$$Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi$$da $$Oʻzbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi$$ koʻzi ojizlar hamda nogironlar jamiyatlari bilan hamkorlikda yigʻilish oʻtkazdi. Unda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz muhit yaratish, joylardagi kamchiliklarga yechim topish masalalari muhokama qilindi.
Partiyamiz faollari hamda deputatlar bilan birgalikda yaqinda oʻtkazilgan oʻrganishlarda vоmidа nogironligi boʻlgan shaxslarni tashvishga solayotgan muammolar koʻp ekaniga guvoh boʻldik, dedi $$Oʻzbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi$$ raisi [Mehrojiddin DARHONOV]. Xususan, taʼlim tizimida yechimini kutayotgan masalalar talaygina. Masalan, Toshkent viloyati boʻyicha jami 2 mingga yaqin koʻzi ojiz hamda 500 dan ortiq kar va soqov bor. Koʻzi ojizlardan 743 nafari, kar-soqovlarning 198 nafari 30 yoshga qadar boʻlganlardir. Ularning taʼlim olishi, bandligi masalasida yillar mobaynida muammolar yigʻilib qolgan. Koʻzi ojiz, kar va soqov insonlar uchun viloyatning Olmaliq shahrida bitta 700 oʻringa moʻljallangan maxsus maktab-internat mavjud. U yerda darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari yetishmaydi. Braille yozuvi uchun moʻljallangan moslamalar ham juda kam. Borlari esa eskirgan.
Tahlillar asosida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida partiya guruhlari tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, koʻzi ojizlar, kar va soqovlar ijtimoiy himoyasiga qaratilgan 15 masala partiya guruhlarida va 8 masala doimiy komissiyalarda muhokama qilindi. Sessiyalarda 8 masala koʻrib chiqildi.
Mamlakatda nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularga taʼlim olish va ishga joylashishda koʻmaklashish choralar koʻrilmoqda, dedi $$Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati$$ raisi [Komiljon ABDULLAEV]. Ammo koʻpchilik jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar kundalik turmushda turli qiyinchiliklarga duch kelib, bu ularning mamlakat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol ishtirok etishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ularning bandligini taʼminlash borasida ham muammolar bor.
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun aravachalar, qoptiq trek va boshqa uskunalar, protez-ortopediya buyumlari va texnika reabilitatsiya vositalari chet eldan olib kelinadi. Bu esa narx-navoning qimmatligi, mahsulot yetishmasligining asosiy sababidir. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun xorijdan keltirilayotgan uskuna yoki mahsulotlarni mahalliylashtirish, oʻzimizda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish kerak, deb oʻylayman. Masalan, zaif eshituvchilar uchun implantat moslamasi $$AQSH, Germaniya, Xitoy davlatlari$$dan sotib olinmoqda. Agar investitsiya jalb qilinsa, xorijiy sarmoyadorlar bilan tajriba almashilsa, mamlakatimizda ham bu kabi moslamalarni ishlab chiqarish mumkin, dedi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy hayotida ishtirokining muhim omillaridan biri ularning umumiy savodxonligi hisoblanadi, dedi $$Oʻzbekiston XDP Markaziy Kengashi$$ boʻlimi mudiri [Boymurod YUSUPOV]. Biroq qator sabablarga koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslar oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan. 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlar qabulining umumiy sonidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda ikki foizli kvotalar kiritildi. Mazkur kvotalar boʻyicha faqatgina nogironligi boʻlgan shaxslar taʼlim oldi, bu ularning oliy maʼlumotga ega boʻlishini taʼminlab, jamiyatga moslashish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Biroq oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan nogironligi boʻlgan yoshlar uchun shart-sharoitlar toʻliq taʼminlanmadi, deb ayta olmaymiz. Surdo tarjimonlar, Braille alifbosidagi adabiyot va oʻquv qoʻllanmalar talab darajasida emas. Binolar ham toʻliq moslashtirilmagan. Lekin yaqin kelajakda mazkur masalalar ham bosqichma-bosqich oʻz yechimini topadi.
Kar-soqovlarning taʼlim olishi, ularni kasbga tayyorlash bilan 20 yildan buyon shugʻullanib kelaman, dedi $$Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi$$ qoʻshida Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi rahbari ^^Raʼno SHODIEVA^^. Afsuski, oʻtgan yillar mobaynida ushbu katlam jamiyat yetidan uzilib qolgan edi. Boisi, ular uchun respublika miqyosida maxsus maktab-internatlari kam, oʻquv qoʻllanmalari deyarli yoʻq. Ularning birortasi qariyb 30 yildirki oliy taʼlim muassasasida tahsil olmagan. Natijada tizimda tegishli kadrlar yetarli emas, borlari esa nafaqa yoshiga yetib qolgan.
Joriy yildan boshlab berilayotgan imtiyozlar eshitish va gapirish imkoniyati cheklangan minglab yoshlarning orzularini ro‘yobga chiqaradi. Chunki ular orasida noyob iqtidorga ega shaxslar koʻplab topiladi.
^^Maqsuda VORISOVA^^, $$Oliy Majlis Senati$$ aʼzosi:
Prezidentimizning 2017 yil 1 dekabrdagi farmonida mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yaratilayotgan sharoit, ular uchun barcha qatordan oʻz huquqlaridan hech qanday toʻsiqsiz foydalanish imkonini beruvchi barcha yoʻnalishlar boʻyicha vazifalar belgilab berilgan. Masalan, nogironlikni belgilash mezonlarini qayta koʻrib chiqish, yangi uslubga koʻchirish, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda zamonaviy usullardan foydalanish masalalari qamrab olingan. Bundan tashqari, turli darajadagi korrupsiyaning oldini olish maqsadida nogironlikni belgilash boʻyicha tibbiy ekspertizaning shaffofligini taʼminlash ham nazarda tutilgan.
Yana bir muhim jihati, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor, kasallik aniq koʻrinib turgan holatlarda qayta-qayta tekshiruvlarni kamaytirish, soddalashtirish bilan bogʻliq talablar ham farmondan oʻrin olgan.
Biroq oradan qariyb bir yilga yaqin vaqt oʻtgan boʻlsada, mazkur masalalar hayotga tatbiq qilingan emas. Odamlarning noroziliklari, ovogarchiliklariga barham berilmagan ham ayni haqiqat. Nogironligi boʻlgan shaxslar hanuz eski tizimda qayta-qayta koʻrikdan oʻtkazilmoqda. Vaholanki, oʻzi nafaqa bilan kun kechiradigan odam uchun qoʻshimcha mablagʻ sarflab, tibbiy koʻrikdan oʻtish ogʻirlik qiladi. Chunki TMEK talab qiladigan ayrim tekshiruvlar ancha qimmat. Aytaylik, davlat muassasalarida MRT tekshiruvi boʻlmasligi mumkin.
Boshida oʻsimtasi bor, tutka noq yoki boshqa biror-bir onkologik kasallikka chalingan bemorlar ham har yili tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerak. Bemor, yaʼni nogironligi boʻlgan shaxs bu uchun 100-150 ming soʻm, baʼzan undan ham koʻp mablagʻ sarflaydi. Yoki amputantlar, yaʼni qoʻl yoki oyoqi yoʻq shaxslar bor. Axir ularning oyoq-qoʻli oʻsib chiqmaydi-ku. Shunda ham ular oyoqi yoʻqligini isbot qilib berishi kerak. Qayta tekshiruvlar esa ularga ruhiy jihatdan taʼsir qiladi. Shu kunlarda bir masala bilan shugʻullanyapman. $$Toshkent shahri$$dagi $$Uchtepa tumani$$da istiqomat qiluvchi 1973 yilda tugʻilgan ^^Mashhura Xasanova^^ning murojaati yechimsiz qolmoqda. Aslida u olima ayol. Tarix fanlari nomzodi, dotsent. Afsuski, 2015 yilda oʻsma kasalligi boʻyicha unga nogironlik belgilangan. 2017 yil dekabrigacha 2-guruh nogironligi nafaqasini olgan. Qayta koʻrikdan oʻtkazish vaqtida uni 3-guruh nogironligiga tushirib qoʻyishgan. Vaholanki, ayolda nutq buzilishi bor, tutqanok xurujlari boʻlib turadi. oʻzim koʻrdim, tibbiy maʼlumotnomaga asosiy ishi bilan shugʻullanishi mumkin, deb yozib koʻrilgan. oʻylab koʻraylik, taʼlim muassasasida qanday qilib dars oʻtishi mumkin?
Mutasaddilarga ogʻzaki murojaat qilganimda, qayta davolanib, xastalik rasmiy tasdiqlansa, 2-guruh nogironligiga oʻtkazishga vaʼda berishdi. Ayal iyul oyida davolanib chiqdi. Biroq rasmiy tasdiqlangan boʻlishiga qaramay, unga 2-guruh nogironligi berishdan bosh tortishgan. Sogʻliqni saqlash vazirligiga murojaat qildim. Lekin hali natijasini bilmayman. Bu birgina misol. Bunaqangi holatlarni koʻp va har bir hududdan keltirish mumkin.
Qoʻshma yigʻilishda partiya guruhlari, viloyat koʻzi ojizlar va nogironlar jamiyatlari tomonidan tizimdagi kamchiliklar yechimi yuzasidan takliflar bildirildi. Taʼkidlandiki, aksariyat nogironlar faqat pensiya va nafaqa mablagʻlari hisobidan kun kechirayotganligi bois, kommunal toʻlovlar, transport xarajatlarida imtiyoz va engilliklarga zarurat sezishadi. Birinchi va ikkinchi guruh nogironlari uchun imtiyoz va chegirmalar kengaytirilsa, yaxshi boʻlardi, degan taklif bildirildi. Sport inshootlarini nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish ham dolzarb masala. Koʻzi ojizlar maktab-internatlarida bolalar sportini rivojlantirish maqsadida murabbiylar ajratish, musobaqalar koʻlamini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Yigʻilishda koʻtarilgan masalalar xalq deputatlari $$Toshkent viloyat Kengashi$$ning doimiy komissiyasi va sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.