🔍

Article

JAHON BANKI YANGLISHGAN BO‘LSIN-DA...

By Laziza Sherova, "O‘zbekiston ovozi" muxbiri. • in 2021

Yil yakunlanib borar ekan, turli so‘rovnomalar, reytinglar tuziladi, natijalar tahlil qilinadi. O‘zimiz yozgan hisobotlarda allanechuk "mehr" ufurib turadi, yaxshisini oshirib, yomonini yashirib degandek. Shu boisdanmi, xorij kompaniyalarida tuziladigan turli reyting, hisobotlarni diqqat va hushyorlik bilan kuzatamiz. Ayniqsa, Jahon Bankidek nufuzli idoraning hisobot bo‘lsa, bunisi endi ancha jiddiy. Zotan, hisobot tayyorlash usullari, indikatorlari murakkab bo‘lgani uchun, eng asosiysi, investorlar, hamkorlik qilish istagida bo‘lganlar shu kabi muhim hisobotlarga tayanishi jihatidan, Jahon Bankining $$O‘zbekiston$$ yoshlarining ish bilan bandligiga doir hisobot muhim.

Albatta, yoshlar bandligini ta’minlash umumdavlat ahamiyatiga ega masaladir. Yashirishning hojati yo‘q, $$O‘zbekiston$$da yoshlar ishga joylashishda qiyinchiliklarga uchrayotgan ijtimoiy nochor toifalardan biri hisoblanadi.

YOSHLAR – MUAMMO (MI?)
Yaqinda Jahon banki $$O‘zbekiston$$da yoshlarni ish bilan ta’minlashdagi muammo va imkoniyatlar to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qildi. Unda aytilishicha, $$O‘zbekiston$$da 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 15 million, 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar esa 18 million nafarni tashkil qiladi. Bu shaxslar guruhi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun ham imkoniyat, ham muammodir. Ular mehnatga layoqatli aholining boshqa guruhlariga qaraganda ishga joylashishda jiddiyroq to‘siqlarga duch kelishadi, shuningdek, yuqori darajadagi iqtisodiy nofaollik va mehnat bozoridan norozilikni namoyon etadilar. 16–24 yoshli yoshlarning 24 foizini, 16–29 yoshli yoshlarning 26,4 foizini hech qayerda o‘qimayotgan va ishlamayotgan yoshlar tashkil etadi.

Albatta, yoshlar bandligini ta’minlash umumdavlat ahamiyatiga ega masaladir. Yashirishning hojati yo‘q, $$O‘zbekiston$$da yoshlar ishga joylashishda qiyinchiliklarga uchrayotgan ijtimoiy nochor toifalardan biri hisoblanadi.

Haqiqatan ham, bu boradagi ahvol chatoqmikan?

YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLOVCHI OMIL — KUCHLI TA’LIM TIZIMI
Hozir mamlakatimiz aholisining 55 foizini yigit-qizlar tashkil etadi. To‘g‘ri, so‘nggi yillarda yoshlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng miqyosdagi ishlar olib borildi.

Mehnat bozoriga 2021 yilda jami 560 ming nafar bitiruvchi kirib keldi. Ya’ni, oliy ta’lim muassasalarini 103,1 mingdan ortiq, umumta’lim maktablarini 440 mingga yaqin, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini 18 mingdan ziyod yosh tamomladi. $$Oliy ta’lim$$ tizimini rivojlantirish konsepsiyasida yoshlarni qamrab olish darajasini 2030 yilga qadar 50 foizga yetkazish belgilangan.

Aytilish kerakki, yoshlarimiz orasida o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan, jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotganlari juda ko‘p. Ammo o‘qishni bitirib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylasha olmayotgan, sarson-sargardonlikda yurgan yigit-qizlar bor. Hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan, adashgan, ko‘makka muhtojlari ham yo‘q emas.

Demak, islohotlarga qaramay, yoshlarning muammolarini tizimli hal etish borasida muayyan kamchiliklar ham bor...

XO‘SH, GAP NIMADA?
Aslida yoshlar mamlakat taraqqiyoti uchun katta iqtisodiy kuch va yaxshi imkoniyat degani. Lekin bu maqsadga erishish uchun avvalo, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, ular uchun kredit ajratish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga jiddiy e’tibor berish kerak. Biroq, afsuski, bizda aholi bandligini ta’minlash, ishsizlar taqdiriga kuyunchaklik bilan munosabatda bo‘lish holatlariga hamma joyda ham duch kelina bermaydi. Buning ortidan biri ikkinchisiga izdosh bo‘lgan muammolar ko‘paygan sayin ko‘paymoqda.

1. Qishloq joylarda ish o‘rinlarining yetishmasligi va ishchi kuchiga talabning sustligi, norasmiy bandlikning yuqori darajasi yoshlar bandligini ta’minlashdagi asosiy muammolardan biri. Aksariyat yoshlar rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan va mehnat daftarini ochmasdan ishga qabul qilinadi. Yoshlar ish haqi kutilgan darajaga nisbatan pastligidan shikoyat qilishadi.

2. Diplom yo‘q – ish yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda $$O‘zbekiston$$da 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 18 million bo‘lib, mamlakat Yevropa va Markaziy Osiyoda eng ko‘p yoshlarga ega. Kelgusi 10 yil ichida mehnatga layoqatli aholi soni yana 12 foizga oshishi kutilmoqda. 16–24 yoshdagi barcha yoshlarning 24 foizini (26,4 foizi 16 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan guruhda) ishsiz yoki o‘qimaydigan yoshlar tashkil etadi. Qizlar orasida ishsizlik o‘g‘il bolalarga nisbatan to‘rt barobar yuqori.

3. Bilim va ko‘nikmalarning yetishmasligi asosiy muammolardan biri sifatida ko‘rsatilgan. Aytilishicha, umumiy ta’lim tizimi hamda kasb-hunar ta’limi orqali taqdim etilayotgan texnik ko‘nikmalarning sifati pastligi, ish beruvchilar tomonidan talab qilinadigan bilim va ko‘nikmalarga sezilarli darajada mos kelmaydi. O‘z biznesini boshlashda biznes rejasini puxta ishlab chiqish uchun zarur bilimlar yetishmaydi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga kirish juda qiyin (edi, ta’kid bizniki).

4. O‘z biznesini boshlashda imtiyozli kredit olish imkoniyati cheklangan va aksar hollarda boshlang‘ich kapital mavjud emas. Bundan tashqari, kuchli raqobat va mahalliy iste’mol bozorlarining cheklanganligi ham asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Qiziq gaplar, o‘zimizga ma’lum. Ammo allaqachon manzarani o‘zgartirishga doir amaliy harakatlar boshlangan. Men bu jihatdan hisobotda yangilik ko‘rmadim.

AXBOROT VA BIZNES
Hisobotda bandlik bo‘yicha davlat dasturlarining zaif tomonlari ham sanab o‘tilgan. Jumladan, yoshlar mehnat bozori to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotga ega emas va maktablarda kasbga yo‘naltirish amaliyoti deyarli mavjud emas. Yoshlar va ish beruvchilar bandlik bo‘yicha mavjud davlat xizmatlari va dasturlaridan xabardor emas va bunday imkoniyatlardan foydalana olmaydi. Shuningdek, yoshlar bandligini oshirishga qaratilgan dasturlarga davlat xarajatlarining samaradorligi va hukumat aralashuvining optimal darajasini aniqlash borasida ma’lumotlar monitoringi va baholash madaniyati ham zaifligi qayd etilgan.

Jahon banki ekspertlari Telegramdagi o‘zbek segmentini ham kuzatdimikan? Ta’lim, biznesga doir qancha resurslar bor. Nazarimda, ob’ektivlik buzilgan.

UMIDSIZ KAYFIYATDA EKANLIGINGIZDAN XABARINGIZ BORMI?
Jahon bankining hisobotida aytilishicha, O‘zbekistonda 16–29 yoshdagilarning 26,4 foizini mehnatda, ta’limda yoki professional tayyorlov kurslarida band bo‘lmagan yoshlar (NEET) tashkil qiladi. Qo‘shimcha qilib aytishayapti, O‘zbekistonda 15–24 yoshli yoshlar orasida "umidsizlikka tushgan" yoshlarning ulushi 5 foizga yetadi, 25–29 yoshli yoshlar orasida esa 4 foizga kamayadi. Yevrosiyo mintaqasidagi aksar qo‘shni mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 2,5 foizdan kamroq.

Qiziq... Hurmatli yoshlar, umidsiz ekanligingizdan o‘zingizning xabaringiz bormi? "Qozonchining ixtiyori o‘zida, qayerdan quloq chiqarishni o‘zi hal qiladi", deydilar.

Bu tahlilni tayyorlayotganlar bizning madaniyat, qadriyatlarimizni bilarmikanlar? Bu ayblov kosa ko‘tarib gulshanga kirgandek bo‘lib qolibdi, degan shubha paydo bo‘ldi menda.

NIMA QILISHNI HAM AYTISHDI
Tahlillardan kelib chiqib, hisobot mualliflari yoshlar bandligi sohasidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini ham e’lon qildi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlarini baholash, isloh qilish va kengaytirish, maktablar va kasb-hunar ta’limi markazlariga amaliy ko‘nikmalarni o‘qitishni joriy qilgan holda ularni rivojlantirish, talab katta bo‘lgan ko‘nikma va kasblarni yaxshiroq diagnostika qilishni ta’minlash, yoshlarning ta’lim va mehnat bozori haqidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratish kerakligi ta’kidlangan.

Shuningdek, yosh ayollarning bandlik va o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlashda faol ishtirokini rag‘batlantirish, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha xizmatlarni yaxshilash va yanada moslashuvchan mehnat qoidalarini joriy etish, sektorlar va hududlar bo‘ylab kasbiy va mehnat mobilligidagi to‘siqlarni bartaraf etish uchun qonunchilik islohotlarini ilgari surish, bandlik bo‘yicha davlat xizmatlari va dasturlari haqidagi xabardorlikni oshirish hamda xavfsiz va samarali mehnat migratsiyasini osonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Tavsiyalar bir qadar konstruktiv, hukumatning amaliy harakatlariga ham uyg‘un ekanligi e’tiborimni tortdi.

NATIJALAR BOR, AMMO KUTILGANIDEK EMAS...
[Firdavs Sharipov], $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$dagi $$O‘zXDP fraksiyasi$$ a’zosi:

— Parlament quyi palatasidagi $$O‘zXDP fraksiyasi$$ a’zolari va mahalliy Kengashlardagi deputatlar muntazam ravishda bandlik bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilmoqda. Lekin, ochig‘ini aytish kerak, natijalar kutilganidek emas.

Xalq demokratik partiyasi hukumat faoliyatiga ishsizlik masalasi qanday hal etilayotganiga qarab baho berilishi zarur, deb hisoblaydi. Shu sababli biz respublikadagi ish o‘rinlari yaratilishi bilan bog‘liq real vaziyatni tanqidiy tahlil qilmoqdamiz.

Ochiq aytganda, joylarda aholi, xususan, yoshlar bandligini ta’minlashda to‘siq bo‘layotgan muammolar talaygina. Aytiladigan bo‘lsa, hududida qancha ishsiz borligi, ular nimaning orqasidan tirikchilik qilayotgani va nima bilan bandligidan bexabar rahbarlar yo‘q emas.

Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat biri-biridan farq qiladi. Bandlik va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda shu nuqtai nazardan yondashish kerak. Aks holda, ish o‘rinlari qog‘ozda yaratiladi, soxta statistika shakllanadi. Ish o‘rni haqidagi yolg‘on raqamlar ko‘payishi ishsizlik muammosini yanada og‘irlashtiradi. Boisi, ish o‘rinlari uchun yo‘naltirilgan resurslar behuda ketadi. Yana bir muhim yo‘nalish bor-ki, uzoq yillardan buyon gapirib kelinayotganiga qaramay, salmoqli natijalarga erishilmadi. Gap hududlarda sanoatni rivojlantirish, munosib haq to‘lanadigan ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash haqida bormoqda.

Yangi ish o‘rinlari yaratilishi mamlakat iqtisodiyoti o‘sayotganining eng muhim belgilaridan biridir. Hukumat bu masalaga ijtimoiy barqarorlikning muhim sharti sifatida yondashishi zarur bo‘lmoqda. Afsuski, respublikamizda ishsizlik hanuz yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bugungi kunning o‘tkir, og‘riqli muammosi xususida jiddiy bosh qotirib, aniq, samarali chora-tadbirlar ko‘rish taqozo etilmoqda.

XULOSA O‘RNIDA
Aslida, bandlik, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasini bir kun ham kechiktirib bo‘lmaydi. Yuqoridagi xulosalar, hisobotlar, shu yurt farzandi sifatida, g‘ururimga tegsa ham, mulohaza qilib ko‘rib, bugunimizni emas, kelajakni – farzandlarimizni o‘ylab, har qanday fikrni vazminlik bilan qabul qilish, keragini olishdan uyalmasligimizni o‘yladim.

Muammolardan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ularni qog‘ozlar ostiga yashirish, "bizda hammasi zo‘r", degan hisobotlar bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. $$O‘zbekiston$$da aholi, ayniqsa, yoshlar bandligi masalasida muammolar ko‘pligi o‘zimizga ham ma’lum. Uni bartaraf etish bo‘yicha ish olib borilayotganini ham bilamiz.

Ammo, unutmasligimiz kerakki, hamma gap samaradorlikda. Yoshliq tez o‘tib ketadi. Bir marta keladi. Uni baxtiyor yashab o‘tish kerak.

Total words

1,292

Unique words

808

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

11

TTR

0.625

Hapax

605

Distribution

Top frequency chart

Dataset