🔍

Article

MUAMMOLARGA JOYIDA YECHIM TOPILMOQDA

By N.RAXIMOV, UzA muxbiri. • in 2017

^^Gulruh Qalandarova^^ 2016 yilda $$Karmana sanoat kasb-hunar kolleji$$ni bitirib, «Aloqabank»ning $$Navoiy viloyati$$ filialiga ishga qabul qilindi. Biroq yosh mutaxassis va bank rahbarligi o‘rtasida tuzilgan 3 oylik shartnoma muddati tugagach, u ish­siz qoldi.

^^Gulruh^^ning tuman $$Xalq qabulxonasi$$ga kelgan murojaati qisqa muddatda o‘rganilib, ishga qayta tiklandi.

Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni asosida tashkil etilgan $$Xalq qabulxonalari$$ning faoliyati aholi murojaatlarining joyida va tez yechim topishiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, kelib tushgan ariza va shikoyatlarni elektron shaklda tegishli davlat idoralariga jo‘natish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani ham vaqtni tejamoqda, ham ovora­garchiliklarning oldini olmoqda.

$$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ning $$Karmana tumani$$dagi $$Xalq qabulxonasi$$ joriy yil 6 may sanasidan boshlab yagona elektron tizimga ulandi. Ayni paytgacha bu yerga 1 ming 231 murojaat kelib tushgan va ularning 136 tasi qanoatlantirilgan. 1 ming 46 masala bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borilgan. Qolgan ariza va shikoyatlar mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Tumaning Uyrot mahallasida yashovchi [Abdulhay Nusratullaev] oilaviy korxona tashkil etib, tayo­r trik­otaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Mahsulot sifati import tovarlar bilan bemalol raqobatlasha oladi.

Bunda o‘tgan yili «Yosh tadbirkor yurtga madadkor» tanlovining mamlakat bosqichi g‘olibi sifatida olgan imtiyozli sertifi­kat asosida tijorat bankining 48 million so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i qo‘l keldi. Turli liboslar va maxsus ishchi formalar tayyorlanayotgan korxonada 6 kishi doimiy ish bilan band.

Yosh tadbirkorning imtiyozli kredit mablag‘lari foizi $$O‘zbekiston yoshlar ittifoqi$$ viloyat kengashi tomonidan to‘lab berilishi belgilangan bo‘lsa-da, bu boradagi amaliy ishlar bir muddat kechikdirildi. Tuman $$Xalq qabulxonasi$$ ko‘magi­da mazkur masalaning ham yechimi topildi. Tadbirkorning ishi yurishdi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelayotgan murojaatlarning barchasi birdek ko‘rib chiqiladi, - deydi $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ning $$Karmana tumani$$dagi $$Xalq qabulxonasi$$ mudiri [Ilhomiddin Razzokov]. Bunda aholining davlatga ishoni­b, yechimini izlab ko‘targan muam­mosini ijobiy hal etish yoki masala yuzasidan to‘g‘ri tushuncha berish muhim ahamiyatga ega. Shundagina xalq bilan hokimiyat o‘rtasida mustahkam ishonch bo‘ladi.

Fuqarolarning kundalik maishiy yoki oilaviy munosabatlaridagi masalalar yuzasidan qilgan murojaatlari aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini kengaytirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, er-xotin munosabatlari, qo‘ni-qo‘shni o‘rtasidagi nizolar bilan bog‘liq masalalarda ko‘p murojaatlar bo‘lmoqda. Afs­lida o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi maxsus komissiyalar, mahalla faollari bunday masalalardan doimiy xabardor bo‘lsa, joyida muhokama qilib, odilona hal etsa, oilalar mustahkamligi, mahalladagi totuvlik yanada barqaror bo‘ladi. Bu borada tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadida tumanning chekka hududlaridan tortib markazgacha sayyor qabul­lar tashkil etish, targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish rejasi ishlab chiqilgan.

Kisqacha aytganda, [Xalq qabulxonalari] aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning hayotiy muammolarini tezkorlik bilan hududning o‘zida hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda. Turli ovora­garchilik va sarsongarchiliklarning oldini olish, eng muhimi, odamlarning og‘irini engil qilish, davlatga, adol­atga, ertangi kun­ga ishonchini mustahkamlashda yuqori samaralar bermoqda.

Total words

427

Unique words

342

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

12

TTR

0.801

Hapax

284

Distribution

Top frequency chart

Dataset