🔍

Article

BURCHGA SADOQAT, VIJDONAN ISHLASHNING BOSH MEZONI

By Jamol ANDAQULOV, O‘zbekiston XDP Sirdaryo … • in 2018

So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa, matbuot sahifalarida mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar saylovoldi dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarmayotgani haqida tanqidiy fikrlar bildirila boshlandi. To‘g‘ri, katta-katta vaʼda berib, amalda munosib ish qilmayotganlar ham bor.

Ammo xalq manfaatini yo‘lida fidoyi bo‘lib xizmat qilayotgan deputatlarimiz oz emas. 2014 yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda xalq deputatlari $$Mirzaobod tuman$$ Kengashiga deputat etib saylangan [Murodjon Xayitov]dan saylovchilar mamnun. «Odamlarning ishonchi ulug‘ mukofot», «Rost papirsak baraka topamiz», degan so‘zlar uning shiori­ga aylangan.

[Murodjon Xayitov] oʻz faoliyatini saylov okrugidagi muammolarni chuqur oʻrganishdan boshlangan edi. Eng dolzarb muammolar yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich dasturlarga kiritib bordi. Uch yarim yillik faoliyati doirasida fuqarolardan tushgan 350 payrin muhimning 70 foizi ijobiy yechimiga erishdi. Kopta bo‘yicha mutaxassislar koʻmagida malakali tavsiyalar berilgan.

Deputat shu kungacha 12 masalani sessiya, 18 masalani doimiy komissiya muhokamasiga olib chiqdi. Shuningdek, qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlashni oʻz nazoratiga oldi. Ushbu masalalar orasida aholining ish bilan taʼminlanishi, tibbiyot sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiyot muassasalarini yangi texnik uskuna bilan jihozlash, shuningdek, taʼlim sifatini oshirish, tadbirkorlik sohalarida savdo terminallarini muntazam ishlashi taʼminlash kabi dolzarb masalalar oʻzining ijobiy yechimini topa boshladi.

Tuman Kengashi deputati sifatida mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari bilan murojaat qilish asosida oʻz saylov okrugida 750 ga yaqin fuqaroni bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va homiylar yordami bilan bepul dori-darmonlar, 80 nafarga yaqin fuqaroni ish bilan taʼminlashga erishdi. Shuningdek, 46 nafar ehtiyojmand oilalarga uy-joy qurish uchun yer uchastkalari ajratilishiga koʻmaklashdi, oʻz tadbirkorligini boshlash istagini bildirgan 20 nafar fuqaro tijorat banklaridan kam foizli kreditlar olishga yordam berdi.

2018 yil xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining boʻshab qolgan oʻrinlarga oʻtkazilgan saylovda eng koʻp ovoz bilan [V-Navro‘z] saylov okrugi­dan Sirdaryo viloyat Kengashi deputati etib saylangan Murodjon Xayitovning vakolat doirasi yanada kengaydi. Hududlarning jadallik bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qaroriga asoslanib viloyat hamda tuman sektor rahbarlari bilan hamkorlikda oʻz faoliyatini tashkil eta boshladi.

Joriy yilda saylov okrugi hududida joylashgan $$O‘zbekiston temir yo‘llari$$ aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli $$«Sardoba temir yo‘li$$ agro sanoat majmuasi» unitar korxonasi bilan hamkorlikda Mirzaobod tumanidagi «^^Navbahor^^» mahallasida bolalar uchun futbol maydoni va bolalar oʻyin maydoni qurilishi boshlandi. Tumanning $$«Tinchlik» mahallasi$$da eski davlat sanitariya-epidemiologiya markazining boʻshab qolgan binosini bolalar bog‘chasiga aylantirish tashabbusi bilan chiqdi. Sektor rahbari bilan hamkorlikda ish olib borib, muammoni ijobiy yechim topishga erishdi. Hozir mazkur binoda taʼmir ishlari ketmoqda.

Tumandagi $$«Bog‘iston» mahallasi$$da aholining chorva mollari uchun 6 gektar maydon ajratish masalasi deputatning aralashuvi bilan hal etildi. Bundan $$Bog‘iston$$liklar juda mamnun. Mahalla­ning 3 koʻchasidan oqib oʻtuvchi kollektori koʻp yillar davomida tozalanmasdan koʻmilib ketganligi oqibatida, qishloqning bir qismida xona­donlar atrofini suv bosib, uy­larga jiddiy zarar yetkazayotgandi. Deputat bu muammoning ham tezda yechimini topishga kirishdi. Suv xo‘jaligi vaziriga murojaati natijasida 0.6 kilometrlik masofadagi zovur tozalanib, sirt suvlar sathi pasaytirildi.

$$«Uztransgaz» aksiyadorlik jamiyati$$ga yuborilgan murojaat asosida $$Mirzaobod tumani$$dagi $$«^^Navbahor^^» mahallasi$$da $$Mа'rifat^ va Istiqlol ko‘chalari$$ga tabiiy gaz yetkazildi. $$Bobur ko‘chasi$$da yashovchi aholining sifatli toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi orqali hal etildi.

Deputat yuqoridagi mas’ul tashkilot rahbarlarining javobidan qoniqmasa, viloyat, respublika darajasidagi idoralarga murojaat qiladi. Masala ijobiy yechimini topmaguncha tinchimaydi.

$$Mirzaobod tumani$$dagi $$«Navbahor» mahallasi$$da yashovchi [Saydulla Mamatqulov]ning taʼkidlashicha, avvallari odamlar deputat degan so‘zni eshitar, ammo oʻzini koʻrmas ekan. Uning oʻg‘li [Sharif Mamatqulov] korek parogi bilan tug‘ilgan. U oʻg‘lini nafaqaga chiqarish uchun 8 yil turli idoralarga murojaat qilgan. Hech uddasidan chiqolmay, deputatdan yordam so‘ragan. Deputat bir oy ichida tegishli davlat organlariga bir nechta so‘rov yuborib, uning oʻg‘liga nogironlik belgilanishiga erishdi.

[Murodjon Xayitov]ning qilgan murojaati bilan 2018 yilning yanvar oyida 46 nafar fuqaro uy-joy qurish uchun yer uchastkalari ajratildi. Shuningdek, qishloqdan viloyat markaziga qatnovchi avtobus yo‘q edi. Hozirda ikkita avtobus qatnovi deputatning sa’y-harakatlari bilan yo‘lga qo‘yildi.

[Murodjon Xayitov] ayni vaqtda oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mutasaddilari bilan 2019 yilgi davlat va mahalliy dasturlarga takliflar ishlab chiqmoqda. Uning amaliy ishlari, deputatlarga ishonchni kuchaytirmoqda, hududda partiya nufuzining oshishiga xizmat qilmoqda.

Total words

614

Unique words

456

Annotated anthroponyms

9

Toponyms

13

TTR

0.743

Hapax

364

Distribution

Top frequency chart

Dataset