Gazetamiz muxbiri bank mas’ul xodimlarga o‘zining savollarini berdi.
$$O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki$$ tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Bankimiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnika-texnologiyalardan foydalanilgan holda masofaviy elektron xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini oshirish borasida bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda, – deydi $$O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki$$ning $$Strategik rivojlantirish departamenti$$ boshqarma boshligi [Farrux Abdurahmonov].
Bankimiz 1992 yilda jahondagi 83 eng yirik moliya muassasasi bilan vakillik aloqalari o‘rnatgan bo‘lsa, joriy yilning 1 iyuliga qadar 80 dan ortiq davlatning 700 ga yaqin xalqaro moliya muassasalarini qamrab oldi. Bu $$G‘arbiy va Sharqiy Yevropa$$, $$Amerika Qo‘shma Shtatlari$$, $$Osiyo, Yaqin Sharq$$, $$MDH va Afrika davlatlari$$ hamda $$Avstraliya$$ni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda bank tizimining eng muhim yo‘nalishi bo‘lgan kreditlash sohasi katta e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, ishlayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, xususiy tadbirkorlikni, xomashyo resurslaridan foydalanish va ularni qayta ishlashga asoslangan tarmoqlarni rivojlantirish ham diqqat markazida turibdi.
Shuningdek, bank tizimli ravishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, $$Xitoy Davlat Taraqqiyot banki$$, $$Janubiy Koreya$$ Eksimbanki, Sumitomo Mitsui Banking Corporation (Yaponiya), Landesbank (Germaniya), “Gazprombank” (Rossiya), Aktif Bank (Turkiya) va $$Osiyo Taraqqiyot banki$$ kabi dunyo moliya bozorida yetakchilik qilayotgan institutlar bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilib, ularning 4,8 milliard dollar miqdoridagi moliyaviy sarmoyalari istiqbolli loyihalarga jalb qilindi. Shundan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi faoliyat yurituvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,6 trillion so‘m ajratildi.
“O‘zbekiston ovozi” gazetasining muxbiri savoli:
Bugungi kunda odamlar orasida banklar tomonidan aholiga imtiyozli kreditlar ajratish borasida cheklovlar qo‘yilayotgani haqida gap-so‘zlar yuribdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?
[Farrux Abdurahmonov]:
O‘rinli savol. Bu haqda bizga ham murojaatlar bo‘ldi. Lekin ishontirib aytaman, oldin ham hozir ham bankimiz tomonidan kredit olish maqsadida murojaat qilgan tadbirkorlarimizga ularning biznes-loyihasini ko‘rib chiqib, imtiyozli kreditlar ajratib berilmoqda. Bu borada muammo yo‘q.
Odamlar bo‘sh pul mablag‘imizni banklardagi omonatga qo‘ygan edik. Omonatimizni vaqtida foizi bilan qaytarib olish paytida banklar turli bahonalar bilan 2–3 haftalab “naqd pulimiz yo‘q edi” deb cho‘zib yuboradi. Bu kabi holatlar takrorlansa, aholining bankka bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi. Bu masalada qanday fikr bildirishingiz mumkin?
[Bunyod Esonbova
, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqarma boshligi:
Bizning bankimizda omonatga pul qo‘ygan jismoniy shaxsga shartnoma taqdim qilinadi. Shartnomada qancha vaqtga omonat qo‘yilayotgani va foizi qancha bo‘lishi, qachon olinishi ko‘rsatiladi. O‘sha vaqt kelganda omonatning o‘zi va foizi olish qat’iy nazoratga olingan. Shu kuni omonatchi kelib xohlasa, omonati bilan foizini qo‘shib olib ketishi mumkin. Xohlasa, o‘ziga qulayroq bo‘lgan omonatga pul qo‘yib, foizini olishi mumkin.
Tadbir so‘ngida bank tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.