Hududda ta'lim sohasiga bo‘lgan e'tiborga qarab baholanadi
Ta'lim sohasini takomillashtirish, sifatini oshirish, ilm-fan rivojini jadallashtirish bo‘yicha Prezident farmoni loyihasi regulation.gov.uz saytiga muhokama uchun qo‘yildi. Bugun barcha maktab jamoalari, ota-onalar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida loyiha qizg‘in muhokama qilinib, takliflar bildirilmoqda.
Mazkur farmonning ahamiyati, unda nazarda tutilayotgan jihatlar xususida Respublika Xalq ta'limi boshqarma boshlig‘i [Erkin Murodov] bilan suhbatlashishga qaror qildik. Farmon poyihasida jamoatchilik ishtiroki qanday bo‘lmoqda? Asosiy takliflar ko‘pmi, ozmi?
To‘g‘risi, bu farmon poyichasiz klip yurtlarimiz faol munosabat bildirayotgani xishni quvontiradi. Demak, fuqaropari mening islohotlarida daxldorlik g‘ayrati oshib bormoqda.
Avvalambor, ta'lim-tarbiya masalalari mukammallashishi uchun farmon loyihasi o‘tgan yillik muddatdagi ustuvor vazifalarni belgilab bermoqda. Eng muhimi, jamiyatda o‘qituvchining obro‘-e'tiborini yanada mustahkamlashga, barcha umumta'lim maktablarida o‘qitish metodikalarini yaxshilash va takomillashtirishga e'tibor qaratilmoqda. Maktabgacha ta'limdan oliy ta'limgacha bo‘lgan jarayonning uzviyligini ta'minlash kam ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.
Qisqa vaqt ichida 2 mingdan ziyod takliflar tushgani ham loyiha aholisining e'tibori katta ekanidan darak beradi.
Xo‘sh, farmon loyihasida nimalar ilgari surilgan? Eng avvalo, chekka hududlar faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarga oliy ma'lumot olish imkoniyati berilishi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, hududlarda kadrlarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘zda tutilgan.
Farmonning dastlabki loyihasida xalqaro oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritgan o‘qituvchilarga oliy toifa berish imkoniyati qayd etilgan edi. Keyin esa respublika miqyosida fan olimpiadalarida muvaffaqiyatga erishgan ustozlarga ham imkoniyat joriy etish taklif etilmoqda. Bu ham o‘qituvchilarning mehnatini qadrlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, poyichada o‘qitish tizimi sifatini yanada oshirish uchun o‘quv yuklamasi, fanlar sonini ko‘rib chiqish masalasi ham ko‘tarilgan. Xalqaro tajribalarni olib kirish bo‘lsa, bir necha fanlar umumlashtirilib, bitta fan sifatida o‘qitiladi. Shu orqali o‘quv yuklamalari ham kamaytiriladi. Masalan, xorijda geografiya va umumiy biologiya bitta fan sifatida o‘qitiladi. Bu bizning mamlakatimizda ham joriy etilishi kutilmoqda.
Farmon loyihasiga takliflar olinarkan, har biriga jiddiy yondashiladi. Har biri mutaxassislar tomonidan tahlil qilinib, qonun loyihasida o‘z aksini topishi ko‘zda tutilgan.
Bugun xizmat safari bilan turli hududlarga borganimizda 2-3 oy oralig‘ida yangi maktablar qurilib, foydalanishga topshirilayotganini ko‘ryapmiz. Zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Biroq ta'lim sifati, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qanday tartibda yondashilmoqda? Qanday takliflar ilgari surilmoqda?
To‘g‘ri, maktablarni ta’mirlash va eng so‘nggi texnologiyalarni berish yetarli bo‘la olmaydi. Ta'limning qancha sifatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining mahorati, bilim darajasiga bog‘liq. Buni hech kim rad eta olmaydi. Shu bois pedagoglarning malaka oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda Xalq ta'limi tizimida 400 mingdan ortiq o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning atigi 20 foizi oliy toifali o‘qituvchilardir. Savol tug‘iladi: ularning kasbiy mahoratini oshirish eng dolzarb masalalardan biri emasmi? Tizimdagi pedagoglarning besh yilda bir marta malaka oshirishi yetarli emas. Yiliga 18-20 foiz pedagog bu imkoniyatdan foydalana oladi, qolgan 50 foiz o‘qituvchi esa shu davrda ta’limdagi yangiliklardan bexabar qoladi. Xalqaro tajribani o‘rganishda bu ehtiyojga javob berish zarur.
Masalan, bir maktabda 50 o‘qituvchi ishlasa, ularning har birining tajribasi va mahorati turlicha bo‘ladi. Shu bilan birga, malaka oshirishga keladigan o‘qituvchilar ham bir xil emas. Demak, ularning malakasini oshirishda shunga qarab yondashish kerak. O‘qituvchi bir oy vaqt o‘tkazib, shunchaki sertifikat olish uchun qatnashmasligi lozim. U nimani bilishi va nimani o‘rganishga ehtiyoji borligi aniqlanib, jarayon shu asosda tashkil etilishi kerak. U o‘z bilimini kengaytirishi, darslarda yangi metodlardan foydalanishni o‘rganishi lozim. Rivojlangan davlatlarda ustozlar malaka oshirish vaqtining 10-20 foizini nazariyaga, qolganini esa amaliyotga ajratadi. Shu bilan birga, o‘quv maskanlariga borib tajriba oladi. Farmon loyihasida ustoz va murabbiylarga universitetlarda malaka oshirish imkoniyati berish taklifi ilgari surilgan.
Shu vaqtgacha pedagoglar malakasini oshirish hududiy xalq ta'limi markazlari zimmasida bo‘lgan. Farmon loyihasiga ko‘ra, nodavlat ta'lim muassasalariga ham xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirishga ruxsat beriladi. Nodavlat ta'lim markazlarida xalqaro tajriba va standartlardan foydalangan holda samarali o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bu tizimda sog‘lom raqobat yuzaga keladi.
Bugungi kunda o‘rta maktablar bitiruvchilarining 20 foizi oliy ta’limga kiradi. Qolgan yoshlarning keyingi taqdiri qanday bo‘lmoqda? Ularning kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lish masalasi bo‘yicha qanday yangiliklar joriy etilmoqda?
Biz avvalo, maktabning asosiy vazifasi nimaligini bilishimiz zarur. Maktabning vazifasi bitiruvchining hayotda muvaffaqiyatga erishishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdir. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalariga atigi 20 foiz bitiruvchi qamrab olinmoqda. Kelajakda bu ko‘rsatkich oshishi ko‘zda tutilmoqda. Har bir bolaning qabul qilish darajasi, o‘zlashtirish qobiliyati turlicha bo‘ladi. Hammasi oliy ma'lumotli bo‘la olmaydi va bu bolaning keyingi taqdiri uchun xavf tug‘dirmasligi kerak. Shu bois maktablarda ustaxona va kasb-hunar maktablari tashkil etilib, o‘quvchiga dastlabki kasbiy bilimlar beriladi. O‘quvchi 7-sinfda kasbga layoqati aniqlanib, keyin kasbga yo‘naltiriladi. 9-sinfni bitirganlar yangi formatdagi kasb-hunar maktablarida o‘qishni davom ettiradi va tanlagan yo‘nalishini chuqurroq o‘rganadi.
Farmon loyihasida sohani rag‘batlantirish masalasida yangi yondashuvlar ko‘zda tutilgan. Ta'lim tizimida yagona reyting joriy etilishi ko‘rib chiqilmoqda. Shunga qarab xodimlarni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi. Naqadar maktab, tuman, shahar hokimlarining faoliyatiga ham hududda ta'limga e'tiboriga qarab baho berish masalasi ko‘rilmoqda. Reyting natijasiga ko‘ra, eng yuqori beshtalikka kirgan maktab rahbarlari va fan o‘qituvchilarining ikki nafari sifatga qarab bepul dam olishlari mumkin. Sinf rahbarlarini ham qo‘shimcha rag‘batlantirishga e’tibor qaratilmoqda.
Ta'lim sohasida erishilgan natijalarga qarab, kamdan-kam hollarda hududiy boshqarma rahbarlariga davlat mukofotlari berilgan. Joriy yil O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida viloyat xalq ta'limi boshqarmalari va bir nechta tuman xalq ta'limi bo‘limi mudirlari davlatimiz rahbari tomonidan yuqori mukofot bilan taqdirlandi. Hatto tuman va shahar hokimlariga ham shunday mukofotlar berildi. Bu quvonarli holat. Tizimda o‘qituvchilar bilan birga boshqa soha xodimlarining mehnati ham sezilmoqda.
Farmon loyihasiga direktorlarni tayinlash, ularning faoliyatiga jamoatchilik asosida baho berish, nazorat qilish kabi tushunchalar kiritilgan. Bu borada xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga katta vazifa qo‘yilmoqda. Shu xususda fikrlaringizni bildirishingiz mumkinmi?
Pandemiya sharoitida maktablarni ochish mahalliy Kengashlar qarori bilan amalga oshirilgan. Bu to‘g‘ri qaror, deb o‘ylayman. Nega? Qog‘ozda hammasi yaxshi, amalda esa teskari holatlar bo‘lgan. Deputatlar joylarda o‘rganish orqali kamchiliklarni aniqlash foydali bo‘ldi. Ba’zi maktablarga kechikib yetganimiz ham rost. Barchasi farzandlarimiz sog‘ligi uchun qilindi va bunda deputatlarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Farmon loyihasida mahalliy Kengash tavsiyasiga ko‘ra maktab direktori tayinlanishi ko‘zda tutilmoqda. Mahalliy Kengash 3-5 yillik istiqbolli reja bilan tanishtirishi, taqdimot o‘tkazishi belgilangan. Deputatlar nomzod maktabni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘sha oladi deb ishonsa, unga tavsiya beradi. Bu maktablarni namuna boshqaruviga olib keladi va shaffoflikni ta’minlaydi. Shu bilan birga bo‘lajak direktorlarning mas’uliyat hissi kuchayadi.
O‘ylaymanki, mahalliy Kengashlarning maktablar faoliyatidagi nazorat funksiyasini amalga oshirishi muhim qadam bo‘ladi.
Shuni unutmaslik kerakki, ta'lim sohasida qilinayotgan ishlar bir kunda meva bermaydi, ammo uning mevalari yillar davomida mamlakat foydasi uchun ishlaydi.