🔍

Article

ORBITA ROSTLAB QO‘YILDI

By TASS • in 1979

UCHISHNI BOSHQARISH MARKAZI, 30 mart. (TASS). Kos- monavtlar [Vladimir Lyaxov] va [Valeriy Ryumin] yer atrofi orbitasida mo‘ljallanga ish programmasini davom ettirmoqdalar. Dam berish gazini tortib olish hamda yonilg‘i magistrallari va uskunalarini tekshirib chiqishni o‘z ichiga oluvchi tayyorgarlik ishlari bajarilib bo‘lgach, stansiyaning motor ustanovkasi oksidlovchi modda bilan to‘lg‘azildi. Shu to‘lg‘azish jarayonini ekipaj hamda uchishni boshqarish markazining mutaxassislari kontrol qilib turdilar. Bugun “Progress-5” kemasining motor ustanovkasi yordami bilan orbital kompleksning harakat trayektoriyasi rostlab qo‘yildi. Shu rostlashdan sung kompleks orbitasining parametrlari bunday bo‘lib qoldi:
- yer yuzidan Maksimal olisligi - 357 kilometr;
- yer yuzidan minimal olisligi - 284 kilometr;
- aylanish davri 90,6 minut;
- orbitaning og‘ishi 90,6 51,6 gradus.
Ixcham “^^Yelena^^” gamma teleskopi bilan eksperimentlar davom ettirilmoqda. Kosmonavtlar pribor kassetalarini qaytadan zaryadlab, uni stansiya ilmiy apparatlari bo‘lmasiga o‘rnatdilar. Kun mobaynida [Vladimir Lyaxov] bilan [Valeriy Ryumin] biologik eksperimentlar qazishga atalgan apparatlar ishini kontrol qilib turibdilar, o‘simliklarning o‘sishini kuzatib bormoqdalar, trenajer va veloergometrda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmoqdalar. Kosmonavtlar o‘zlarini yaxshi xis qilmoqdalar. Kishi boshqarayotgan “Salyut-6” – “Soyuz-32” – “Progress- 5” kompleksining ichidagi sistemalar va apparatlar normal ishlab turibdi.

Total words

167

Unique words

138

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

0

TTR

0.826

Hapax

115

Distribution

Top frequency chart

Dataset