Xabaringiz bor, mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yurtimizda opa-singillarimizga yanada ko‘proq e’tibor qaratilib, ularning oilada, jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Darhaqiqat, ayolga har qancha hurmat-ehtirom ko‘rsatsak arziydi. Chunki, ular ertangi kunimiz davomchilari bo‘lib, ular bor joyda saranjom-sarishtalik, fayzu tarovat, mehr-muhabbat o‘zgacha bo‘ladi. Ayol avvalo ona, qolaversa, oila deb ataluvchi muqaddas qo‘rg‘onning farishtasi, jamiyat ustuni, hayotimiz fayzidir. Oramizda shunday ayollar borki, ular o‘zlarining intilishlari, g‘ayrati va shijoati, bilimi va tajribasi bilan oilada ham, ishda ham o‘z o‘rinlarini topib, oilasi bilan birga el-yurtga ham nafi tegmoqda. Poytaxtimizdagi 151-sonli qurilish-montaj korxonasining marketing bo‘limi menejeri Mavluda Abdukarimova haqida ham shunday fikr bildirish mumkin. Xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati rahbari ham bo‘lib ishlaydigan opaning faoliyati chindan ham e’tirofga loyiq. Nafaqat o‘zi ishlayotgan korxona rahbariyati, balki Sergeli tumani hokimiyatidagilar, mahalla faollari, hamkasblaridan iliq fikrlarni eshitib, bunga ishonch hosil qildik.
Qahramonimiz $$Sergeli tumani$$dagi $$“Chortoq” mahallasi$$da oddiy oilada tug‘ilib voyaga yetgan. 1970 yilda maktabni tugatib, tibbiyot texnikumiga o‘qishga kirgan. Tabiatan izlanishga chanqoq bo‘lgan ^^Mavluda^^ opa $$Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti$$ning iqtisod yo‘nalishiga hujjat topshirib, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan. O‘zi qiziqqan sohani muvaffaqiyatli tamomlagach, tibbiyot sohasida ishlab tajriba to‘pladi. Iqtisod bo‘yicha olgan bilimlari asqotib, keyinchalik tadbirkorlik bo‘yicha ham yaxshi natijalarga erishdi. “Tadbirkor ayol” uyushmasining faol a’zolaridan biri sifatida ko‘plab tadbirlar, seminarlar ishtirokida bo‘lib, ham amaliy, ham nazariy jihatdan ko‘nikmalarini boyitdi. Tadbirkorlarning ish tajribalarini o‘rgandi, qurilish korxonalari rahbar xodimlaridan marketing-menejer yo‘nalishi bo‘yicha ko‘p narsalarni so‘rab o‘rgandi. Ana shu jarayonda juda ko‘plab ustozlar, hamkasblar orttirib, hozirgi kunda o‘z kasbining malakali fidoyisiga aylangan.
— Qurilish sohasi men uchun begona emas, — deydi ^^Mavluda Abdukarimova^^. — Chunki otam [Abduvahob] ota uzoq yillar qurilishda oddiy ishchi bo‘lib ishlaganlar. Halol mehnati bilan ro‘zg‘or tebratib, bizlarni el-yurtga qo‘shdilar. Hozir 77 yoshni qarshi olib, keksalik gashtini surmoqda. Onam ^^Azoyim^^ aya 72 yoshda, quvur zavodida ishchi bo‘lib ishlaganlar. Yaratuvchiga shukr, ota-onam duoda bo‘lib, hozirgi kungacha kamtarin, halol, mehnatkash va fidoyi bo‘lishim uchun doimo o‘z maslahatlarini, yo‘l-yo‘riqlarini ayamaydi. Baxtimizga bor bo‘lishsin, hamisha meni to‘g‘ri tushunib, qo‘llab-quvvatlaydilar.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hozirda mamlakatimizda ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Suhbatdoshimizning aytishicha, bu borada davlat tomonidan berilayotgan imkoniyat va sharoitlar ishbilarmonlik muhitini yaratishda katta o‘rin tutmoqda. Buni opaning uka-singillari faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.
— Oiladagi olti nafar farzandning eng kattasi men, — deydi u kishi jilmayib. — Mendam keyin [Abdumannon], singillarim ^^Muhabbatxon^^, ^^Rozaxon^^, ^^Jamilaxon^^ va kichik ukam [Elmurod]. Hozirda hammamiz oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanamiz. Yana bir e’tiborli jihati, hammamiz otamizning izidan borib, qurilish sohasining har xil faoliyat yo‘nalishlarida ish olib boramiz. Ota-onamiz 15 nafar nevara, 2 nafar chevara bilan biz farzandlar kamolini ko‘rib, shukronalikda hayot kechirmoqda. Buning uchun Yaratuvchiga shukrlar bo‘lsin.
“Qarisi bor uyning, parisi bor”, deganlaridek, har kuni dasturxon atrofida bizning, el-yurtning tinchligini so‘rab duo qiladilar. Tinchlik bor joyda halovat, baraka, farovonlik bo‘ladi, deb ko‘p bora gapirishadi. Yuqorida aytganimday, maslahatlarini, o‘gitlarini beradilar. — Ikkita sohada ishlasangiz ham oilangiz, farzandlaringiz, mehribonlaringiz qo‘llab tursa, ikkitasiga ham ulgurarkan ekansiz. Men ishlayotgan har ikki soha bir-biriga yaqin bo‘lgani uchun, gapning ochig‘i, unchalik qiyinchilik sezmayman. Lekin izlanish, intilish va albatta mehnat bo‘lmasa, natijaga erishish qiyin.
Prezidentimiz shu yil 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan ko‘plab vazifalarni belgilab berdi. ^^Mavluda^^ opaning aytishicha, ushbu vazifalar o‘ziga ham juda katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki faoliyati aynan shu yo‘nalish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, imkon darajasida bu xayrli ishlarga o‘z hissasini qo‘shishni zimmasidagi burch deb hisoblaydi. — Inson qachonki o‘zida mas’uliyatni sezib ish qilsa, albatta yaxshi natijaga erishadi, — deydi opa. — Maqtanishga yo‘ymaymanu, men har doim mas’uliyatni his qilib, bildirilgan ishonchni suiiste’mol qilmaslikka harakat qilaman. Qurilish ham xuddi tibbiyotdek katta mas’uliyatni, bilimni, tajribani talab qiladi. Agar o‘z kasbingni chin dildan sevsang, uyingda ham baraka bo‘ladi. Yaratuvchiga shukr, 25 yildan buyon turmush o‘rtog‘im Sodirjon aka bilan baxtli umr kechirmoqdamiz. Katta farzandim [Jasurbek] $$O‘zbekiston temiryo‘llari instituti$$ning ikkinchi bosqichida o‘qiydi, qizim ^^Tahminabonu^^ ham tadbirkor bo‘lishni orzu qiladi. Kelajakda farzandlarimning ham el-yurtga halol xizmat qiladigan olijanob, fidoyi insonlar bo‘lishini niyat qilaman.
— Har bir insonning kamolotida ota-onadan tashqari, ustozlarining ham xizmati katta bo‘ladi. Nafaqat kasb sirlarini, balki hayotiy tajribalarini ham o‘rgatuvchi, hamfikr bo‘ladigan ko‘plab yaxshi insonlarni uchratamiz. Ne baxtki, ^^Mavluda^^ opaning ham [Sadriddin aka Yarmetov] va ^^Maryam opa Botirova^^ singari ana shunday ustozlari bor.
— Bu insonlardan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim, — deydi opa. — Ulardan o‘rganganlarimni shogirdlarimga, hamkasblarimga ham o‘rgatib boryapman. Ishxonamizda kasbini jonu dilidan yaxshi ko‘radigan insonlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. 10 taga yaqin uy-joylarni va yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarga obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan xodimlarimizdan chilangar-santexnik Hasan Ubaevni, ish ustasi Zohidjon Samirovni, ko‘p yillik tajribaga ega malakali mutaxassis ^^Maryamxonim Basirova^^ning nomlarini alohida tilga olmoqchiman. Ana shunday insonlarni o‘zida jamlagan jamoamiz bilan bizga ishonch bildirgan yurtdoshlarimizning xonadonlarida qulay sharoitlarni yaratib borayotganimizdan juda xursandmiz.