$$Kuba Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti$$ning Birinchi sekretari,
$$Kuba Respublikasi Davlat Kengashi$$ning va $$Ministrlar Kengashi$$ning Raisi oʻrtoq [FIDEL KASTRO RUS]ga
Aziz oʻrtoq [Fidel Kastro]!
Milliy bayram – Ozodlik kuni munosabati bilan $$Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi$$ $$Markaziy Komiteti$$, $$SSSR Oliy Soveti Prezidiumi$$, $$SSSR Ministrlar Soveti$$ va butun sovet xalqi $$Kuba Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti$$ga, $$Kuba Respublikasining Davlat Kengashi$$ va $$Ministrlar kengashi$$ga, qardosh $$Kuba xalqi$$ga qizgʻin salom va samimiy qutlovlar yoʻllaydilar.
$$Sovet kishilari$$ sizning mamlakatingizga ozodlik, mustaqillik va sotsializm yoʻlini solib bergan, $$Amerika$$ tarixida yangi sahifa ochgan buyuk voqea – $$Kuba revolyutsiyasi$$ga hurmat bajo etadilar. Biz hammamiz $$Kuba mehnatkashlari$$ning ana shu 19 yil mobaynida $$Kommunistik partiya rahbarligi$$da qilgan ishlariga oʻrtoqlarcha quvonamiz. Sanoat va qishloq xoʻjaligidagi, madaniyatni va xalq farovonligini yuksaltirishdagi, yoshlarning yangi, sotsialistik avlodni tarbiyalab yetishtirishdagi muvaffaqiyatlaringizga quvonamiz. Ana shu ajoyib muvaffaqiyatlar marksizm-leninizm gʻoyalarining qudratli kuchini yaqqol isbotlab turibdi, mustaqillik va yaxshi kelajak uchun kurashayotgan xalqlarni va avvalo $$Latin Amerikasi$$ xalqlarini ruhlantirmoqda.
$$Sovet Ittifoqi$$ bilan $$Kuba kommunistik ideallar$$ tufayli, jamiyatni mehnat ahlining baxt-saodati yoʻlida revolyutsion oʻzgartirishdagi maqsadlarning mushtarakligi tufayli metindek birlashganlar. $$Kuba xalqi$$ $$Ulugʻ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi$$ning 60 yilligini oʻz bayramidek nishonlaganligi $$Sovetlar mamlakati$$ mehnatkashlarini gʻoyat mamnun etdi. $$Proletar internatsionaliz$$mi ulugʻ prinsiplariga asoslangan ana shu doʻstlik va hamkorlikni biz mushtarak ishimizning tantanasini koʻzlab ardoqlaymiz va koʻpaytiramiz.
Sotsializmning xalqaro pozitsiyalarini mustahkamlash uchun, imperialistik jabr-zulm va ekspluatatsiya siyosatiga qarshi kurashda, xalqlarning erkin, mustaqil rivojlanishdan iborat daxlsiz huquqini himoya qilishda partiyalarimiz, hukumatlarimiz va xalqlarimizning birligi hamda jipsligini mamnuniyat bilan qayd etamiz. $$Kuba$$, uning aktiv tashqi siyosati sotsialistik hamdoʻstlik mamlakatlarining tinchlikni mustahkamlashga, xalqaro keskinlikni yumshatishni chuqurlashtirishga qaratilgan yalpi kuch-gʻayratlariga salmoqli hissa qoʻshmoqda.
Ozodlik kunini sizlar bilan birga nishonlar ekanmiz, Siz, aziz oʻrtoq [Fidel Kastro]ga, butun qardosh $$Kuba xalqi$$ga $$Kuba Kommunistik partiyasi I syezdi$$ning sotsialistik jamiyat qurish borasida oʻrtaga qoʻygan vazifalarini bajarishda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
$$Buzilmas Sovet$$ – $$Kuba$$ doʻstligi mustahkamlanib, rivojlanaversin!
Yangi, 1978-yil munosabati bilan Kuba xalqiga katta baxt va ravnaq tilab bildirilgan samimiy istaklarimizni qabul etgaysiz.
Total words
307
Unique words
223
Annotated anthroponyms
3
Toponyms
28
TTR
0.726
Hapax
187
Distribution
Top frequency chart
Dataset