O‘z mohiyati jihatidan eng internatsional sinf bo‘lgan xuddi shu ishchilar sinfi mamlakatimizdagi hamma millatlar a elatlarni bir-biriga yaqinlashtirish jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynamoqda.
Bugun $$Bekobod shahri$$da $$Sovet xalqlari$$ning bir-biriga yaqinlashuvida ishchilar sinfining yetakchi roliga bag’ishlangan ilmiy-nazariy konferensiya ochildi. $$KPSS XXV siyezdi$$ va $$O‘zbekiston Kompartiyasi$$ning XIX siyezdiga bag‘ishlangan bu konferensiyani $$Respublika Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ning propaganda bo‘limi, $$Toshkent oblast partiya komiteti$$, $$SSSR Fanlar akademiyasi$$ sotsiologik tadqiqotlar instetuti, $$O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ huzuridagi partiya tarixi instetuti tayyorladilar. Konferensiya ishida qatnashish uchun $$Moskva$$dan, qardosh ittifoqdosh respublikalardan taniqli olimlar va mutaxasislar taklif qilingan. Ular $$SSSR xalqlari$$ do‘stligi va buzilmas birligini yanada mustahkamlash yuzasidan partiyaning faoliyati, sovet demokratiyasi va sotsialistik millatlarning yaqinlashuvi, sotsialistik millatlarning bir-biriga yaqinlashuvida ishchilar sinfi revolutsion an’analarining roli, milliy munosabatlarda sotsial taraqqiyot problemalari kabi masalalarni muhokama qiladilar.
YAGONA OILA
Biz ancha vaqtdan buyon sotsialistik millatlarning bir-biriga yaqinlashuvida ishchilar sinfining yetakchi roli haqida sotsiologik tadqiqotlar olib bormoqdamiz. Bu sohada $$O‘zbekiston$$da katta ishlar qilindi. Tadqiqot obyekti qilib, sizning respublikangiz, xususan $$Toshkent oblasti$$ olinganligi bejiz emas. Bu oblast o‘z sostavi jihatidan ko‘p millatli bo‘lib, bu yerda turli xalqlar vakillari bir oila farzandidek totuv yashab, kommunistik jamiyat qurilishida fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Biz $$Bekobod shahri$$dagi metallurgiya zavodi, $$Bekobod tikuvchilik fabrikasi$$da hamda $$Toshkent$$ yaqinidagi ikkita xo‘jalikda – $$“Qorasuv” va “O‘zgarish” sovxozlari$$da tekshirishlar o‘tkazdik. Biz o‘rgangan joylarda ishchilarning industrial va agrar otryadi yuksak taraqqiy qilgan, ishchilarning kasb-xunar darajasi yuqori hisoblanadi. Jumladan, metal zavodida turli millat vakillari orasida eng yuqori - beshinchi, oltinchi razryadli ishchilarni ko‘plab uchratish mumkin. Ular orasida mahalliy millat vakillari ham anchagina.
Biz ishchilarning bilim darajasini o‘rgandik. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bir vaqtlar to‘rt sinf ma’lumoti bo‘lgan kishilar hozir ishchilar orasida juda kamdan-kam uchraydi. Hozirgi metallurglar 10-sinfni tugatgan, texnikumni bitirib kelgan, aksariyat o‘rta ma’lumotli kishilardir. Ularning mehnati endi faqatgina jismoniy mehnatdangina iborat emas, ular aqliy mehnat bilan ko‘proq band bo‘ladilar. Aqliy va jismoniy mehnat ish jarayonida bir-biri bilan organic ravishda qo‘shilib ketgan.
Tadqiqotchilarimiz ishchilarning ijtimoiy aktivligini ham o‘rganib chiqishdi. Korxona ishchilari orasida xalq kontroli komissiyasiga a’zo bo‘lgan kishilar, yangi texnikani joriy etish yuzasidan kengashga a’zo bo‘lganlar, turli jamoat ishlarida qatnashayotganlar oz emas. Ular milliy sostavi jihatidan deyarlik bir xil, to‘g‘rirog‘i, hamma millat vakillari ijtimoiy aktivlik ko‘rsatishmoqda. Shu bilan birga bu yerda hali foydalanilmayotgan rezervlar borligi ham ma’lum bo ‘ldi. Jamoat ishlarida qatnashish istagini bildirayotgan ishchilar ko ‘p ekan.
Metallurglarning o‘quvi qanday bormoqda! Biz bu masalani tadqiq qilganimizda shu narsa aniqlandiki, har besh ishchining biri yo oliy o‘quv yurti, yo maxsus bilim yurti, yo kechki maktablarda o‘qiyotgan ekan. Kelajak nuqtai nazaridan yondoshadigan bo‘lsak yoshlarning bilim olishini bundan buyon taraqqiy ettirish lozimligi sezildi. Ikkinchi kasbni egallash, aralash kasb-hunar egalari bo‘lish yuzasidan maktablar ochishni ko‘proq o‘ylash kerak. O‘ninchi besh yillikda oldimizda turgan katta vazifalarni hal etish bu sohadagi ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.
Biz ishchilarning bo‘sh vaqti qanday o‘tayotganligi bilan ham qiziqdik. Bu o‘rinda ham turli millat kishilari orasida aytarli farq qolmagan. Rus ishchisi ham, o‘zbek, tatar va boshqa millat vakillari ham dam olish vaqtlarini kino-teatrlarga boorish, gazeta-jurnallar o‘qish, televizor ko‘rish bilan o‘tkazishadi. Lekin badiiy adabiyotlar o‘qishga nisbatan kam e’tibor berishar ekan. Bu o‘rinda adabiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar kabi qiziqarli tadbirlarni tez-tez o‘tkazib turish lozim deb hisoblaymiz.
Ishchilarning ota-onalari o‘z farzandlarining kim bo‘lib yetishishini istayapti! Bu masalani o‘rganganimizda yangi hodisaga duch keldik. Hozir ishchilarning anchagina qismi o‘z o‘g‘il-qizlarining korxonalarda mehnat qilishini xohlayapti. Bunday yangilikni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish lozim.
Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki, o‘zbek metallurglari haqida, ularning qaynoq mehnat hayoti haqidabadiiy asarlar, kinofilmlar kam yaratilgan. Ishchilar o‘z obrazlarini yozuvchilarning qahramonlari orasida ko‘rishni istaydilar.
Biz sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish bilan nazariy masalalarni konkret misollarda ko‘rsatib bermoqchimiz. Bu sohadagi ishimizda $$O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$, $$Toshkent oblast partiya komiteti$$ bizga katta e’tibor berganligini mamnunlik bilan qayd qilmoqchiman. Tadqiqotlar olib borishda olimlarimizga Toshkent davlat pedagogika institute kollektivi, Bekobod metallurgiya zavodi rahbarligi yaqindan yordam berdi.
ISHCHILAR SOLNOMASI
[R. X. AMINOVA]- $$O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi$$ning muxbir a’zosi
Tarix – xalq tarixidan iborat. Ishchilar sinfi esa tarixda azaldan muhim o‘rin tutib keladi.
Sovet ishchilar sinfi jamiyatimizni olg‘a yetaklovchi katta kuch. Uning ajoyib jasoratlari mamlakatimiz taraqqiyotining hamma bosqichlarida yaqqol namoyon bo‘lib kelmoqda.
Biz tarixchilar ishchilar sinfining to‘la va mukammal tarixini ko‘rsatib berishni o‘zimizning muqaddas burchimiz deb bilamiz. Shuning uchun ham juda ko‘p asarlarimiz ishchilar sinfiga bag‘ishlab yozilgan. Bu o‘rinda bizning tarix institutimizda tayyorlangan $$“O‘zbekiston ishchilar sinfi$$ning tarixi” ko‘p tomligini ko‘rsatish mumkin. Bu asarning oxirgi uchinchi tomi 1966 yilda bosmadan chiqqan edi. Uni respublika jamoatchiligi va keng kitobxonlar yaxshi baholadilar.
Bu asarni yaratgan avtorlar kollektivi 1967 yilda birinchilar qatorida $$Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti$$ga sazovor bo‘ldi.
Tarixchi olimlar bu sohadagi tadqiqotlarini yanada chuqurlashtirishlarini va kengaytirishlarini zamon taqozo qilmoqda. Biz ishchilar sinfining madaniy-texnikaviy darajasini o‘sib borayotganligini, uning ichki sostavida bo‘layotgan son va sifat o‘zgarishlarni, ishchilar sinfi shakllanishining manbalarini, internatsional birdamligi tobora o‘sib borayotganligini, kommunistik jamiyat barpo etish yo‘lidagi qahramonona mehnatini mukammal ko‘rsatib berishimiz kerak. Bu sohadagi izlanishlarni tinmay davom ettiramiz.
CHO‘LQUVAR
$$DALVARZIN cho‘llari$$ haqida gap ketganda beixtiyor $$Bekobod shamoli$$ni eslashdi. Darvoqe, izg‘irin qish kezlari och bo‘ridek uvvos soluvchi, orom olayotgan dalalar saxnidan qor ko‘rpasini ko‘chirib, o‘ngirlarga itqituvchi, bahor kezi tuproq namini o‘g‘irlab, dehqonni anchayin tashvishga soluvchi, saratonda afg‘on garmseli bilan inoq Bekobod shamoli haqida odamlarda ana shunday noxush taasurot yashaydi. Lekin bu elda cho‘llarni bo‘stonga aylantirayotgan, kanallar qazib obi-xayotga yo‘l ochayotgan, qumlar ko‘chkisiga chek qo‘yib, yangi yerlar surayotgan azamatlar, davrimiz farhodlari oz emas.
[Vallami To‘xtaboyev] ana shunday shiddatkor, mehnat g‘ayratini kommunizm oltin tog‘lari bunyod etish uchun baxshida etayotgan mardu-maydon cho‘lquvarlarning biri.
Yaxshilikning umri boqiy, deydi xalqimiz. Sadoqatla mehnat qilmoq, ter to‘kmoq, el-yurt manfaati, tashvishi bilan yashamoq oliy insoniy fazilatdir. Yaxshilik umrining ezguligi, go‘zalligi ham shunday. To‘rt oylik traktorchilar tayyorlash kursini tamomlab qaytgan [Vallami]ning qo‘lidan ham ana shu fazilat mahkam tutdi, yo‘lga boshladi. U 1963 yili mashhur maxanizator [Valentin Tyupko] chaqirig‘iga birinchilar qatori labbay, deb javob berdi. Qo‘riqdan 40 gektar yer ajratib tyupkochi zveno tuzdi.
$$Yaydoq cho‘l$$ o‘z xazinasini tantilik bilan in’om qilmoqchi emasdi. Asrlar bo‘yi qaqrab yotgan sho‘rxok yer, bemavrud avjga minuvchi shamol bahodirlarni devkorlar kurashiga chorlar edi. Cho’lquvarlar bo‘sh kelishmadi. Texnika chin madadkor bo‘ldi. Cho‘l – biyobonlarga sharqirab suv oqa boshladi. Cho‘l tilsimi ochildi. Dalalar oltin nihollaridan yashil zarbob to‘n kiyib yashnadi. Shohi so‘zana chevarlar madhiga tushdi.
-Har qanday muvaffaqiyat qiyinchiliksiz qo‘lga kirmaydi, - deydi suhbatdoshimiz [Vallami To‘xtaboyev]. Lekin eng og‘iri o‘z so‘zingni ustidan chiqmaslik.
-To‘g‘ri, paxtakor mehnati oson emas, - so‘zida davom etdi u, - yil o‘n ikki oy dalangga oshiqasan, ishlov berasan. Xabar olmay ko‘r-chi… sog‘inasan. Aks holda u sendan ranjiydi. $$Partiyamiz Markaziy Komitetining Bosh sekretari$$ o‘rtoq [L. I. Brejnev] paxtakorlarimiz mehnatiga “Oq oltin” ni oltin qo‘llar yaratadi” deb bejiz yuksak baho bergani yo‘q. Ayni bie vaqtda bu ajoyib ibora. Partiya va hukumatimizning qishloq mehnatkashlari haqida ko‘rsatayotgan otalarcha doimiy g‘amxo‘rligining timsolidir.
Suhbatdoshimizning ana shu gaplarini tinglarkanmiz, erta kuzdayoq o‘g‘itlanib, chuqur shudgorlab qo‘yilgan, shu kunlarda, qish uyqusida shirin orom olayotgansokin, o‘z egasi – dehqondan minnatdor dalalar ko‘z oldimizda gavdalandi. Darvoqe, o‘sha 1963 yili cho‘lquvarlar mehriga qonib yashnagan dalalar plandagi 20 sentner o‘rniga 33 sentnerdan hosil berdi. Mirishkorlar sakkizinchi besh yillikni paxta xosildorligini 39 sentnerga yetkazish bilan muvaffaqiyatli yakunladilar. Mehnat jabhasida ko‘rsatgan katta jasorati uchun [Vallami To‘xtaboyev] hukumatimizning oliy mukofot – [Lenin] ordeni bilan taqdirlandi.
[V. To‘xtaboyev] 1965 yildan beri katta brigade bosh Kompleks mexanizatsiya tufayli brigade paxtazorlari yangi yerlar hisobiga ancha kengaydi. Mohir mexanizator [Hidirali Xolmatov], dongdor terimchi, Mehnat Qizil Bayroq ordeni kavaleri ^^Mastura Yo‘ldosheva^^, usta suvchilar [Omonqul Qayumov], [Asqar Karimov], [Abdullah Qo‘nishev], [Hamzali Abduqodirov] va boshqa fidorkorlar har bir qarich yerni e’zozlab, gektar boshiga hosildorlikning tinmay oshib borishi haqida qayg‘urmoqdalar. Vatan, xalq nakazini og‘ishmay bajarish, paxtakorlik nomini yanada sharaflash haqida o‘ylamoqdalar.
To‘qqizinchi besh yillik brigada hayotida chindan ham katta o‘zgarishlar va sobit qadam bilan olg‘a siljish yillari bo‘ldi. Partiya va hukumatimizning gektar boshiga olinadigan hosilni ko‘paytirish haqidagi ko‘rsatmalari dehqonchiligimizda asosiy dastur vazifasini bajardi. Brigada paxtakorlari maydonlarda ko‘chatlar sonini ko‘paytirish, gektarlarning to‘liq bo‘lishiga erishishni o‘z oldilariga asosiy maqsad qilib qo‘ydilar. Chigit yerga 90 santimetr sxemada qo‘sh qatorlab ekildi. Gektarlarda 130 – 140 ming ko‘chat bo‘lishiga muvaffaq bo‘lindi. Lekin brigada paxtakorlari katta qiyinchilikka duch keldilar. Hamma dalalarga vilt tarqaldi. Hosildorlik oshish o‘rniga pasayib bordi. Seleksioner paxtachi olimlarimiz dehqonlar joniga oro kirishdi. Dalalarga paxtaning “Toshkent-1” navi ekila boshlandi. Xirmonga yana baraka qaytdi. Buni quyidagi misollardan ham yaqqol ko‘rsa bo‘ladi.
BULTUR – to‘qqizinchi besh yillikning yakunlovchi yilida brigade 81 gektar maydonning har gektaridan 27 o‘rniga 47 sentnerdan “oq oltin” hosili yig’ib-terib oldi. Davlat plani 24 sentyabrda, juda qisqa vaqt ichida o‘rinlandi. Sotsialistik majburiyat 3 oktyabrdayoq bajarildi. Besh yillik plan 146 protsent ado etilib, qabul punktlariga 1150 tonna o‘rniga 1690 tonna qimmatli sanoat xom ashyosi yetkazib berildi. “Zangor kema” shturvaliga o‘tirib, g‘ayrat ko‘rsatgan [Vallami]ning o‘zi bunkerdan xirmonga 212 tonna “oq oltin” terib to‘kdi.
-Bu muvaffaqiyatda, - deydi brigade boshlig‘i besh yillik yakunlari haqida bahs yuritarkan, - sotsialistik musobaqa katta samaralar berdi. Brigadamiz 1- $$“Dalvarzin” sovxozi$$ning $$[Lenin] ordeni$$, tajribali paxtakor $$[Boboxon Otaxonov] brigadasi$$ bilan musobaqadosh. O‘tgan yili bu brigada gektaridan 43 sentner xirmon ko‘tardi. Biz musobaqa bayrog‘ini bundan buyon ham baland ko‘taramiz.
Respublikada xizmat ko‘rsatgan mexanizator, $$[Lenin] ordeni kavaleri$$, $$Butunittifoq xalq xo‘jaligi$$ yutuqlari vistavkasining kumush va bronza medallari sovrindori [Vallami To‘xtaboyev] yaqinda bo‘lib o‘tgan Toshkent oblast XVIII partiya konferensiyasiga o‘z brigadasining o‘ninchi bes yillikning birinchi yili – 1976 yil uchun olgan yuksak sotsialistik majburiyati bilan keldi. “Bu yil KPSS XXV va $$O‘zbekiston Kompartiyasi XIX siyezdlari$$ sharafiga 100 gektar maydonning har gektaridan 55 sentnerdan paxta hosili olamiz va o‘ninchi besh yillikni 2.5 yilda bajaramiz”, deyiladi cho‘lquvarlar majburiyatida.
Bu kun $$[Oybek] nomli sovxoz$$ ishchilarining har bir xonadonida shodlik, quvonch hukmron. Ayniqsa, brigada a’zolarining sevinchini aytmaysizmi. [Vallami To‘xtaboyev]ning kamtargina xonadoni to‘y kunlaridagiday gavjum. Onasi ^^Jonsuluv^^ xola, umr yo‘ldoshi ^^Nasiba^^ opa qutlovga kelgan odamlarni kutish bilan ovora. Chehralaridan oftob misoli nur tomadi.
Ha, quvonmay bo‘ladimi, axir. [Vallami] bepoyon Vatanimiz poytaxti – azim Moskvaga, ulkan siyezdga boradi!
SOTSIALISTIK MILLATLARNI YAQINLASHTIRISHDA ISHCHILAR SINFINING ROLI
Kommunizm qurilishi davrida sotsialistik millatlarning yaqinlashuv jarayoni, xalqlar do‘stligining mustahlamlanishi yanada kuchayadi. Millatlarni bir-biriga yaqinlashtirishga ishchilar sinfi yetakchi rol o‘ynaydi.
Ishchi sinfi mehnat kishilari davrasiga sinfiy, internatsional birdamlik ruhini olib kirdi, ularni Sovet hokimiyatining umumiy siyosiy platformasi asosida sotsializm uchun kurashda birlashtira bordi.
Kommunistik qurilishning hozirgi bosqichida ham ishchilar sinfining samarali ta’siri ostida jamiyatning yanada jipslashuvi, millatlarning yaqinlashuvi, barcha sovet kishilarini internatsionalizm ruhida tarbiyalash davom etmoqda.
Milliy mahdudqlik, shaxsiy mulkchilik psixologiyasi, individualism singari kapitalizm sarqitlari ishchilar sinfiga yotdir. Bu sinf o‘z tabiati bilan tarixda izchil revolutsion va chinakam internatsional sinfdir.
O‘tgan asrdayoq [Karl Marks] va [Fridrix Engels] ishchilar sinfi haqida yozib, barcha millatlarda ham aynan bir xil manfaatlar ularga xosligini, bu sinfda milliy o‘ziga xoslik yo‘qotilganligini ta’kidlagan edilar.
Tarixiy taraqqiyot davrida ishchilar sinfida proletar internatsionalizmi, izchil kollektivizm, sotsialistik vatanparvarlik singari g‘oyaviy – ma’naviy hislatlar namoyon bo’la bordi.
Ishcilar sinfi sovet jamiyatidagi eng ko‘p sonli sinfgina bo‘lib qolmay, shu bilan birga u jamiyatimizning ilg‘or kuchi hamdir. KPSS Programmasida aytilganidek, ishchilar sinfi – sovet jamiyatining eng ilg‘or uyushgan kuchidir, u kommunizm qurilishi davrida ham o‘zining rahbarlik rolini amalga oshiradi. Ishchilar sinfining kommunizm qurilishida yetakchilik rolining oshib borishi sovet kishilarini xalqlar do‘stligi va internatsionalizm ruhida tarbiyalashda samarali ta’sir qilib kelmoqda.
Ishchilar sinfi saflarining doimiy ravishda o‘sib borayotganligi bu sinfning kommunizm qurilishidagi yetakchilik roli kuchayib borayotganligini belgilovchi muhim omildir. Kommunizm moddiy-texnika bazasini vujudga keltirish miqiyoslarining kengayib borayotganligi natijasida ishchilar sinfi tobora tez o‘smoqda. Millatlarning yaqinlashuvida tub yerli xalqlar orasidan ishchilar sonining oshib borayotganligi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda $$O‘zbekiston$$da 1,5 milliondan ortiq ishchilar bor. Ularning yarmidan ko‘pi tub yerli millat vakillaridir.
“Barcha ittifoqchi va avtonom respublikalarda, - deb ta’kidlagan edi o‘rtoq [L. I. Brejnev] $$SSSR$$ning 50 yilligi to‘g‘risida qilgan dokladida, - ishchilar sinfining katta-katta otryadlari shakllandi. O‘z mohiyati jihatidan eng internatsional sinf bo‘lgan xuddi shu ishchilar sinfi mamlakatimizdagi hamma millatlar va elatlarni bir-biriga yaqinlashtirish jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynamoqda”.
Mehnatkashlarning yuksak madaniy darajasiga erishmay turib, kommunizm moddiy-texnika bazasini muvaffaqiyatli ravishda barpo etish mumkin emas. Kommunizmning moddiy-texnika bazasi xalq xo‘jaligiga fan-texnika taraqqiyotini jadal sur’atda joriy etish bilan vujudga keltiriladi. Bu hol ishchilar sinfi va kolxozchi dehqonlarning ilmiy-texnika darajasini to‘xtovsiz oshirish zarurligini shart qilib qo‘yadi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishi faqat texnikagagina emas, shu bilan birga mashinalarni ishlab chiqarayotgan, ularni boshqarayotgan kishilarga ham yuksak talablar qo‘ymoqda. Odamning samarali ishlashi avvalo uning mashinalarni, komplesklarni, mashina sistemalarini, mohirona boshqara olishiga, g‘oyat tez o‘sib borayotgan informatsiyalar oqimini o‘zlashtirib, ulardan maqsadga muvofiq foydalana olish qobiliyatiga bog‘liq. Ana shunday xodim bo‘lish uchun ishchi yoki kolxozchi o‘z hunar-texnika tayyorgarligini oshirish bilan birga g‘oyaviy chiniqqan bo‘lishi, yuksak professional tayyorgarlikka, bilimga ega bo‘lishi lozim.
$$O‘zbekiston Kompartiyasi$$ ishchilarning ilmiy-texnikaviy darajasini oshirishga doimo katta e’tibor berib kelmoqda. To‘qqizinchi besh yillik davomida $$O‘zbekiston$$dagi hunar-texnika bilim yurtlari 264 ming nafar malakali ishchilar tayyorlab berdi.
Ishchilar sinfining avangardlik roli uning sotsialistik jamiyatdagi mavqei bilan belgilangan bo‘lib, bu rol o‘z-o‘zidan, avtomatik ravishda namoyon bo‘lmaydi. Buning uchun Kommunistik partiyaning yo‘naltiruvchi faoliyati zarurdir. Bizning partiyamiz sovet jamiyatini rivojlantirishda ishchilar sinfining rolini to‘xtovsiz oshirib borishni o‘zining muhim vazifasi deb biladi.
[L. SHEK], tarix fanlari kandidati, $$O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ huzuridagi partiya tarixi institutining katta ilmiy xodimi.
HAM SUR’AT, HAM SIFAT
$$O‘zbekiston$$ poytaxti mehnatkashlari $$KPSS Markaziy Komiteti$$, $$SSSR Ministrlar Soveti$$, VTSPS va $$VLKSM Markaziy Komiteti$$ning ishlab chiqarish samaradorligini va ish sifatini oshirish uchun, 1976 yil xalq xo‘jalik plakini muvaffaqiyatli bajarish uchun Butunittifoq sotsialistik musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini g‘oyat qiziqib muhokama qilmoqdalar.
$$Toshkent trakor zavodi ishchilari$$, injener-texnik xodimlari va xizmatchilari ana shu hujjatni qizg‘in qo‘llab-qavvatlayotganliklarini aytdilar. Mexanika sexining ishchisi $$[Leonid Nedorezov] korxona kollektivi$$ mitingida so‘zga chiqib o‘zining besh yillik topshirig‘ini ikki baravar oshirib ado etajagini aytdi.
Men son jhatdan yuqori ko‘rsatkichlarga erishibgina qolmay, shu bilan birga a’lo sifatli mahsulot ham beraman, - dedi ishchi.
Master [Jo‘rabek Do‘senbekov] mitingda so‘zlagan nutqida o‘zi ishlayotgan smena ishchilari qarorga javoban 1976 yilda asosiy plandan tashqari sakkiz yuzta traktor yig‘ishga ahd qilganliklarini aytdi.
$$Toshkent$$dagi 2- poyafzal fabrikasining kollektivi partiya va hukumatimiz qaroriga “O’ninchi besh yillikda yaxshiroq, arzonroq mahsulotni ko‘proq ishlab chiqaramiz” degan shior ostida ishlaymiz deb javob qaytardi. Miting qatnashchilari bichiqchi, $$O‘zbekiston Kompartiyasi XIX siyezdi$$ning delegate [B. B. Kryajeva]ning nutqini qizg‘in kutib oldilar. U barcha ishchilarni davlat sifat belgisi bo‘lgan poyafzal ishlab chiqarishni ancha kuchaytirishga erishishga da’vat etdi.
Bichiqchi ^^N. A. Ibrohimova^^ bu da’vatni qo‘llab-quvvatlab, o‘ninchi besh yilliknining birinchi yilida butun mahsulotni standart talablariga to‘la muvofiq tarzda ishlab chiqarish niyyatida ekanligini aytdi. (O‘zTAG)
Poytaxtimizda ko‘p qavatli muhtasham turar-joy binolari qurilishi davom etmoqda. Suratda (o‘ngda): $$Pushkin ko‘chasi$$da qad ko‘targan 126 kvartirali bu binoni 159-trestning 10-qurilish boshqarmasi azamatlari bunyod etishdi.
UKRAIN TILIDA
$$O‘zbek sovet bolalar adabiyoti$$ning ko‘zga ko‘ringan namoyondasi yozuvchi [Hakim Nazir] katta ijodiy yo‘lni bosib o‘tdi. Respublikamiz jamoatchiligi yaqinda uning oltmish yillik to‘yini nishonlaydi.
Sevimli adib yubileyi oldida so‘z san’atkorining yangi to‘plamlari bosilib chiqdi. Kiyevdagi “Vesyolka” nashriyoti esa yozuvchining “Povestlar” kitobini ukrain tilida ko‘p nusxada chop etdi.
To‘plamga [H. Nazir]ning “So‘nmas chaqmoqlar” va “Yonar daryo” qissalari kiritildi.
NAVBATDAGI MASHG‘ULOT
$$Toshkent oblast$$ partiya komiteti huzuridagi jurnalistlar mahorati maktabining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotda tarix fanlari doktori professor [T. Ernazarov] $$“O‘zbekiston matbuoti$$ sotsializm va kommunizm qurilishi uchun kurashda” degan temada leksiya o‘qidi. Filologiya fanlari kandidati [A. I. Alyakrinskaya]ning leksiyasi esa ommaviy informatsiya vositalarining sotsiologik problemalariga bag‘ishlandi.
Mashg‘ulotda oblast partiya komitetining lektori [K. S. Ten] $$“KPSS Markaziy Komiteti$$ning dekabr (1975 yil) Plenumi yakunlari va partiyaning tashqi siyosat sohasidagi faoliyati” degan temada leksiya o‘qidi.
$$“Tashkentskaya pravda” gazetasi$$ xatlar va ommaviy ishlar bo‘limi mudiri ^^[O. F. Krujilina^^ning chiqishi ham tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. U gazeta redaksiyasining shtatsiz avtorlar kollektivi bilan ishlash forma va metodlari haqida so‘zlab berdi.
Mashg‘ulot tinglovchilari $$O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ nashriyotiga ekskursiya qildilar.