Mamlakatimiz Prezidentining O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigini televideniye orqali eshitar ekanman, o‘tgan yili o‘zim shohidi bo‘lgan, eshitgan va ko‘rgan voqealarim ko‘z o‘ngimdan birma-bir o‘ta boshladi. Ayniqsa, «…Yakuniga yetib borayotgan yil biz uchun oson bo‘lmadi», degan jumla menga beixtiyor Andijon voqealari va bu voqealar atrofidagi turli bo‘hton va tuhmatlarni, hamla-yu, orqavorotdan xufyona qilingan zarbalarni yodimga soldi.
Mamlakatimiz Prezidentining respublika Bosh prokuraturasida o‘tgan brifingdagi xolisona chiqishi tufayli xalqimiz Andijon voqealarining asl mohiyatiga yetdi. Qolaversa, yovuz niyatli terrorchilarning qilmishlariga sud qonuniy baho berdi. Garchand o‘sha damlarda ham xorijlik ayrim jurnalistlar voqealarni bo‘yab-bejab talqin etsalar-da, hech kim ularga ergashmadi, yolg‘on-yashiqlariga quloq ham osmadi. Bil’aks, xalqimiz o‘z Prezidentiga nafaqat ishondi, balki u bilan yonma-yon turib yovuz niyatli dushmanlarga qarshi kurashdi. Ha, o‘z Vatanini sevgan, o‘z millatini ulug‘lagan xalq yengilmasdir. Yangi yil tabrigida yangraganidek, $$«O‘zbekiston$$ni olib borayotgan mustaqil siyosatidan qaytarish , bizni kimgadir qaram qilish harakatlari behuda, puch ekanini namoyon qildik». Ammo bir narsani yashirmasdan, ochiq-osh - kora tan olishimiz kerak. Mamlakatimizdagi ulkan o‘zgarishlar, beqiyos yuksalishlardan ko‘zi qamashib, haqiqatni tan olmaslik kasaliga duchor bo‘lgan ayrim kuchlar va g‘alamis kimsalar oldida hushyorligimizni yo‘qotganligimiz ham bor gap. Shundoq yonimizdagi voqealarga e’tiborsizlik qildik, arzimas narsalar deb qo‘l siltab qo‘yaqoldik. $$Andijon$$ fojialaridan keyin men o‘sha yurt odamlari bilan suhbatlashib, Oliy suddagi jinoiy ish tafsilotlari bilan tanishib, shu haqiqatga aniq amin bo‘ldim. G‘aflat uyqusi — o‘lim bilan barobar, deganlari rost ekan. Uyqudagi odamdan bo‘lak barcha inson o‘zi yashab turgan bahri muhitdagi kechinmalarni ko‘radi, voqealarni eshitadi va shu asosda mushohada qiladi, fikr yuritadi. Uyqudagi odamgina bunday holatdan mosuvodir. Ammo insonda yana bir holat borki, uni ham ushbu mosuvolik bilan mengzash, taqqoslash joiz bo‘lur. Bu — ko‘rgan va eshitgan voqealaringga befarqlik va bee’tiborlikdir. Aniqrog‘i, bugun, ayni chog‘da sening hayotingga daxldor bo‘lmagan mudhish voqea va xunrezliklarga ko‘ngil qo‘l siltovidir. Bu — xunrezliklar har bir lahzada sening turmushingga ham tajovuz qilishi, hayotingni barbod etishini anglamaslik va ko‘rolmaslikdir. Ochiqroq aytganda, bu tafakkur tanballigi, ko‘ngil so‘qirligidir. Dunyodagi barcha nomaqbul va nojoiz illatlar ana shunday g‘aflatdan paydo bo‘ladi, ildiz otadi, gullaydi va pirovardida o‘zining achchiq mevasini beradi. Bu, ehtimol, bizga ayon bo‘lmagandir, ammo mamlakatimiz Prezidenti [Islom Karimov] mustaqillikning dastlabki yillaridayoq buni to‘la anglab yetgandi va shunday ta’kidlagandi: «Sh uning uchun ham. «Ogoh bo‘ling, odamlar!» — degan da’vat hamisha bong urgandek yangrab turishi kerak. Faxrlanish mumkin va lozim bo‘lgan bebaho qadriyatlar — o‘z mustaqilligimizni, tinchligimizni, jamiyatda millatlar va fuqarolar o‘rtasidagi totuvlikni asrang. O‘z erkimizni qanday tasarruf etish, uni bugungi murakkab va ba’zan shafqatsiz dunyodagi haddan ziyod xavf-xatarlardan saqlash har birimizga bog‘liqdir». Darhaqiqat, istiqlol — bebaho ne’mat, tinchlik esa bizning azaliy qadriyatlarimiz silsilasining bir bo‘g‘inidir. Ana shu tinchlik yo‘lidagi ogohlik, har qanday xavf -xatarga nisbatan hushyorlik ertangi osuda hayotimizning garovidir. — Ziyraklik faqat uzoq xorijdagi to‘s-to‘polonlardan xabardorlik emas, balki qo‘yayotgan har bir qadamingning to‘g‘riligini anglash, shundoq yon qo‘shningning ahvolidan ogohlik, farzandingning darsliklari to‘liqligi-yu, kundaligidagi baholarning o‘sib-tushib turishidan behalovatlilik hamdir, — deydi $$Xorazm viloyati$$ ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i, mayor [Mirzabek Abdullayev]. — Ayniqsa, bizning kasbimizda nafaqat ko‘z ogohligi, balki vujud, hatto ruh uyg‘oqligi ham zarurdir. Chunki viloyatimizning anchagina qismi Turkmaniston bilan chegaradosh. Bu esa ikki karra ogohlikni talab etadi. Shu tufayli har dushanbada o‘tadigan «Ma’rifat soatlari» bevosita ushbu mavzu bilan bog‘lanib ketadi. Xorazmga qilgan safarimda o‘z qirg‘oqlaridan toshib, pish qirib oqayotgan Amudaryo yoqasidagi 33-Chalish postida ham bo‘ldik. Urganch tumani va $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi$$ chegarasida joylashgan bu postning bir tomoni, mahalliy xalq tili bilan aytganda, «panton» ko‘prik.
Kapitan [Bahrom Xudoybergenov] va serjant-kinolog [Jasur Qalandarovlar] o‘tib-qaytayotgan yo‘lovchilarni diqqat bilan kuzatishmoqda. Jasurning qo‘lidagi it ham o‘tib-qaytayotganlarning hushyorligini oshiradi. [Mirzabek]ning ta’kidlashicha, qadami egrilar, notoza niyatlilar shu yerning o‘zida ushlanib ichki ishlar bo‘limlariga yuboriladi. Biz viloyat ichki ishlar boshqarmasiga borgan kuni «Ma’rifat darsi» boshlanayotgan ekan. Unga $$Urganch Davlat universiteti$$ professori [Abdulla Sotliqov]ni taklif etishibdi. Domla jahon xalqlari tarixi haqida gapira turib dedilarki, dunyoda xalqlar ko‘p, ochi ham, to‘qi ham bor. Ammo $$O‘zbekiston$$ Olloh nazar solgan yurt, o‘zbekistonliklar esa avlod-ajdodi ma’rifatli, mehnatkash xalq. Yer-suv imkoniyatlari bisyor, tarixiy yodgorliklari mo‘l, yer osti va yer usti boyliklari behisob, o‘zining allomalari bilan dunyoni zabt etgan bunday mamlakat juda kam. Axir, dunyodagi uchta akademiyadan biri shu yurtda bo‘lgan. Axir [Beruniy] 20 yoshida globusni yaratgan, Xorazmiy yerning jug‘rofiy tuzilmasini kashf etgan. Savdo-sotiq, madaniy aloqalar, ilmiy uchrashuvlarning markazi bo‘lgan bu yurt. Dunyoning to‘rt tarafidan xalqlar oqib kelgan bu zaminga. Ayni paytda ham $$O‘zbekiston$$da 100 dan ortiq millat va elat yashaydi. Bizning dushmanlarimiz esa ajdodlari shunday ma’rifatli yurtning boshiga $$Ukraina$$, $$Gruziya$$, $$Qirg‘iziston$$ning ko‘rguliklarini solmoqchi. Ular chuchvarani xom sanabdilar. O‘zligini bilgan xalq, istiqlolini o‘zi yaratgan elimiz hech kimga qaram bo‘lmaydi. Uyg‘oq odamlarninggina kelajagi ulug‘dir! Yuksak maqsadlar insonni ulug‘ ishlar sari ilhomlantiradi. Bugun yurtimizda demokratik davlat, erkin va farovon hayot qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan katta-katta o‘zgarishlar ana shu ezgu niyat va tilaklarimizning hosilasidir. Yangi yil tabrigida aytilganidek, bu ezgu intilishlarimizning asosiy shart va garovi «avvalambor o‘z yurtimiz va xonadonlarimizda tinchlik va barqarorlikni asrash, xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq ekanini, doimo hushyor va ogoh bo‘lishimiz zarurligini yon-atrofimizdagi, dunyodagi murakkab vaziyat yaqqol ko‘rsatib turibdi». Ha, tinchlikdan ulug‘ ne’mat, ziyraklikdan-da ulug‘ saodat, saxovatlilikdan-da buyuk davlat yo‘q!