Kindik qoning tomgan muqaddas tuproq — ona Vatan haqida so‘z aytishga cho‘g‘langaningda, beixtiyor ko‘nglingda nimadir to‘g‘day yuksalib, ko‘zlaringga yosh qalqqanini sezmay qolasan, entikasan. Zotan, o‘zing ulg‘aygan zaminning maysasi-yu, gulu giyohi, har bir daraxtining ildizlari yuragingga chirmashib ketgan. Subhidamda yuzlaringni siypalagan nasim, har tong ko‘nglingga munavvarlik olib kirgan quyoshingning haroratli yog‘dulari seni ezgu ishlarga da’vat qiladi.
Bugun $$Sirdaryo viloyati$$da amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, navqiron $$Guliston shahri$$ning bugungi jamoli ko‘zlarni quvnatadi, dillarga yayratadi. Anvoyi gullarga burkangan so‘lim xiyobonlar, ravon ko‘chalar, mahobatli ko‘priklar, salobat bilan qad ko‘taryotgan ko‘p qavatli turar-joy binolari shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda. Ikki yil muqaddam $$Guliston$$da bo‘lgan odam bugun kelsa, uning ko‘chalarida hamrohsiz adashib qolishi hech gap emas.
Nafaqat $$Guliston shahri$$, balki viloyatning barcha tumanlarida olib borilayotgan keng ko‘lamli obodonchilik ishlari ko‘rgan ko‘zni quvnatadi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Xovosda qurilayotgan 30 ta besh qavatli bino shaharcha qiyofasini butunlay o‘zgartirib yubordi. Ko‘p qavatli uylar zamon talablari darajasida jihozlanayotgan kommunikatsiya, kanalizatsiya va boshqa tarmoqlar kompleks tarzda amalga oshirilmoqda. Bunday bunyodkorlik ishlari $$Sayxunobod$$, $$Sirdaryo$$ va $$Sardoba tuman$$larida ham jadal davom etmoqda. $$Sayxunobod tumani$$dagi $$“Sayxun Planet” savdo majmuasi$$ endilikda butun viloyat ahliga xizmat ko‘rsatmoqda.
Alohida mamlakatimiz Prezidentining e’tibori va g‘amxo‘rligi, yaratilayotgan imkoniyatlar sharofati bilan Sirdaryo viloyati agrar viloyatdan ishlab chiqarish sanoati rivojlangan hududga aylanmoqda. Viloyatdagi ko‘plab qo‘shma korxonalarda, tadbirkorlik subyektlarida yangi-yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, aholi bandligi muammolari bartaraf etilmoqda. Ayniqsa, chekka qishloqlardagi xotin-qizlarni, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi katta-kichik mutasaddilarning diqqat markazida turibdi. Davlatimiz rahbari tomonidan hayotga tatbiq etilgan, $$Sirdaryo$$da tug‘ilgan besh tashabbusning mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yoygani sirdaryoliklarni butunlay ruhlantirib yubordi. Ayni paytda bu yo‘nalishdagi ishlar qizg‘in davom etmoqda.
Ayniqsa, eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ko‘plab ishlab chiqarish borasidagi ko‘rsatmalari bugungi kunda Sirdaryo tumanidagi “Peng-Sheng”, “Mega Lyuks”, “Sirdaryo Universal Oyna”, $$Guliston shahri$$da joylashgan $$“Zinnur” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonalari$$ faoliyatini yanada jonlantirib yubordi. Endilikda ular viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Masalan, $$“Sirdaryo Universal Oyna” qo‘shma korxonasi$$da xotin-qizlar va yoshlar uchun 500 ta ish o‘rni yaratildi. Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari esa xorijga eksport qilinmoqda. $$Guliston shahri$$da joylashgan $$“Best Fashion” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi$$ning trikotaj mahsulotlari, $$Sirdaryo tumani$$dagi $$“Reka-Med-Pharm” korxonasi$$da dori-darmonlar uchun maxsus shisha idishlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu korxonalarda asosan yoshlar xizmat qilmoqda.
$$Mirzaobod tumani$$da faoliyat yuritayotgan “Bek-Klaster” — ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish birlashmasi xotin-qizlarimizga ish o‘rinlari yaratish borasida ibrat bo‘lmoqda. Sardoba tumanida bunyod etilgan $$“Sardoba suv ombori”$$ minglab yoshlarni ish bilan ta’minladi. Ayni paytda suv ombori sohillarida yangi bog‘lar yaratilmoqda, dam olish hududlari va oromgohlar barpo etilmoqda. Kelajakda bu dam olish maskanlari viloyatga kelayotgan xorijiy sayyohlarning e’tiborini tortadigan oromgohlarga aylanadi. $$Sirdaryo viloyati$$ning o‘ziga xos, tariqiy boy madaniy merosi, urf-odatlari va an’analari mavjud.
Qadimiy $$Xovos tepaligi$$da olimlarimiz olib borgan ilmiy izlanishlar, arxeologik qazishmalar vohamiz 2500 yillik tarixga egaligidan dalolat bermoqda. Ushbu maskan ham yaqin yillarda turistik manzillar qatorida xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otadi, deb o‘ylaymiz.
Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun viloyatga xorij investitsiyasini jalb qilish masalasi doimiy e’tiborda. Shu yilning 22–23 avgust kunlari o‘tkazilgan xalqaro investitsiya forumi $$Sirdaryo$$ tarixida yorqin iz qoldirdi. Unda 200 dan ortiq xorijiy kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Mazkur forumning $$Sirdaryo viloyati$$da o‘tkazilishidan maqsad — $$O‘zbekiston$$ni jahon hamjamiyatiga chuqur integratsiyalashuvini ta’minlash, xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilish, viloyatning iqtisodiy salohiyati, yaratilgan sharoitlar va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida xorijiy hamkorlarga ma’lumot berish hamda iqtisodiyotimizning shaffofligini ta’minlashdan iborat edi.
Tadbir doirasida $$Sirdaryo viloyati$$ning iqtisodiy imkoniyatlari hamda investorlarning e’tiborini jalb etuvchi ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘ldi:
Birinchidan, qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni ishga solish — paxtachilik klasteri, zamonaviy gidroponik issiqxonalar, intensiv bog‘lar, logistika markazlarini qurish, shuningdek, chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik klasterlarini tashkil qilish.
Ikkinchidan, sanoat sohasi, shu jumladan yengil sanoat, ipakchilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, kimyo sanoati va shu bilan birga muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish.
Uchinchidan, turizm — yangi mehmonxonalar, istirohat markazlari va boshqa turizm infratuzilmalarini rivojlantirish.
To‘rtinchidan, texnoparklar va xorijning yetakchi oliy o‘quv yurtlari filiallarini tashkil qilish, xususiy tibbiyot hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun davlat tomonidan istisno tariqasida taqdim qilinayotgan imtiyoz va preferensiyalar mavjud. Oxirgi ikki yarim yil davomida Sirdaryo viloyati sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun davlatimiz rahbari tomonidan ko‘plab imtiyoz va qulayliklar taqdim etilgan. Investitsion forumda 200 million dollardan ortiq investitsion va eksport shartnomalari imzolandi.
Ushbu forumdan ilgariroq $$Italiya davlati$$dagi $$O‘zbekiston elchixonasi$$ning tashabbusi bilan joriy yil 9 iyun kuni Italiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari viloyatimizga tashrif buyurgan edi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi, o‘zaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, viloyatda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda investitsion loyihalarni amalga oshirishni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida $$“Rim arxitektorlari uyushmasi”$$ prezidenti [Flavio Manji] o‘z nutqida arxitektura, ishlab chiqarish texnologiyalari va turli kasb egalarining ko‘nikma hamda malakalarini oshirish bo‘yicha viloyatimizda o‘quv kurslarini tashkil etish, doimiy ravishda o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Shuningdek, “Vivai Zani” kompaniyasi prezidenti [Jovani Zani] viloyatda intensiv bog‘dorchilikni tashkil etish maqsadida qisqa muddat ichida mazkur loyihaning biznes-rejasi taqdim etilishi hamda ushbu loyihani samarali ishga tushirish uchun viloyat hududidan yer maydoni ajratish zarurligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, viloyat hokimligi va $$“Rim arxitektorlari” uyushmasi$$ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum, “Sirdaryo mebel fabrikasi” MChJ va “Klassimo” kompaniyasi o‘rtasida umumiy qiymati 1 million AQSh dollari bo‘lgan “Klassimo” brendi ostida mahalliy va xorijiy bozorlar uchun mebel mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida investitsiya shartnomasi imzolandi.
Bu yangilanishlar, avvalo, eng dolzarb masalalardan biri — bandlikni hal etmoqda. Ikkinchidan, Prezidentimiz qo‘ygan muhim vazifa — eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, o‘zimizdagi xomashyo va imkoniyatlardan foydalangan holda, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, ko‘lamini keskin oshirish ta’minlanmoqda.
Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida Sirdaryo tumani “Istiqlbol” mahallasida $$“Sirdaryo Baraka Chevarlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati$$ga qarashli 125 ish o‘rniga ega, zamonaviy tikuv mashinalari bilan jihozlangan yangi tikuvchilik korxonasi foydalanishga topshirildi. $$“ARGE Fashions” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi$$ tomonidan kiritilgan sarmoya hisobiga $$“O‘zpah tasanoat” uyushmasi$$ barpo etgan zamonaviy binoga 100 dan ziyod tikuv mashinasi keltirib o‘rnatildi.
Mazkur tikuv korxonasi ishga tushirilishi natijasida 125 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlandi.
Tikuvchilik fabrikasida ayollar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, 60 o‘rinli oshxona, ikki mahal yengil nonushta, bir mahal tushlik bepul yo‘lga qo‘yilgan. Xodimlarning ishga kelib-ketishlari uchun ikki ta zamonaviy avtobus bepul xizmat ko‘rsatadi. E’tiborlisi, bu yerda tikilib, tayyorlanayotgan ayollar, bolalar va kattalar kiyim-kechaklari Rossiya davlatiga to‘liq eksport qilinadi.
Ana shunday tikuvchilik korxonalari $$Xovos$$, $$Oqoltin$$, $$Sayxunobod$$ tumanlarida ham ishga tushirildi. Bu korxonalarning har birida ish ikki smenada tashkil etilib, jami 240 nafar ayol ish bilan ta’minlandi. Xuddi ana shunday tikuv korxonalari Boyovut, $$Guliston$$, $$Mirzaobod$$, $$Sardoba$$ tumanlarida ham qurib bitkazilgan, ish faoliyatini boshlash arafasida. Mana shu korxonalar to‘liq ishga tushirilsa, bu yil oxirigacha xotin-qizlar uchun 2 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.
Besh tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida gapirganda, viloyatda O‘zbekiston xalq shoiri ^^Halima Xudoyberdiyeva^^ nomidagi ijod maktabining ish boshlaganligini aytib o‘tish o‘rinlidir. Ijod maktabiga 120 nafar iqtidorli o‘g‘il-qiz qabul qilindi. Ijod maktabi uchun qurilayotgan maxsus bino loyihasi uchun 7 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan edi. Unda farzandlarimizning yayrab bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo. Viloyat musiqali drama teatri yangidan ta’mirlanib, ishga tushirildi.
$$O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi$$ $$Sirdaryo viloyat$$ bo‘limi tomonidan viloyat ijodkorlarining $$“Sayxun$$ sabolari” nomli she’riy, $$“Sirdaryo$$ mavjlari” nomli nasriy antologiyalari nashrga tayyorlandi. Ushbu antologiyalar “Ijod” jamoat fondi tomonidan nashr etilib, viloyatning oliy o‘quv yurtlari va maktablarning kutubxonalariga tarqatiladi. Shuningdek, $$“Sirdaryo$$dagi ulug‘vor o‘zgarishlar” nomli badiiy-publitsistik to‘plam $$O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi$$ tomonidan nashrga tayyorlanmoqda.
$$Guliston shahri$$da istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi [Bektursun ota Pirmatov] shunday deydi:
“Yoshim yuzga bormoqda, bugun $$Guliston$$ning jamolini ko‘rib, mamlakatimizdagi ulug‘vor yangilanishlarning guvohi bo‘lib, umr kechirayotganim uchun Yaratganga behisob shukronalar aytaman. Men mana shu shahar, viloyatimiz tarixini juda yaxshi bilaman. Shahrimizning o‘rnida bir paytlar qamishlar o‘sib yotardi. Qishda botqoq, yozda changi osmonga o‘rlab turardi. Vokzalimizdagi temir yo‘l bekatida katta harflar bilan ‘Golodnaya step’ degan yozuv osilib turardi. Har ko‘rganimda yuragim uvishardi. Mana bugun cho‘l o‘rnida muhtasham shaharlar qad ko‘tardi. Bu hammasi mustaqillik sharofati, muhtaram Prezidentimizning $$Sirdaryo viloyati$$ga bo‘lgan e’tibori natijasi deb o‘ylayman. Ilohim, bu ishlar bardavom bo‘lsin.”
Muxtasar qilib aytganda, $$Sirdaryo vohasi$$da ulug‘ o‘zgarishlar, yuksalishlar yuz bermoqda. Bu yuksalishlarning zamirida sirdaryoliklarning samarali, zahmatli mehnati, hamjihatligi va tashabbuskorligi yotibdi. Ular o‘z mehnatlari rohatini ham ko‘rishmoqda, hayotlari farovonlashib bormoqda. Birgina maqolada Sirdaryo vohasida bo‘layotgan o‘zgarishlarni to‘liq bayon etish mushkul. Bugungi o‘zgarishlar haqida, bugunning qahramonlari haqida nasib etsa, hali katta asarlar yaratiladi. Bir paytlar “qush uchsa qanoti, odam yursa oyog‘i kuygan” cho‘llarni o‘zlashtirgan ota-bobolarimiz bizlarga meros qilib qoldirgan voha bugun chinakam $$Guliston$$ga aylanib, gullarga burkandi. Biz ham o‘z farzandlarimizga dunyoning mashhur shaharlaridan qolishmaydigan muhtasham shaharlar, obod va shinam qishloqlar, gullarga chirmangan so‘lim xiyobonlar va ravon ko‘chalar, madaniyat va istirohat maskanlarini, bir so‘z bilan aytganda, ozod va obod Vatanni meros qilib qoldiramiz.
Ko‘klamni cho‘llarga burgan elim,
Bir so‘zli, ahdida turgan elim,
Yaxshi-yomon kunni ko‘rgan elim,
Bolangman, erkalaib yurgan elim,
Jannatim, ko‘nglimga ekkan gulim.
Gaplashsang yuragi ko‘rinib turgan,
Ko‘nglini olishga urinib turgan,
Fe’li daryosiday vazmin, sokinim,
Qosh-ko‘zday qadrdon, dilga yaqinim,
Onamsan, og‘amsan, jon-u dilimsan.
Oftob o‘pib o‘tar ayvonlaringni,
Iforin hovuchlab rayhonlaringni,
Kezib lolazorlar, sayhonlaringni,
Ta’rifin izlasam, imkonlaringni,
Oy kabi to‘linsan, gulday so‘limgsan...