Hozirgi kunda $$O‘zbekiston$$ning umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun dunyo tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fazilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilikka oid asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimiz hisoblanadi. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. Biz esa mana shu madaniy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashimiz va kelajak avlod uchun ham yetkazib berishimiz zarur. Bu haqida
$$O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi$$ning 49-moddasida «Fuqarolar $$O‘zbekiston xalqi$$ning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir», deb belgilangan.
2001-yil 30 avgustda $$O‘zbekiston Respublikasi$$ning «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib, arxiv hujjatlari madaniy meros obyekti sifatida qonun himoyasiga olindi.
Mustaqillikka qadar davlat arxivlarining soni 72 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda 103 tani tashkil etadi, mahalliy hokimliklar huzurida 110 idoralaro hamda 9 mingdan ortiq idoraviy arxivlar faoliyat yuritmoqda. Ularda saqlanayotgan hujjatlar dastlab 4,8 million saqlov birligini tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni qariyb 2 barobarga ortib, 8,6 million saqlov birligiga, idoraviy arxivlarda hujjatlar 1,2 million saqlov birligiga yetgan.
Mazkur arxiv hujjatlarida yurtimizning IX asrdan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixidagi o‘ta noyob va alohida qimmati bo‘lgan, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan voqealar aks etgan.
Mazkur hujjatlarni o‘rganar ekanmiz, kundan-kunga yanada chiroy ochib borayotgan respublikamiz poytaxti bo‘lgan Toshkent shahrining oldingi ko‘rinishlari, ko‘chalari, bozorlar, xiyobonlar, maktablar va boshqa joylar tasvirlangan fotosuratlarni uchratishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi kino-foto-fono hujjatlari
Markaziy davlat arxivi hujjatlari orasida aynan $$Toshkent shahri$$ga tegishli ko‘plab hujjatlar, suratlar saqlanmoqda. Eski shahrning qadimgi manzaralari, madaniy-maishiy, ma’muriy binolarini ko‘zdan kechirib, poytaxtimizning bugungi chiroyi bilan qiyoslasak, yer bilan osmoncha farqligini ko‘ramiz. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar ko‘lami kishiga g‘urur bag‘ishlaydi.
Fotosuratlarni o‘rganar ekanmiz, $$Toshkent vokzali$$ning eski ko‘rinishlariga to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Chunki vokzal poytaxtimiz mehmonlari birinchi qadam qo‘yadigan dargahdir. 1870-yildagi vokzal ko‘rinishi tasvirlangan suratda asosiy transport vositasi ot-aravalar bo‘lganligini ko‘rsatadi. Mustaqillik yillarida bunyod etilgan, ya’ni hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan vokzal ko‘rinishi, arxitekturasi, xizmat turlarining turli-tumanligi jihatidan 1870-yildagi vokzaldan tubdan farq qiladi. Zamonaviy, turistlar va yo‘lovchilar uchun qulay tez yuradigan poyezdlar yo‘lga qo‘yilgan, chiptalarni tezkor buyurtma qilish, yo‘lovchilar uchun sifatli xizmat ko‘rsatilishi yurtimizda har sohada rivojlanish bo‘layotganidan dalolatdir.
Arxiv uzoq va yaqin o‘tganimiz jamlangan o‘ziga xos bir xazina. Kelajak avlod o‘z nasl-nasab, kelib chiqishi, o‘tgan zamon, yashab turgan maskani to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni shu taraqqiy dargahdan oladi.