🔍

Article

PREZIDENT TOPSHIRIG‘I ASOSIDA

By Muhammadjon OBIDOV, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri. • in 2017

$$Farg‘ona viloyati$$da uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlar yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylarga ega bo‘lishdi.

$$ Farg‘ona tumanining O‘rta qishlog‘i$$da yashovchi ^^Salimahon Matkasirova^^ hayotning ko‘p sinovlaridan o‘tgan. U oiladagi yetti farzandning biri. Afsuski, ota-onasi va boshqa yaqinlaridan be-vaqt ajrab, yolg‘iz akasi bilan qoldi. Bolalikdan ko‘zi o‘grir­di, 8-sinf­daligida batamom ko‘r­may qoldi. Nachora, bu sinovlarga ham bardosh berish kerak edi. Oradan yillar o‘tib, turmush qurdi, farzandi dunyoga keldi. Falakning gardishini qarangki, ko‘p o‘tmay ^^Salimahon^^ qo‘lida norasida o‘g‘li bilan beva qoldi.

Endi qayoqqa boraman, degan xayol butun vujudimni tirnab tashlagan edi, o‘shanda, - deydi u. Erimdan keyin uning ota-onasiga «ko‘zi ojiz» va boqimanda kelin kerak bo‘lmay qoldi. Ota hovlimizda akam [Abduqahhor]ning to‘rt o‘g‘li oilasi bilan yashardi. Bizga oshxonani bo‘shatib berishdi... Shu yerda o‘g‘lim ulg‘aydi, kasb-hunar kollejini bitirib, qo‘shni qishloqdagi bir fermer qo‘lida suvchilik qiladi hozir.

^^Salimahon^^ yashaydigan hovlida ulardan tashqari 18 jon, 5 oila bor.

Xudodan menga ato etgan ne’mati aziz jonimni qaytarib olishini iltijo qilib so‘ragan kunlar ham bo‘ldi, — deydi u.

Qorachiqlari yoshga to‘lib, biroz sukut qildi-da, keyin gapida davom etdi:

Bir kuni yig‘lab yotib, uxlab qolibman, tushimda hovlimizga oq ot kirib kelib, boshini sarak-sarak qildi, ortidan ergashdim, uzoqda bir nurni ko‘rdim. Ot yuraver ortimdan, degandek men tomon­ga qarab qo‘yardi. Uyg‘onib ketdim. Qarangki, shu kuni uyimizga hokimiyat­danmiz, deb bir necha kishi kirib keldi. Menga yangi qurilgan uch xonali uy ajratishibdi. Dastlabki to‘lovni Prezident sovg‘asi deb qabul qilasiz, deyishdi. To‘g‘risi, ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmay qoldim. Bunday g‘amxo‘rlik xayolimga ham kelmagan edi.

Farg‘onaning mashhur $$Chimy­on qishlog‘i$$ tepasidagi $$Gulshan mahallasi$$da ^^Cholponoy Soynazarova^^ turmush o‘rtog‘i Ikromjon [Soynazarov] va ikki farzandi olti sotixli xona­don­da to‘rt­ta xo‘jalik bilan birga yashaydi.

Ko‘zim ghirashira ko‘radi, bir oyog‘im ham nogiron. Biz bilan hech kimning ishi yo‘q, deb o‘z yog‘imizga o‘zimiz qovirilib yotuvdik. Prezidentimiz [Shavkat Mirziyoyev]ga cheksiz rahmatlar aytaman, menga o‘xshagan gariblarni, ko‘ngli cho‘kkanlarni himoyasiga olibdi...

Men biron uy-joy ega si bo‘la olarmikanman, deb ko‘p kuynar edim, - deydi [Ikrom]jon. Oilam oldida o‘zimni gunohkor sezib, qiynalardim. Prezidentimiz bizga mehr ko‘rsatdi. Yangi qurilgan uch xonali uy ajratishdi. Mo‘jazz hovlisi ham bor ekan. Parranda va qo‘y boqaman, deb niyat qildim. ^^Cholponoy^^ga Tikuv mashinasi COBFA qilishdi, u zehn bilan chok tikyapti... Viloyat paxta sanoat uyushmasi va «Fargonadon» korxonasiga kasanachisi sifatida ishga olinib, mehnat daftar­chasi protsildi. Ko‘makka, muruvvatga muhtoj edik, ming qulluq davlatimizga, lekin boqimanda emasmiz, qo‘limizdan kelganicha ishlab, uyning qolgan qiymatini o‘zimiz to‘laymiz.

Toshloq tumani $$Jarqishloq mahallasi$$dagi hovlilarning birida ^^Dilafro‘z Qambarova^^ ikki nafar farzandi bilan ota-ona­sining uyida yashaydi. O‘zi ikkinchi guruh nogironi. Atigi 3 sotixli hovli darvozasidan 4 xo‘jalik a’zolari kirib-chiqadi... Yangi qurib foydalanishga topshirilgan uylarning biri­ga ^^Dilafro‘z^^ farzandlari bilan ko‘chib keldi.

$$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ning topshirig‘iga asosan mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan xotin-qizlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va uy-joyga muhtojlarini boshlang‘ich badal summasi to‘langan holda namunalik uy-joy bilan ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi, viloyat Xalq qabulxonasi ishchi guruhlari tomonidan joylarda o‘rganishlar olib borilib, 38 nafar fuqaroning ro‘yxati shakllantirildi. Qisqa vaqt ichida ularning barchasi uchun uy-joy qurildi.

Dastlabki uch xonadon egalari­ga uy kalitlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning $$Xalq qabulxonasi$$, viloyat hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Har bir xona­don yotok, mehmonxona, oshxona mebellari bilan, hatto uy-ro‘zg‘or buyumlarigacha jihozlab qo‘yilibdi. Televizor, tikuv mashinasi, hovlida boqish uchun ikki bosh qo‘y... Bir muhtojning boshini sislash shunchalar bo‘lar-da! Ming tashakkur, - deydi biz bilan suhbatda $$Gulshan MFY$$ raisi [Avazbek Qirg‘izov].

Uy-joy topshirish tadbirlarida viloyat hokimi [Shuhrat G‘aniev] qatnashdi va bu xayrli ishlar kelasi yilda ham davom ettirilishini bildirdi.

[Alisher Navoiy] hazratlari aytadilar:

Kimki bir ko‘ngli buzuq­ning xotirini shod aylagay,
Oncha bor­kim, Ka’ba vay­ron bo‘lsa, obod aylagay.

Ushbu hikmatning ma’nosi shundayki, kim ko‘ngli o‘ksik bir insonni xursand qilsa, yiqilgan Ka’bani qaytadan qur­gan kabi savobga noil bo‘ladi...

Total words

584

Unique words

459

Annotated anthroponyms

14

Toponyms

8

TTR

0.786

Hapax

386

Distribution

Top frequency chart

Dataset