🔍

Article

ISLOHOTLARDAN NIMALAR KUTILYAPTI?

By «O‘zbekiston ovozi» muxbiri Zilola Ubaydullaeva … • in 2018

Mazkur tizimda olib borilayotgan huquqiy islohotlar haqida $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$dagi $$O‘zbekiston XDP fraksiyasi$$ a’zosi [Bunyod Eshonqulov]ning mulohazalari quyidagicha bo‘ldi:

2017 yil 27 fevralda davlat notarial idoralari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish choralariga» doir qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, notarial harakatlarni amalga oshirishda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishni nazarda tutuvchi «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etildi.

Yaqin kunlargacha aholiga ko‘rsatilayotgan notarial xizmatlar sifatining pastligi, notarial idoralardagi uzun navbatlar, davlat bojlari va boshqa yig‘imlar undirishning shaffof emasligi haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotgan edi. Mavjud byurokratik to‘siqlar aholining mazkur tizimga bo‘lgan ishonchining pasayishiga olib keldi. Shuningdek, korrupsiya holatlarining ko‘payishiga imkon yaratib, jiddiy muammolarni keltirib chiqarishini ham hech kimga sir emas.

Demak, sohanni tubdan isloh qilish, yangi, so‘kom fikrga ega kadrlar bilan boyitish zarurati o‘zi takazo qildi va bu borada izchil choralar yo‘lga qo‘yildi.

Avvalo, sohaning huquqiy asoslari qayta ko‘rib chiqilib, qonunchilik bazasi takomillashtirildi. Xalqimiz manfaatiga mos, odamlarning og‘irini yengil qilish, ularga qulaylik yaratishga xizmat qiladigan, shaffof tartib-taomillar o‘rnatildi. Vaqt o‘tib borar ekan, har qanday jabkaga yangilik kiritilib, ko‘paytirish talab etiladi.

Misol uchun, o‘tgan yili «Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risida»gi nizom hamda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan almashinadigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi. $$Adliya vaziri$$ning 2017 yil 5 apreldagi buyrug‘iga asosan «Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomaga tegishli o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. Natijada yo‘riqnoma «Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda tasdiqlash» deb nomlangan 21-paragraf bilan to‘ldirildi.

Buning o‘zi ham muammolarning to‘liq yechimi uchun yetarli emasdi.
Prezidentimizning 2018 yil 25 maydagi «Nizolarni oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish choralariga» doir qarori ham bu boradagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida «Notariat instituti takomillashtirilishi munosabati bilan $$O‘zbekiston Respublikasi$$ning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi» ishlab chiqilib, $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ tomonidan qabul qilindi va ma’qullash uchun Senatga yuborildi.

Loyihada bir qator muhim jihatlar o‘z aksini topgan. Jumladan, hujjatda ko‘chmas mulk ijarasi va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlashni bekor qilish, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni respublikadagi istalgan notarial idorada rasmiylashtirish nazarda tutilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslar notarial tasdiklanadigan bitimni mustaqil tayyorlaganda, huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lashdan ozod etilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning notarial idoralarga elektron murojaat qilish tartibi belgilanishi nazarda tutilmoqda.

Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yish va uni bekor qilish notarial harakati hamda unga alohida davlat boji to‘lanishi normasi ham chiqarib tashlandi. Shuningdek, qonunda yuridik shaxsning vakolatli boshqa organi murojaatiga ko‘ra, uning kollegial organi tomonidan qaror qabul qilingandiy fakti tasdiqlash belgilangan.

Notarius lavozimiga nomzodlarning amaliyot o‘tash tartibi, ayrim turdagi bitim, ariza va boshqa hujjatlarni imzolash jarayonini majburiy audio hamda video tarzda qayd etish me’yorlari o‘rin olgan. Ya’ni bunda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulaylik masalasi qamrab olingan. Loyihaga notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularni rotatsiya qilish hamda boshqa o‘zgarishlar ham kiritilgan.

Ushbu qonunning qabul qilinishi kelgusida jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda notariat institutining rolini oshiradi, notarial xizmatlarning samarali, shaffof tizimini yaratishga hamda sohani malakali, iqtidorli mutaxassislar bilan to‘ldirishga yordam beradi.

Total words

527

Unique words

367

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

5

TTR

0.696

Hapax

288

Distribution

Top frequency chart

Dataset