Brigadamiz paxtakorlari o‘ninchi besh yillikning zarb dor uchinchi yilini mehnatda quvonchli yutuqlarni qo‘lga kiritgan holda yakunlagan edilar. 75 gektar paxta maydonining har gektaridan 42 sentnerdan qo‘riq “oq oltin”i yig‘ishtirib olindi. Cho‘lquvar kollektivimiz bu yil paxtadan yanada yuqori hosil ko‘tarish majburiyatini olganlar. Аhdimiz 80 gektar maydonning har gektarndan 50 sentnerdan “oq oltin” xirmoni ko‘tarishdir.
O‘tgan yili paxta yig‘im-terimi tugashi bilanok mo‘l hosilga taraddud ko‘ra boshlagandik. Maydonlarimizni suvga qondirib, yerlarni chigit ekishga tayyorla-dik. Bahorning qulay fursatidan oqilona foydalandik. Brigadamiz cho‘lquvarlari chigit ekishga rayondagina emas, balki oblastda xam birinchilar qatorida kirishdilar.
Chigit ekish kampaniyasini peshqadamlar qatori tugalladik. 80 gektar maydonga gerbitsidlar bilan chigit qadaldi. Dastlabki kunlarda chigit unib chiqa boshladi. Brigadamiz cho‘lquvarlari hademay go‘za parvarishini boshlab yuboradilar.
Total words
114
Unique words
99
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
0
TTR
0.868
Hapax
89
Distribution
Top frequency chart
Dataset