Baland va serviqor tog‘lar yilning to‘rt faslida ham go‘zalligini yo‘qotmagan holda hayratimizga hayrat qo‘shib turaveradi. Qishda oppoq qorlari, bahorda ko‘m-ko‘k maysalari, yozda salqin havosi, kuzda esa vazmin hamda so‘lim tabiati bilan mangulik qo‘shig‘ini kuylaydi. Yozning jaziramasida ko‘pincha shaharning ola-g‘ovuridan charchab, dam olish kunlari tog‘dan boshpana topamiz. Ikki-uch kunlik hordiq davomida kayfiyatimiz ko‘tarilib, ruhimiz tetiklashadi.
— Yurtimizning go‘zal tog‘lari nafaqat dam olish maskanlari, balki ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egaligi bilan ham xarakterlidir, — deydi biz bilan suhbatda $$Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti$$ professori, geografiya fanlari doktori [Turob Jumayev]. — Ularning umumiy maydoni 96 ming kvadrat kilometrga teng bo‘lib, mamlakat hududining 21,3 foizini egallaydi va dengiz sathidan 4500 metrgacha balandlikka ko‘tariladi ($$G‘arbiy Tyan-Shan$$ va $$Pomir-Oloy tizmalari$$). Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 15 foizi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishining 10 foizga yaqini, rekreatsiya (dam olish) resurslarining katta qismi tog‘lar hissasiga to‘g‘ri keladi.