🔍

Article

MEHR QO‘LLARINI UZATAYLIK.

By Xolida Fayziyeva, jurnalist. • in 2019

$$Tokiо$$dagi nashrlarning birida shunday e’lon paydo bo‘ldi: «Ota-ona sotiladi. Ota — 68, ona — 66 yoshda. Narxi: 900 yen». Buni ko‘rganlar hayratga tushdi. Ayrimlar: «Eh, qanday zamonlarga qoldik-a, endi ota-onalar ham sotilayotgan emish! Hukumat qayerga qarayapti o‘zi?» deya norozilik bildirishdi.

E’lon berilgan gazeta avtohalokat tufayli yaqindagina vafot etgan ota-onasini tuproqqa qo‘ygan yosh oilaning qo‘liga tushdi. Er-xotin qariyalarni sotib olib, mehr-muhabbat ko‘rsatishga, g‘amxo‘rlik qilishga ahd qilishdi. Ular aytilgan manzilga kelib ajablandilar. Qariparida hashamatli uy turardi. Alang‘idik chog‘i deb ikkilanib turganlarida, eshik ochilib, bir keksa kishi ularni tabassum bilan qarshiladi.

Tushunmovchilik bo‘libdi, deya uzr so‘rab qaytmoqchi bo‘lishibdi. Uy egasi esa: «Hammayoq to‘g‘ri, ichkariga marhamat», dedi hayajonlanib. So‘ng rafiqasini chaqirib tanishtirdi-da, yosh oilaga qarab: «Ko‘rib turganingizdek, biz moddiy jihatdan muhtoj emasmiz. Bizning merosxo‘rimiz, farzandlarimiz yo‘q. Shuning uchun e’lon orqali o‘zimizga munosib merosxo‘r topishga qaror qildik. Bu e’lоnga faqat mehr-oqibati, odamiylik hissi yuqori kishilargina javob berishini bilardik! Ammo biroz shubhamiz ham bor edi. Sizlarni uchratganimizdan juda mamnunmiz», dedi.

Ha, qariylarning rejasiga tan bermay iloj yo‘q. Ularning befarzandligi shunga undagan. Ammo Yaponiyada (aslidа bunday munosabat dunyoning har bir chetida topiladi) ham keksalarning yoshlar e’tibori, g‘amxo‘rligiga muhtojligi bor gap. Yaqinda bu mamlakatda davlat tomonidan rasmаn kimsalar uchun shifoxonaga o‘xshash maskan barpo etildi. Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur qariyalar uyida ularning bekamu ko‘st umr kechirishi uchun hamma sharoit bor — eng sifatli oziq-ovqat, kuniga ikki mahal tibbiy ko‘rik, sayohatlar.

Xo‘sh, nega bunday maskanga ehtiyoj tug‘ildi? Quyosh chiqadigan mamlakat yoshlari o‘z ota-onalari bilan birga yashashni istashmaydimi?

Ochig‘i, ushbu savolga javobni faqat chetdan emas, o‘z yurtimizdan ham izlash kerak. Bizda ham shunga o‘xshash maskanlar bor. Respublika bo‘yicha 33 ta «Saxovat» va «Muruqqat» uylar mavjud. Toshkent shahar Qorakamish dahasidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati ham shular jumlasidan. Ayni paytda mazkur dargohlar davlatimiz, hukumatimiz e’tiborida.

$$O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi$$ning 2017 yil 3 iyuldagi «Muruqqat» va «Saxovat» internat uylarida yashaydigan nogironlar va keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan Respublika va hududiy vasiylik kengashlari tashkil etilgan, «Muruqqat» va «Saxovat» internat uylarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash Respublika vasiylik kengashi so‘rovi bilan ayni kunda mazkur maskan Toshkent shahar hokimligi tomonidan zamonaviy tarzda ta’mirlanib, jihozlab berilgan. Bu yerda turli millat vakillari bir oiladek yashaydi.

Sirasini aytganda, bunday manzillarga kirib borish mushkul. Ostonasiga yaqinlashganing sayin yuragingni tosh bosadi. Qanday nigohlarga to‘qnash kelib, nima deyishingni o‘ylay boshlaysan. Noo‘rin savol berib, keksalarning dilini xafa qilishdan og‘ir narsa bormi? Biri o‘ta beozor bo‘lgani bois nodon farzandning betiyik qilgan ishlarini yuragi ko‘tarolmay shu manzilga yo‘l olgan bo‘lsa, birining keksalikdagi injiqliklariga sabri yetmay, farzandining o‘zi ota-onasiga shunday hayotni ravo ko‘rgan...

— O‘qituvchi edim. Qirq yildan ziyod yoshlar ga saboq berdim, ammo qarangki, birgina o‘g‘limni yo‘lga solishga kuchim yetmadi, — deydi samarqandlik 72 yoshli otaxon [Rahmatilla ota Xolikov]. — O‘zimiz farzand ko‘rolmadik. Yaratuvchi ato etgan hayotga sabr qilishdan o‘zga iloj yo‘q. Bolalar uyidan bir chaqaloqni asrab oldik. Ko‘p yillar tirnoqqa zorligimiz bois uni ancha erkalatib qo‘yganimizni keyinroq angladik. Har qancha urinmaylik, endi kech edi.

Ichkilikka berilib ketdi. Necha kunlab uyga kelmaydigan odat chiqardi. Uylan tirsak, bir oz o‘zini tuzlab olar, dedik. Bundan ham foyda bo‘lmadi. Surishtirib ko‘rsak, otasi ham shunday odam bo‘lgan ekan. Inson hayotdan ta’lim olmasa, unga na ota-ona, na muallim saboq bera oladi. Bu — hayot haqiqatidir. Ayo lim nabiralari bilan yurtida. Avvaliga kampirim kelib-ketib turardi. Hozir qarilik, yo‘l uzoq, bunga ham ko‘nikdik, — deya siniqgina jilmayib qo‘yadi otaxon. — O‘qituvchilik faoliyatimning asosiy qismi imkoniyati cheklangan bolalarga saboq berish bilan o‘tgan. O‘sha davrda anglagan yana bir haqiqat shuki, inson xoh yosh bo‘lsin, xoh keksalikda, atrofdagilardan mehr-e’tibor kutadi. Hammasiga to‘yishing mumkin, faqat mehrga to‘yolmaysan.

To‘g‘ri, mehrning qudrati — koinotdagi yagona cheklanmagan kuchdir. Negaki, Tangri insonni mehr-muhabbat, musulmon dinini esa rahm-shafqat ustiga yaratgan. Parvardigor ham, uning rasullari ham mehribondir va mehrli bandalarni yaxshi ko‘radi. Qur’oni karimning yigirmadan ziyod oyatida ota-ona hurmati, ularga yaxshilik qilish va roziliklarini topish muhim amallar sirasidan sanalgan. Ankabut surasi, 8-oyatida: «Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik...» deyiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham o‘z hadislarida: «Parvardigorning roziligi ota-onaning roziligiga bog‘liq. Uning g‘azabi ham ota-onaning noroziligiga qarab bo‘ladi», — deya ta’kidlaganlar (Tabaroniy rivoyati).

— Bola-chaqasi, oilasi yo‘q, yolg‘iz keksalar uchun bu maskan ayni muddao. Lekin o‘z oilasi, farzandlari bilan birga yashaganingga nima yetsin, — deydi [To‘xtamurod bobo Jo‘rayev]. — Ko‘rib turganingizdek, shart-sharoitlarimiz yaxshi, bino ta’mirlanib, yangi jihozlar qo‘yib berildi. Har bir kishiga alohida xona, televizor, muzlatgich va boshqa kerakli jihozlar bor. Kechayu kunduz tibbiyot xodimlari nazoratidamiz. Har bir xona da mana bunday tugmacha bor: biror narsa kerak bo‘lsa, yoki tobi qochib, bezovta bo‘lsak, shu tugmani bosamiz. Kelib holimizdan xabar olishadi. Uyimizda bunday sharoit qayerda? «Tez yordam» chaqirsak, kamida yarim soat kutamiz. Bu yerda hammasi o‘z vaqtida. Qari kishi nimani istaydi — ovqati, dam olishi o‘z vaqtida bo‘lishini. Bu maskan aynan shu jihatdan ma’qul. Hech narsani kutishga hojat yo‘q. Haftada bir ahvolimizni so‘rab-surishtirishadi. Bu tomonlaridan mamnunmiz...

Bobo pansionatdagi davlat byudjeti hisobiga va o‘z hisobiga yashovchilar uchun tibbiy imkoniyat bir xil emasligi haqida biroz og‘rinib gapirdi. Buning sababini so‘raganimizda:

— Davlat byudjeti hisobida yashashning ma’lum shartlari bor, — dedi pansionat direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari [Sharofiddin Boboqulov]. — Byudjet hisobidagilar pensiyasining o‘n foizini qo‘llariga olishadi, qolgan qismi byudjet hisobiga o‘tadi. Shu sababdan ularga bepul dori-darmonlar beriladi, oylik to‘lov to‘lashmaydi. Buni ularga tushuntirganmiz. Keksalar yosh boladek bo‘lib qoladi. Ularga g‘amxo‘rlik qilish — burchimiz, albatta.

Bu dargohga kelib, homiylik qiladiganlar ko‘p. Faqat o‘z qondoshlarini sog‘inganda, ko‘zlari to‘rt bo‘lib kutganda, bir oz dillari xafa bo‘ladi...

Bundan bir necha yil avval xuddi shunday dargohlardan birida bo‘lganimizda, ozg‘in bir onaxonni uchratgandik. «Yoshligimda uzzu-kun ishda bo‘lib, yolg‘iz o‘g‘limga yetarlicha mehr-e’tibor berolmapman, shekilli, aks holda bugun bu yerda bo‘lmasdim», degan edi sho‘rlik ona o‘g‘lini ayblashni istamay. «O‘g‘limning ikki qavatli katta hovlisi bor. Lekin u yerda menga ajratilgan xona o‘ta sovuq, quyosh nuri tushmaydi. Bu o‘g‘limning emas, kelinimning ishi... Keksaygach, oftob taftiga ko‘proq ehtiyoj sezar ekan inson...»

Mehr tafti qalbni isitganida, oftob taftiga hojat qolmasdi, balki... Yaxshiki, «Saxovat», «Muruqqat» uylariga homiylik qilib, o‘zining bu ishini namoyon etishni istamaydigan bag‘rikeng insonlar ham bor. «Qo‘shnining oshi qorin to‘ydirmas, ammo mehr-oqibatni oshirar», deydi dono xalqimiz. Haq gap. Begona bo‘lsa-da, mana shu «qo‘shnining oshi» tufayli ikki yurtda mehr-oqibat rishtasi bog‘lanadi.

Boshqa tomondan qaraganda, ushbu dargohda homiylik tadbirlarini uyushtirganlarni ko‘rib, keksalarning qalbidan nimalar o‘tar ekan? Ular o‘rnida o‘z farzandini tasavvur qilib ko‘rar mikin? «Qaniydi, mening farzandim ham mana shu saxovatpesha insonlarga o‘xshab, ko‘pning duosini olsa... Madоrim ketganda hassaga emas, uning yelkadek qomatiga suyansam, tengdoshlarim oldida “Mana, mening farzandim ota-onasini ana shunday ardoqlaydi”, deya g‘urur bilan boshimni baland ko‘tarib yursam...»

Bu kabi ezgulik tadbirlari ota-onasini, yaqinlarini qarilar uyida qoldirib ketayotgan bemehrlarga ibrat bo‘lsa edi, bunday maskanlarga ehtiyoj qolmasdi... Ushbu dargoh peshtoqiga yozilganidek, hammamiz bir-birimizga ne’mat bo‘laylik, bu dunyoda yaqinlarimizga mehr qo‘llarini uzataylik!

Total words

1,056

Unique words

781

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

2

TTR

0.740

Hapax

638

Distribution

Top frequency chart

Dataset