[Iskandar Do‘sov]ning kamtarligi va odamoxunligini $$Xorazm$$da hamma biladi. Tashabbuskor va tashkilotchiligi-yu elsevar rahbarligidan butun mamlakat boxabar. U $$Bog‘ot tumani$$dagi sobiq Narimonov nomli sertarmoq xo‘jalikka o‘ttiz yildan ortiq rahbarlik qildi. Shon-shuhrat, mansabu martaba, unvonu olqishlar hammasi o‘tdi. Bu tabarruk insondan faqat yaxshi nom qoldi. Qobil farzandlar, sodiq shogirdlar uning hayot yo‘lini davom ettirayotir…
1944-yil frontdan og‘ir yarador bo‘lib, ko‘kragi to‘la jangovar nishonlar bilan qaytgan Iskandar Do‘sovni hamqishloqlari «Beshariq» qishloq kengashiga, oradan bir yil o‘tar-o‘tmas esa tumandagi eng qoloq $$[Narimonov] nomli kolxoz$$ga rais qilib sayladilar. Tabiatan shijoatli, qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan [Do‘sov] oq ot minib ishga chiqqanida kolxozchilar: — Rais oq ot minibdi, xudo xohlasa endi ishlar yurishib ketadi, — deya bashorat qilishdi. Nur bor yerda soya ham bo‘lganidek. ba’zilar bunga o‘zgacha izoh berishdi: — Hovliqma ekan, oq ot mingandan ko‘ra kolxozchilarga loaqal bir hovuch, yarim hovuchdan don ulashsa bo‘larmidi. Bir-ikki kun dalama-dala yurib ahvolni obdon o‘rgangan rais kechqurun kolxozchilarni bir joyga to‘plab, yig‘ilish o‘tkazdi. — Ertadan boshlab hamma qo‘liga o‘roq, bel, ketmon olib chiqsin, barcha maydonlardagi yovvoyi supurgini yig‘ishtiramiz, so‘ngra ulardan chot supsa yasab, $$Xiva$$ va $$Urganch$$, $$Toshhovuz$$, $$Mari$$, $$Chorjo‘y$$, $$Ashxobod$$, $$Buxoro bozori$$larida sotamiz. Birinchidan, dalalar yovvoyi supurgidan tozalanadi, ikkinchidan, kolxozga daromad keladi. Rozimisizlar? — so‘radi rais.
— Rozimiz, rais, ming bor rozimiz, 04 qolmasak bo‘ldi, — deb baravariga javob qilishdi kolxozchilar. Sidqidildan yig‘lasang, so‘qir ko‘zdan yosh chiqar. Raisning tashabbusi bilan boshlangan dastlabki ish xo‘jalikka mo‘may daromad olib kelish barobarida o‘nlab oilalarni ochlikdan saqlab qoldi. Eng asosiysi, dehqonlarning yangi raisga bo‘lgan ishonch va hurmati oshdi. Bu Iskandar [Do‘sov] hayotidagi ulkan va nihoyatda totli g‘alaba edi. — Shu kundan boshlab o‘q yomg‘irlari orasida foydaga qolgan umrimning har bir daqiqasini elga, yurtga xizmat qilishga bag‘ishlayman, — dedi u o‘ziga o‘zi. Yangi rais o‘sha yillariyoq paxta, go‘sht yoki sut yetishtirish bilan uzoqqa borib bo‘lmasligini angladi va xo‘jalikda yordamchi tarmoqlarni rivojlantirishga kirishdi. Dastlab g‘isht zavodi qurib ishga tushirildi, so‘ngra arava yasash va kulolchilik sexlari ish boshladi, moyjuvoz qurildi. Viloyatda birinchilardan bo‘lib ulkan qishki bog‘ — issiqxona bunyod etildi va unda yetishtirilgan hosil nafaqat $$Xorazm$$u $$O‘zbekiston$$, balki $$Rossiya$$dagi qator yirik shaharlarga ham jo‘natila boshlandi. Daromadlar yil sayin ko‘payib bordi. Rais ko‘nglining tubidagi katta maqsadlaridan biri — $$Beshariq qishlog‘i$$ni shahar tipidagi yirik aholi yashash joyiga aylantirish ishlarini boshlab yubordi. Barpo etiladigan har bir aholi punktida alohida maktab va bolalar bog‘chasi, hammom, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bo‘lishi shart qilib qo‘yildi. Tabiiyki, bunday keng qamrovli ishni faqat kolxoz mablag‘i hisobiga amalga oshirib bo‘lmasdi. Shu bois, [Iskandar Do‘sov] davlatdan uzoq muddatli qarz oldi va qurish-yaratish ishlarini nihoyasiga yetkazdi. Natijada qishloqdagi barcha xonadonlar viloyatda birinchi bo‘lib radiolashtirildi, elektr energiyasi, vodoprovod suvi va gaz bilan ta’minlandi. Sh uningdek, qishloqda madaniyat saroyi bunyod etilib, xalq xizmatiga berildi. Traktor va avtomobil parklari qurildi, yirik chorvachilik majmuasi ishga tushirildi. Dala va fermalar mehnatkashlari, mexanizatorlarning dam olib, hordiq chiqarishlari uchun ko‘plab shiyponlar qurildi, gulzor va xiyobonlar barpo etildi. Xizmat burchimga ko‘ra kamina [Iskandar Do‘sov] bilan soatlab suhbatlashganmiz. — Frontda og‘ir yarador bo‘lganimda meni o‘ldi deb o‘liklar orasiga tashlashgan ekan, — degandi u xo‘rsinib. Murda tashuvchilar kelsalar ko‘kragimdagi yarada qon aralash pufak ko‘rishibdi. — «Iye, bu tirik-ku, nafas olyaptiku», deb gospitalga olib borishibdi. Ikki marotaba operatsiya bo‘ldim. So‘ng uzoq davolandim. [Iskandar Do‘sov] so‘ziga butun, ahdiga vafoli inson edi. Bag‘ri keng rahbar qishloqdagi o‘nlab yigit-qizlarning to‘ylarini jamoa hisobidan o‘tkazib berdi. El suygan raisning xizmatlaridan biri — $$Xorazm viloyati$$ televideniyesi tashkil etilishiga qo‘shgan hissasidir. U maxsus inshoot qurilishiga katta mablag‘ ajratdi. Viloyatda birinchi bo‘lib kolxozda $$«Qaldirg‘och» ashula va raqs ansambli$$ni tashkil etdi. Bu guruh nafaqat $$O‘zbekiston$$, balki o‘nlab xorijiy mamlakatlarni ham kezib chiqdi.
Qush qanoti bilan uchadi. [Iskandar Do‘sov]ning atrofida ham o‘nlab halol va fidokor safdoshlari bor edi. [Zarif Qurbonov], [Hoji Saidov], [Nurilla Masharipov], [Masharip Quvoqov] va boshqalar har bir ishda taniqli darg‘aga suyanchiq va madadkor bo‘ldilar. Yaxshilarga zavol yo‘q. Bugun [Iskandar Do‘sov] boshlagan ishlarni uning shogird va farzandlari davom ettirmoqda. Ezgulik beiz ketmasligi hayotda o‘z isbotini topmoqda.