🔍

Article

UY-JOY QURILISHI SOHASI YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA

By "O‘zbekiston ovozi" muxbiri Zilola Ubaydullayeva … • in 2021

ODAMNING UY-JOYI BO‘LSA, O‘Z BOSHPANASIGA EGA BO‘LSA, ALBATTA, XOTIRJAM VA BAHTLI YASHAYDI. CHUNKI OILA JAMATNING ASOSIY BO‘GINI, KISHI XONADONI ESA UNING KICHIK VATANI SANALADI. SHUNDAN KELIB CHIQIB, YURTIMIZ AHOLISINI TURAR JOY BILAN TA’MINLASH CHORALARI YO‘LGA QO‘YILGAN. MASALAN, KELGUSI YIL MAMLAKATIMIZDA IPOTEKA DASTURLARI DOIRASIDA 50 MINGGA YAQIN XONADONLI UY-JOYLAR QURILISHI REJALASHTIRILGAN. BUNGA QARIYB 13 TRILLION SO‘M MAQSADLI KREDIT VA 1 TRILLION 300 MILLIARD SO‘M SUBSIDIYA AJRATILISHI KO‘ZDA TUTILGAN.

Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ushbu masala atroflicha ko‘rib chiqildi, Prezidentimiz tomonidan aholi va quruvchilarga yangi qulaylik hamda imkoniyatlar belgilandi.

Aytish kerakki, bugungi kungacha ipoteka krediti va subsidiya olishda uy-joy maydoni va narxi bilan bog‘liq cheklovlar bor edi. Endi bunday cheklov bo‘lmaydi. Sotib olinadigan xonadonning maydoni va narxidan qat’i nazar, ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 million so‘m subsidiya to‘lanadi. Shuningdek, ehtiyojmand aholi uchun davlat tomonidan qoplab beriladigan subsidiya miqdori barcha hududlar uchun bir xil 10 foiz etib belgilandi. Subsidiyalar yakka tartibdagi uy-joy qurish va ta’mirlash uchun olingan kreditlar uchun ham tatbiq etiladi.

Bu yangiliklardan aholi mamnun. Bevosita $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ elektorati sanalgan ehtiyojmand kishilar manfaatlari himoyasi kuchaytirilgani esa partiya faollariga qo‘shimcha vazifalar yuklaydi.

Xo‘sh, tegishli mutasaddilarning, $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ deputatlarining bu boradagi fikrlari qanday? Yangi massivlar bunyod etilishida mas’ul bo‘lgan tashkilotlar nima deydi?

[Davron Odilov], Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari:
– Bu yangilik ham uy-joyga ehtiyojmand xalqimiz, ham uy-joy qurilishi bozorida ishtirok etayotgan quruvchilarning ichida kutayotgan orzu-maqsadlari edi. Shuncha imkoniyat yaratilishini hatto biz ham kutmagan edik. Shu ma’noda ushbu o‘zgarishlarni inqilobiy selektor, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Respublikamizning barcha hududida ilk shakllangan dasturga ko‘ra, 29 ta $$O‘zbekiston massivlari$$ bunyod etilishi rejalashtirilgan. Albatta, bu dastur cheklanib qolmay, kelgusi yillarda ham davom etadi. Chunki dasturga asosan juda ham katta va keng ko‘lamli qurilishlar olib boriladigan hududlar bor.

Avvallari bizda yondashuv boshqacha edi. Avval qurib, keyin infratuzilma masalalari haqida o‘ylardik. Davlatimiz rahbari belgilab bergan dasturda uylarni massiv shaklida qurish qayd etilgan. Loyihadan boshlab o‘sha joyning rivojlanishi rejalashtiriladi. Yangi tashkil etiladigan massivda odamlarning qayerda ishlashi, o‘qishi, qaysi poliklinika yoki mahalla guzariga borishi va dam olishi, hattoki urbanizatsiya masalalarigacha qamrab olingan. Bir so‘z bilan aytganda, kompleks yondashuv asosida amalga oshiriladi. Ana shunda insonning butun hayoti davomida zarur bo‘ladigan barcha ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar, eng muhimi, ish o‘rinlari yaratiladi.

Shu sababli bosh rejaga ko‘ra, uy-joylarning manzilini tanlashda o‘qish, kasb-hunar o‘rganish, yashash, bolalar bog‘chasidagi koeffitsientlar o‘rganiladi. Uz sig‘imiga 1,5–2 barobar ko‘p o‘quvchilar bilan ishlayotgan maktablar ham bor. Shu sababli faqat massivning o‘zi emas, yon atrofidagi infratuzilmani ham o‘rganish topshirildi. Ortiqcha koeffitsientdagi maktablardan bolalarni jalb qilishga ham ruxsat berildi.

Bundan tashqari, yoshlar sanoat zonalari, kichik sanoat zonalar tashkil etiladi. Qishloq aholisi asosan yoz mavsumida o‘z dalasida band bo‘ladi. Shu sababli qishda ular uchun issiqxonalar qurilib, daromadga ega qilish ham ko‘zda tutilmoqda. Asosiy narsa, shu kungacha bo‘lgan ba’zi noqulay tartiblar bekor qilindi.

Avvallari quruvchilar mablag‘ sarflab, toki qurilgan uy-joyga kimdir egalik qilishni boshlagandan keyingina banklar garovga olardi. Faqat ana shunda quruvchilar sarflangan pulini qaytarib olish imkoniga ega bo‘lardi.

Yana bir jihati, shu kungacha quruvchining puli nechta uyga yetsa, shuncha qura olardi. Yangi qaror bo‘yicha esa bu imkoniyatlar bir necha barobar oshdi. Endilikda karkas qismi bitgan, ya’ni tomi yopilgan uy bank garoviga olinib, bosqichma-bosqich moliyalashtirib boriladi. Natijada esa mablag‘ jihatidan muammolar yechimi topildi. Bu esa o‘z navbatida uy tannarxining tushishiga olib keladi. Sababi quruvchiga davlat tomonidan dastak beriladi.

Qurilish klasterlari haqida gap ketganda bilishimiz kerakki, ularda loyiha institutlaridan tortib, qurilish sifatini nazorat qilish laboratoriyalarigacha mavjud. Ushbu soha bir nechta pozitsiyalardan iborat. Ya’ni, bitta binoning vujudga kelishi bir nechta bosqichni tashkil etadi. Temir-beton, eshik-romlari, jihozlar, pardozlashda ishlatiladigan xom ashyolar – bularning hammasi klasterlar tomonidan yetkazib beriladi. Klasterlar orasida ularni 80 foizgacha mahalliylashtirishga erishganlari bor. Natijada sifatni nazorat qilishga erishiladi va narxlarning oshib ketishiga to‘siq bo‘ladi. Logistika xarajatlari kamayishiga olib keladi. Galda turgan vazifa bu kabi qurilish klasterlarini ko‘paytirishga qaratiladi. Buning uchun bankdan alohida kredit mablag‘lari ajratildi.

Kelgusi yilda subsidiya bo‘yicha 21 ming xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Umumiy quriladiganlari soni esa 50 mingtani tashkil qiladi.

[Firdavs Sharipov], Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari:
Uy-joy bilan bog‘liq muammolar oz emasligini tan olish kerak. Bu borada ayniqsa, ehtiyojmand kishilar ko‘proq qiynalardi. Prezident qarori bilan ana shunday katta-katta to‘siqlar olib tashlandi, moliyaviy yordam ham berildi. Masalan, davlat tomonidan beriladigan subsidiya miqdori turlicha edi. Qaror bilan esa ular bir xil ko‘rinishga keltirildi va 10 foiz qilib belgilandi.

Yana bir masala shunda ediki, ipoteka krediti olishda kafillikka o‘tuvchi shaxs qarindosh bo‘lishi kerakligi belgilangan edi. Joylarga borganimizda saylovchilardan aynan shu bilan bog‘liq savollar bo‘lardi. Ya’ni, uyga ehtiyoji bor, lekin biror bir tashkilotda muayyan ish joyiga ega emas. Bankdan kredit olish uchun esa oylik ish haqi taqdim etilishi lozim. Bank esa to‘lov qobiliyati yo‘qligi sababli bunday kishilarga kredit ajratmasdi. Muayyan band bo‘lmasa-da, fermer xo‘jaliklari yoki boshqa savdo-sotik ishlari orqali to‘lov qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bank tomonidan talab qilinayotgan hujjatlar nuqtai nazaridan ana shu shaxslar boshpana ololmay qiynalayotgan edi. Endilikda esa qarindosh bo‘lmagan fuqarolar kafilligiga ham ruxsat beriladi. Demak, bu boradagi masalalar ham o‘z-o‘zidan yechim topadi.

Xabaringiz bor, yetimlar, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi massivlarda uy-joylar barpo etilib, tuman hokimliklari tomonidan taqdim etib kelinmoqda. Biz fraksiya yoki qo‘mitamiz tomonidan joylarda nazorat-tahlil tartibida o‘rganayotgan vaqtimizda bunday ro‘yxatlarda navbatda turganlar ko‘pligini guvohi bo‘lamiz. Ushbu masalaga yechim sifatida selektorda alohida chora-tadbir belgilandi. Ya’ni, kelgusi yildan boshlab yuqorida aytilgan toifa kishilarga ikkilamchi bozordan ham imtiyozli ravishda uy olish imkoniyati yaratiladi. Bu esa uyga juda ham ehtiyoji yuqori aholi vakillari o‘ziga kerakli hajmdagi uyni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada ular yangi massivlar qurib bitkazilishini kutib turishga majbur bo‘lmaydi.

Shu o‘rinda maqsadli ipoteka omonati mexanizmining ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. Bank, quruvchi va xaridor bor. Endi uch tomonlama shartnoma tuziladi. Xaridor bank orqali quruvchini moliyalashtiradi, ya’ni bank quruvchini mablag‘ bilan ta’minlaydi va shu asnoda zanjir uzilib qolmay, uy-joy masalasi yechimi hal bo‘ladi. Soddaroq qilib aytganda, xaridor quruvchi bilan emas, bank bilan savdoni amalga oshiradi.

Aholi uchun qulayligi esa shundaki, bank fuqaro uchun obyektning vaqtida topshirilishiga kafillik qiladi. Ba’zan belgilangan, va’da qilingan vaqtda uylar topshirilmaslik holatlarini ko‘ramiz. Demak, yangi tartibga binoan endi mijozlar xavotirga tushmasa ham bo‘ladi.

Bularning barchasiga albatta, mablag‘ va xom ashyo kerak. Shundan kelib chiqib, qurilish materiallarini ishlab chiqarish potentsialini oshirishga ham urg‘u berildi. Ushbu yo‘nalishda ham imkoniyatlarimiz yetarli bo‘lib, ulardan eng yuqori darajada foydalanish talab etiladi. Mahalliy xom ashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarilsa va ulardan foydalanilsa, uy-joyning tannarxi pasayishiga ham olib keladi.

Umuman, har bir yo‘nalish bo‘yicha joriy etilayotgan yangiliklar $$Xalq demokratik partiyasi$$ elektorati manfaatlarini himoya qilishi bilan ahamiyatli. Shu sababli bu boradagi ishlarning olib borilishi hamisha diqqat markazida bo‘ladi.

Total words

1,063

Unique words

697

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

4

TTR

0.656

Hapax

532

Distribution

Top frequency chart

Dataset