“Qonun” degan tushunchaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri qat’iyatliligidir. Qat’iyati bor ekan u qonun kuchlidir. Qat’iyatini yo‘qotgan qonun zaiflashadi. Bu hol qonunga itoatsizlikni keltirib chiqaradi. Fuqarolarning qonunga rioya qilish immunitetini susaytiradi. Bunday qonunni amalga oshirish ham imkonsiz bo‘lib qoladi. Qat’iyatsizlik rahna solsa, qonun ustuvorligi tantana qila olmaydi. Shu jihatdan, 2019 yil 21 oktabrgacha o‘tkazilgan ayrim tashkiliy-huquqiy tadbirlar shundoq ham qator moddalari ishlamayotgan "Davlat tili haqidagi" qonunning nufuziga ijobiy ta’sir etmadi.
2004 yil 30 aprel kuni "Davlat tili haqidagi" qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Unga binoan, yangi O‘zbek lotin alifbosi va imlo qoidalariga to‘liq, uzil-kesil o‘tish muddati 2005 yildan 2010 yilga ko‘chirildi. Ushbu o‘zgarish 1995 yil 21 dekabrdagi $$"O‘zbekiston Respublikasi$$ning 'Davlat tili haqidagi' qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonuniga mohiyatan zid edi. Chunki u asosiy ikki maqsadni ko‘zlagan edi. Bular: 1) "davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish" va 2) lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishni ta’minlash.
Oradan sakkiz yil o‘tib, keskin ravishda besh yil orqaga sakrash ana shu "izchil joriy etish" va yangi yozuvga "mukammal o‘tish" jarayonini sezilarli sekinlashtirdi. Aslida, bunga hayotiy zaruriyat bormi? Yo‘q. Qonun amaliyoti izchil davom etar edi. Maktab ta’limi bosqichma-bosqich lotin yozuviga o‘tib bo‘lgan edi, respublikaning barcha jamoalaridagi fuqarolar yangi imloni davlat tomonidan bepul o‘qitib o‘rgatilgan edi. Mantiqan, endi amaliyotga to‘liq o‘tish va potinda savodxonlikni shakllantirishga kirishish mumkin edi.
Qo‘shimcha va o‘zgartirishlar keng xalq ommasi orasida "potinga o‘tarmikanmiz yoki kirillda qolarmikanmiz" degan ikkilanish, taraddud kayfiyatini ham uyg‘otdi. Holbuki, bunday maqsad yo‘q edi. Mabodo shunaqa bo‘lsa, biror referendum o‘tkazib, xalqning fikrini aniqlab olish ma’qul bo‘lardi.
Yozuv va savodxonlik uzoq yillar davomida shakllanadigan hodisa. Yangi bir yozuvni o‘rganish va unda savod chiqarish uchun jamiyat juda sermashaqqat jarayonni boshidan kechirishi, bu sohadagi bilimdan tashqari, ko‘z xotirasi, qo‘l ko‘nikmasini shakllantirishi shart. Bu esa yillar mobaynida ming betlab matnlarni o‘qish, yozish, uzluksiz va muttasil shug‘ullanishni taqozo etadi. Til va yozuv amaliyot bilan tirik va rivojlanishda.
2004 yilgi qo‘shimcha va o‘zgartirishlardan keyin yozuvni o‘rgangan, malaka hosil qilayotgan fuqarolar bu mashg‘ulotni kamida besh yilga to‘xtatdilar. O‘rganmaganlar esa bu ishga kirishmay qo‘ya qoldilar. "Davlat tili haqidagi" qonunga yana bir qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsa, potin yozuviga o‘tish yana besh-o‘n yil orqaga surilsa, ungacha biz avlodimiz bilan nafaqaga chiqib ketamiz, o‘rnimizga lotinda savod chiqqan avlod kelib o‘rnashadi, deya xulosa qilayotgan toifa kishilar ham yo‘q emas. Qonunda qat’iyatdan chekinish ularning shunday taxmin-gumonlariga asos berib qo‘ydi. Bu masalaning ma’naviy tomoni.
Masalaning siyosiy mohiyati ham bor. "Davlat tili haqidagi" qonunni hayotga tatbiq etish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti siyosatining tarkibiy qismiga aylangan, qonunni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi tuzilgan va joriy qilingan edi. Qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritaverish yo‘li bilan qonun amaliyotini muddatdan muddatga ko‘chiraverish davlat dasturi bajarilmasligiga olib keldi.
Nihoyat, masala iqtisodiy mohiyatga ham ega. $$O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi$$ning 1994 yil 16 iyunda qabul qilingan "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi qarori 3-moddasida shunday deyiladi: $$"O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi$$ har yillik davlat budjetini shakllantirish chog‘ida, budjetdagi tashkilotlar uchun lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin".
Darhaqiqat, milliy mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatning barcha tashkilotlarida ishlaydigan mutaxassislar millati va yoshidan qat’i nazar, davlat tiliga va yangi o‘zbek-lotin yozuviga davlat hisobidan o‘qitib o‘rgatildi. Ammo, afsuski, qonun amaliyotida qat’iyat bo‘lmaganligi va davlat tili hamda lotin yozuvida ish yuritishga talab, ehtiyoj, majburiyat sezilmaganligi tufayli, o‘rgangan fuqarolar amal qilmadilar, unutib yubordilar. Demak, o‘n yil mobaynida lotin yozuvini o‘qitishga sarflangan mablag‘ zoe ketgan, davlat budjetiga zarar yetkazilgan bo‘lib chiqadi. Ehtimol, lotin yozuvini o‘rganib amal qilmagan fuqarolar yana besh yilgacha uni unutar va ularni qayta o‘qitishga, hali qanchadan-qancha savodsizlikni tuzatish kurslari ochib, ularni ham mablag‘ bilan ta’minlashga to‘g‘ri kelar. Bular uchun davlat xazinasidan hazila kam xarajat sarflanmaydi.
Yangi yozuvga o‘z izchilliqda o‘tib ketilganida, lotin yozuvini o‘rganishga tabiiy ehtiyoj, zaruriyat, balki majburiyat sezilar edi va ko‘zlangan maqsadga tejamli ravishda erishilar edi.
Xo‘sh, 1929–40 yillardagi yangi o‘zbek-lotin yozuvi amaliyoti davrida keng xalq ommasi qanday qilib savodxonlikka erishgan? Bu — hayratomuz emas, oddiy hayotiy tajriba. Zavodlarda, fabrikalarda, tsexlarda, kolxozlarda, brigadalarda, ma-hallalarda savodsizlikni tugatish kurslari ochilgan. Natijada, butun xalq potinda qisqa muddatda savodxon bo‘lgan. Un yillik tarixiy davrda yangi o‘zbek-lotin yozuvida katta qamrovdagi madaniy meros yaratib qolingan.
Buning uchun taklifimiz: mamlakat miqyosida jamiyatning har bir bo‘g‘ida zudlik bilan maxsus kurslar ochish lozim. $$O‘zbekiston teleradiokompaniyasi$$, matbuot va nashriyot shoxobchalari, boshqa nufuzli tashkilotlarda savodxonlik va nutq madaniyatini nazorat qiluvchi mexanizm joriy etish zarur. Chunki aksariyat hollarda tilni diktorlarimiz, jurnalistlarimiz, aktyorlarimiz buzmoqdalar. Ularni xizmat joylarida til madaniyati nuqtai nazaridan nazorat qiladigan, tuzatadigan mutaxassis yo‘q.
Televizorda tez-tez berib turiladigan bir reklama ropida aktyor yoki diktor adabiy tilimizdagi "dudburon" so‘zini "dudburon" deya talaffuz qiladi. Biror kishi uni imlo lug‘atiga bir qarab olishga chaqirmaydi. "Dudburon" fors-tojikcha "dud" (tutun) va "buron" (chiqar) so‘zlaridan yasalgan, ya’ni "tutunchiqar" deb tarjima qilish mumkin bo‘lgan qo‘shma so‘zdir. U tutun chiqaradigan murt yoki quvurni anglatadi. Lekin tilimizda "dudburon" degan so‘z yo‘q. Gap faqat so‘zning xato talaffuz qilinishida emas. So‘zning bu buzuk shakli keng xalq ommasida g‘oyoki "dud", ya’ni tutun tegishli uskunadan bo‘ronday otilib chiqishi haqida chalqash, yolg‘onchi tasavvur uyg‘otadi.
Har bir so‘z milliy boyligimiz. Uni asrab-avaylashga burchlimiz. So‘z-tushunchalarga nisbatan bunday yuzaki munosabatda bo‘lish insofdan emas. Bunday chalqashliklar xalqni chalg‘itadi, oddiy odamlarning tushunchalarini noto‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltiradi. Til va ayniqsa, etimologiya haqidagi maqolalarda hamma narsa aniq bo‘lishi kerak. Bu sohada chala, dumbul fikrlar faqat zarar keltiradi.
Yangi tashkilotlarni nomlashda yuz berayotgan xatolarni to‘xtatish lozim. Keyingi 15–20 yil mobaynida hukumat qarorlarida yangi tashkil etilayotgan muassasalar nomida imloviy xatolar o‘tib ketmoqda. Masalan, "[G‘afur G‘ulom] nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti" nomida $$"G‘afur G‘ulom" nashriyot nomi$$ emas. Nashriyot [G‘afur G‘ulom] nomiga atab ochilgan. Nashriyotning haqiqiy nomi esa "Adabiyot va san’at". Shu sababli bu nomda "Adabiyot va san’at" atoqli ot, bosh harf bilan yozilishi kerak. Yoki $$"[Alisher Navoiy] nomidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti"$$, $$"[Alisher Navoiy] nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti"$$ nomlarida ham shunday. "O‘zbek tili va adabiyoti" ularning ixtisosini bildiradi va atoqli ot, bosh harf bilan yozilishi kerak. Hukumat qarorlarida esa kichik harf bilan yozilgan.
Yoki $$"Toshkent davlat Yuridik instituti"$$ nomida "yuridik" so‘zi ixtisosni bildirganligi uchun bosh harf bilan yozilar edi. Yangi ochilgan $$"Toshkent davlat Yuridik universiteti"$$ nomida esa "yuridik" so‘zi kichik harf bilan xato yozilmoqda.
Ish yuritish qanday maqomda? O‘zbek tili davlat tili maqomida bo‘lganidan keyin ish yuritish qanday maqomda bo‘lar edi, davlat tili maqomida bo‘ladi-da, dersiz? Ammo bunday bo‘lmadi. Buning sababi qonun ijrosi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganiga borib taqaladi. Hozirgacha ham ish yuritish hujjatlarining hammasi o‘zbek tiliga ko‘chgan emas. Yaqingacha ham hujjatlar yuqoridan rus tilida keladi, deyishar edi. Xo‘sh, o‘rta bo‘g‘inidagi rahbarlarning bunday talab qo‘yishlariga biror qonuniy asos bormi? Afsuski, bor edi.
$$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi$$ $$"O‘zbekiston Respublikasi$$ning 'Davlat tili haqidagi' qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi to‘g‘risida"gi qarorining dastlabki moddalari quyidagicha:
$$"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi$$ qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi "Davlat tili haqidagi" $$O‘zbekiston Respublikasi$$ning qonuni (9- va 10-moddalardan tashqari) e’lon qilingan kundan amalga kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, "Davlat tili haqidagi" qonunning 9- va 10-moddalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tilgan paytdan, ya’ni 2005 yil 1 sentabrdan kuchga kiradi". Anglashilayotirki, hamma gap Qonunning 9–10-moddalarida nimalar deyilgan? Mana, o‘sha moddalarning matni: 9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.
$$O‘zbekiston$$da o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlar davlat tili, shuningdek, ishtirokchilarning o‘zlari tanlagan tillar anjuman ish tili hisoblanadi.
10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi; ishlovchilarning ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Bugungi kunda ushbu moddalarni qayta mutolaa qilib, ularning amalga kiritilishini, oz emas, naqd o‘n yil orqaga surish zarurati nima edi?
Qonunni kuchga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qarorda belgilangan mazkur moddalarning amalga surish muddati aslida davlat tilida ish yurita olmaydigan rahbarlarga bu sohada malaka hosil qilishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘lsa ajab emas. Lekin bu o‘n yilga qadar davlat tilida ish yuritmaslik, bilmaslik, qonunga rioya qilmaslik mumkin degani emas edi. Aftidan, o‘shanday shaxslar yillar mobaynida hujjatchilik tizimini rus tilida saqlashda, quyi idoralardan hujjatlarni rus tilida talab qilishda shuni dastak qilib oldilar va o‘zlarining o‘zbek tilini bilmasliklarini shu bilan yashirib keldilar. Asl mohiyatda bu qonun hujjati matnini suiiste’mol qilishdan boshqa narsa emas. O‘n yilga qadar davlat tilini bilmaslik, shuncha vaqt rus tilidagi ish yuritish tizimini saqlash mumkin, deb hech qayerda yozilmagan edi.
Xo’sh, bu borada endigi ahvol qanday? Qonunan, vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishi kerak edi, lekin darvoqe, qonunga 2004 yili kiritilgan qo‘shimcha-o‘zgartirishlarning ikkinchi qismi ana shu ijobiy tomonga o‘zgarishga qaratilgan edi. Zotan, davlat tilida ish yuritish tizimiga amal qilishni lotin yozuviga to‘liq o‘tish muddatiga doimiy bog‘lab qo‘yib bo‘lmaydi-ku. Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning ikkinchi qismida mана nима deyilgan:
$$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi$$ning 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan $$"O‘zbekiston Respublikasi$$ning 'Davlat tili haqidagi' qonunining yangi tahririni amalga kiritish to‘g‘risida"gi qarorining 2-bandidagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tilgan paytdan" degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Lekin bu qo‘shimcha va o‘zgartirishlar keng doiradagi fuqarolarga yetib bormaydi. $$Oliy Majlis$$ axborotnomasini qidirib topib, tegishli modda va so‘zlarni o‘qib ko‘rish odamlar topiladimi? Balki topiladi, lekin kamdan-kam. Shu bois, qonunlardagi bu kabi yangiliklarni ommaga kim yetkazadi? Huquqshunoslar, qonun sharhlari? Shu o’zgarishlarning mohiyatini o‘tgan o‘n besh yil davomida biror joyda biror huquqshunos ochib bergani ni har qachon ko‘rmadik. 2004 yilda nashr etilgan qonun sharhida esa bu o‘zgarishlarni sharhlash nari-tursin, hatto qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar tilga ham olinmagan. Sharhlar 1999 yildagi 1-nashrda qanday bo‘lsa, 2-nashrda ham shunday turibdi. Nazarimda, “Sharxlar” muallif yangi e’lon qilingan “Qo’shimcha va o’zgartirishlar”ni umuman ko’rmagan bo’lsa kerak. Ko’rganida, nashr jarayonida, albatta, inobatga olgan bo’lardi.
Tegishli tahrirdan so‘ng, mazkur qaror moddasi quyidagicha o‘zgaradi: "Belgilanganki, 'Davlat tili haqidagi' O‘zbekiston Respublikasi qonunining 9- va 10-moddalari 2005 yil 1 sentabrdan e’tiboran kuchga kiradi". Demak, endilikda davlat tilida ish yuritish tizimiga to‘liq o‘tildi. Endi o‘zbek tilidagi hujjatlarni qabul qilmaslik yoki hujjatlarni rus tilida tayyorlab jo‘natishni talab qilishga qonun hech kimga huquq bermaydi. Nihoyat, "Davlat tili haqidagi" qonunning barcha moddalari to‘la va uzil-kesil kuchga kirdi. G‘ap qonunning amalga oshishidagi to‘liqlikni ham ta’minlashda qoladi. Lekin, afsuski, mana o‘n besh yil o‘tib ketdi, qonun moddalari to‘la-tugal amal qilmayapti. Hali ham o‘zbek va rus tillarida hujjatchilik yuritish va yozuv qo‘shhokimiyati izchil davom etmoqda. Bu borada taklifimiz: butun mamlakat miqyosida — yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga — bir xil ravishda davlat tilida ish yuritish qonunan qat’iylashtirilishi, xalqaro va diplomatik munosabatlar miqyosida esa maxsus me’yorlashtirilgan qonun-qoidalar joriy etilishi lozim.