar chamasidagi ayol gurillab ishlayotgan traktorchiga nimanidir ishora qildi-da, biz tomon kela boshladi.
Makkajo‘xorichilik zvenosi boshlig‘i ^^Saodat Rajabova^^, - deb qarshimizdan kelayotgan qizni tanishtirdi hamrohimiz [A. G‘anisherov]. – U yetib kelib, hol-ahvol so‘rashgach, zvenosida amalga oshirayotgan ishlar haqida gapirib berdi:
- Maka, bugun so‘ngi gektar maydonmlarga makkajo‘xori ekyapmiz,
Mexanizatorlarimiz [O‘ktam Mirzaliyev], [Jo‘raqo‘zi Sattorov]lar bu ishda g‘ayrat ko‘rsatishyapti. Bugun-erta; makkajo‘xori ekishni tugatamiz. Maqsadimiz – 51 gektar makkajo‘xorining har gektaridan 90 sentnerdan “qahrabo don” yetishtirishdir.
^^Saodat Rajabova^^ bu so‘zlarni qat’iy ishonch bilan aytdi. Uning dalasidagi rejali ish bu ulkan xirmon albatta tiklanishidan dalolat berib turibdi. Uch-to‘rt kishi agregatar aylanadigan joyga egat tortib, uurg‘ qadamoqda. Hatto o‘qariqlarga ham makkajo‘xori ekilayotir. Chunki zveno azolari hosil to‘la gektarlardan olinishini yaxshi bilishadi.
Kolxoz bog‘i tomon yo‘l oldik, Bizni bog‘ brigadiri [Ilmdor Nuriyev] ochiq chehra bilan qarshi oldi.
Kolxoz bog‘ida ko‘chat o‘tkazish davom etmoqda. 3 ming tup tok ko‘chati o‘tqazilibdi. Yana 400 tup olma, o‘rik va boshqa mevali daraxt nihollarini ham o‘tkaziladi. Ayni paytda yo‘l bo‘ylariga ko‘chat o‘tkazish va obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor berilmoqda. Markaziy ko‘chalarga ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chati o‘tkazildi. Ko‘chat o‘tkazish, ishlarida [Akbar Asqaraliyev], [Sobirjon Mamadaliyev] singari mirishkor bog‘bonlar namuna ko‘rsatishmoqda. Kolxoz bog‘ida tok ochish, daraxtlarga shakl berish, taglarini yumshatish ishlari ham jadal davom etmoqda.
Xo‘kjalikning qaysi bir brigadasiga bormang, qizg‘in mehnat ustidan chiqasiz. Buning boisi bor albatta. Chunki xo‘jalik mehnatkashlarining yuki og‘ir. Ular ulkan marralarni ko‘zlab mehnat qilmoqdalar. Ona-Vatanga 3800 tonna “qahrabo don”, 120 tonna meva va uzum arg‘umon etishga ahd qilishgan. “So‘z - subuti bilan chiroyli” deganlaridek, shun kunlarda xo‘jalik mehnatkashlari mo‘l hosilga puxta zamin yaratish ishtiyoqida fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Total words
380
Unique words
300
Annotated anthroponyms
10
Toponyms
2
TTR
0.789
Hapax
249
Distribution
Top frequency chart
Dataset