🔍

Article

Gʻamxoʻrlikning yuksak ifodasi

By Rixsi SALIXO‘JAYEVA, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni … • in 2006

Mamlakatimizda tibbiyotni rivojlantirish, inson salomatligini asrash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi barchamizga ma’lum. Zero, sog‘liqni saqlash tizimida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar kecha yoki bugun paydo bo‘lgani yo‘q — istiqlolga erishganimizning dastlabki kunlaridanoq mazkur soha hukumat miqyosida isloh qilina boshlandi, Bu esa, o‘z navbatida respublikamiz tibbiyotida maqtansa arzigulik o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, bu yo‘nalishdagi islohotlar hamshiralik faoliyatini bugungi davrga moslash talabini ham kun tartibiga qo‘ymoqda. Bu talab ayni vaqtda yurtimizda el-yurt salomatligi yo‘lida mehnat qilayotgan 256 mingdan ortiq hamshiraga ham bevosita daxldordir.

$$O‘zbekiston Hamshiralar assotsiatsiyasi$$ va uning viloyatlardagi filiallari tashkil etilgani ham ayni shu yangilanishlar mahsuli. Shuningdek, xorijiy davlatlardagi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik rishtalarining bog‘lanishi, turli mavzulardagi xalqaro anjumanlar, davra suhbatlarining o‘tkazilayotganligi hamshiralarimizning faoliyatiga o‘ziga xos mazmun baxsh etmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ular Angliya, $$Isroil$$, $$Amerika$$, $$Yaponiya$$ kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan chiqmoqdalar. Bunday tadbir hamda hamkorlikning zamirida kelajak avlod qayg‘usi mujassam. Tabiiyki, bu g‘amxo‘rlik ortida yillar mobaynidagi tinimsiz izlanishlar, zahmatli mehnat turibdi. Shu ma’noda, mamlakatimizda hamshiralarning faoliyatini yanada chuqurlashtirish maqsadida 2002-yilning oktyabr oyidan boshlab, davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yuritayotgan hamshiralarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv sikli tashkil etildi. $$Toshkent tibbiyot akademiyasi$$ qoshida ish yuritayotgan $$“Hamshiralar parvarish bo‘limi$$”ning bir necha yildan buyon faoliyat ko‘rsayotganligi, xuddi shunday bo‘limlarning ayrim viloyatlarda ham mavjudligi yurtdoshlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan tilga olinmoqda. Shuningdek, “Hamshiralik ishi” bo‘limining ochilishi ham ko‘ngildagi ish bo‘ldi. Ushbu bo‘limni tugatgan hamshiralar orasida bugungi kunda davolash-profilaktika muassasalarida mehnat qilayotgan, tibbiyot kollejlarida saboq berayotganlar talaygina. Shifokorlik — kasblar ichra eng mashaqqatlisidir. Mas’uliyatli mehnatimiz yuksak baholanayotgani esa bizga olam-olam quvonch baxsh etadi. Davlatimiz rahbarining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori fikrimizga yorqin misoldir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘rsatilgan bunday g‘amxo‘rlik sog‘liqni saqlash xodimlari mehnatiga yuqori baho desak, adash maymiz. Ushbu hujjatga muvofiq, tibbiyot xodimlarining mehnatiga munosib haq to‘lash, shifokorlarning shaxsiy hissasiga, ishlarning og‘ir, murakkab mehnat sharoitlarida bajarilishiga qarab haq to‘lanadi. Bu, o‘z navbatida, har bir tibbiyot xodimining o‘z ishiga nisbatan mehrini uyg‘otib, mas’uliyatini oshiradi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, avvalo, tibbiyot xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Sog‘liqni saqlash borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar esa jonkuyar shifokorlarimizga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Mehnati munosib qadrlangan kasb sohibi esa tabiiyki, o‘z ustida tinmay ishlayveradi. Bunga ishonchimiz komil!

Total words

351

Unique words

284

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

6

TTR

0.809

Hapax

243

Distribution

Top frequency chart

Dataset