🔍

Article

BIZGA VATAN VA XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHGA QODIR JURNALISTLAR KERAK

By Safar OSTONOV, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan … • in 2017

Prezident e’tibori va ishonchi quvontiradi, mas’uliyatni oshiradi, yangi marralarga ruhlantiradi. Bu uchrashuvni, to‘g‘risi, hayajon bilan kutgandik, faoliyatimiz chuqur tahlil etilishi, kamchiliklar va muammolar to‘g‘risida fikr yuritilishi, yangi takliflar, tashabbuslar ilgari surilishini ham bilardik.

Ammo tahlillar bunchalik chuqur na keng qamrovli bo‘lishini, ijod ahli faoliyati va hayotiga oid masalalarni ipidan ignasigacha o‘rganilishini kutmagandik.

Bu uchrashuvning eng hayratlanarli va quvonchli jihatlaridan yana biri shundaki, agar «tilla tilagingni», deb so‘ralganida ham, biz o‘zimiz uchun bunchalik ko‘p imtiyozlarni so‘rash xayolimizga kelmasdi yoki jur’at etishimiz qiyin edi.

Uzoq yillar moliyaviy muammolar bilan yashashga ko‘nikib qolgan, baholi qudrat faoliyat ko‘rsatayotgan ijodiy tashkilotlarni ham jismoniy, ham moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tashabbuslar ilgari surildi. Mamlakatimizning iqtisodi baquvvat korxonalari, bank va kompaniyalar ijodiy tashkilotlarni otaliqqa oladigan bo‘ldi. Bu tashabbusning avvalo, ikki ibratli tomonini e’tirof etish lozim. Birinchidan, ijodiy tashkilotlarning oyoq-qolini bog‘lab turgan moliyaviy muammolari hal bo‘ladi, ularning moddiy-texnik bazasi, sharoitlari yaxshilanadi, sog‘lom ijodiy muhit yaratiladi. Ikkinchidan, bu tashabbus ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga xizmat qiladi, xalqni ruhan birlashtiradi.

Shuningdek, yana bir haqiqatni tan olishimizga to‘g‘ri keladi. Prezident ma’ruzasida aytilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, vazifalar bilan o‘zimizning bugungi faoliyatimizni qiyoslab, xulosa chiqarsak, ishimizdan ko‘nglimiz mutlaqo to‘lmaydi, albatta.

Masalan, biz jurnalistlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar va sharoitlarga e’tibor qarataylik. Avvalo, $$O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi$$ning faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini kuchaytirish bo‘yicha qaror qabul qilish ustida ish olib borilayotgani aytildi.

Ushbu qarorda uyushmaning moliyaviy manbalarini yaxshilash, viloyat bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, uyushma­larning mehnat sharoitlarini yaxshilash kabi muhim masalalar o‘z ifodasini topishi aytildi.

Uyushma va uning bo‘limlari qanday ahvolda faoliyat ko‘rsatayotgani ko‘pchiligimizga yaxshi ma’lum. Demak, eng og‘riqli masalalarimizdan biri hal bo‘lmoqda.

Olqishiga sazovor yangiliklardan yana biri «ijodiy sohada, jumladan ommaviy axborot vositalarini bugungi talablar asosida yanada rivojlantirish maqsadida soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha belgilangan qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar muddatini yana 5 yilga uzaytirish chorata­dbirlari» ko‘rilayotgani bo‘ldi.

$$Nukus va Toshkent shaharlari$$da, barcha viloyatlar markazlarida imtiyozli kredit asosida $$«Ijodkorlar uylari$$ni barpo etib, eng faol ijodkorlarga, shuningdek, yosh iste’dodlarga kvartiralar ajratilishi» barchamizni birday quvontirdi. Bu tashabbus zamirida ijodkorlarni qo‘llash, ijtimoiy himoya qilish, yosh iste’dodlarni asrab-avaylab, qo‘llab-quvvatlab voyaga yetkazishdek ulug‘ niyatlar mujassam.

Yana bir og‘ir masalaga yechim topiladi. Ma’lumki, shu paytgacha pensiya yoshidagi ijodkorlar eng kam ish haqining 2 barobaridan ko‘p miqdorda qalam haqi olsa, uning pensiyasidan yarmini ushlab qolishdek noma’qul, mantiqsiz tajribaga chek qo‘yilardi. Bunday g‘ayritabiiy hujjatni ishlab chiqqan moliyachilar ijodkorning qalam haqini, ya’ni daromadini hisobga olishni bilgan, ammo maqolayi yozish uchun ketadigan xarajat – elektr quvvati, qog‘oz, qalam, kompyuter ishlatishini hisobga olishga aqli yetmagan. Buni tushunmagan odam maqola yoki asar yozishi azobini qaerdan bilsin. Ijod qilish uchun uyqu, havor-halovatdan voz kechish, vaqtni, asabni sarflash kerak bo‘ladi. Masalaning yana bir jihatishundaki, ijodkor dam olish, rozatlanish yoki bekorchilikdan yozmaydi.

Nimadandir quvonsa, faxrlansa yoki qaytursa, og‘rinsa, tashvishga tushsa yozadi. Jamiyatdagi kam jamoatchilik e’tiborini qaratish yoki davlat siyosatini – xalqga yetkazish uchun yozadi. Elalarga ma’rifat, ziyo ulashish, odamlarni insofga, diyonatga chaqirish uchun yozadi. Hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ijodkorlarning bu boradagi gaplari asosliroq, ta’sirliroq bo‘ladi.

Endi o‘ylab ko‘raylik, «men pensiyadaman, hech narsa bilan ishim yo‘q», deb yurt taqdiriga befarq qaragan yaxshimi yoki ona Vatani, xalqini o‘ylab nimadir yozgan, yaratgan kishi yaxshimi? Albatta, pensiyada bo‘lishiga qaramay, jamiyat manfaatlari uchun jon ko‘ydan kishini qo‘llaymiz. Unda bunday kishilarni mukofotlash o‘rniga nega yozgani uchun jazolayapmiz, degan savol paydo bo‘ladi. Endi bu savolga o‘rin qolmadi. Minglab pensiyadagi ijodkorlar ko‘ksiga shamol tegadigan bo‘ldi.

Uchrashuv chog‘ida Prezidentning qator takliflarini ishtirokchilar o‘rnidan turib olqishlashdi. Chunki bu takliflar to‘plangan o‘t­kir muammolarni hal etishga qaratilgan.

Shular­dan biri $$Toshkent shahri$$da doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tazimaslik masalasi edi. Qanchalab iste’dodli ijodkorlar yil­lab minglab, ro‘yxatdan o‘tolmay, uy-joy ololmay, qiynalib kelayotgan edi. Mamlakatimiz rahbari mazkur muammo yechimi bo‘yicha ham takliflarini berdi.

Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan har bir ijodkorning ko‘ngli tog' dek ko‘tarilganini tabiiy, albatta.

Ammo hammamizning ko‘nglimizda bir savol aylanadi: Yuksak hurmat, ishonch va mehrga munosib javob qaytarish uchun nima qilmoq kerak? Bu savolga javobni har kim o‘zining o‘zi topgan ma’qul. Bugungi vazifalar ahamiyatini chuqur tushungan, o‘z burchini dil­dan his etgan kishi nima ish qilishi kerakligini anglab yetadi. Bosh vazifa aniq – jamiyatimiz hayotida, mamlakatimiz taraqqiyotida go‘yat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan adabiyot, san’at, madaniyatni, ommaviy axborot vositalari rivojini bugungi davr talab etayotgan bosqichga olib chiqish. Bunga erishish uchun ma’ruzada yangi-yangi tashabbuslar ilgari surildi. Masalan, «O‘zbekkonsert» qo‘shida «O‘zbekiston xalq artistlari» klubini tashkil etish taklifi yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi. Bundan maqsad san’at olamida yuz berayotgan ijodiy jarayonlarni o‘rganib, muhokama qilib, xulosa chiqarib borish, madaniyatimiz rivojiga xizmat qiladigan takliflarni o‘rganish, yosh iste’dodlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash kabi vazifalar ko‘zda tutilgan.

Bizning sohada «O‘zbekiston xalq jurnalisti» unvoni yo‘q. Shu bois $$«O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi$$ qo‘shida $$«O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar maktabi$$ni» ochish mumkin. Yoki «Ustoz jurnalistlar» klubi tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Prezidentimiz ma’ruzasida ko‘tarilgan masalalardan kelib chiqib, fikrlasak, bugun milliy jurnalistikamizni rivojlantirish bo‘yicha ham yangi islohotlarni o‘tkazish lozimligini anglaymiz. Jurnalistika fakultetlariga qabul jarayonidan tortib o‘qitish, amaliyot o‘tash masalalarigacha qayta ko‘rib chiqish hayotning o‘zi talab etmoqda. Hozir dunyoda axborotga egalik qilish uchun keskin kurash boryapti, axborot hujumlari avj olmoqda, geosiyosiy manfaatlar to‘qnashuvi kuchayib, siyosiy o‘yinlarning yangi-yangi turlari paydo bo‘layotgan bugungi notinch sharoitda bizga qanday jurnalistlar kerak? Vatan va xalq manfaatini doimo himoya qilishga qodir jurnalistlar kerak. Bugungi jurnalist siyosat arbobi bo‘lmoғи lozim. Buning uchun chuqur bilim, yuksak madorat, uyg‘oq qalb, Vatanga cheksiz muhabbat kerak.

O‘shanda mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish uchun faol ishtirok etamiz. O‘shanda yuksak hurmat va e’tiborga munosib bo‘lamiz.

Total words

857

Unique words

634

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

6

TTR

0.740

Hapax

521

Distribution

Top frequency chart

Dataset