🔍

Article

TOMORQA TUFAYLI MILLONER BO‘LDIK.

By Ahmadillo SOLIEV, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri. • in 2017

$$Andijon$$lik sohib-korlar keyingi yillarda tomorqalardan samarali foydalanib, mo‘l-ko‘l meva, uzum, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirmoqda. Issiqxonalarda pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, sarimsoqpiyoz, citrus mevalaridan barakali hosil olin­moqda.

Viloyatda aholi tomorqalari 27 ming 425 gektarni tashkil etadi. Ushbu yerlardan yanada unumli foydali niqsh maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlari qo‘shida agrofirmalar tuzilib, tomorqa egalariga bank kreditlari ajratish tizimi tashkil qilinmoqda.

Monov yerlar­dan bir yilda uch marta hosil olish oson emas, - deydi $$Andijon viloyat qishloq va suv xo‘jaligi bosh­qar­masi$$ning meva-sabzavotchilik bo‘limi boshlig‘i [Abdumutal Sulay]. Bu omilkorlik bilan ish tutishni taqozo etadi. Ayniqsa, ekiladigan ekinlar ketma-ketligiga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Masalan, sarimsoqpiyoz avgust oyining ikkinchi o‘n kunligida ekilsa, kelasi yil may oyida yig‘ishtiriladi. O‘rni ertachi bodring, piyoz, pomidor, karam bilan band qilinadi. Ushbu ekinlar avgust-sentyabr oylarida yig‘ishtirilgach, o‘rniga rediska, turli rezavorlar urug‘i sepiladi. Poliz ekinlari ekishga lan­gan pushtalar orasiga, kengligiga qarab, 3-4 qator ertachi kartoshka ek­sa bo‘ladi. Poliz ekinlari palak otib ulgurguncha, kartoshka yetiladi va kavlab olinadi.

O‘ziga xos xususiyatga ega «Tundra» nomli karamni ekib, sinovdan o‘tkazdik, - deydi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon ilmiy-tajriba stantsiyasi direktori [Shermuhammad Aminov]. - Havo sovuqligi 17 darajaga tushganda ham rivojdan to‘xtamaydi. Ko‘chati ekilgan yerga plyonka yopishga zarurat yo‘q. Dala­da ham, tomorqada ham bemalol o‘sadi, buning ustiga ser­hosil. Xulosalarga ko‘ra, ushbu karam ko‘chatini ekish uchun 20-25 iyul eng ma’qul muddat. Ochiq maydon­da parvarishlangan «Tundra» ekilganda, boshqa navlariga nisbatan xarajatlar (issiqxona qurish, ko‘chat yetishtirish, plyonka bilan yopish) qariyb 70 foiz iqtisod qilinadi. Bu karamning bozori chak­kon, eksportbop, daromadli. Yer-tayyor­dan endigina qor ketgan paytda yig‘ishtirilgan karam o‘rniga boshqa ekinlar ekiladi. Tomorqa egalari buyurtmasiga binoan bunday karam ko‘chatlarini tayyorlab, parvarish chog‘ida tegishli maslahatlar bilan ko‘maklashyapmiz.

Tomorqa xo‘jaligining rivojida ko‘rsatilayotgan moddiy madadning ham o‘rni katta bo‘lmoqda. Tijorat banklari bo‘limlari tomonidan Bo‘z tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan agrofirma­larga ajratilgan 1,2 milliard so‘mlik kredit mablag‘i mirishkorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Joriy yilda 32 ta xonadon­da issiqxona qurildi. 350 tup limon, 4630 tup unabi (chilonjiyda) va grek yong‘oq ko‘chati o‘tkazildi. 494,6 gektar maydon­da esa turli xil sabzavotlar hamda kartoshka yetishtirilyapti.

$$Asaka tumani$$dagi $$Bozorboshi, Fidokor mahalla$$ fuqarolar yig‘inlari hududida ham tomorqadan mo‘l xosiyat olib, yaxshi daromad topayotgan oilalar juda ko‘p.

$$Bozorboshi mahallasi$$da 32 xonadon­da issiqxona qurdik, - deydi «Shodlika­groeksport» agrofirma­si boshlig‘i [Oybek Abdusalomov]. - Hozir o‘nlab xonadonlar limon issiqxonalar­da o‘stiryapti, bir qismi pomidor va bodring yetishtirish bilan mashg‘ul. Fidokorliklar tomorqadan foydalanishda bozorboshilik­lardan qolishmaydi.

Milliy bankning tuman bo‘limi yordam berishini eshitib, juda quvondik, - deydi fidokorlik [Bahodir Qo‘chqorov]. «Tojmahal» agrofirma­si orqali ajratilgan kredit mablag‘i hisobiga issiqxonani ishga tushirdik. Bodring ekib, birinchi daromadini ham oldik.

$$Oltinko‘l tumani$$dagi $$Qipchoq mahalla$$ fuqarolar Yig‘inida yashovchi ^^Qimmatxon Tursunova^^ning oila a’zolari ham shaxsiy xo‘jaliklar­ga berilayotgan e’tibordan mamnun.

Bu yil karam yili bo‘ldi, deydi ^^Qimmatxon^^ opa. - Mavsumda bir million so‘mlik karam sotdik. Pomidor bilan sarimsoqpiyozning puli qo‘shilsa, daromadimiz salmoqi yanada ortadi. Tomorqa tufayli millionerga aylandik, desak ham bo‘ladi.

$$Paxtabod tumani$$dagi $$Sohil mahalla$$ fuqarolar Yig‘inida istiqomat qilayotgan [Ovozad Yo‘ldoshev] umr yo‘ldoshi ^^Anzirathon^^ opa, farzandlari [Shoyadbek], [Yodgorbek] bilan birgalikda xandon pista ko‘chatlari yetishtirishga qo‘l urishgan.

[Zaynobiddin Sobirov] $$Marhamat tumani$$ning $$Qovunchi qishlog‘i$$da yashaydi. 6 sotix issiqxonadan har yili mo‘l hosil olib, hamqishloqlarining tahsiniga sazovor bo‘lmoqda.

Aholiga 700 kilogram limon sotdik, - deydi u. - Umumiy hosilimiz bir yarim tonnaga boradi. O‘tgan yili daromadimiz 4 million so‘mdan oshgandi. Bu yil hosil yanada mo‘l, limon qatoriga apelsin bilan mandarin ham qo‘shildi.

Mo‘jazz bog‘ sohibi citrus mevalar ko‘chatlarini ko‘paytirishning ham uddasidan chiqyapti. 300 tup limon, 200 tup apelsin, mandarin nihollari ko‘kka bo‘y cho‘zayapti. Ayni paytda zaytun ko‘chatlarini ham o‘stirmoqda. Tajriba tariqasida ekilgan banan esa hosil nishonasini ko‘rsatdi.

[Zaynobiddin Sobirov]ning ibratli tajribasi keng quloch yoymoqda, - deydi $$Marhamat tuman$$ hokimining o‘rinbosari [Nozimjon Toshmatov]. - Mahalla fuqarolar yig‘inlari qo‘shida 48 agrofirma tashkil qilindi. Joriy yilning o‘zi­da 2544 xonadon o‘z issiqxonalariga ega bo‘lishi uchun kerakli choralarni ko‘raymiz.

Bir so‘z bilan aytganda, tomorqa to‘rt faslda ham el dasturhonini bezaydigan noz-ne’matlar koniga, turmush farovonligining ishonchli manbaiga aylanmoqda.

Total words

617

Unique words

457

Annotated anthroponyms

13

Toponyms

12

TTR

0.741

Hapax

374

Distribution

Top frequency chart

Dataset