Aziz oʻrtoqlar! Miliy bayram – $$Kuba revolutsiyasi$$ning 16 yilligi munosabati bilan $$Sovet Ittifoqi Komunistik partiyasi Markaziy Komiteti$$, $$SSSR Oliy Soveti Prezidiumi$$, $$SSSR Ministrlar Soveti$$ nomidan sizlarga, $$Kuba kommunistik partiyasi Markaziy Komitetiga$$, $$Kuba Respublikasining Revolyutsion hukumati$$ga, butun qardosh Kuba xalqiga samimiy tabriklarimizni yoʻllaymiz.
Revolyutsiya gʻalabasi Kuba tarixida yangi davrni ochdi. $$Kuba xalqi Kummunistik partiya$$ va $$Revolyutsion hukumat rahbarligida$$ oʻtgan oʻn olti yil mobaynida aktiv kurash olib borib va zoʻr gʻayrat bilan ijodiy mehnat qilib, chuqur, chinakam, revolyutsion oʻzgarishlarni amalga oshirdi, iqtisodiy, sotsial va madaniy qurilishda, sotsialistik tuzumni mustahkamlash va himoya qilishda katta muvaffaqiyatga erishdi.
$$Sovet kishilari Kommunistik partiya$$ tevaragiga mahkam jipslashgan qardosh Kuba xalqining sotsialistik jamiyat yoʻlidan yurib buyuk madsadni amalga oshirishda qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlaridan xursanddirlar. $$Kuba kommunistlari$$, barcha mehnatkashlari rvolutsiya gʻalabasining yangi yilligini oʻz Kommunistik partiyasining siyezdiga tayyorgarlik koʻrib, sotsialistik musobaqa kenga avj olgan, mehnat gʻayrati yuksalgan, partiya bilan xalqning ma’naviy siyosiy birligi mustahkamlangan bir vaziyatda nishonlamoqdalar.
$$Kuba Respublikasi$$ hozirgi kunda sotsialistik hamdoʻstlik xalqalari jipslashgan oilasining munosib a’zosidir. Kuba Respublikasi tinch-totuv yashash lenincha prinsiplarini qaror toptirishga qaratilgan tashqi siyosiy yoʻlni amalga oshirishda, jahonda keskinlikni yumshatish jarayonini yanada rivojlantirish va kuchaytirishda faol qatnashmoqda. Sotsialistik Kubaning tinchlik va sotsial taraqqiyot ishiga qoʻshayotgan hissasi hamma tomondan e’tirof etilmoqda. Imperialistlarning qamal qilish siyosati tamomila barbod boʻlganligi Kuba tashqi siyosatining ta’sirchanligini yaqqol isbot etuvchi dalildir.
Biz mamlakatlarimiz oʻrtasida $$marksizm-leninizm va proletary internatsioanlism prinsplari$$ga asoslangan qardoshlarcha doʻstlik va msutahkam hamkorlik munosabatlarini qadrlaymiz, $$Sovet Ittifoqi$$ bilan Kubaning jahon miqyosidagi harakat birligini gʻoyat qadrlaymiz. Mamlakatlarimizning rahbarlari oʻtgan yili Gavanada doʻstona uchrashdilar. Oʻtgan yil samarali yil boʻldi va Sovet – Kuba hamkorligini yanada kengaytirish hamda kuchaytirishga yordam berdi.
Aziz doʻstlar, sovet kishilari Kuba revolyutsiyasining 16 – yilligini, ana shu mushtarak internatsional bayramimizni sizlar bilan birgalikda nishonlab, ishchilar sinfiga, dehqonlarga, xalq ziyolilariga, revolyutsion kurash qatnashchilariga qizgʻin salom soʻzlari bilan murojaat qiladilar va sotsialistik Kuba qurilishida yangidan-yangi muvaffaqiyatlarga erishuvingizni tilaydilar.
Partiyalarimiz, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik mustahkamlanib, rivijlanaversin!
Article
KUBA KOMMUNISTIK PARTIYASI MARKAZIY KOMITETINING BIRINCHI SEKRETARI, KUBA RESPUBLIKASI REVOYUTSION HUKUMATINING BOSH MINISTRI, OʻRTOQ FIDEL KASTRO RUSGA KUBA RESPUBLIKASINING PREZIDENTI OʻRTOQ OSVALDO DORTIKOS TORRADOGA
Total words
306
Unique words
230
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
13
TTR
0.752
Hapax
194
Distribution
Top frequency chart
Dataset