$$Surxondaryo$$ning iqlimi o‘zgacha: bir paytda bahor va yozni, qishni kuzatish mumkin. Tabiati ham o‘ziga xos: bir tomoni go‘zal vodiy, bir tomoni tep-tekis yaylovlar, cho‘l, boshqa bir tomoni purviqor tog‘lar bilan o‘ralgan. Tuprog‘i sahiy, hosildor, bir yilda 3-4 martagacha hosil olish mumkin. Keng yaylov va tog‘lar etaklarida chorvachilik va bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun imkoniyat katta. Shuningdek, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirish uchun ham sharoit yetarli.
Biroq bu imkoniyatlarga qaramay, joriy yilning so‘nggi choragida vohada kartoshka, piyoz, guruch, sholg‘om, sabzi kabi oziq-ovqat mahsulotlari biroz qimmatlashdi. Un, shakar, tuxum, o‘simlik yog‘ining narxi ham sezilarli darajada oshdi. Ammo, go‘shtning bahosi keskin ko‘tarildi. Xo‘sh, buning asl sabablari nimada, bu hol yana qachongacha davom etishi mumkin? Bu savollarga oy dinlik kiritish maqsadida mutasaddilar, deputatlar va soha vakillarining fikrlari.
Men shifokor sifatida avvalo go‘shtning foydali tomonlari to‘g‘risida fikrimni aytmoqchi edim, deydi bolalar shifokori [Umarali Meliboev]. Go‘sht tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan 10 dan ortiq oqsil va aminokislotalar mavjud. Ushbu mahsulotning bir kunlik iste’mol miqdori 150-220 gramm bo‘lib, organizm uni 60-90 foizgacha o‘zlashtiradi. Foydali jihatlarini saqlab qolish uchun uni qaynatib yoki bug‘da pishirib iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qovurilgan go‘shtda xolesterin miqdori yuqori bo‘lganligi bois, kamroq tanovul qilgan ma’qul.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, odam bir yilda o‘rtacha 55 kilogram go‘sht iste’mol qilishi zarur ekan. Mutaxassislar tomonidan 2025 yilda $$O‘zbekiston$$da aholi jon boshiga bu ko‘rsatkich 0,25 foizga oshishi yoki yiliga 54,8 (hozirda 41 kg) kilogramni tashkil qilishi aytilmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, go‘shtning qimmatlashishida bir qator sabablar bor ekan. Birinchidan, ozuqa-em tannarxining yuqoriligi bo‘lsa, ikkinchidan, vositachilarning ko‘pligi, eng asosiysi, zarur yer maydonlarining yetishmasligidir. Shuningdek, yaylovlarda suv kamligi, qor va inshootlar yo‘qligi, maxsus ozuqa uskunalari (oxur) topilmasligi ham shular jumlasidan, deydi ^^Matluba Qurbonova^^, $$Sariosiyo tumani$$ning $$"Nurobod" mahallasi$$da istiqomat qiluvchi.
Qaramo‘g‘imizda 70 boshdan ortiq qo‘y va yirik shoxli chorva moli bor. Chorvamizni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yetarli. Ammo, yaylov maydonimiz yo‘q. Masalani ijobiy hal qilib berishlarini so‘rab, 2019-2020 yillarda $$Sariosiyo tumani$$ hokimligi, Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi hamda tuman prokuraturasiga bir necha marta murojaat qilganman. Afsuski, muammo hal qilinmagan. Joylardagi ana shunday sun’iy to‘siqlar va govlar bartaraf qilinmas ekan, go‘sht narxi arzon bo‘lmaydi.
O‘ttiz yildan buyon qassobman, deydi [Sobir Murodov]. Ilgari qassobchilikdan yaxshi daromad topish mumkin edi. Ammo hozir qiyin bo‘lib qolgan. O‘tgan yilning yoz oylarida mol go‘shtini 36-38 ming, qo‘y go‘shtini 42-45 ming so‘m sotgan bo‘lsak, ayni kunlarda bu 55-65 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Xo‘sh, nega?
Bir yoshga yetgan buqani bozordan 6-8 million so‘mga sotib olamiz. Uch oy davomida unga ikki tonnagacha ozuqa-em beriladi. Bundan tashqari, semirtiradigan dori, zararkunandalarga qarshi ishlatiladigan vosita, ishchi kuchi va boshqalar. Barcha sarf-xarajat qo‘shib hisoblanganda bu 12-14 million so‘m, degandir. Shunday bo‘lgandan keyin go‘sht qimmat bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashgani taomlar narxiga ham ta’sir qilmay qolmadi, deydi oshpaz [Abdugaffor Nazarov]. Qovurilgan qo‘y go‘shtining kilosi 90 ming so‘m bo‘lsa, tandir kabob 110-130 ming so‘mga baholangan. Somsa, kabob, sho‘rva, palov va boshqa ovqatlar ham biroz ko‘tarilgan.
Hududda istiqomat qilayotgan 92 ming nafarga yaqin aholining bir qismini elektoratimiz vakillari tashkil qiladi, deydi $$O‘zbekiston XDP Termiz tuman Kengashi$$ raisi [Tura Zoyirov]. Narx-navoning ko‘tarilishi avvalo kam ta’minlangan va ijtimoiy muhofazaga muhtoj yurtdoshlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, to‘rt kishi yashaydigan oila bir oyda o‘rtacha bir qop un, 5 kilo ryum, 5-6 litr o‘simlik yog‘i, 2-3 kilo baliq, 5-6 kilo guruch, 30 dona tuxum, 3-4 kilo shakar iste’mol qiladi. O‘tgan yilning shu davrida bu mahsulotlar 480-500 ming so‘m bo‘lsa, hozir 650-680 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Xalqimizni o‘ylantirayotgan muammoni o‘rganish hamda oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash maqsadida $$O‘zbekiston XDP tuman Kengashi$$, deputatlik guruhi va bir qator tashkilotlar hamkorligida "Tulbaxor", "Sabzilya", "Xalkobod" va "Ayritom" mahallalaridagi 200 ga yaqin xonadonda tadbir o‘tkazildi.
Ma’lumki, xalqimizning asosiy qismi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Demak, ko‘pchilikda tomorka bor. Undan unumli foydalanish davr talabidir. Bilasizmi, joriy mavsumda bozorlarda kartoshka, piyoz, pomidor, baklajon, bulg‘or qalampiri, bodring ekamiz. Meva va ziravorlarni yetarli tayyorlagan bekalarimizdan mamnun bo‘ldik.
Ammo, ayrim oilalarda hamon beparvolik va loqaidlik kuzatilmoqda. Ba’zi tomorkalar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Tomorkalarni samarali foydalansa, mahsulot tanqisligi va narx-navo borasida muammo bo‘lmaydi.
Go‘sht, sut, tuxum va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar hissasiga to‘g‘ri keladi, deydi $$Uzun tumani$$ning $$"^^Guliston^^" mahallasi$$da yashovchi [Nosir Berdiev]. Ammo, ularni o‘g‘it bilan ta’minlash, yonilg‘i-moylash materiallari yetkazib berish va sifatli urug‘ topish borasida muammolar mavjud. Ana shunday masalalar yechilsagina, mahsulot bahosi albatta barqarorlashadi.
Shu o‘rinda yana bir mulohazani aytib o‘tmoqchiman. Sobiq ittifoq davrida kolxoz-sovxozlarda 3-4 ming bosh qo‘y va mol boqiladigan fermalar bo‘lardi. Xo‘jaliklar tugatilganda, chorva bir kishiga sotilgan bo‘lsa, inshootlar boshqa tadbirkorga xususiylashtirib berildi. Bu esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Hozir aholi chorvasi o‘tlaydigan yaylovning o‘zi yo‘q. Hatto dala chetida ham mol boqolmaydi. Ana shunday nuqsonlar chorvaning bosh soni kamayishi va mahsulot tanqisligiga sabab bo‘lmoqda.
Xo‘jaligimiz 1990 yilda tashkil topgan, deydi Sho‘rchi tumanidagi $$"[Akbar]" fermer xo‘jaligi$$ ish boshqaruvchisi,$$ UzXDP$$ a’zosi [Shaydullo Qurbonov]. Tasarrufimizda 363 gektarga yaqin yer maydoni bor. Uning 300 gektari ezgi yaylov bo‘lsa, 50 gektariga paxta va g‘alla ekiladi. 2,5 gektar bog‘da bodom parvarish qilinmoqda.
El farovonligi va dasturxon to‘kinligi yo‘lida sohalarni kengaytiryapmiz. Xo‘jalikda 100 bosh qo‘y, 37 bosh qoramol va yuzga yaqin parranda boqilmoqda, 1,20 gektardagi hovuzda baliq yetishtiramiz. Tomorkadagi 20 tupga yaqin mevali daraxt har yili 8-10 tonna hosil beradi. Pomidor, bodring, baklajon, bulg‘or qalampiri, kartoshka, piyoz ekamiz.
2018 yilda sof foydamiz 60 million so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan yil bu ko‘rsatkich 85 million so‘mdan oshdi. Joriy yil esa 110 million so‘m daromad qilishni rejalashtirib turibmiz. Yil oxirigacha Ukrainadan 33 bosh nasldor qora mol olib kelmoqchimiz. Bodomzorni 10 gektarga yetkazib, yiliga 10-12 tonna hosil olinadi. "[Akbar]"ning raqobatbardosh mahsulotlarini keng hajmda xorijga eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Bozor asosan talab va taklifdan kelib chiqadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining arzon bo‘lishi uchun ayrim takliflarni aytmoqchiman. Birinchidan, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga makkajo‘xori, beda va boshqa ozuqabol ekin ekish uchun suvli maydonlar ajratilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ikkinchidan, mineral o‘g‘it tannarxini nazorat qilish vaqti keldi. Ayrim "ishbilarmonlar" azotning bir qolini 120, karbamidni 150, ammofosni esa 250 ming so‘mga sotmoqda. Bu nafaqat tomorka yer egalari, balki xalqimizning ham haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, har bir xonadonda chorva, baliq, parranda, asalari, meva-sabzavot yetishtirilsa, mahsulotlar oshadi, bozorlar obod, dasturxonlar to‘kin bo‘ladi.
O‘tgan asrning 80-90-yillarida Sariosiyoning Hisori zotli qo‘ylari nafaqat mamlakatimiz, balki $$Markaziy Osiyo$$ davlatlarida ham mashhur bo‘lgan, deydi $$Surxondaryo$$ viloyat hududiy chorva-naslchilik markazi vakili [Jomahmad Sandmirzaev].
$$Sobiq ittifoq$$ davrida $$Moskva$$da o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazma va tanlovlarda $$Sariosiyo tumani$$ ushbu chorva turi bir necha marta g‘oliblikni qo‘lga kiritganini ko‘pchilik yaxshi eslaydi. Asosan go‘sht va yog‘ uchun boqiladigan Hisori zotli qo‘ylar tana tuzilishining pishiqligi, ko‘kragining kengligi, suyaklarining baquvvatligi, tumshug‘ining do‘ngligi, boshining yirikligi hamda belining uzunligi bilan ajralib turadi. Sovliqlar 120-130, qo‘chqor-par 160 kilogrammga tosh bosgan bo‘lsa, dumbasi 18-20, hatto 25 kilogramga semirgan.
Prezidentimiz [Shavkat Mirziyoyev] 2019 yilning 30 aprel-1 may kunlari $$Surxondaryo viloyati$$da bo‘lganida $$Sariosiyo tumani$$da chorvachilik, xususan, Hisori qo‘ychilikni rivojlantirish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar bergan edi.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus uyushma tashkil qilindi.
Qo‘ychilikka ixtisoslashgan 52 ta fermer xo‘jaligi mutasaddilari hamda 200 ga yaqin tajribali chorvadorlar bilan uchrashdik. Cho'pon-chiliqlarni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganilgan holda muammolar bartaraf etilmoqda. Istiqlol loyihalarga asoslanib, joriy yilda qo‘ylar bosh soni 180 mingta, 2025 yilda esa 400 ming boshga yetkaziladi. Ishonchim komilki, $$Sariosiyo$$ning $$Hisor tog'i$$ zotli qo‘ylari shon-shuhratini tiklaydi va go‘sht mahsulotlari narxi arzonlashadi.
Shu o‘rinda ayrim takliflarni ham aytmoqchiman. So‘nggi 10-15 yilda $$Qozog‘iston$$, $$Qirg‘iziston$$, $$Turkmaniston$$ va boshqa mamlakatlarda ham Hisori qo‘ychilik rivojlanib bormoqda. Masalan, 100 kilo tosh bosadigan qo‘chqorlar $$Amerika$$, $$Germaniya$$, $$Turkiya$$, $$Janubiy Koreya$$, $$Xitoy$$ va boshqa davlatlarda 6-6,5 ming dollarga baholanmoqda. Bu o‘rtacha 60-70 million so‘m, degandir. Shunday ekan, jahon bozoriga chiqish vaqti kelgan. Buning uchun xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish va xorijlik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash kerak. To‘g‘ri, hududda mol va qo‘y go‘shti yetarli bo‘lsa-da, qayta ishlaydigan korxonalarimiz yo‘q. Yarim tayyor va tayyor mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yilsa, 4-5 barobar ko‘p foyda olinadi.
Ma’lumki, Hisori qo‘ylarning juni 1 yilda 2 marta (bahorda va kuzda) qiriladi. Qo‘chqorlar 1,3-1,6 kg, sovliqlar esa 1,0-1,4 kg dağal jun beradi. Sanoat uchun muhim hisoblangan xomashyodan kигиз, namat va boshqa to‘shamalar tayyorlanmoqda. Farmatsevtika va kosmetologiya sohasida ham keng qo‘llanilayotgani sir emas. Afsuski, bunga e’tibor qaratilmayapti. Ichki imkoniyatlar ishga solinsa, raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ko‘payadi.
Chorva mollarini yuqumli kasalliklardan saqlash ham asosiy vazifalardan biri, deydi veterinar shifokor [Umarali Qurbonov]. - Buning uchun mavsumiy emlash tadbirlarini namunalik bilan tashkil qilish kerak. Xavfli hastaliklarning oldini olish uchun dori-darmonlar yetarli bo‘lsa-da, o‘tgan asr oxirlarida ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar va laboratoriya jihozlaridan hamon foydalanib kelayapmiz. Ularning bahosi esa nihoyatda qimmat. Bu ham oxir-oqibat go‘sht narxining oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Vohaning eksport salohiyati tobora yaxshilanayotgani quvonarlidir, deydi xalq deputati, Surxondaryo viloyat Kengashidagi $$O‘zbekiston XDP$$ guruhi a’zosi [Baxtiyor Ahrorov]. Uch-to‘rt yil avval sanoqli davlatlar bilan hamkorlik qilinsa, qisqa davrda $$Afg‘oniston$$, $$Tojikiston$$, $$Qozog‘iston$$, $$Qirg‘iziston$$, $$Turkmaniston$$, $$Rossiya$$, $$Ukraina$$, $$Estoniya$$, $$Singapur$$ kabi 30 ga yaqin davlat bilan hamkorlik o‘rnatildi. Joriy yilning 9 oyida 253 ta korxona tomonidan 150,4 million dollar yoki 291 turdagi mahsulot eksporti amalga oshirilgan. Uning 87,4 million dollarini sanoat, 63 million dollarini esa meva-sabzavot mahsulotlari tashkil qilgan. Eksport ko‘lamini yanada kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Prezidentimiz [Shavkat Mirziyoyev] tomonidan shu yilning 16 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus ishchi guruhi tashkil qilindik, deydi Denov tuman hokimi [Baxtiyor Ibatov]. Hududda 390 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilsa, 2021 yilning may oyiga qadar xalqimiz uchun 135 ming 252 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari zarurligi aniqlangan. Uning 82 ming 438 tonnadan ortig‘i allaqachon tayyorlab qo‘yildi. 52 ming 500 tonnaga yaqin parranda go‘shti, baliq, shakar, guruch, un, o‘simlik yog‘i esa bosqichma-bosqich $$Xorazm$$, $$Samarqand$$, $$Jizzax$$, $$Toshkent viloyati$$ va $$Toshkent shahri$$dan olib kelinadi. Asosiy maqsadimiz aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashdir.