🔍

Article

BOLANING BEGONASI BO‘LMAYDI, YOKI ATROFIMIZDAGILARDAN E’TIBORIMIZNI AYAMAYLIK

By Zilola Ubaydullayeva, “O‘zbekiston ovozi” muxbiri. • in 2019

$$“Mehribonlik uyi$$.” Shu ikkita so‘z o‘nlab, hatto yuzlab turli taqdir egalari­ni bir tom ostida birlashtiradi. Tug‘iliboq, hayotning sinovlariga duch kelgan murg‘ak qalb egalari­ning taqdiri ham bevosita ana shu so‘zlar bilan tutashdir. Ming afsuski, yil sayin qisqarish o‘rniga mehribonlik uylarining ko‘lamini kengaytirishga to‘g‘ri kelmoqda.

Biroq bolajon xalqimiz tomoshabin bo‘lib turmaydi. Ular hamisha o‘g‘il-qizlar holidan xabar olib, yashash tarzlari bilan yaqin­dan tanishib boradi. Kuni kecha $$O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi$$ faollari $$Chirchiq shahri$$dagi 14-son $$“Mehribonlik uyi”$$ tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi. Muassasa rahbari ^^Farida Kenjayeva^^ ochiq chehra bilan mehmonlarni kutib olar ekan, ayrim ma’lumotlarni aytib o‘tdi:

— $$“Mehribonlik uyi”$$ yetim yoki qonuniy vasiylar qaramo­g‘ida bo‘lmagan, sud hukmi bilan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, ota-onalari voz kechgan bolalar uchun tashkil qilingan. Bu yerda 3 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom bolalar yashashi va tarbiyalanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ayni paytda bu dargohda 124 nafar (67 nafar o‘g‘il, 57 nafar qiz) bola yashaydi. Tarbiyalanuvchilarning 63 nafari o‘zbek millatiga mansub. Bolalarning 38 nafari chin yetim, qolganlarining ota-onasi ma’lum sabablarga ko‘ra huquqlaridan mahrum qilingan, rasman o‘z farzandidan voz kechgan yoki uzoq muddatdan beri xabar olmagan.

— Shuningdek, Prezidentimizning 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim va ota-onasining qaramo­g‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqdik. Faoliyatimizni ana shu asosda davom ettirayapmiz. Muassasamizda bolajonlar uchun keng va qulay imkoniyatlar yaratilgan. Tarbiyalanuvchilarni o‘qitish va boqish to‘la davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi. Maktab ta’lim-tarbiyaviy dasturiga qo‘shimcha ravishda ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-ommaviy tadbirlar ham o‘tkaziladi.

Bu yerda eng so‘nggi zamonaviy texnik hamda maishiy jihozlar, turli to‘garaklar va boshqa barcha sharoitlar mavjud bo‘lsa-da, oila muhitining o‘rnini bosa olmaydi. Ota-onalari bermagan mehr ularning qalbida armon bo‘lib qolaveradi. Ana shular haqida o‘ylasam, yuragim o‘rtanadi. Lekin bolalar qarovsiz qolmaganidan, davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan quvonaman.

“Bolaning begona­si bo‘lmaydi”, degan naql bor. Muassasadagi bolaning har biri qalbimizdan alohida joy olgan, deydi xalq deputatlari $$Chirchiq shahar$$ kengashidagi $$O‘zbekiston XDP$$ guruhi a’zosi ^^Farida Kenjayeva^^. Bu yerda yaratilgan sharoit, tarbiyachilarning g‘amxo‘rligi ham bir mavzu bo‘lishga arziydi. Ba’zi oilalarda yo‘q imkoniyatlar $$“Mehribonlik uyi$$da” mujassam. Yeyish-ichishdan tortib, kasb va hunarga yo‘naltirilgan to‘garaklargacha — barchasi bolajonlar ixtiyorida.

Shunga qaramay, bu yerda tarbiyalanayotgan bolalarning nigohidagi mung, ko‘zidagi unsiz iztirob, qalbidagi yashirin armon yuragingni tilka-poraga qiladi. Biror notanish odam kelsa, “meni olib ketishga keldimi?” degan o‘y har bir bolaning xayolini chulg‘ab o‘tadi. Ayrimlari ota-onasini tanimaydi ham. To‘g‘ri, bu yerda pedagogdan tortib oshpazgacha ularning barchasi bilan bir oila bo‘lib ketgan. Har bir bolaga alohida e’tibor va mehr ko‘rsatiladi.

Deputat mana shular haqida gapirar ekan, ko‘zlari namlandi. Yelkasiga kelgan o‘g‘il-qizlarni mahkam bag‘riga bosdi. Yig‘laganini yashirishga urinib, bolalarning qiziqishlari, salomatligi va yutuqlari haqida so‘radi.

Shu manzarani kuzatib, xayolga toldim. Shu payt xodimlar bizni yondagi kattaroq xonaga boshlashdi. U yerda $$O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi$$ raisi ^^Sayyora Fayziyeva^^ tarbiyalanuvchilar bilan suhbatlashdi. Yigit-qizlar o‘z yutuqlari haqida faxr bilan gapirib berishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, muassasani bitirgan [Sherali Quchqorov] va [Aziz] Umadov[ bilim yurtining 3-bosqich talabasi ekan. Kelgusi o‘quv yilda [Viktor Udodov] va [Diyor Yuldashev] ham shu harbiy o‘quv yurtiga kirish niyatida. ^^Lola Baratova^^ esa $$Toshkent viloyati$$ $$Chirchiq davlat pedagogika instituti$$ning psixologiya bo‘limiga kirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Viloyat partiya kengashi raisi nigohlarida mahzunlik, tabassumida mayuslik sezilib turgan bir qizni o‘ziga yaqinroq chaqirdi va:

— Nega hammaga gapirayotganda siz jim turdingiz? — deb so‘radi.

— Avvalo, o‘zimni sizga tanishtirsam, — dedi u biroz sukunatdan so‘ng. — Men ^^Nadejda Shustova^^man, yoshim 17 da. Bu yerga kelganimda juda kichkina bo‘lganman, shu sabab ota-onamni tanimayman. Ularni yaxshi ko‘rishni ham, yomon ko‘rishni ham bilmayman. Ota-ona mehri qanday bo‘lishini his qilgim keladi. Shunda ularni sog‘inaman, hammadan yashirib yig‘lab olaman. Lekin meni tashlab ketishgani haqida o‘ylasam, o‘sha payt ota-onamga nisbatan nafrat paydo bo‘ladi. “Nega kerakmas bo‘lsam, dunyoga keltirishdi?” deb o‘ylayman. Ota-onasi bilan yashayotgan tengdoshlarimdan nimam kam, deb xafa bo‘laman.

— Bolaligimdan sportga qiziqaman. Muntazam ravishda yengil atletika bilan shug‘ullanib kelaman. Shu sport turi bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘lganman. Bu uchun avvalo ustozlarimdan, bizga sharoit yaratib bergan davlatimizdan minnatdorman. Kelajakda, albatta, katta-katta chempionatlarda g‘olib bo‘laman. Hamma havas qiladigan sportchi bo‘lsam, ota-onamning nazariga tusharman...

Suhbat yana bir muddat davom etdi. Shu kuni ^^Ibodat Qoimova^^, [Aleksandr Sabanin,] ^^Aleksandra Dushenova^^, [Shavkat Pardayev], ^^Aleksandra Zaytseva^^ va [Alisher Tairov] qaysi kasblarga qiziqishlari haqida gapirishdi. Ustoz ^^Xosiyat Saidova^^ rahbarlik qilayotgan “Chevar qizlar” to‘garagining faol a’zolari ^^Albina Rahmatova^^, ^^Mohigul Nazarova^^, ^^Muxlisa^^ va ^^Charos Yo‘ldosheva^^, ^^Sevinch Raimqulova^^, ^^Nina Lamanova^^, ^^Diyora Ashirmatova^^, ^^Zilola To‘xtayeva^^, shuningdek, “Mohir qo‘llar” to‘garagining bir guruh a’zolari ham shahar va viloyat miqyosida o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda o‘z ishlari bilan qatnashib, yuqori natijalarga erishayotganliklarini quvonch bilan so‘zlab berishdi.

Yigit-qizlarning hayoti bilan yaqinroq tanishar ekanmiz, yana ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni bilib oldik. Tadbir doirasida “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari holidan xabar olishni maqsad qilganmiz, deyishdi $$Chirchiq shahar$$ harbiy prokurorining yordamchisi, adliya kapitani ^^Gulchehra Tursunova^^ va partiya viloyat kengashi yetakchi mutaxassisi Yulduz Jumayeva.

Uchrashuv davomida ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ota-ona, oila muhiti­dan uzoq murg‘ak qalblarga yana yaqinroq bo‘lish, ularning qiziqishlarini o‘rganish va rag‘batlantirishga harakat qildik. Har bir bola bilan alohida suhbat o‘tkazildi. Deputatlar tomonidan tashkil etilgan qiziqarli savol-javoblar esa bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

O‘ylaymanki, bu ishimiz yaxshi an’anaga aylanadi va biror sana yoki taklifni kutmasdan, bu dargohga muntazam kelib turamiz...

Total words

811

Unique words

596

Annotated anthroponyms

25

Toponyms

12

TTR

0.735

Hapax

487

Distribution

Top frequency chart

Dataset