🔍

Article

OʻZBEKISTON - MISR HAMKORLIGIDA YANGI BOSQICH BOSHLANMOQDA

By Matnazar ELMURODOV, OʻzA muxbiri • in 2018

Avval xabar qilingandek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti [Shavkat Mirziyoyev]ning taklifiga binoan $$Misr Arab Respublikasi$$ Prezidenti [Abdulfattokh Said Husayn Xalil as-Sisi] 4-5 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 5 sentabr kuni Kuksaroy qarorgohida boʻlib oʻtdi.

Rasmiy kutib olish marosimidan soʻng [Shavkat Mirziyoyev] va [Abdulfattokh as-Sisi] tor doirada uchrashuv oʻtkazdi.

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni qutlab, ushbu tashrif mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalar da tarixiy voqea ekanini taʼkidladi.

Biz $$Misr$$ni qadimiy tsivilizatsiya beshigi, boy tarix va yuksak salohiyatga ega mamlakat deb bilamiz. Xalqlarimizning madaniy yaqinligi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Ota-bobolarimiz birgalikda ilm-fanni rivojlantirgan, madaniy hamkorlik, savdo-sotiq qilgan. Bunga tarixda misollar juda koʻp. Bugun $$Oʻzbekiston$$ $$Misr$$ hamkorligida yangi bosqich, amaliy ishlar davri boshlanmoqda, dedi [Shavkat Mirziyoyev].

Avvalo, $$Oʻzbekiston$$ga taklifingiz uchun tashakkur izhor qilmoqchi man, dedi [Abdulfattokh as-Sisi]. Mamlakatingizga kelgan ilk daqiqalardan oʻzimi yurtimdagidek his qildim. $$Misr$$ xalqi mamlakatimiz bilan ming yillik mushtarak tarixga ega Oʻzbekiston va uning xalqini gʻoyat hurmat qiladi. Oʻylaymanki, bu tashrif nafaqat oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, balki barcha sohalarda ulkan yuksalishlarga turtki beradi. Biz munosabatlarimizni har tomonlama rivojlantirish tarafdorimiz.

$$Oʻzbekiston$$ va $$Misr$$ni, garchi oradagi masofa uzoq boʻlsada, tarixiy-madaniy mushtaraklik, anʼanaviy doʻstlik va yaqin hamkorlik birlashtirib turadi. Misr Prezidentining mamlakatimizga ilk tashrifi ana shu azaliy aloqalarni bugungi zamon talablaridan kelib chiqqan holda, yangi asosda ravnaq, toptirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Mamlakatlarimiz $$Birlashgan Millatlar Tashkiloti$$, $$Islom hamkorlik tashkiloti$$ va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada faollashtirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Jumladan, $$Islom hamkorlik tashkiloti$$ $$Tashqi ishlar vazirlari kengashi$$ning 2016 yil oktabr oyida $$Toshkent$$da oʻtgan 43-sessiyasida $$Misr$$ delegatsiyasi ishtirok etdi. Ushbu mamlakat yetakchi ekspertlari yurtimizdagi saylovlarda kuzatuvchi sifatida muntazam qatnashib kelmoqda.

Mintaqaviy va global masalalarga yondashuvlar ham oʻxshash yoki yaqin. $$Oʻzbekiston$$ va $$Misr$$ $$Afgʻoniston$$da faqat ushbu mamlakat xalqi tomonidan tegishli oʻrnatish jarayonlari amalga oshirilishi tarafdoridir.

$$Afgʻoniston$$da mustahkam tinchlik va barqarorlik oʻrnatish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish, bu masalalar boʻyicha tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida muntazam ravishda siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazib borishga kelishib olindi.

Prezidentlar xavfsizlik muammolariga alohida eʼtibor qaratdilar. Terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va boshqa tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikka doir masalalarni atroflicha muhokama qildilar.

$$Oʻzbekiston$$ va $$Misr$$ Prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida savdo-sotiq, va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, shu maqsadda mamlakatlarimiz imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanish masalalari muhokama markazida boʻldi.

Iqtisodiy hamkorlik davlatlararo munosabatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni davom ettirish zarur. Muzokaralarda taʼkidlanganidek, savdo hajmini yaqin yillarda bir necha barobar oshirish uchun har ikki tomonda foydalanilmagan ulkan imkoniyatlar mavjud.

$$Oʻzbekiston$$ $$Misr$$ga uning bozorida talab yuqori boʻlgan elektroteknika, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va boshqa mahsulotlarni eksport qilishi mumkin. $$Misr$$da esa mamlakatimizga dori-darmon, tibbiyot jihozlari, gilamlar, mebellar, neft-kimyo mahsulotlari, marmar, chin, teri va plastik mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari yuqori.

Ikki davlat masʼul idoralariga savdo aylanasiga qulay shart-sharoit yaratish, tovar ayirboshlash tuzilmasini toʻliq diversifikatsiya qilish va uning hajmini kengaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy izlanishlar natijalari va ilgʻor tajribani almashish kelishib olindi. Ishbilarmon doiralar vakillari Oʻzbekiston va Misrda oʻtkaziladigan koʻrgazma-yarmarkalarda ishtirok etishi ragʻbatlantiriladi.

$$Misr$$ Prezidenti tashrifi doirasida oʻtgan $$Oʻzbekiston-Misr$$ biznes-forumi ana shu mulokotlarning uzviy davomi boʻldi. Ushbu forumda umumiy qiymati 400 million dollardan ortiq shartnomalar imzolandi. Bu ham iqtisodiy sohada ulkan imkoniyat va resurslar borligidan dalolatdir.

Mamlakatlarimiz qadimda Buyuk Ipak yoʻlining asosiy tarmoqlari boʻlgan. Bugungi kunda tashqi bozorlar­ga tez va samarali chiqishni taʼminlovchi transport va tranzit yoʻlaklarini rivojlantirish davlatlarimiz oʻrtasida savdo hajmini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oʻrinda xalqaro suv yoʻlagi sifatida Suvaysh kanalining ahamiyati beqiyos. $$Suvaysh kanali$$dagi iqtisodiy zona $$Oʻzbekiston$$ mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqishni yengillashtirishda qulay imkoniyat yaratadi.

Oʻzaro savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishda hududlararo hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Muzokarada [Navoiy] va [Iskandariya] viloyatlari oʻrtasida bevosita hamkorlik oʻrnatish, yaqin kunlarda ushbu viloyat delegatsiyasining xostimizga tashrifini tashkil qilish kelishib olindi.

$$Misr$$ turizm sohasida katta salohiyat va tajribaga ega mamlakat, bugungi kunda $$Oʻzbekiston$$da ham ushbu tarmoq jadallik bilan rivojlanmoqda. Muzokarada bu sohadagi aloqalarni kengaytirish, $$Oʻzbekiston$$dagi qadimiy shaharlar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish uchun Misrlik sayyohlarni koʻpaytirish mumkinligi qayd etildi. Toshkent-Kohira va Xurghada oʻrtasida aviakatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.

$$Movarounnahr$$ va $$Misr$$ diyorida yashab ijod qilgan ulugʻ bobokalonlarimizning noyob ilmiy-maʼrifiy merosi bugun musulmon olamining bebaho boyligidir. Bu oʻrinda buyuk olimimiz [Ahmad Fargʻoniy]ning $$Misr$$da yashab, oʻlka kashfiyotlar qilgani, jumladan, $$Nil daryosi$$ suvini oʻlchaydigan inshoot qurishi bugungi avlodlarga yuksak iftixor bagʻishlaydi. $$Kohira shahri$$da, buyuk $$Nil boʻyida$$ [Ahmad Fargʻoniy] bobomizga oʻrnatilgan muhtasham haykal bugun xalqlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlikning yorqin ramziga aylangan.

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik boʻyicha ham ijobiy natijalarga erishildi. $$Misrning Al-Azhar universiteti$$ va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan $$Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasi$$, $$Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi$$ va $$Islom tsivilizatsiyasi markazi$$ oʻrtasida faol hamkorlik oʻrnatishga kelishib olindi.

Muzokarada xalqlarimizning maʼnaviy yuksalishini inobatga olib, qoʻshma madaniy tadbirlarni koʻpaytirish, ayni paytda, taʼlim, ilm-fan, sogʻliqni saqlash, sayyohlik, madaniyat, sport va boshqa sohalarda oʻzaro aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ Prezidenti [Shavkat Mirziyoyev] va $$Misr Arab Respublikasi$$ Prezidenti [Abdulfattokh as-Sisi]­ning Qoʻshma bayonoti qabul qilindi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasida yoshlar, sport, investitsiya, qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida Anglashuv memorandumlаri, taʼlim, turizm, arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga doir bitimlar, ikki mamlakat tashqi ishlar va adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik memorandumi singari jami 12 hujjat imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari va kutilari bilan uchrashuvda Prezidentlar muloqotlar ochiq, doʻstona va amaliy ruhda oʻtganini, hamkorlikni rivojlantirishga doir keng qamrovli masalalar muhokama etilganini taʼkidladi. Imzolangan hujjatlar $$Oʻzbekiston$$ va $$Misr$$ning uzoq muddatli manfaatlariga, mamlakatlarimizni rivojlantirish va xalqlarimiz farovonligini oshirishga xizmat qilishini qayd etdilar.

$$Misr$$ Prezidentining $$Oʻzbekiston$$ga tashrifi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarda tarixiy ahamiyatga ega boʻldi, dedi [Shavkat Mirziyoyev]. Biz ikki tomonlama munosabatlarga doir hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdik. Ishonchim komilki, ushbu kelishuvlar $$Oʻzbekiston$$ bilan $$Misr$$ oʻrtasidagi munosabatlarni sifat va mazmun jihatdan boyitib, oʻzaro manfaatli hamkorligimizni yangi, pokori bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.

Oʻzaro samimiy muloqot va $$Misr$$ delegatsiyasiga koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun $$Oʻzbekiston$$ Prezidenti va xalqiga minnatdorlik izhor qilaman, dedi [Abdulfattokh as-Sisi]. Bugun imzolangan hujjatlar yaqin kelajakda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik koʻlamini kengaytirish va jadallashtirishga xizmat qiladi. Ushbu kelishuvlar mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bir-biriga mushtarak intilishlari samarasidir. [Abdulfattokh as-Sisi]. [Shavkat Mirziyoyev]ni rasmiy tashrif bilan Misrga taklif qildi.

Shu bilan $$Misr Arab Respublikasi$$ Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi.

Total words

998

Unique words

615

Annotated anthroponyms

16

Toponyms

51

TTR

0.616

Hapax

462

Distribution

Top frequency chart

Dataset