🔍

Article

EZGULIK VA HAQIQAT CHAROGʻBONI

By "Xalq so‘zi" muxbiri Maqsud JONIXONOV … • in 2006

Filologiya fanlari doktori [Ibrohim Haqqul] bilan mumtoz adabiyotimiz, xususan hazrat [Navoiy]ning boy ma’naviy merosini o‘rganish, uning bugungi kundagi ahamiyati xususida suhbatlashish uchun uylarida bo‘ldik. Domla mumtoz adabiyotimiz namoyandalari haqida puxta bilimga, dunyoqarashga ega, ammo baribir u kishining izlanishlarida hazrat [Navoiy] ijodiga ehtirom bo‘lakcha.

— Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ulug‘ bobokalonimiz shaxsiyati va ijodiga munosabat tubdan o‘zgardi, — deya so‘zini boshladi suhbatdoshimiz. Hazratning boy adabiy merosiga to‘laqonli va haqqoniy yondashish imkoniga ega bo‘ldik. Ul zotning ijodini yanada chuqurroq o‘rganish bo‘yicha qator tadqiqotlar qilinyapti, ilmiy izlanishlar ko‘lami yanada kengaydi. Allomaning mukammal asarlar to‘plami ilgari ham nashr etilgan, biroq davr nuqtayi-nazaridan hazrat asarlaridagi butun-butun boblar tushirib qoldirilgan. Mustaqillik yillarida [Navoiy]ning yigirma jildlik mukammal asarlar to‘plami o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. Har yili navoiyshunos olimlar tomonidan yangi-yangi ilmiy maqolalar, risolalar yaratilmoqda. Quvonarlisi shundaki, safimizga yosh adabiyotshunos olimlar, fan nomzodlari va doktorlari kelib qo‘shilmoqda. Misol o‘rnida [Nodir Ramazanov], ^^Nasiba Bozorova^^, [Ergash Ochilov] singari umidli navoiyshunoslarni sanab o‘tish mumkin. Demak, [Navoiy]ni o‘rganish, uni chuqurroq anglash borasidagi izlanishlar to‘xtab qolgani yo‘q. — Ulug‘ bobokalonimiz ijodining qaysi qirralarini yanada teranroq o‘rganish, chuqurroq tadqiq etish lozim, deb o‘ylaysiz? — [Navoiy] ijodiyotini bepoyon ummonga qiyoslash mumkin. Ummon tubida hali behisob javohirlar yotibdi. Uning asarlari yuzasidan yuzlab ilmiy ishlar qilingan bo‘lsa-da, [Navoiy] olamini to‘la-to‘kis zabt etolganimiz yo‘q. Uning merosini o‘rganish asnosida har doim biror bir yangilikni kashf etish mumkin. Birgina [Navoiy] badiiyatini olaylik. Uning har bir bayti, misrasini tadqiq etishning o‘zi juda katta izlanishlarni talab etadi. Mana, uning mashhur bir bayti: Yuzida terni ko‘rib o‘lsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuvu, gul bargidin kafan qilg‘il. Bir qaraganda, tushunarli va ravon misralar. Ammo, hazrat bu bayt orqali nima demoqchilar? Bu haqda qator taxmin va talqinlar bayon etildi. Lekin, yagona to‘xtamga kelingani yo‘q. Navoiyning so‘z tanlash va qo‘llash mahorati, [Navoiy] she’riyatidagi falsafa, [Navoiy]ning diniy-ma’rifiy qarashlari, [Navoiy] va jahon adabiyoti... bu yo‘nalishlar bo‘yicha hali qanchadan-qancha yangi ufqlarni ochish mumkin. [Alisher Navoiy] hazratlari o‘zigacha va undan keyingi davr o‘zbek she’riyati, hatto barcha turkiy xalqlar adabiyotida asosiy o‘rinni egallaydi desak, yanglishmaymiz. Binobarin, yuz yillar o‘tganidan keyin ham mutafakkir ijodidan yangilik izlab topish qiyin kechmaydi. — Hazratning hozirga qadar topilmagan yoki bizgacha yetib kelmagan asarlari ham bormi? — Hazrat [Navoiy] umrining oxirlarida yozgan «Muhokamatul-lug‘atayn» va «Mezonul avzon»da o‘zining barcha asarlari mundarijasini berib o‘tadi. Ularning bari [Navoiy]ning mukammal asarlar to‘plamiga kiritilgan. Biroq, bu [Navoiy]ning hamma asarlari bizning qo‘limizda, degan xulosani bermaydi. Ma’lumki, [Navoiy]ning hayotlik chog‘ida va undan keyin ham ko‘p asarlari, devonlari qayta-qayta ko‘chirilgan. Ularning turli nusxalari dunyoning turli hududlarida saqlanib kelayotir. Bundan bir necha yil ilgari [Hamid Sulaymonov] va ^^Fozila Sulaymonova^^ tomonidan [Navoiy]ning bir qancha yangi gazali topilgan va chop etilgan edi. Yana topilib qolsa, ajab emas. — [Alisher Navoiy] merosiga xorijda ham katta qiziqish bilan qarab kelinmoqda... — Darhaqiqat, allomaning asarlari hozirga qadar dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. O‘nlab xorijlik olimlar uning asarlarini tadqiq va tahlil etishgan. Turkiya, Eron, Ozarboyjon, Tojikiston kabi mamlakatlarda uning asarlari takror va takror nashr qilingan. Xususan, Eron va Tojikistonda [Navoiy]ning fors tilidagi asarlari, xususan “Devoni Foniy”si atroflicha o‘rganilgan, o‘rganilmoqda. Bu borada Tehronda, Dushanbeda xalqaro miqyosdagi anjumanlar o‘tkazilgan. Ushbu mamlakatlar adabiyotshunoslarining fikricha, [Navoiy]ning forsiy g‘azallari fors-tojik adabiyotining eng yetuk namunalari qatorida turadi. Biroq, [Navoiy] turkiy adabiyotning zabardast vakili sifatida ma’lum va mashhur. Shu bois, Turkiyada ham uning merosiga qiziqish katta. So‘nggi yillarda, «Mezonul-avzon», «Lisonut-tayr», «[Farhod] va ^^Shirin^^» kabi asarlari usmonli turk tilida bosilib chiqdi. Ozarboyjonda [Navoiy]ni sevishadi, ardoqlashadi. Uning ijodi ^^Jannat Nagiyeva^^ hamda u singari taniqli adabiyotshunoslar tomonidan chuqur o‘rganib kelinyapti. 2001-yilda olimaning «[Navoiy] Ozarboyjonda» nomli salmoqli kitobi chop etildi. O‘tgan yili «Lisonut-tayr» dostoni ingliz tiliga tarjima qilindi. — Buyuk bobokalonimiz asarlarining bugungi kundagi ahamiyati, yosh avlod kamolotidagi o‘rni xususida ham to‘xtalsangiz.

— Ulug‘ bobomizning asarlari hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, yo‘qotmaydi ham. [Navoiy]ning o‘tkir nigohi faqat o‘z davrini emas, balki butun abadiyatni ko‘ra olgan. Bugungi kunda global ahamiyat kasb etayotgan muammolarni oling; ekologik tanglikmi, terrorizmmi, diniy aqidaparastlikmi... Hammasiga [Navoiy]dan javob olsa bo‘ladi. Yosh avlod tarbiyasida ham [Navoiy] qarashlari jiddiy o‘rin tutadi. Hozir ayrim yoshlarimiz orasidagi jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, axloqsizlik singari illatlarning urchib borayotgani ham [Navoiy]ga yaqinlashishimizni taqozo etadi. Bunday muammolardan xalos bo‘lish uchun [Navoiy] ijodini yosh avlod ongiga bolalikdan quyib borish kerak. [Navoiy] asarlarini esa, majburan singdirib bo‘lmaydi. [Navoiy]ni tushunish, tushuntirish uchun uni sevish, sevdirish lozim. [Navoiy]ning nafaqat ijodi, balki hayoti ham yosh avlod uchun ibrat bo‘la oladi. Uning bunyodkorligi, xalqsevarligi, haqparvarligi barchamizga saboq bo‘lishi lozim. [Navoiy] ijodi esa, barchamizni ogohlikka, ezgulikka, kamtarlikka undaydi.

Mana bu purhikmat satrlarga e’tibor bering: Bahrdin qatraga ta’zim ila tahsin ko‘rdim, Mehrdin zarraga e’zoz ila ehson topdim, Ya’ni, dengizning bir tomchiga ta’zim ila tahsin qilganini ko‘rdim, quyoshning zarraga e’zoz va ehson ko‘rsatganiga guvoh bo‘ldim, deganlar. Shu baytning o‘zi hazratning bashariyatni kamtarinlikka, adolat va insofga da’vat etganini ko‘rsatadi. Biz haqli ravishda [Navoiy]ni milliy ong va shuurimizning ulug‘ charog‘boni va ilhomchisi deya olamiz. [Navoiy] merosi xalqni ezgulik va haqiqat atrofida jipslashtirishga qodir.

Total words

772

Unique words

547

Annotated anthroponyms

42

Toponyms

0

TTR

0.709

Hapax

442

Distribution

Top frequency chart

Dataset