🔍

Article

YUKSAK E’TIBORDAN MUNAVVAR DILLAR.

By H. MAMATRAIYIMOV, UzA muxbiri • in 2017

Davlatimiz rahbari [Shavkat Mirziyoyev] tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017–2021 yillarda $$O‘zbekiston Respublikasi$$ni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholining kuchli ijtimoiy himoya qilinishi, kam ta’minlangan oilalar va nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan. 2017 yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari Yili deb e’lon qilingan va $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ning $$Virtual qabulxona$$si tashkil etilishi bu boradagi ishlar ko‘lami hamda imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Joylardagi $$Xalq qabulxona$$larida, sayyor qabulalarda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, aholining muammolariga yechim topilmoqda. Fuqarolarning murojaatlari va $$Xalq qabulxona$$laridan o‘tkazilayotgan sayyor qabulalar, mehnatga layoqati cheklangan insonlar uchun ijtimoiy yordamni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. Shunga muvofiq, Prezidentimiz tashabbusi bilan uy-joyga ehtiyojmand fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar ko‘p sonli yo‘lga qo‘yildi.

Viloyatda uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan 32 fuqaro imtiyozli kredit asosida uy-joyli bo‘lish uchun boshlang‘ich badal to‘lovi Prezidentimiz nomidan berilgan, bu ularga qulay turmush sharoiti yaratish, hayotdan rozi bo‘lib yashash imkonini berdi.

^^Olmahon Abdulalieva^^, $$Sherobod tumani$$dagi “Uzun-soy” mahalla fuqarolar yig‘inida yashaydi. Eski kasalxona binosining ikki xonasida 4 jon vaqtiga yashab kelgan. Bugun unga Prezidentimiz nomidan Taroqli massividagi 2 sotixdan iborat uch xonali uy kaliti topshirildi.

Barcha qulayliklarga ega bunday uyli bo‘lishni xayolimizga ham keltirmagandik, deydi ^^Olmahon^^.

[Yusuf Mamatov] bir uyda 20 jon yashab kelgan. Dunyoning ayrim mamlakatlarida uy-joysiz yashayotgan insonlar haqida televizorda ko‘rib, shukr qilardik. Lekin ko‘ngilning bir chetida “biz ham zamonaviy, keng uyda yashar ekanmiz” degan armon bor edi. Yaratganga shukr, davlatimiz g‘amxo‘rligida bugun orzumizga erishdik. 2 sotixdan iborat 3 xonali uyda barcha qulayliklar yaratildi.

Erkinlik mahallasida yashovchi ^^Mokira Ashuralina^^, I guruh nogironi, turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan qaynotasiga tegishli uyning bir xonasida yashaydi. Uch oila umrguzaronlik qilayotgan uyda 12 jon istiqomat qiladi. Mamakatimizda mehnatta layoqati cheklangan insonlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamdan bahramand bo‘ldi. ^^Mokira Ashuralina^^ yangi kuch mahallasida yangilangan va munavvar loyihalar asosida qurilgan arzon uy-joylardan biriga ko‘chib o‘tdi.

Bolalikdan nogironman, dedi ^^Mokira^^. Yoshligimda to‘rt muschasi sog‘ insonni baxtli odam deb o‘ylardim. Farzandli bo‘lganimdan so‘ng, yana bir haqiqatni angladim: ruzi qolgan inson nafaqat sog‘, balki o‘z uyiga ega bo‘lsa, baxtli ekan. Ko‘p qavatli uyda bir xonada siqilib yashash, ayniqsa, avlod uchun juda qiyin. Mavjud uyda farzandlarim bilan erkin yashayapmiz. Boshlang‘ich badali Prezidentimiz nomidan to‘langan 2 sotixdan iborat uch xonali uy sovg‘a qilindi. Har bir xonada yangi mebel va boshqa zarur jihozlar bor.

[Zokir Tillaev], Jarqo‘rg‘on tumanidagi Yangiyobod mahallasida istiqomat qiladi. I guruh nogironi. Otasi [Rahmon Tillaev]ga tegishli ikki xonali kvartirada turmush o‘rtog‘i, ikki qizi, o‘g‘li, kelini va nevarasi bilan yashaydi. Mavjud holatdan ezilgan, lekin dar di ichida edi. Mamlakatimiz e’tibori bilan yangi bунёd etilgan ikki qavatli zamonaviy uyga ko‘chib, uch xonali uyga ega bo‘ldi.

Shu kunga qadar o‘g‘limga yangi uy berilishiga ishonmay turardim, deydi [Rahmon] bobo. Ko‘zlarimga ishonmayapman. Kam miqdorda mablag‘ bor yilarda uy qurish uchun ko‘p harakat qilganman. Hech kim dar-dimga quloq solmagan. Hozir bir qizimiz Toshkentda yashaydi, ikkinchi qizim ajrashgan. O‘g‘lim [Zokir]jon farzandlari, kelini va nevarasi bilan yashashga imkon topdi. Uy-joyga muhtoj insonlarga, nogironlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan Prezidentimizning umrlar uzog‘ bo‘lsin. Tinchligimizga ko‘z tegmasin.

Qavm-karindoshlar, yordam beradiganlar, mahalladoshlar kam bu oilani yangi uy bilan kutlashga kelishdi.

[Zokir]boyga yangi uy berilayotganini ko‘rib, quvonib keldik, dedi “Yangiyobod” mahalla raisi [Bahodir Xojimatov]. Uyga qarang, gaz plitasi, oshxona mebeli, televizor, isitish moslamalari, bir oila to‘kis yashashi uchun nima kerak bo‘lsa, barisi bor. Bu oilaning yangi uyini saranjomlab saqlashi, barchaga ibrat bo‘lishiga ishonaman.

$$Jarqo‘rg‘on tumani$$dagi [Alisher Navoiy] nomidagi mahallada yashovchi ^^Gulbahor Allanazarova^^, I guruh nogironi, uch yil davomida ikki farzandi bilan akasining uyida yashab kelgan edi. Endi ikki sotixdan iborat uch xonali uy kalitini qabul qilib oldi.

Mamlakatimizda inson manfaatlari har narsadan ulug‘ ekaniga ishonimiz komil, deydi ^^Gulbahor^^.

Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida $$Termiz shahri$$dan uch, $$Termiz tumani$$dan to‘rt turar joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan oila yangilangan namunaviy loyihalar asosidagi uylar bilan ta’minlandi. Termiz tumanidagi Yangihayot mahallasida yashovchi I guruh nogironi [Laziz Qahhorov] oilasi ulardan biri.

Ko‘p qavatli uyda qaynotamning 3 xonali xonasida 2 bola bilan yashab kelardik, deydi [Laziz]ning turmush o‘rtogi ^^Sabohat Mustanova^^. Uch oila bir amallab kun o‘tkazardik. Jismoniy imkoniyati cheklangan odamning uy qurib olishi oson emas. Shu uyga 3 xonali uy berilishini eshitib, tilim ojiz qolgan, quvonchdan so‘z topa olmayapman. Barcha uchun Prezidentimizga minnatdormiz.

Viloyatning $$Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Sariosiyo, Oltinsoy, Denov, Boysun tumanlari$$da uy topshirish marosimlarida xalqimizning saxovat, mehr-oqibat va hamjihatlik kabi fazilatlari yanada keng namoyon bo‘ldi. Ularning uy to‘ylarida ishtirok etish, keksa qalblarda yangilanish va o‘zgarishlarga daxldorlik hissini mustahkamladi, barchani yangi marralarga ruhlantirmoqda.

Tadbirlar doirasida bir guruh kam ta’minlangan oilalarga zamonaviy tikuv mashinalari, 300 dan ortiq fuqaroga nogironlik aravachasi bepul topshirildi.

Total words

720

Unique words

480

Annotated anthroponyms

19

Toponyms

10

TTR

0.667

Hapax

372

Distribution

Top frequency chart

Dataset