2006-yilda mamlakatimiz mustaqilligining 15-yilligini keng nishonladik. Bu qutlug‘ sanaga yurtimizning har bir fuqarosi o‘ziga xos sovg‘a bilan keldi. Yil yakuni ham shunga yarasha bo‘ldi. Xalqimiz sanoat, qishloq xo‘jaligi, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda yuksak yutuqlarga erishdi.
O‘tgan yilimiz yakunlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlari 107,2 foizni tashkil etganini alohida ta’kidlashimiz lozim. Chetga mahsulot sotish, ya’ni eksport miqdori taxminan 30 foizga, oltin-valyuta zahiralari 33 foizga, davlat byudjeti hajmi 27 foizga o‘sdi. Ayniqsa, dehqonlarimiz qo‘lga kiritgan g‘alabalar quvonchli bo‘ldi. G‘allakorlarimiz g‘alladan mo‘l hosil yetishtirdilar — xirmonlarimiz donga, dasturxonlarimiz nonga to‘ldi. Paxtakorlarimiz esa, mana, ikki yildirki, oktyabr oyining boshidayoq shartnoma rejalarini oshirib uddalamoqdalar.
Bu muvaffaqiyatlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, yerning o‘z egasiga berilishi, qolaversa, erta bahordan kech kuzgacha qilingan mashaqqatli, halol mehnat, qadoq qo‘llar, iroda va matonat hisobiga erishildi bu yutuqlarga.
$$O‘zbekiston$$ning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni naqadar yuksak ekanligini dunyo ahli yaxshi biladi. Birgina 2006-yilning o‘zida $$YUNESKO$$dek nufuzli xalqaro tashkilot tashabbusi va rahnamoligida $$Qarshi shahri$$ning 2700-yillik hamda $$Xorazm Ma’mun akademiyasi$$ning 1000-yillik yubileylari dunyo miqyosida keng nishonlandi. Biz Qarshi to‘yini nafaqat milliy tariximiz, balki umumbashariy taraqqiyotda beqiyos o‘rin egallagan buyuk sarkarda va davlat arbobi [Amir Temur] bobomizning 670-yillik tavallud ayyomi bilan birga nishonladik. Ma’naviy-madaniy hayotimizni yangi ma’no-mazmun bilan boyitadigan, milliy qadriyatlarimizni tiklashga yordam beradigan bunday ezgu ishlarimiz o‘zligimizni anglash, o‘tmishimizdan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadi va buyuk maqsadlarga erishishimizda mustahkam poydevor bo‘ladi, albatta.
O‘tgan yilimiz “Homiylar va shifokorlar yili", deb nomlangandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad homiylik harakati, homiylarning mavqei va maqomini kuchaytirish, bu masalaning huquqiy bazasini yaratish, bunday beg‘araz va olijanob intilishlar jamiyatimizda munosib o‘rin olishi uchun jamoatchilik fikrini shakllantirish edi. Shukrki, o‘tgan yilda ko‘zlagan barcha ezgu maqsadlarga erishdik. Aholining ko‘mak va madadga muhtoj qatlamiga “Homiylar va shifokorlar yili" davlat dasturi doirasida 280 milliard so‘mlik amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, ko‘p farzandli, yordamga muhtoj oilalarga 10 milliard so‘mlikdan ziyod qoramol olib berildi. Qani ayting-chi, qaysi davlat o‘z fuqarolariga shunday yordam qilayapti? “Homiylar va shifokorlar yili"da kam ta’minlangan oilalarning farzandi bo‘lmish 725 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 16 milliard so‘mlikdan ziyod kiyim-bosh sovg‘a qilindi. Shuningdek, 161 ta bolalar sporti majmuasi foydalanishga topshirildi, ularning 18 tasi yangidan barpo etilgan bo‘lsa, 143 tasi rekonstruksiya qilindi. Eng asosiysi, $$O‘zbekiston$$ning bu boradagi tajribasi butun dunyoda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bunga $$YUNISEF$$ning $$Markaziy va Sharqiy Yevropa$$, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori ^^Mariya Klavis^^ning fikrlarini misol qilib keltirish mumkin. U noyabr oyida yurtimizda bo‘lganida, $$O‘zbekiston$$da bu borada o‘rgansa arziydigan tajribalar to‘planganini alohida e’tirof etdi.
$$O‘zbekiston$$ning bir yillik bosib o‘tgan yo‘li haqida gapirganda, tashqi siyosatda erishilgan muvaffaqiyatlarga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Mamlakatimiz rahbari $$Rossiya$$, $$Xitoy$$, $$Malayziya$$, kabi bir necha davlatlarga rasmiy safarda bo‘ldi. $$Yaponiya$$, $$Hindiston$$, $$Janubiy Koreya$$, $$Qozog‘iston$$ kabi mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari yurtimizga tashrif buyurdi. O‘tgan do‘stona muzokaralar natijasida har ikki tomon uchun ham manfaatli shartnomalar imzolandi. Mamlakatimiz $$Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati$$ning va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasining to‘laqonli a’zosi bo‘ldi. Bu $$O‘zbekiston$$ning nafaqat qo‘shni davlatlar, balki dunyo bilan integratsiyalashuviga keng yo‘l ochdi, yurtimiz xavfsizligini ta’minlashda muhim omil bo‘ldi. $$O‘zbekiston$$ SHHT doirasida ham o‘z mustahkam pozitsiyasiga ega. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda o‘tgan yilda amalga oshirilgan bunday ulkan bunyodkorlik ishlarini yurakdan his qiladigan har bir fuqaro hayotimizda ro‘y berayotgan yangilanishlar jarayonidan olam-olam quvonchga to‘lishi, shukronalar aytishi, shubhasiz.