🔍

Article

DOLZARB IJTIMOIY MASALALAR YUZASIDAN ANIQ VA QAT’IY POZITSIYA BILDIRILISHI ZARUR.

By Zilola UBAIDULLAEVA, Laziza SHEROVA, «O‘zbekiston … • in 2017

Poytaxtimizda $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi$$ning VIII plenumі ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi. Unda Prezidentimizning «Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak» nomli ma’ruzasidan kelib chiqib, partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalari oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan plenumda $$O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi$$, $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$dagi fraktsiyasi a’zolari, $$Qoraqalpog‘iston Respublika$$, viloyat, $$Toshkent shahar$$ vakillari bilan birga, partiyaning 194 tuman va shahar kengashlari rahbarlari ham qatnashdi.

Davomi 3-betda. Plenum avvali­da 12 iyul kuni $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$da bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi yozib olingan holda namoyish etildi. Shundan so‘ng yig‘ilganlar kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruzachilarga so‘z berilishini kutgan edi. Lekin partiya $$Markaziy Kengashi raisi$$, $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$dagi fraktsiya rahbari [Hotamjon Ketmonov] yig‘ilishni noodatiy tarzda, jonli muloqot ko‘rinishida o‘tkazishni taklif qildi. Bu fikr barchaga birdek ma’qul bo‘ldi.

«Shu kungacha minbarda turib, 3-4 nafar odamga so‘z berilishi, ularning yozib kelgan hisobotlarini eshitishdan iborat bo‘lgan yig‘ilishlar oqibatida joylardagi haqiqiy ahvoldan bexabar qolganmiz», dedi [Hotamjon Ketmonov]. «Faoliyatimizga yangicha yondashuvni har birimiz o‘zimizdan, o‘z ishimizdan boshlashimiz zarur. Bugun mana shu prinsipga amal qilgan holda, sizlar bilan ochiq muloqot, muzokara olib borsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylayman. Oldimizda turgan har bir ustuvor masala yuzasidan sizlarning fikringiz chora-tadbirlar dasturidan o‘rin oladi. Bu hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini xolis baholash, muammolar yechimi yuzasidan vazifalarni to‘g‘ri belgilash imkonini beradi».

Xabaringiz bor, siyosiy partiyalar va parlament faoliyatining tanqidiy tahlilidan so‘ng o‘tgan vaqt mobaynida partiyaning rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan joylardagi holat, partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalarining faoliyatidagi kamchiliklar o‘rganildi. Bu dastlab, partiyaning mahalliy va mintaqaviy tashkilotlari Ijroiya qo‘mitalari yig‘ilishlarida muhokama qilindi. Bugun ana shu o‘rganishlar sarhasi bo‘yicha ham fikr almashamiz. Davlatimiz rahbari videoselektor yig‘ilishida siyosiy partiyalar hamda deputatlar faoliyatiga oid har bir masalaga alohida to‘xtalib o‘tdi. Yo‘nalishlarga bo‘lgan holda muammolarning kelib chiqish sabablari hamda ularning yechimi yuzasidan takliflar berdi. Shundan kelib chiqib, biz partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab oldik.

Xususan, pensionerlarning hayot darajasini yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, nogironlarning talab va ehtiyojlari, qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash uchun muhim choralar belgiladik. Ushbu yo‘nalishda partiya faxriylar, pensionerlarning salohiyati va tajribasidan keng foydalanish maqsadida Markaziy, viloyat va tuman kengashlari qo‘shida $$«Partiya faxriylar klubi»$$ni tashkil qilish rejalashtirildi. Bu borada $$«Nuroni» jamg‘armasi$$ bilan yaqin hamkorlik o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari faoliyati ustidan samarali parlament hamda deputatlik nazorati olib borish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, $$O‘zbekiston XDP tashkilotlari$$da jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tubdan kuchaytirish lozim. Murojaatlarni imkon qadar joyida hal qilishga e’tibor qaratish, bunda mahalliy kengashlar qo‘shida tashkil etilgan Jamoatchilik qabulxonalari imkoniyatidan samarali foydalanish, partiya xodimlari bilan birga mahalliy Kengashlardagi deputatlar qabulini izchil yo‘lga qo‘yish talab etiladi.

Keling, bugungi yigilishni ochiq-muloqot, erkin suhbat tarzida o‘tkazamiz. Partiyamiz faoliyatini kuchaytirish uchun qanday takliflar berasiz? Sizni nima o‘ylantiryapti, muammolar yechimini topish uchun nima qilish kerak?

«Shu paytgacha partiya ishiga yuzaki qarashlar, saylovchilar, elektro­rat manfaatiga aloqador masalalarni yechishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan holatlar ko‘p bo‘ldi», dedi $$O‘zXDP Sariosiyo tuman kengashi$$ raisi [Rustam Ramazonov]. «Loqaidligimizni tan olamiz. To‘g‘ri, tuman miqyosida tadbirlar o‘tkazib kelayapmiz. Lekin faqat tadbir o‘tkazish bilan ish bitmaydi. Yuqorida to‘g‘ri ta’kidlandi. Amaliy ishlash vaqti keldi. Shu o‘rinda bir fikrni aytib o‘tish kerak. Hozirgi kungacha elektoratni o‘ylantirgan muammolarni ko‘proq deputatlarga yuklab qo‘yganmiz. Vaholanki, biz ham aholini tashvishga solayotgan muammolar yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlashimiz, ularni deputatlarga taqdim qilishimiz mumkin edi».

Tumanimizda partiyamizning 8 nafar deputati bor. Tuman partiya kengashi faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgiladik. Bunda, avvalo, deputatlar bilan ham aloqalarni mustahkamlashga e’tibor qaratayapmiz. Endilikda sessiyalarga kirilayotgan masalalar bo‘yicha biz ham deputatga takliflarimizni, fikrlarimizni muntazam ravishda berib boramiz.

«Shu o‘rinda bir masala. Aksariyat tuman Kengashi deputatlari hududdagi qaysidir tashkilotga rahbar. Hokimlar esa ularga deputat sifatida emas, ijro hokimiyati organi vakili sifatida qaramoqda», dedi Hotamjon Ketmonov. «Shu bois, mahalliy Kengashlarning sessiyalari asosan rasmiyatchilik uchun o‘tkazilmoqda. Lekin bunday ishlash vaqti o‘tdi. Nega partiyamiz deputatlarida saylovchilarni, elektorat vakillarini o‘ylatayotgan masalalarni yechishda tashabbuskorlik, faollik yetishmaydi? Masala sessiyada muhokama etilayotganda nega aksariyat deputatlarimiz sukut saqlab o‘tiradi, talashmaydi, tortishmaydi, elektorat manfaatlarini himoya qilmaydi? Mana, og‘riqli nuqtalarimiz qayerda?».

«Juda to‘g‘ri masalani ko‘tardingiz», dedi $$O‘zXDP Toshloq tuman kengashi$$ raisi [Tursunboy Soliev]. «Hozir sessiyada, doimiy komissiyalarda ishtirok etish masalasi bo‘yicha deputatlarimizning ko‘zi ochildi, deb o‘ylayman. Prezidentimiz ma’ruzasidan keyin ishga yondashuv jiddiy o‘zgardi. Tuman Kengashida partiyamizdan saylangan 13 nafar deputat faoliyat yuritadi. Ular doimiy komissiyaga 7 masala, sessiyaga 2 masala kiritdi. Lekin aholini bitta-ikkita emas, ko‘p masalalar o‘ylantiradi».

«Agar deputatlarimiz o‘z faoliyatiga jiddiy ko‘z bilan qarasa, sessiyaga kiritish uchun qanchadan-qancha masala topiladi. Bir misol. Partiyamiz Jamoatchilik qabulxonalariga tushayotgan murojaatlarni o‘rganib, ularni sessiyalar, doimiy komissiyalar muhokamasiga olib chiqsak, bizga ishongan ko‘p xayrixohlar manfaatini himoya qilgan bo‘lamiz. Demak, deputatlar qabulxonalar bilan muntazam aloqa o‘rnatishi zarur».

«Haqiqatan ham, faoliyatimizga vijdonan baho beradigan payt keldi», dedi $$Zangiota tuman$$ partiya kengashi raisi ^^Mohira Akromova^^. «Fikrimcha, o‘rnimiz ham, ishimiz ham xalq orasida bo‘lishi kerak. Buning uchun partiya xodimiga ham, deputatga ham vaqt berilishi lozim. Ya’ni kabinetdan chiqishimiz kerak. Shunday paytlar bo‘ladi­ki, biz yozuv-chizuv, qog‘ozbozlik ishlaridan bo‘shamay qolamiz. Yuqoridan topshiriq kelgani aytilib, zudlik bilan hisobot so‘raladi. Ana shunday vaqtlarda suhbatimizni, qilayotgan ishimizni tashlab, idoraga qaytishimizga to‘g‘ri keladi. Bu bizni ko‘p qiynaydi. Aslida bizning joyimiz odamlar orasida emasmi?»

«Hali-hamon bo‘qimandalik kayfiyatida yuradigan kishilar bor. Bu masalaning yechimi aholining ijtimoiy faolligini oshirish bilan bog‘liq. Ish boshlash uchun kimgadir huquqiy maslahat, yana kimgadir moliyaviy ko‘mak kerak. Kimdir tomorqasidan samarali foydalana olmayapti. Biz oldindan belgilang beriladigan tadbirlar o‘rniga mazkur masalalar yuzasidan targ‘ibot ishlarini kuchaytirsak, yaxshi bo‘lardi».

«Shu masalada men ham o‘z fikrimni bildir­moqchi edim», dedi Marg‘ilon shahar partiya kengashi raisi [Muhammad Mirzaev]. «Hududimizdagi 54 mahallaning 23 tasida uyma-uy yurib, suhbatlar o‘tkazdik. Adashgan yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘ydik».

«Masalan, tadbirkorlik bilan shug‘ullangan va hozirda ish­siz yurgan yigitga bankdan imtiyozli kredit ajratilib, mahalladan joy beriladi. Endilikda u o‘z ishini boshlaydi. Natijada uyda o‘tirgan kelinlar hamda uyushmagan yoshlarning bandligi ta’minlanadi».

«Yigit-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun, mahalliy hokimiyat bilan kelishilgan holda, har ikkita mahallada bitta yoshlar markazi tashkil qilish masalasi taklif qilindi. U yerda turli sport va kasb-hunar to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi».

Yig‘ilishda muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish, muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha partiyaning pozitsiyasini muntazam ravishda va o‘z vaqtida bildirib borish ustuvor vazifa ekanligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qonun hujjatlarini joylarga yetkazish va ijrosini ta’minlash, ushbu faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish kerakligi uqtirildi.

Fraktsiya va mahalliy Kengashlardagi deputatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash ko‘plab muammolarning yechilishiga xizmat qiladi, dedi $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$dagi $$O‘zXDP fraktsiyasi$$ a’zosi [Tursunpo‘lat Norboev]. «Buning uchun joylardagi xalq vakillari, deputatlar hamda siyosiy partiyalar ishini tartibga soluvchi, ularning huquq va vakolatlarini kafolatlash bo‘yicha qonunchilikka qanday qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish kerakligi haqida takliflar aytishi kerak. Mahalliy Kengashlarga amaliy yordam berish uchun ular nimalarni qiynayotganini bilishimiz zarur».

Yana bir muhim masala. Mahalliy Kengashlar deputatlik birlashmalari va doimiy komissiyalar faoliyatini o‘rganyapmiz. Ming afsuski, ba’zi partiya guruhlarimiz qanday masalalarni o‘rganish kerakligi, doimiy komissiya va sessiyalarda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish, qancha muddatda hal bo‘lishi va nazoratdan chiqarish masalalari bo‘yicha ma’lumotga ega emas. Ko‘p hollarda qarorlar ijrochiga yetib borgani bilan uning javoblari olinmaganiga guvoh bo‘ldik. Achchiq bo‘lsa ham bu gaplar haqiqat. Agar bugun mana shu kamchiliklarni bartaraf etishga kelishib olmasak, ishimizda ijodiy o‘zgarishga erisha olmaymiz.

Partiyaning chora-tadbirlar dasturiga asosan olimlar va ekspertlardan iborat ishchi guruhi tuzilishi rejalashtirilgan. Ular ishtirokida davlat boshqaruvi organlari va siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmasi, kadrlar tayyorlash, tanlash, o‘qitish, zaxiraga olish, yuqori lavozimlarga o‘tkazish va tavsiya etish faoliyati bo‘yicha xalqaro tajriba o‘rganiladi. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlarini bitirayotgan yoshlar o‘rtasida suhbatlar o‘tkazish, ularni partiya dasturiy maqsadlari, ilgari surayotgan g‘oyalari bilan tanishtirish, shu orqali partiyada ishlashga moyilligi bor yigit-qizlar ro‘yxatini shakllantirish belgilangan. Doimiy ravishda kadrlar malakasini oshirish natijasida iqtidorli, tashabbuskor va bilimli yoshlar zaxirasi tayyorlab borish masalasi ham chora-tadbirlar rejasidan o‘rin olgan.

Ayrim hududlarda partiya kengashlariga munosib nomzod topish qiyin bo‘layotgani ta’kidlandi. Buning sababi partiya o‘z g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib qilish borasida tashabbusni qo‘lga ololmayotganida, deb baholandi. Har bir rahbar zaxira kadr tayyorlab borishi, o‘z tajribasini yoshlar­ga o‘rgatishi kerak.

Buvayda tuman kengashi raisi ^^Xabibahon Toshmatova^^ mafkura­viy tizimda metodik qo‘llanmalar yetishmasligini aytib o‘tdi. Har bir ishni hududning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganib, tayyorlangan chora-tadbirlar dasturi asosida olib borish, ko‘zlangan natijani berishi qayd etildi.

«Plenumda bildirgan fikr-mulohazalar asosida mahalliy Kengashlardagi partiya tashkilotlari va guruhlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora­tadbirlar belgilandi», dedi $$O‘zXDP Markaziy Kengashli sektor$$ mudiri ^^Gulruxt Toshmatova^^. «Masalan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida partiya guruhlarining ijrochi kotiblari lavozimlari joriy etilmoqda. Ular mahalliy Kengashlar hamda partiya guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan reja ijrosini muntazam monitoring qiladi. Shuningdek, ko‘rilayotgan masalalar yuzasidan partiya guruhlarining yagona pozitsiyasini ishlab chiqadi, partiya tashkilotlari va deputatlar o‘rtasida samara­li aloqani yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadi».

Bundan tashqari, plenum ishtirokchilariga $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$dagi fraktsiyamiz hamda partiya Markaziy Kengashi, Ijroiya qo‘mita a’zolari, ishchi apparati xodimlari, $$Qoraqalpog‘iston Respublika$$, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman kengashlari raislari ro‘yxati shakllantirilgan qo‘llanmalar tarqatildi. Bu partiya faollari hamda deputatlar o‘rtasida muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilishida muhim ahamiyatga ega, deb o‘ylayman.

Kunning ikkinchi yarimida deputatlar hamda partiya tashkilotlari ishini takomillashtirish masalasiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unga deputatlar hamda partiya xodimlari oldida turgan ustuvor vazifalar to‘xtalib o‘tildi.

Ularning faoliyatida samaradorlikka erishish uchun nimaga e’tibor qaratish kerakligi haqida mulohazalar bildirildi. Jumladan, deputatlik so‘rovi instituti­dan to‘g‘ri va unumli foydalanish bo‘yicha takliflar berildi. Deputatlik hamda jamoatchilik nazoratini izchil olib borish yuzasidan fikr almashildi.

Boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Quyidagi bo‘g‘in ishini jonlantirish uchun yetakchilarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, a’zolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi.

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi plenumi$$ning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Total words

1,536

Unique words

901

Annotated anthroponyms

9

Toponyms

20

TTR

0.587

Hapax

656

Distribution

Top frequency chart

Dataset