Yodingizda bo‘lsa, Yurtboshimiz $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ va Senatining qo‘shma majlisida ko‘plab boshqa masalalar qatori bir muammoga alohida to‘xtalgandi. "Tadbirkorlar faoliyatiga noxolis, tirnoq ostidan kir qidirish kayfiyati bilan qarashdan butunlay voz kechish, aksincha, ularning manfaatlari va qonuniy huquqlari himoyasini ta’minlash fursati yetdi", degandi. Ko‘p o‘tmay tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish, shuningdek, tekshirishlarni qisqartirish va qat’iy tartibga solishga oid farmonlaru qarorlar imzolandi. Quyidagi voqea bilan tanishsangiz, yuqoridagi so‘zlar va ezgu sa’y-harakatlar zamirida cho‘ng ma’no mujassamligini yana bir bor his etasiz, degan umiddamiz.
2004-yil 10-iyun kuni $G‘uzor tumani$$ prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi (SVOJQKB) boshlig‘i [O.Mahmudov] va inspektor [T.To‘rayev] dehqonobodlik hamkasblari [B.Jumayev], [D.Jalilov]lar bilan birgalikda Xalqobod qishlog‘ida joylashgan $$“Yangiobod" xususiy firmasi$$ning Avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi (ASGQSH)da qisqa muddatli tekshirish o‘tkazadilar. Shu jarayonda “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida"gi Qonun hamda “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirish o‘tkazish va tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom talablarini qo‘pol ravishda buzadilar. Boz ustiga, hujjatlarni qalbakilashtirib, davlat va tadbirkor [Mengnor Normurodov] manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazadilar.
Bunday deyish uchun asoslar yetarli; avvalo, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining tuman hududiy komissiyasi shoxobchada rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish o‘tkazish uchun ruxsat bermagandi, Ikkinchidan, nazorat organi boshlig‘ining bu boradagi buyrug‘i nusxasi tadbir chog‘i ham, keyin ham firma rahbariga tilxat orqali taqdim etilmagandi. Uchinchidan, “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi” to‘liq to‘ldirilmaydi — tekshirish turi, muddati, [O.Mahmudov] va [T.To‘rayev]larning guvohnomalari raqamlari, [B.Jumayev] va [D.Jalilovlarning] ish joyi-yu ism-shariflari ko‘rsatilmaydi. Tekshirish uchun asos sifatida hududiy komissiya ruxsatnomasi o‘rniga bo‘lim buyrug‘i yoziladi. To‘rtinchidan, amaldagi Nizomda qisqa muddatli tekshirish bir ish kuni davomida o‘tkaziladigan va moliya-xo‘jalik fayalitini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbir ekanligi belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, xodimlar tekshirishni 15-iyungacha davom ettirishadi. Nazorat xaridi payti firma operatori [Baxtiyor Normurodov] mijoz haqiga xiyonat qilmagani, “Orion” rusumli nazorat-kassa mashinasi xotirasiga muhrlangan summalar bilan xazinadagi naqd pullar o‘rtasida farq yo‘qligi aniqlanganiga qaramay, zarur hujjatlarni o‘z idoralariga olib ketib, “Yangiobod”ning moliyaviy faoliyatini besh kun o‘rganishadi. Bankdan olingan noto‘g‘ri ma’lumotga tayanib, Baxtiyor 2002-yil 9-dekabrdan 2004-yil 10-iyungacha savdodan tushgan pulning 4445155 so‘mini NKMga kiritmay bangga topshirgan degan to‘xtamga kelishadi.
Eng ajablanarlisi, tekshirishda "Yangiobod” rahbari [Mengnor Normurodov] qatnashsa-da, familiyasi dalolatnomaga kiritilmaydi. Baxtiyordan esa 14-iyunda tushuntirish xati olinadi. U dalolatnoma oxiriga e’tirozlarini bitib, ushbu hujjat besh kundan so‘ng rasmiylashtirilganini ko‘rsatadi. Tekshiruvchilar bu haqiqatdan oshkora ko‘z yumib, “Operator dalolatnomaga imzo chekishdan bosh tortdi" degan yozuvni bitishadi. Shuningdek, faqat pulni sanashda qatnashgan, tekshirish asnosi tuzilgan uchta dalolatnomadan ikkitasini ko‘rmagan xolis [F.Qo‘ziyev]ning imzosini soxtalashtirishadi. Mazkur bo‘limda ish o‘rganayotganiga qaramay xolislikka jalb etilgan [U.Usmonov]ga ham keyinchalik qo‘l qo‘ydirib olishadi. Mana shu hujjatlar asorati uzoq yillarga tatigulik mashmashalarga doyalik qiladi. Soliq inspeksiyasi tomonidan “Yangiobod”ga 544 ming so‘mlik moliyaviy jarima qo‘llaniladi. O‘z navbatida, “Orion" apparati ishlatilmaydigan qilib, kodlashtirib qo‘yiladi. [Baxtiyor] esa so‘nggi besh oy ichida. 4418750 so‘m naqd pulni bangga noqonuniy topshirganlikda gumonlanib, javobgarlikka tortiladi. Jinoyat ishining unga taalluqli qismi bank xodimlari o‘zlari bergan ma’lumotnomaga 4036600 so‘m qo‘shib yuborib, taftishchilarni chalg‘itishgani ayonlashgandan keyingina tugatiladi. Binobarin, 24-avgust kuni Xalqoboddagi shoxobchaga daxldor mojaro ijobiy yechim topadi. “Yangiobod”chilar qonunni buzishmagani ma’lum bo‘ladi. Ammo tuman prokuraturasi tergovchisi [O.Bobodo‘stov] [Baxtiyor]ning “delo”si tartib raqamini saqlab qolgan, tergov davomida yangi holat aniqlanganini ko‘rsatmagan va jinoyat ishi ochish xususida qaror qabul qilmagan holda Mengnorga nisbatan Jinoyat kodeksining 189- va 190 moddalari 2-qismlari “b” bandlari bo‘yicha tergov harakatlari olib boradi. Bu safar asosiy e’tiborni firmaning qo‘shni viloyatdagi faoliyatiga qaratadi. Pirovardida 25-avgust kuni [M.Normurodov] maxsus ruxsatnoma olmasdan, jinoiy sheriklari [Zafar] va [Orifjon Karimov]lar bilan oldindan til biriktirib, Samarqand tumani Chumchuqli qishlog‘idagi $$“[Olimjon]” xususiy firmasi$$dan ijaraga olingan ASGQSHda 44 kun ichida ko‘p miqdordagi mahsulotni litsenziyasiz sotgani to‘g‘risida ayblov xulosasi imzolaydi. Bunga, tezkorlikni qarang, bo‘lim boshlig‘i [O.Mahmudov], g‘uzorlik soliqchi [O.Maxmadiyorov] va Qarshidagi “Huquq-audit” tashkiloti boshlig‘i [Q.Abdunazarov]larning “O‘tgan kuni tekshirish o‘tkazganimizda, [M.Normurodov] ijozat berilmagan manzildagi shoxobchada 2004-yil 24-fevraldan 8-aprelgacha 1733465 so‘mlik yonilg‘ini noqonuniy sotgani aniqlandi" mazmunidagi ko‘rsatmalarini asos qilib oladi. Amalda u gumondorlarni biror martayam so‘roq qilmaydi. Yuzaki ish tutganini xaspo‘shlash niyatida ular so‘roq berishni istashmagani, [Mengnor] ish yuzasidan $$Toshkent$$da yurgan kezlarda esa go‘yoki unga “delo" tanishib chiqish uchun taqdim qilingani, u bu taklifni rad etib. bayonnomalarga qo‘l qo‘ymagani haqida qog‘oz qoralaydi. Mazkur hujjatlarni ayblanuvchilar tanimaydigan advokat [P.Mamatov] ishtirokida to‘ldiradi. Umuman olganda. jamiki tergov harakatlari davomida qonunga xilof tarzda uchala gumondor huquqlarini birgina o‘sha advokat himoya qilishiga izn beradi. Alqissa, ish 7-sentyabrda sudga yuboriladi. Ammo hayal o‘tmay tuman prokurori vazifasini bajaruvchi [M.O‘zbekov] uni boshqatdan rasmiylashtirish uchun qaytarib oladi. Oladi-yu. gumondorlarni ishga ayblanuvchi tariqasida jalb etish qarorlari hamda ayblov xulosasini bekor qilish choralarini ko‘rmasdan, yana [O.Bobodo‘stov]ga topshiradi. Tergovchi ham tegishli qarorlar chiqarmay jadal ishga kirishadi. Chunonchi, 7-16-sentyabr kunlari xizmat safarida yurgan [Mengnor] 9-sentyabrda so‘roq bergani, ertasi “delo" bilan tanishgani va o‘tgan galgidek imzo chekishdan bosh tortgani xususida bayonnoma hozirlaydi. Qisqa fursatda ana shu zayl o‘zgartirilgan, JKning 189-moddasi 3-qismida ko‘zda tutilgan ayb qo‘shib to‘ldirilgan ish takroran sudga oshiriladi.
To‘g‘ri, ro‘y bergan adolatsizliklarga viloyat adliya boshqarmasi befarq qaramaydi. Tadbirkor haq-huquqlari poymol etilganini uqtirib, soliq va sud idoralariga taqdimnoma-yu takliflar kiritadi. Afsuski, mutasaddilar [O.Mahmudov]ga “hayfsan berish-u firmaga moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni nojoiz deb topish bilangina cheklanishadi. Tuman sudi esa talay kamchilik va qarama-qarshiliklar mavjudligi, tergov to‘liq o‘tkazilmagani, qonun talablari buzilgani uchun ishni qo‘shimcha tergovga qaytaradi.
Endi gapning buyog‘ini dalillarga asosan, [Mengnor]ning gardaniga sirtdan Jinoyat kodeksining beshta moddasi bilan biryo‘la o‘nta ayb qo‘yadi. Jumladan, uni Muborak gaz konlari va Sho‘rtan unitar sho‘ba korxonalaridan olingan salkam 4 million so‘mlik suyultirilgan gazni, elektr tarmoqlari korxonasiga to‘lanishi zarur 115538 so‘mlik energiya haqini talon-toroj qilganlikda ayblaydi, Bundan tashqari, 40 ta tashkilotga shartnomasiz yonilg‘i tashib berishdan tushgan 3,8 million so‘mlik naqd pulni firmaga kirim qilmagan va bangga topshirmagan, “Yangiobod”ning Samarqand tumanidagi filialida litsenziyasiz savdo yuritish orqali topilgan mablag‘ning 7 million so‘mini daromaddan yashirib, 425500 so‘m foyda ko‘rgan, degan fikrni muhrlaydi.
Qolaversa. tadbirkor Chumchuqlidagi ASGQSHda savdo qoidalarini juda ko‘p qiymatda buzganini, $$G‘uzor$$da 5,6 million so‘mlik tushumni bangga topshirmay byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan 9983500 so‘mlik boqimanda qarzdorlikni keltirib chiqarganini, shuncha miqdordagi soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash uchun 10 million so‘m to‘lattirgach, [Mengnor]ni garov evaziga ochiqqa chiqaradi va uning imzosini soxtalashtirib, “Ayblov xulosasi nusxasini oldi”, deya ishni yakunlaydi.
Aslida-chi?.. Mengnorga qo‘yilgan ayblarning aksariyati asossiz, ayrimlari mavhum edi. Masalan, unitar korxonalardan keltirilgan yoqilg‘ilar talon-toroj qilinmagan, balki hali sotilmagani sababli firmada saqlanayotgandi. Ularning puli tergov jarayonida elektr energiya haqi oldinroq to‘langandi. Oliy sud Plenumining 2002-yil 25-oktyabrdagi qarorida esa qonuniy tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmasligidan kelib chiqqan moddiy zarar mavjudligining o‘zi tadbirkorni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lolmasligi tushuntirilgandi. Biroq tergovchi bu talablarga amal qilmagan, loaqal qoldiq gazlar hajmini o‘lchatmagandi. Hatto, $$Muborak gaz konlari$$ korxonasidan olingan 174 ming so‘mlik mahsulot bahosini 2290400 so‘mga chiqarib qo‘ygandi. Mengnor firmasida bajarilgan ishlar hisobotini har oyda soliq inspeksiyasiga taqdim etib, to‘lovlarni paydar-pay amalga oshirib kelgan esada, taftishchi [B. Do‘stmurodov] mo‘maygina mablag‘ bangga topshirilmaganini, katta miqdordagi soliqlar to‘lanmaganini ko‘rsatgandi. Ana shu bois Yakkabog‘ tumani sudining [S.Raimov] raisligidagi sudlov tarkibi joriy yil 13-mayda taftish dalolatnomasini nomaqbul deb topdi. [Mengnor]ni uchta modda asosida qo‘yilgan ayblar bo‘yicha oqladi. Turli korxonalarga xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘ning 375 ming so‘mi va bangga topshirilmagan deb gumon qilingan 7 million so‘m ortiqchaligini eslatib, bu summalarni ham uning zimmasidan chiqardi. Shuningdek, 500 ming so‘mlik garov pulini hamda aslida yo‘q moddiy zarar uchun undirilgan 10 million so‘mni o‘ziga qaytarish darkorligini belgiladi. Biroq...
— Korxonamiz Nizomida filial ochish mumkinligi belgilangandi, — deya ta’kidlaydi [Mengnor] tahririyatimizga yo‘llagan maktubida. — Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-Energetika kompleksi kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti 2005-yil 30-mayda tergovchiga yozgan javobda esa firmam boshqa joyda ham suyultirilgan gaz sotish uchun yangidan litsenziya olishi shart emasligi, balki o‘sha hududdagi tegishli organlarni ogoh etishi lozimligi ta’kidlangandi. Men shu tartib-qoidaga amal qilgandim. $$“Paxtabank”$$ning $$Samarqand tumani$$dagi $$Gulobod bo‘limi$$da firmam subschyotini ochib, inkassa va bank shartnomasi tuzgandim. Mahalliy soliq idoralari va hokimlikni bundan xabardor qilib, savdoni naqd pulsiz amalga oshirgan, tushumlarni to‘lig‘icha bangga topshirgandim. Ya’ni ularni solikdan yashirishim va o‘zlashtirishimning iloji yo‘q edi. Shunga qaramay, sud meni Jinoyat kodeksining 189-moddasi 3-qismi, 190- moddasi 2-qismi “b” bandi bilan aybladi va amnistiya to‘g‘risidagi qarorga muvofiq jazo tayinlamaslikni lozim topdi. Lekin qo‘l urgan “jinoyatlarim” oqibatida davlatga qancha so‘mlik zarar yetkazganimni aniq dalillar asosida isbotlab bermadi. Muqaddam savdo qoidalarini buzganim uchun ma’muriy jazoga tortilmaganimni ham inobatga olmadi. Hammasidanam achinarlisi, uyimdagi tintuv payti tergovchi [F.Murodov] boshqa ashyoviy dalillarga qo‘shib, yer va ko‘chmas mulk kadastri hujjatlari to‘plamini, 5-AYOQSHni qabul qilish-topshirish, sotib olish aktlari, shoxobcha xulosalarini, 9 jilddan iborat loyihalarimni ham olib ketgandi. O‘shangayam, mana, 19 oy bo‘layapti. Ammo “delo”da yo‘qligi, qayerdaligi noma’lumligi tufayli ularni qaytarib ololmay, hamon ovora-yu sarson bo‘lib yuribman. Buyam yetmaganday, vaqtincha kodlashtirilgan “Orion” surishtiruv ishlari tugaganidan keyin ham ochib berilmadi, Alaloqibat, ikki yil mobaynida ancha-muncha daromaddan mahrum bo‘ldim. Davlat byudjetiga 300 million so‘mlik to‘lov topshirilmay qoldi. Bu aslida qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish, tadbirkor yo‘liga sun’iy g‘ov qo‘yish emasmi? Ro‘y bergan nohaqliklar va majburiy yo‘qotishlar uchun javobgarlik kimning zimmasiga tushadi? Bizningcha, mutasaddilar masalani atroflicha o‘rganib chiqib, bu savollarga xolis va qat’iy javob qaytarishlari kerak.