🔍

Article

SURXONDARYOLIK PARTIYADOSHLARIMIZ, DEPUTATLAR GAZETA OʻQIMAYDIMI?

By Abdumalik HAYDAROV, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri • in 2018

Globallashuv jarayonida yashayapmiz. Bugungi tezkor va shiddatli zamonni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Siyosiy partiyalar uchun esa, albatta, partiya matbuoti muhim ahamiyatga ega. Joylardagi partiya tashkilotlari ish tajribasi, deputatlarimiz faoliyati, takliflari, partiyamizning $$Oliy Majlisdagi fraktsiyasi$$, $$O'zXDP Markaziy Kengashi$$ tadbirlari, qaror va tavsiyalari haqida asosan «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari orqali bilish mumkin. Buning uchun avvalo, partiya nashrlariga obuna boʻlish kerak, albatta. Partiya faollari, aʼzolari oʻz partiyalari nashrlariga obuna boʻlmasligi esa birinchidan, partiya faoliyatidan bexabarlikni, oʻrganish, izlanishga qiziqish sustligini, siyosiy bilim yetarli emasligini bildiradi. Bu masalada Surxondaryodagi ahvol bilan tanishishga harakat qildik.

Hozirgi kunda vohada 13 tuman, bir shahar Kengashi faoliyat koʻrsatmoqda, — deydi $$O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat Kengashi$$ raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi $$O‘zbekiston XDP$$ guruhi aʼzosi ^^Mavjuda Hasanova^^.

37 ming nafar­dan ortiq aʼzoni birlashtirgan 670 ga yaqin boshlangan partiya tashkiloti bor. Xalq deputatlari viloyat Kengashida $$O‘zbekiston XDP$$dan saylangan 19, tuman va shahar Kengashlarida esa 126 nafar deputat ish olib bormoqda.

Obunani namunali tashkil qilish uchun oʻtgan yili $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ $$Markaziy Kengashi$$miz tomonidan maxsus dastur ishlab chiqilgan edi. Unda viloyat, tuman va shahar Kengashlari mas’ullari «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalariga ikki nuskadan, mahalliy Kengashlar deputatlari esa bir nuskadan yillik obuna boʻlishlari tavsiya qilingan edi.

Xo‘sh, natija qanday boʻldi? To‘g‘risini aytganda, koʻzlangan maqsadga erisholmadik. Viloyat boʻyicha gazetalarimizga partiya tashkilotlarida 1400 nusxa: «O‘zbekiston ovozi»ga 1000, 400 nusxa «Golos Uzbekistana»ga obuna rasmiylashtirilishi koʻzda tutilgan edi. «O‘zbekiston ovozi» rejasi 50-55, «Golos Uzbekistana» esa 35-40 foizga uddalandi, xolos.

To‘g‘ri. $$Denov, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on tumanlari$$ hamda $$Termiz shahri$$da bu boradagi koʻrsatkichlar yaxshi. Ammo $$Sherobod, Sariosiyo, Muzrabot, Qiziriq tumanlari$$da «O‘zbekiston ovozi»ga 7-13 ta, «Golos Uzbekistana»ga esa bor-yo‘g‘i 3-8 nuskadan obuna tashkil qilindi.

Mahalliy Kengashlardagi 145 nafar deputatimizning koʻpchiligi tashabbuskor va fidoyi insonlar hisoblanadi. Xal­qning dardu tashvishi bilan yashayotgan safdoshlarimizdan faxrlanamiz, albatta. Lekin $$Sariosiyo, Sherobod, Muzrabot va Qiziriq tumanlari$$dagi aksariyat deputatlar yarim yilga obuna boʻlgan yoki ayrimlari obuna boʻlishni umuman unutib qo‘yganligi maʼlum boʻldi.

Hududlardagi holatni oʻrganish maqsadida viloyat markazidan qariyb 200 kilometr olisda joylashgan Sariosiyo tumanida boʻldik. $$O‘zbekiston XDP$$ tuman kengashi partiya nashrlariga ikki nuskadan obuna boʻlgan ekan.

Xalq deputatlari tuman Kengashida 8 deputatimiz faoliyat koʻrsatmoqda, — deydi $$O‘zbekiston XDP Sariosiyo tuman kengashi$$ raisi Ularning [Rustam Ramazonov]. Barchasi «O‘zbekiston ovozi»ni, 5 nafari esa «Golos Uzbekistana»ni olmoqda. Mavjud 41 boshlangan partiya tashkilotining aksariyatida obuna tashkil qilingan. Bir so‘z bilan aytganda, «O‘zbekiston ovozi»ga 31 nusxa, «Golos Uzbekistana»ga 7 nusxa obuna rasmiylashtirilgan.

Uning maʼlumotlari kishini hayratga soladi, albatta. Ammo Sariosiyo tuman «Matbuot tarqatuvchi» sho‘ba korxonasi va «Sariosiyo pochta» aloqa tarmog‘idan olingan maʼlumotda esa bu aksiga guvoh boʻldik. Hozirgi kunda tuman boʻyicha «O‘zbekiston ovozi»ga hammasi boʻlib 11 nusxa, «Golos Uzbekistana»ga esa 2 nusxa obuna borligi aniqlandi.

Gazetalar tuman hokimligi, Maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji, $$Uzun davlat oʻrmon xo‘jaligi$$, $$«Surxon telecom» Sariosiyo tuman boʻlimi$$, harbiy qism, $$Muruvvat uyi$$ va $$O‘zbekiston XDP Sariosiyo tuman Kengashi$$ga yetkazib berilayotgan ekan. Bu esa sariosiyolik deputatlar va faollarimizning koʻpi partiya nashrlarini oʻqimasligidan dalolat beradi. Deputat gazeta­ga obuna boʻlish orqali oʻzi aʼzo boʻlgan partiya bugungi kunda qanday ishlar bilan bandligini, mamlakatda olib borilayotgan siyosat va islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishadi. Boshqa deputatlarning namunali ishlaridan xabardor boʻlib, oʻz faoliyatiga baho berishni oʻrganadi.

$$O‘zbekiston XDP$$ $$Sherobod tuman Kengashi$$da esa bu borada ahvol yana-da achinarli. 2018 yil uchun tumanda barcha sohalar boʻyicha jami 13 nusxa obuna rasmiylashtirilgan, xolos.

Shu yilning iyun oyida ish boshladim, — deydi $$O‘zbekiston XDP Sherobod tuman kengashi$$ raisi, xalq deputatlari tuman Kengashidagi $$O‘zbekiston XDP guruhi$$ aʼzosi [Ikrom Bo‘ronov]. To‘g‘risini aytishda, muammolar to‘planib qolgan ekan. O‘rganishlar davomida tuman Kengashi sessiyalariga dolzarb masalalar kiritilmaganligi aniqlandi. «Faol vel qular» va «Istiqlol» yoshlar qanotlari faoliyati oʻz holiga tashlab qo‘yilganini tan olish kerak. Shu bilan bir qatorda obunaga ham panja ortidan qaralganini inkor qilib boʻlmaydi. Tumanda 31 boshlangan partiya tashkiloti, 2800 dan ortiq partiyadoshimiz bor. Tuman Kengashida 10 nafar deputatimiz faoliyat koʻrsatmoqda. Obuna rejasi esa 10-21 foizga bajarilganligi achinarli, albatta. Muammo yechim topish uchun hozirdanoq ishga yangi munosabat va oʻzgacha mas’uliyat bilan yondashayapmiz…

To‘g‘ri, beparvo faollarimiz bor, — deydi $$O‘zbekiston XDP Jarqo‘rg‘on tuman kengashi$$ raisi, xalq deputatlari tuman Kengashidagi $$O‘zbekiston XDP$$ guruhi aʼzosi [Alisher Mamatmurodov]. Bir gal boʻlar, qabilida ish yuritayotgan mas’ul va loqayd deputatlar uchraydi. Endi kechagi kun bilan yashab boʻlmasligini his qilishimiz kerak. Buning uchun matbuot bizga yaqin koʻmakchi boʻlishiga ishonaman. Bizda 14 nafar deputatning barchasi obuna boʻlgan. Tumanimizda jami obuna 150 nuskaga yaqin. Kelgusi yilda ularning soni 170 taga yetishi koʻzda tutilgan.

Yaqin-yaqingacha matbuotda tanqidiy-tahliliy chiqishlar juda kam boʻlgan, — deydi xalq deputatlari $$Surxondaryo viloyat$$ Kengashidagi $$O‘zbekiston XDP$$ guruhi aʼzosi [Bahodir To‘gaev]. Yurtdoshlarimizni qiynayotgan masalalar deyarli koʻtarilmasdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan oʻzbek matbuoti haqiqiy maʼnoda mustahkam hokimiyat maqomiga ega boʻlish uchun kurashmoqda. Bugun kamchiliklar roʻy-rost gapirilmoqda.

«O‘zbekiston ovozi»da $$Xorazm, Navoiy], Qashqadaryo viloyatlari$$dan qator tanqidiy tahliliy maqolalar berildi. Partiyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi chiqishlarda ham davr ruhini sezish mumkin. Bu quvonarli, albatta. Ammo biz tomoshabin boʻlmasdan bu jarayonda faol qatnashishimiz kerak.

Joylarda matbuot nashrlarini oʻquvchilarga yetkazib berish va sotuvini yo‘lga qo‘yish borasida ham og‘riqli nuqtalar borligidan koʻz yummib boʻlmaydi. Bu esa mushtariylarning kundalik matbuotga boʻlgan ishonchini yo‘qotmoqda, haqli eʼtirozlarga sabab boʻlayapti.

Yetmish yoshdaman, — deydi $$Denov tumani$$ning $$«Mehnatobod» mahallasi$$da istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi[ Abdusamad Boboyusupov]. «O‘zbekiston ovozini koʻp yillardan buyon mutolaa qilaman. O‘tgan yili obuna boʻlolmaganligim uchun tuman markazida joylashgan gazeta-jurnal sotiladigan shoxobchaga qatnayman. Baʼzan sotuvchi «O‘zbekiston ovozi» sotilib ketganini aytadi. Boshqasida esa partiya nashrlari yo‘q ekan. Nahotki olis hududlarda gazeta-jurnal savdosini namunali tashkil qilish imkoniyati boʻlmasa?!»

Yutuq bor joyda kamchilik boʻlishi tabiiy, — deydi $$Denov tuman$$ «Matbuot tarqatuvchi» sho‘ba korxonasi boshlig‘i [Normamat Jumaev]. Ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda muammolarni bartaraf qilayapmiz. Haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari 40 nomdan ortiq 12 ming nusxaga yaqin gazeta-jurnal qabul qilamiz. Uning asosiy qismi obunachilarga yetkazilsa, qolganini sotuvga chiqariladi.

370 ming nafar­dan ortiq aholi istiqomat qiladigan tuman­da 5 dona matbuot shoxobchasi kamlik qilishi tabiiy. Shunday ekan, yana bir nechta ko‘chma do‘kon faoliyati yo‘lga qo‘yilsa yaxshi boʻlardi.

Matbuot hayot koʻzgusi, — deydi $$Sho‘rchi tuman tibbiyot birlashmasi$$dagi $$UzXDP$$ boshlangan partiya tashkiloti yetakchisi [Chori Qoraqulov]. Undan nafaqat mamlakatimiz, balki, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar­dan ham xabardor boʻlamiz. Qisqasi, axborot asrida matbuotning oʻrni va roli kundan-kunga oshmoqda.

Xo‘sh, biz ommaviy axborot vositalaridan unumli foydalanyapmizmi?! Afsuski, yo‘q! Aynikunda tumanda 2 mingdan ortiq korxona va tashkilot bor. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi majmualar yil sayin koʻpaymoqda. Ammo boshlangan partiya tashkilotlarimiz soni bor-yo‘g‘i 41 tani tashkil qilmoqda. Bu esa faoliyatimiz tizimli va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganidan dalolat beradi.

Bu kabi fikrlarni koʻpchilikdan eshitdik. Darhaqiqat, matbuot qadri­ni bilgan biladi, undan samarali foydalanadi. Matbuot qanday kuchligini bilmagan kishi unga obuna boʻlish yoki sotib olib oʻqish haqida oʻylamaydi ham.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari, partiya faollari va aʼzolarining partiya nashrlariga bunday munosabati kishini oʻyga toldiradi. Ehtimol, ular $$O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi$$ tomonidan partiya gazetalariga obuna boʻlish tavsiya etilganidan ham bexabar boʻlishsa kerak? Bunisi mayliya, partiyaga a’zoliklari eslaridan chiqqan bo‘lmasinda.

Total words

1,093

Unique words

658

Annotated anthroponyms

8

Toponyms

32

TTR

0.602

Hapax

511

Distribution

Top frequency chart

Dataset