🔍

Article

«BIROVKIM QILSA OLIMLARGA TA’ZIM…»

By Husan QUDRATULLAEV, filologiya fanlari doktori, … • in 2018

Prezidentimiz [Shavkat Mirziyoyev] tomonidan olimu fuzalolar, ziyolilar, ilm-fan ahliga qaratilayotgan e’tiborni ko‘rib, bexatir ulug‘ mutafakkir [Alisher Navoiy]ning bu boradagi qarashlari yodimga keladi. O‘z davrining ilg‘or kishi­si, hukumat rahbari sifatida u jamiyat taraqqiyotini ilm­siz, olimsiz tasavvur qila olmasdi.

[Alisher Navoiy] asarlaridagi bosh g‘oya jamiyatning lokomotivini eng avvalo ilmiy g‘oyalar, olimlar yurgizadi. Ularning yuksak qarashlariga davlat rahbari qanot bo‘lib, qo‘llab-quvvatlasagina, yurt ravnaqi, kelajagi porloq bo‘ladi. Uluğ shoir:

Birovkim qilsa olimlarga ta’zim, Qilur g‘oyoki payg‘ambar­ga ta’zim, deb olimning jamiyatdagi o‘rni eng yuksaklikka ko‘tariladi.

Yana [Navoiy] o‘zining Sharq tarixiga oid asarlaridan birini «Tarixi anbiyо va hukamo» deb nomlaydi va anbiyoni ya’ni, olimni hukamodan ustun qo‘yadi. Sharq adabiyotida [Aleksandr Makedonskiy] [Iskandar Zulqarnayn] obrazi ijobiy qahramon sifatida tasvirlanadi. Ayniqsa, u [Amir Husrav Dehlaviy], [Abdurahmon Jomiy], [Alisher Navoiy] asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

[Iskandar] qayerga bormasin, o‘zi bilan birga olimlar, donishmandlar, harbiy ilm bilimdonlarini olib yuradi, bir ishni boshlashidan oldin ular bilan maslahat qiladi. Va birin-ketin g‘alabalarga erishadi.

«Xamsa» ijodkorlari Iskandar obrazini yaratarkan, hukmdor hamisha, hamma ishda olimlar bilan maslahat ish tutishi, bu esa jamiyat va davlat oldiga qo‘yilgan ulug‘vor maqsadlarga erishishda muvaffaqiyat keltirishini badiiy obrazlar orqali o‘quvchilar ongi­ga yetkazib beradi. [Navoiy] qarashlarida davlatdorlikda hamma vaqt ilm ahli, olimu ulamolarni sharaflash va qadri­ga yetish, ularning maslahatlari bilan davlatni boshqarish maqsadi mujassam. Ana shu g‘oya bois [Navoiy] o‘z davrida yuzlab ijod ahli­ga ko‘mak berdi, jamiyatning ilg‘or qarashlarini o‘z ilmiy ishlarida, badiiy, tarixiy asarlarida tarannum eta olgan shaxslarni tarbiyalab, moddiy yordam ko‘rsatdi.

Bu haqda uning zamondoshlari bo‘lmish [Xondamir]ning «[Habib]-us-siyar», [Muhammad Haydar]ning «Tarikhi Roshidiy», [Zayniddin Vosifiy]ning «Badoe’-ul-vaqoe’» asarlari hamda unga zamondosh bo‘lgan o‘nlab adiblar va tarixchilar asarlarida keltirilgan faktu-dalillardan misol keltirishimiz mumkin.

Bu [Alisher Navoiy]ning shogirdlar varligi o‘sha davrda yuq­sak ahamiyatga molikligidan dalolat beradi. Tarixchi [Xondamir] davr homiyasi [Navoiy] himmati bois misli ko‘rilmagan asarlarni avlodlarga qoldirgan, tengi yo‘q iste’dod sohibi bo‘lgan shaxsga aylangan. U [Amir Temur] saltanatining so‘nggi davri, toj-taxt uchun kurashning eng shiddatli pallasi, temuriy sultonlar, taxt vorislari va bu taxtga loyiq-u noloyiq da’vogarlarning tarixdagi o‘rni va mavqei­ni ancha ishonarli tarzda yoritib bergan. [Xondamir] [Navoiy] vafotigacha uning yonida bo‘ldi. [Navoiy] vafotidan so‘ng u ona yurti Balxga, [Sulton Husayn Boyqaro]ning to‘ng‘ich o‘g‘li [Badiuzzamon] huzuriga bordi.

[Xondamir] bevosita [Alisher Navoiy] homiyligi va rahnamoligida ijod qilib qator asarlar yaratdi. U «Xulosatul-axbor» asarida [Alisher Navoiy] tomonidan Hirotda bunyod etilgan bir qator inshootlarni sanab o‘tadi­ki, ularning hammasi oddiy xalqni o‘ylab bino qilingan. Xondamir yozadi: «Fayz panoh har kuni nahorda...faqir va zaif kishilarga taom beradi va har yili darvishlarga qariyib ikki ming pos­tin, chakmon, ko‘ylak, cholvor, to‘qiya va kafsh beradi. Bu har ikkala sharo­fatli joyda mashhur ulamolar va ehtir­omli fazillar­dan yetti kishidini masalalarni tahqiq qilish va tabiiy ilmlarni tadqiq etish bilan mashg‘uldirlar. Ul joyning talabalari xotirjamlik bilan mutolaa qilardilar».

[Xondamir] «Xulosatul-axbor» asarida [Husayn Boyqaro] hukmronligi davrida kuchli zilzila­dan xarob bo‘lgan Hirotning katta jome’ masjidining buzilishi va uni [Navoiy] o‘z mablag‘i bilan qayta tiklagani, ta’mir etib, avvalgisidan ko‘rkam holga keltirganini aytib (Alqissa, [amir Alisher]ning nurli, balki gavharlik dili, ul oliymaqom ibodatxonani mustahkamlashdan xotirjam bo‘lgandan so‘ng unga zebu ziyonat berish va bezash andishasi uning oliyjanob xotiriga keldi… oliy ishora­tga ko‘ra muborak asarlik muhandislar, hushmuomala koshintaroshlar, hunarmand naq­qoshlar va sangtarosh ustalar tezlik bilan fayzosor masjidga bezak va tartib berishga kirishdilar…».

[Xondamir] «Xulosatul-axbor» xotimasida o‘sha paytda $$Hirot$$da yashagan va ijod qilgan olimlar haqida ham to‘xtaladi, ularning ayrimlarini misol tariqasida keltiradi. Shu ro‘yxatdan ham ma’lum bo‘ladiki, Hirot madaniy qatlamida [Alisher Navoiy] karvonboshilik qilgan, uning piri komili [Abdurahmon Jomiy] esa xalqni jamiyat manfaatiga mehnat qilish, Islom dinining an’analari­ga sodiqlikka rioya qilish, komil insonlik talablariga amal qilgan holda jamiyatning umumiy axloqiy jihatlari­ga e’tiborni susaytirmasdan nazorat qilishni o‘zining burchi deb bilgan. Bular orasida ikki tomlik «Ravzatul-ahbob» bilan shuh­rat topgan [Jamoliddin Otaulloh Asiriy]ning asari, Qur’­onning forscha tafsirini yaratgan «Rashahoti ayn-ul hayot» asari muallifi [Husayn ibn Ali] [Voiz al-Koshifiy] va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

[Xondamir] tomonidan yozilgan «Habib-us-siyar» asarida o‘sha paytda ma’naviyat va ma’rifat yetakchi pari bo‘lgan, jamiyatning ilm-fanini boshqar­gan 64 nafar olim, mudarris, ulamolar haqida ma’lumot keltiriladi. O‘sha paytda faoliyat ko‘rsatayotgan [Sulton]iyа, Ihlosiya va Islomiyа madrasalarida dinshunos olib borilgan. $$[G‘iyos]iyа madrasasi$$da lik asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar esa matematika, falakshunoslik (astronomiya) va boshqa aniq fanlar bo‘yicha tol­ib ilmlarga saboq berilgan.

O‘sha davrning olimu ulamolari, martabali kishilari qaysi vazifada bo‘lmasin, davr yoshlarini ta’limning bugungi istilohi bilan ifodalaganda, innovatsion qarashlarga boy bo‘lgan bilim bilan qurollantirishga intilgan. Masalan, tarixchi [Xondamir]ning ma’lumotlariga qaraganda, [G‘iyosiddin Mansur] zamonasining qomusiy olimi sifatida shuhrat topgan. Ayniqsa, u hisob, matematika bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan. Buni o‘sha davr olimlari ham tan olishgan. [G‘iyosiddin Mansur] otasining $$G‘iyosiyа madrasasi$$da iste’dodli, bilimga chanqoq yoshlarni to‘plab, ularga saboq bergan, o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishiga yordam bergan. [Xondamir]ning asarida o‘sha davrning madrasalarida mudarrislik bilan shug‘ullanganlarning aksariyati kitoblar, darsliklar yaratganligi haqida ko‘plab ma’lumot beriladi.

O‘sha davrdayoq ilm ahli­ga, shoiru fuzalolarga e’tibor qaratilishi, olimu ulamolarning qadrlanishi [Amir Temur] saltanatini yuksaklikka ko‘tarishga xizmat qilgan. XV–XVI asrlarda [Husayn Boyqaro], [Alisher Navoiy]dek ilm-fan rahnamolari tufayli ilm ahli elda e’tibor topdi, ularning saltanat ravnaqi­ga xizmatlari yuksak qadrlandi.

Bugun ham mamlakatimizda ana shu an’ana bardavomligi, ilm-fan ahlining moddiy farovonligini oshirishda, ularning emin-erkin ijod qilishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilishida, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda namoyon bo‘lmoqda. Ilm-fan, ijod ahli uchun bundan ortiqroq baxt yo‘q.

Total words

823

Unique words

597

Annotated anthroponyms

48

Toponyms

3

TTR

0.725

Hapax

496

Distribution

Top frequency chart

Dataset