🔍

Article

MAMLAKATIMIZDA KO‘PPARTIYAVIYLIK TIZIMI SHAKILLANISHI.

By Xushvaqt Hayitov, Toshkent davlat yuridik … • in 2016

Insoniyat necha asrlardan buyon yaxshi hayot, yaxshi jamiyat qurishni orzu qilib keladi. Qancha-qancha soxta dohiylar, soxta tuzumlar yaratildi, lekin uzoq yashamadi, yo‘q bo‘lib ketdi. Bir paytlar dunyoda eng insonparvar jamiyat, deb jar solingan sovet tuzumi ham barbod bo‘ldi. Qanday yashashni, qanday yo‘ldan yurishni o‘zimiz hal etadigan zamon keldi — O‘zbekistonimiz mustaqil bo‘ldi. Biz huquqiy demokratik davlat, insonparvar, odil jamiyat qurishni maqsad qilib belgiladik. Dunyo tajribasidan ma’lumki, ko‘ppartiyaviylik tizimiga erishmay turib, bunday davlatni, jamiyatni qurib bo‘lmaydi. Bu haqda Prezidentimiz shunday degan edi: “Modomiki, biz demokratik jamiyat qurmoqchi ekanmiz, jamiyatimizda albatta ko‘ppartiyaviylik tizimi bo‘lishi kerak. Bu tizim nima uchun zarur, degan savolga men shunday javob bergan bo‘lardim. Ko‘ppartiyaviylik, avvalo, jamiyatimizda o‘z manfaat va qarashlariga ega bo‘lgan har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning maqsad va intilishlarini to‘liq aks ettirish uchun kerak. Chunki hayot bor ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o‘zining manfaatlarini qandaydir yo‘llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil qilish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr yuritadi, kerak bo‘lsa, qonuniy yo‘llar bilan o‘z maqsadlariga erishishga intiladi. Shu ma’noda, har bir partiya o‘ziga bo‘lgan ishonchni, kuch-quvvatni xalq ichidan oladi. Shuning uchun ham har qaysi partiya xalqning ma’lum qatlamlari manfaatlarini ifodalovchi siyosiy kuch, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.”

Ushbu fikrlar qanday demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borayotganimiz, ko‘ppartiyaviylik tizimi nima ekani va uning ahamiyati haqida keng, aniq tasavvur beradi.

Darhaqiqat, siyosiy partiyalarsiz mamlakatda vakillik demokratiyasini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki fuqarolar aynan o‘z vakillari orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkiliy-huquqiy asosi mustahkamlangan hujjat — $$O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi$$ bo‘lib, unda siyosiy partiyalar huquqiy maqomini belgilab beruvchi normalar aks etibgina qolmay, fuqarolarning siyosiy partiyalarga uyushish huquqi ham mustahkamlandi. Xususan, 34-moddada $$“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalari$$ga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egaligi” to‘g‘risidagi qoida belgilangan. Konstitutsiyamizning 58-moddasida davlat siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishi lozimligi, shuningdek, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan siyosiy partiyalarning faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi ham mustahkamlandi.

O‘zbekistonda Konstitutsiya asosida siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi tegishli qonunchilik tizimi shakllandi. Mustaqillikka erishganimizdan buyon shu kungacha siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Misol uchun, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunlar bu borada muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

O‘z o‘rnida shuni aytish joizki, siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunchilik siyosiy-ijtimoiy hayot bilan hamohanglikda rivojlanib bordi. Huquqiy asoslar yaratilishi barobarida aholining huquqiy-siyosiy madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Chunki har qanday qonunning ijrosi fuqarolar huquqiy-siyosiy bilimi darajasiga bog‘liq.

Mamlakatimizda haqiqiy demokratiyaning zarur va qonuniy belgisi bo‘lgan ko‘ppartiyaviylik tizimi tanlanishini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida: $$“O‘zbekiston Respublikasi$$da ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi”, degan qoida mustahkamlangan va uning mohiyati ko‘ppartiyaviylik tushunchasi bilan mutanosib. Ikkinchidan, katta aholi soniga ega bo‘lgan davlatimizda fikrlar, qarashlar ham xilma-xil bo‘lishi tabiiy edi. Shu sababli jamiyatda mavjud turli qatlamlar, guruhlarning manfaatini ifodalovchi hamda uning davlat boshqaruvida amalga oshishiga zamin yaratadigan ko‘ppartiyaviylik tizimi zarur, deb tanlandi.
Uchinchidan, jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalarning keng ishtirokini ta’minlovchi ko‘ppartiyaviylikka asoslangan saylov davlat hokimiyati vakillik organlarini tashkil etishning demokratik ko‘rinishi hisoblanadi. Saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazish saylovchilar tanlovi uchun bir necha nomzodlar kurashini taqozo qiladi. Saylovchilar, ya’ni xalqka ushbu nomzodlardan tanlab olishning real huquqi beriladi.

Turli mamlakatlarda partiyalarning rivojlanishi har xil kechadi. Bu rivojlanish har bir davlat, millat tarixi, siyosiy faolligi, ijtimoiy-siyosiy tajribasidan kelib chiqib, milliy xususiyatlari asosida turlicha bo‘ladi. Albatta, qonunlarda belgilab qo‘yilgani bilan ko‘ppartiyaviylik tizimi o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Buning uchun muayyan vaqt, fuqarolarning siyosiy-huquqiy dunyoqarashi yuksalishi talab etiladi. Ya’ni, ko‘ppartiyaviylik qonuniy asoslarga ko‘ra, tabiiy sharoitda yuzaga keladi.

Shu ma’noda, mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimi o‘ziga xos tadrijiy tarzda shakllandi. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan, yakka hokimlikni surib kelgan kommunistik partiyadan voz kechilgan bir sharoitda xalqning boshini qovushtiradigan, bir g‘oya atrofida birlashtiradigan siyosiy kuch kerak edi. Ana shunday murakkab vaziyatda, 1991-yil noyabr oyida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil etildi. Bu yangi partiya yangi tuzum sharoitida ko‘p sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi, tajriba orttirdi. 1995-yilda O‘zbekiston “^^Adolat^^” sotsial-demokratik partiyasi hamda $$O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi$$, 2003-yilda esa Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — $$O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi$$ tuzildi.

Hozirgi kunda ushbu to‘rt siyosiy partiya bir xil sharoitda, tengma-teng huquq bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Albatta, bu siyosiy partiyalar o‘z maqsadi va vazifalari, ustavi va dasturiga ega.

Siyosiy partiyalarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida, 2004-yilda qabul qilingan qonun siyosiy partiyalarning to‘liq mustaqilligini ta’minlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur qonunning 7-moddasida siyosiy moliyalashtirish davlat tomonidan nazarda tutilgan. Xususan, unda “Siyosiy partiya, agar u $$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi$$ saylovlari bo‘yicha $$Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi$$da siyosiy partiya fraksiyasini tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini olgan bo‘lsa, o‘zining ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi”, deb belgilangan.

Ayirish kerakki, siyosiy partiyalar faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslari vujudga kelgach, jamiyatni yangilashning yangi bosqichida ularning konstitutsiyaviy huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zarurati tug‘ildi.

2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun hamda $$“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi$$ning ayrim moddalariga (89-modda, 93-moddasining 15-bandi, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo‘ldi.

Har ikki qonun $$O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi$$ning 83-moddasiga asoslanib, $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidenti tomonidan $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ga qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilganini alohida ta’kidlash joiz. Mazkur qonunlar mamlakatimizdagi tadrijiy demokratik islohotlarning izchil va mantiqiy davomidir. Konstitutsiyaviy qonun siyosiy partiyalarga keng imkoniyatlar berdi. Masalan, unda siyosiy partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomi aniq belgilangan hamda siyosiy partiya fraksiyasi tushunchasi ochib berilgan. Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi, shuningdek, dasturiy vazifalarining yaqinligi yoki o‘zaro mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzgan bir necha siyosiy partiya fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentda ko‘pchilikni tashkil etishi mumkinligi belgilandi. Qolaversa, qonunda “muxolifat” tushunchasi kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra, yangidan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li (kursi) va dasturiga qo‘shilmaydigan siyosiy partiya fraksiyalari, shuningdek, O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkinligi nazarda tutildi.

Konstitutsiyaviy qonunning 3-moddasida siyosiy partiyaning Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiyasi o‘z vakilini Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashda kafolatli huquqqa ega ekanligi belgilangan. Bu norma mazmun va maqsadiga ko‘ra, siyosiy partiyalar fraksiyalarining Oliy Majlis quyi palatasi faoliyatini tashkil etishdagi rolini yanada kuchaytirishga, fraksiyalarning vakolatlari va imkoniyatlarini kengaytirish, palatada qarorlar qabul qilish jarayonini demokratlashtirishga sharoit yaratadi.

Mazkur konstitutsiyaviy qonun mamlakat siyosiy maydonidagi partiyalarga keng vakolatlar berish barobarida ularning zimmasidagi mas’uliyatni ham oshirdi. Siyosiy partiyalarning faoliyat yo‘nalishi va dasturlarini yanada rivojlantirish, ularning parlament quyi palatasi va mahalliy Kengashlar ishidagi keng ishtirokini mustahkamlaydigan barqaror tizimni shakllantirish ko‘zda tutildi.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, ushbu o‘zgarishlar “Hech shubhasiz, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal qiluvchi rol o‘ynaydi”.

Mazkur muhim hujjat partiyalararo sog‘lom raqobatni kuchaytirib, siyosiy kuchlarning o‘z elektorati manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan xatti-harakatlarini keskin oshirdi, dasturiy masalalarda turli tortishuv va keskin bahs-munozaralarni kuchaytirdi.

Prezident [Islom Karimov]ning 2010-yil 12-noyabrda $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ham siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirishga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi. Ushbu takliflar asosida 2011-yil 18-apreldagi qonun bilan Konstitutsiyamizning 98-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlar alohida ahamiyat kasb etadi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad Bosh vazir lavozimiga nomzod ko‘rsatish va uni tasdiqlashning yanada demokratik tartibini o‘rnatish hisoblanadi. Unga ko‘ra, $$“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri$$ nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi”. Ushbu norma siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirishga qaratilgan islohotlarning navbatdagi muhim bosqichini boshladi.

2014-yilda qabul qilingan $$“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi$$ning ayrim moddalari (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalar)ga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish hamda ko‘ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish bo‘yicha oxirgi o‘n yillikda amalga oshirilgan demokratik o‘zgarishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Xususan, mazkur qonun asosida Konstitutsiyaning 98-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod Oliy Majlisda ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda $$Vazirlar Mahkamasi$$ning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi. Bu Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga hukumatning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalarni amalga oshirish yo‘nalishidagi siyosatiga nisbatan o‘z pozitsiyalarini aniq belgilash imkoniyatini yaratadi.

Konstitutsiyaga kiritilgan ushbu norma konstitutsiyaviy rivojlanishning xalqaro amaliyotiga to‘liq mos keladi. Xususan, Yevropaning qator mamlakatlarida parlament a’zolari nafaqat hukumat rahbari va a’zolarini tasdiqlaydi, balki hukumat dasturi loyihasi bo‘yicha o‘z munosabatlarini ham bildiradi.

Shuni ham ta’kidlash muhimki, Konstitutsiyamizga kiritilgan mazkur norma siyosiy partiyalar faoliyatini oshirish, partiyalararo raqobatni kuchaytirish, qonunchilik va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari faoliyatini yanada demokratlashtirishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi.

Xo‘sh, bu o‘zgarishlar parlamentda o‘tkazilgan saylov natijalariga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Mamlakatimizda 2014-yil 21-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylov natijasi quyidagi ko‘rsatkichlarni yuzaga keltirdi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra, 113 ta saylov okrugida Qonunchilik palatasi deputatlari saylandi. Shu bilan birga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston ekologik harakatining Konferensiyasida Qonunchilik palatasining 15 nafar deputati saylandi. Siyosiy partiyalarning keskin raqobati natijasida 22 saylov okrugida nomzodlarning birortasi ham saylanish uchun zarur ovozlarni to‘play olmadi. Shu munosabat bilan 2015-yil 4-yanvarda ushbu okruglarda takroriy ovoz berish o‘tkazildi.

Saylovning yakuniy natijasiga ko‘ra, parlament quyi palatasiga 150 nafar deputat saylandi. Ularning 24 nafari yoki 16 foizi xotin-qizlardir.

Parlamentda qo‘lga kiritilgan deputatlik o‘rinlari har bir siyosiy partiyaning jamiyat va siyosiy sahnadagi real o‘rnini belgilab beradi. Quyi palatada ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya hukumat rahbari nomzodini taklif etish orqali o‘z saylovoldi dasturini amalga oshirishda nisbatan katta imkoniyatga ega bo‘ladi. Demak, parlament quyi palatasida eng ko‘p o‘rinni olish uchun kurash siyosiy partiyalar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirib boraveradi.

Bu demokratik jamiyatga xos siyosiy jarayon bo‘lib, har bir siyosiy partiya jamiyatimizdagi ma’lum qatlam manfaatini samarali himoya qilishini ta’minlaydi, fuqarolarning xohish-istaklari, xalqimizning siyosiy irodasi ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi.

Total words

1,597

Unique words

841

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

15

TTR

0.527

Hapax

579

Distribution

Top frequency chart

Dataset