Bu masalada $$O‘zbekiston XDP fraksiyasi$$ Demokratik kuchlar blokining ayrim fikrlariga qo‘shilmaydi.
$$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$da «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi, bu borada turli pozitsiyalar bildirildi.
Shu kunlarda «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ham atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Aytish kerakki, ushbu qonun loyihalarining objekti o‘zaro farqlansa-da, ularning me’yoriy xususiyatlari bir-biriga o‘xshashdir. Shu bois mazkur hujjat loyihalari bo‘yicha fraksiyalar tomonidan berilayotgan takliflar printsipal jihatdan o‘zgarmasdan qolmoqda. Bu holat partiyalarning umuman tabiatni muhofaza qilish masalalariga yondashuvlari qat’iy ekanini ko‘rsatmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda xalqaro huquqiy tajriba, zamonaviy ilm-fan va texnologiya yutuqlari asosida ekologik qonunchilikning mukammal tizimini shakllantirish davr talabidir.
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda $$O‘zbekiston florasi$$ni 4 ming 600 dan ortiq o‘simlik turlari tashkil etadi, ulardan 3 mingdan ortig‘i yovvoyi holda o‘suvchi oliy o‘simlik turlari, 9 foizi esa endemik, ya’ni kam uchraydigan va noyob turlardir. Ushbu yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik turlarining umumiy sonidan 324 tasi kamyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostidagi tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Demak, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan samarali foydalanishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda bu boradagi me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan davrda barcha sohalarda ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, o‘simlik dunyosini asrab-avaylash bo‘yicha ham salmoqli ishlar bajarildi. «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonun 1997 yil 26 dekabrda qabul qilindi.
Shuningdek, sohaga oid 60 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan, Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari qabul qilingan.
$$O‘zbekiston XDP fraksiyasi$$ ham o‘z dasturiy maqsad-vazifalaridan kelib chiqib, tabiatni muhofaza qilish, bu borada keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.
$$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ning bir guruh deputatlari tomonidan 2016 yil 6 iyunda kiritilgan «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi fraksiyamiz yig‘ilishida atroflicha muhokama etildi.
Amaldagi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar o‘simlik dunyosining genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolishga qo‘shimcha sharoit yaratadi. Shuningdek, mazkur hujjatning qabul qilinishi o‘simlik dunyosi obyektlarining turlari kamayib borishi hamda yo‘qolib ketishining oldini olish, ulardan ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanilishini ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning ushbu sohadagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qilishi lozim.
Partiyamizning dasturiy maqsad-vazifalari bilan hamohang mazkur qonun loyihasini fraksiya a’zolari birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlashdi hamda uni takomillashtirish yuzasidan takliflar berish va zifasi belgilab olindi.
Shu o‘rinda aytish joizki, partiyamizning Saylovoldi dasturida belgilangan asosiy prinsiplaridan biri davlatning tartibga soluvchilik rolini yana-da mustahkamlashdan iboratdir.
Fraksiyamiz ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlatning tartibga solish rolini mustahkamlash hamda islohotlarning samaradorligini oshirish uchun izchil harakat qilmoqda.
Shundan kelib chiqib, fraksiyaimiz qonun loyihasining ayrim moddalari bo‘yicha o‘zining aniq qat’iy pozitsiyasi va taklif-mulohazalarini tayyorladi.
Jumladan, taklif etilayotgan qonun loyihasida davlat boshqaruvi organlari vakolatlarining aniq belgilab berilmaganligi amaliyotda turli xil noaniqliklarga olib kelishi hamda vakolatli organlarning faoliyati samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shularni inobatga olgan holda, fraksiyaimiz a’zolari qonun loyihasini o‘rganib chiqish jarayonida loyihaga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ushbu sohadagi vakolatlarini aniqlashtiruvchi normalarni kiritish juda muhim, deb hisoblaydi.
Demokratik kuchlar blokining fikricha, o‘simlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmini hisobga olish, o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi lozim. Bunday normalar kiritilishi respublika va mahalliy darajadagi tabiatni muhofaza qilish fondlari mablag‘lari hamda turli grant mablag‘laridan foydalanish imkonini beradi.
Lekin fraksiyaimiz fikricha, bu ishlar faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi zarur. Chunki bu masala jiddiy ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, uni moliyalashtirish doimiy tarzda kafolatlangan bo‘lishi shart ekanligi ayon bo‘ladi. Tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa mablag‘lardan esa Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish maqsadida foydalanish lozim.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, «Milliy tiklanish» gazetasining 6 iyul sonida Milliy tiklanish partiyasi Fraksiyasi vakillarining $$O‘zbekiston XDP fraksiyasi$$ a’zolarining pozitsiyasiga munosabati bildirildi. Unda Fraksiyamizning hayvonlarni davlat tomonidan hisobga olish va hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritish faqat Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi zarur, tabiatni muhofaza qilish fondlari mablag‘laridan esa Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish maqsadida foydalanish lozim, degan fikriga qo‘shilib bo‘lmasligi ma’lum qilindi. Ularning fikricha, Davlat byudjetidan tashqari mablag‘larni hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga jalb etish Davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga olib keladi. Bu esa Davlat byudjetidan ijtimoiy sohani moliyalashtirishga, partiya elektori hisoblanadigan kam ta’minlangan aholi qatlamini yana-da qo‘llab-quvvatlashga zamin yaratadi.
Lekin har yili Davlat byudjetining parametrlari tasdiqlanayotganda ijtimoiy sohaga zarur mablag‘ ajratilishiga erishyapmiz. Ushbu mablag‘lardan samarali foydalanishning o‘zi yetarli. Davlat byudjetida har bir sohaga alohida e’tibor berilishi kerak.
Shu bilan birga, biz o‘z pozitsiyamizni qat’iy himoya qilib, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining moddiy-texnik bazasi va tabiatdan foydalanuvchilar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi xodimlarni zarur jihoz va uskunalar bilan ta’minlashni kuchaytirish kerak, deb hisoblaymiz. Bizning fikrimizcha, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mansabdor shaxslarining murakkab va noqulay tabiiy iqlim sharoitida mehnat qilishini inobatga olib, ularni ijtimoiy muhofaza etish masalalarini mustahkamlab qo‘yish lozim.
«O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasining 13-moddasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarning o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishdagi ishtiroki nazarda tutilgan. Mazkur normada nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarning o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishni ta’minlashdagi ishtiroki aniq, ko‘rsatib berilmagan.
Ya’ni, bu jarayondagi ishtirok «davlat va boshqa organlarga ko‘mak berishlari va zarur yuridik va jismoniy shaxslarga imtiyoz qo‘llanishiga oid me’yorlar mavjud emas. Shu bilan bir qatorda ushbu norma imtiyozlardan foydalanish uchungina ba’zi «tadbirlarni» amalga oshirib, davlat byudjetiga zarar yetkazuvchi «tadbirkor»lar paydo bo‘lishiga zamin yaratishi mumkin. Ona tabiatni muhofaza qilish va undan samarali foydalanish har bir shaxsning insoniy burchi hisoblanadi. Taklif etilayotgan qonun loyihasining ayrim moddalari umuman chiqarib tashlash lozim, deb hisoblaymiz. Masalan, qonun loyihasining 41-moddasida o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va samarali foydalanishni rag‘batlantirish masalasi nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va samarali foydalanishni, shuningdek, u o‘sadigan muhitning holati yaxshilanishini ta’minlayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga soliq va boshqa imtiyozlarni berish belgilangan. Biroq biror-bir mamlakat amaliyotida o‘simlik dunyosini muhofaza qilish holati yaxshilanishini ta’minlaganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga imtiyoz qo‘llanishiga oid me’yorlar mavjud emas. Shu bilan bir qatorda ushbu norma imtiyozlardan foydalanish uchungina ba’zi «tadbir»larni amalga oshirib, davlat byudjetiga zarar yetkazuvchi «tadbirkor»lar paydo bo‘lishiga zamin yaratishi mumkin. Ona tabiatni muhofaza qilish va undan samarali foydalanish har bir shaxsning insoniy burchi hisoblanadi, buni aslo moddiy manfaatdorlikka aylantirib bo‘lmaydi. Shu sababli ham tegishli moddani qonun loyihasidan chiqarib tashlash lozim, deb hisoblaymiz.
Shuningdek, qonun loyihasining 40-moddasida noqonuniy ravishda yoki belgilangan qoidalar buzilgan holda yig‘ilgan va tayyorlangan o‘simlik dunyosi obyektlari huquqbuzarlardan olib qo‘yilishi, buning imkoni bo‘lmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning narxi undirib olinishi ko‘rsatilgan. Mazkur holatda o‘simlik dunyosi obyektlarini olib qo‘yish yoki ularning narhini undirib olish bilan masalani to‘liq hal qilib bo‘lmaydi. Shu sababli, bunday qonunbuzarlikni sodir etgan shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha normalarni ushbu qonunning o‘zida belgilab qo‘yish taklif etamiz. Bundan tashqari, o‘simlik dunyosi obyektlarini olib qo‘yish imkoni bo‘lmagan taqdirda qonunbuzarlardan ularning narxini undirib olish tartibini ham ushbu moddada aniq belgilab qo‘yish lozim, deb hisoblaymiz.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, qonun loyihasiga ba’zi normalarni kiritish taklif etiladi. Jumladan, qonun loyihasining 21-moddasida o‘simlik dunyosi obyektlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish masalalari keltirib o‘tilgan, biroq mamlakat ichkarisida o‘simlik dunyosi obyektlarining savdosini tartibga soluvchi normalar kiritilmagan. Bizning fikrimizcha, mazkur huquqiy hujjatga mamlakatimiz hududida o‘simlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan tartibga solishni nazarda tutuvchi normalarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, ushbu qonun loyihasida yigirmadan ortiq havola normalar bor. Masalan, qonun loyihasining 27-moddasida o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning boshqa norma va normativlari ham bo‘lishi mumkin, deb belgilab qo‘yilgan. Fraksiyaimiz a’zolari fikriga ko‘ra, bu o‘rinda aynan qanday norma va normativlar nazarda tutilayotganini batafsil ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Chunki bu kabi holatlar turli anglashilmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Shuni hisobga olib, fraksiyaimiz havola normalarni qisqartirishga alohida e’tibor qaratish zarur, deb hisoblaydi. Bu esa o‘simlik dunyosini muhofaza qilish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, mazkur qonun loyihasi bo‘yicha fraksiyaimiz tomonidan bildirgan taklif va mulohazalar uni yanada takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.