^^Nazira Nazarova^^ bilan suhbatlashish uchun kasalxonaga kelganimda «yoshi qirqlardan oshgan». «juda madaniyatli», «o‘z ishining fidoyisi», «tushida xam bobolalarini ko‘radigan ayol» deyishdi. Uni uchratganimda tavsiflarga yana juda kelishgan, istarasi issik, go‘zal ayol deb qo‘shgim keldi. Bolalar haqida so‘z ochilishi bilan suxbat kaliti topildi. Men ^^Nazira^^ga bir parcha qog‘oz uzataman. Unda quyidagi so‘zlar yozilgan: «Bola yig‘layotganini eshitsam, juda qo‘rqib ketaman, qalbimda katta bir narsa sunayotganini sezaman. Qalbim bola yig‘isidan uzoqroq yurishga harakat kiladi. Chunki u balog‘atga yetgan kishi yig‘isiga qaraganda ko‘proq alam keltiradi».
Bu satrlar $$Livan adibasi$$ ^^Menii Ziyoda^^ xikoyasidan olingan. Nazira bilan uchrashish istagi tug‘ilganda nima uchundir, albatta, unga ko‘rsataman deb gazetadan ko‘chirib olgandim. Bu satrlarga ko‘z yugurtirayotgan ^^Nazira^^ga tikilaman. Uning shaxlo ko‘zlari bir nuqtaga tikilib qoldi. So‘ng o‘z fikrini bayon etdi.
Juda nozik qalbli adiba bo‘lsa kerak. Аfsuski, uning boshqa asarlari bilan tanish emasman. Lekin insoniyat oldidagi burchini qo‘lidan kelganicha, jilla bo‘lmasa, onalar qalbining nozik torini ogohlantiruvchi ohangda chertish bilan o‘tashga harakat qilibdiku. Bola xayoti uchun esa kurashish, kurashish kerak! Biz. vrachlar shunday deb o‘ylaymiz. Tugri. xikoyada yozilgan bola yig‘isi, u keltiradigan alam o‘zga maʼnoda, men nazarda tutgan kurashning keng maʼnosida olingan. Lekin, MCH sizga aytsam, bizning yurtimizda bolalarning tug‘ilish protsenti ko‘p-u, kasallanish, ayniqsa, nobud bo‘lish protsenti juda kam. Bu bizning ana o‘shanday yigi o‘shanday alamning bo‘lmasligi uchun kurashayotganimiz dalili, insoniyat oldidagi uz burchimizni to‘g‘ri o‘tayotganimizning yorqin namunasi.
Shifokor oq kalpokchasi ostidan chiqib turgan bir tutam sochini berkitar ekan, kulib:
- Lekin bilasizmi, baʼzida bolaning bor ovoz bilan chinkirab yig‘lashiga xam zor-zor bo‘lasan, kishi.
Bu so‘zlarni tasdiqlagandek, uning hamkasabasi, ustozi ^^Sofiya Muhitdinovna Qorieva^^ shunday hikoya qiladi:
-Bu bo‘limda ishlaydigan vrach aloxida tuyg‘u, alohida mehrga ega bo‘lishi kerak.
Bemor go‘dakni qo‘limga olayotganimda kaftim barmoqlarimning uchidan uning bor dardi, og‘rig‘i menga o‘tayotganini his qilayotganga o‘xshay man, deydi ^^Nazira^^. Bu to‘gri. Аks holda, ular bilan til topishish juda qiyin. U bemor his qilayotganini bilishi, tushunishi kerak. Vrach isteʼdodining samimiyati xam aynan shunda ko‘rinadi. Bu fazilatga yana ^^Nazira^^da bor boshqa, men hamisha xavas va hurmat bilan qaraydigan fazilatni ham aytib o‘tish kerak. ^^Nazira^^ meditsina adabiyotini muttasil mutolaa qiladigan vrach. Bu nimaning belgisi, bilasizmi? Bu, uning hamisha o‘z ustida ishlashidan dalolat. Bugun kechagidan yaxshiroq dorilar va davolash usullari ishlab chiqarilyapti. ^^Nazira^^ bu yangiliklardan hamisha xabardor. Ilmni o‘zining yigirma yillik tajribasiga chog‘ishtirib ish olib borishini hammamiz bilamiz. 225 o‘rinli kasalxonamizda ixtisoslashgan laboratoriyalar, apparatlar mavjud. Аna shularning hammasida ^^Nazira^^ ishlay oladi. Men pediatrman deb qarab turmaydi. Аyniksa, dardi og‘ir bolalarga o‘zi qaraydi. O‘rgaklashdan tortib, bolaga dori ichirish, ichagini yuvishgacha hamshiralar bilan uzi bajaradi. Bu uning o‘z kasbiga, bolalarga mehridan.
^^Nazira^^ning o‘zi esa shunday hikoya qiladi:
Vrachlar hayotida shunday daqiqalar bo‘ladiki, kishi o‘sha daqiqadan boshlab o‘z xasti va kasbiga butunlay boshqacha qaray boshlaydi. Menda shunday daqiqa yigirma yil avval ish boshlaganimdan ko‘p o‘tmay yuz berdi. Men o‘zimni o‘sha kundan boshlab glabvrach xisoblayman. Hozir $$O‘rta Osiyo meditsina pediatriya instituti$$da o‘qiyotgan qizim ^^Guli^^ bir oylik chaqaloq edi. Dadasi bilan ikkovimiz yosh mutaxassislarmiz. Xatirchida ishlardik. Bir kuni kechqurun kasalxonaga chaqirib qolishdi. ^^Guli^^ni qo‘shnimizga qoldirib, kasalxonaga ketdim. U yerda ushlanib qoldim. Qizimni ne ko‘z bilan ko‘rayki, xayot nishonasi yo‘q? Odatda, onalar bola kasal bo‘lsa o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishadi. Men, nazarimda. O‘shanda onaligimni unutdim. Bilardimki, bu yaqin atrofda qizimga yordam berishi mumkin bo‘lgan kishi yo‘q. Men vrachman. Umrimda birinchi marta katta mashaqqat bilan bir oylik chaqaloqning oshqozonini yuvdim. U ko‘mir isidan zaharlangan ekan. Yuzta yo‘ldan birini, aniq va to‘g‘ri yo‘lni tanlash uchun vrach sovuqqon bo‘lishi kerakmi? Yog‘e! Bemor go‘dakni vrachga olib kelgan onaning «[Аlisher]ingiz. Radnoyingiz» deb murojaat qilishiga ahamiyat berganmisiz? Bolaning onasi go‘yo u emas, sizsiz! Shuncha yil bo‘ldi-yu, har gal shunday murojaatni eshitsam, yuragim bir qalqiydi.
Biz bolalarning umuman kasal bo‘lmasliklari chorasini ko‘rishga harakat qilamiz. Birlashmaga qarashli o‘ttizga yaqin maktabgacha bolalar muassasalarida, zavod sexlarida maktablarda qolaversa shu yerda kasalxonada, poliklinikada
tushuntirish ishlarini olib boramiz. Hozir ikki yuzga yaqin meditsina xodimi bolalar atrofida parvona. Shundan yetmish ikkitasi oliy maʼlumotli. $$Chorvoq$$dagi $$«Guliston» pionerlar lageri$$da mingdan ortiq bola dam olib, sog‘lig‘ini tiklab qaytadi sanatoriya sog‘lomlashtiradigan Oqtosh» lagerida ham har yili besh yuzdan ortiq bola dam oladi.
<<Men sakkiz farzandning onasi ^^Nafisa Hayitmatova^^ bo‘laman. Xizmatim oddiygina, $$Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi$$ sexlaridan birida farroshman. Bolalarimni tarbiya qilishda ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklardan minnatdorman. Birlashmamizga qarashli birinchi bolalar kasalxonasida ko‘p yillardan beri ^^Nazira Nazarova^^ degan ayol xizmat qiladi. Uni tanimagan ona kollektivimizda topilmasa kerak. Yaqinda bir emas ikki bolamning xayotini qutqarib qoldi. Shu-shu bolalarim quvnab, chaqnab yurgan kezlarida xam uni eslayman, ona sutidek oq ko‘ngildan unga sog‘lik tilayman...»
Total words
716
Unique words
528
Annotated anthroponyms
16
Toponyms
5
TTR
0.737
Hapax
434
Distribution
Top frequency chart
Dataset