🔍

Article

OILАVIY BRIGАDАLАR OLDINDА

By TASS • in 1978

$$Mang‘ishloq oblasti$$dagi $$«Oktyabr 50 yilligi» sovxozi$$da yoshlarning cho‘pon bo‘lib ishlashga ahd qilganliklariga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish yosh qo‘ychivonlarga mehnat pasportini topshirish bilan boshlandi. Bosh cho‘pon [Muqit Qizilgulov] zaldagilarning karsaklari ostida o‘z o‘g‘liga cho‘pon tayog‘ini topshirdi. Shu tariqa yana bir oilaviy brigada vujudga keldi.
Aka-uka [Bekqalievlar] sovxozda ana shunday brigadalarni tashkil etishni boshlab bergan edilar. Ular o‘n ikki yildan buyon otarlarni boqib, eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishmoqdalar: har yuz bosh sovliqdan 140-150 tadan qo‘zi olmoqdalar. Cho‘ponlar mexanizatorlarning yordami bilan sug‘orma maydonlarga beda ekadilar, yetarli miqdorda yemxashak tayyorlaydilar. Ular xashak maydalaydigan qurilma o‘rnatdilar, ikkita qo‘ton qurdilar va eski imoratlarni remont qilmoqdalar.
Hozirgi vaqtda xo‘jalikda 20 dan ko‘proq oilaviy brigada bor. Bunday brigadalarning tashkil etilishi sovxozga yoshlarning qo‘ychilikda muqim ishlab qolishi problemasini hal qilishga yordam berdi. So‘nggi ikki yil ichidagina o‘rta maktablarni bitirib chiquvchilardan ikki yuzdan ko‘proq kishi chupon bo‘lib ishlamoqda.
$$LITVА: QISHLOQ QURUVCHILАRI MUVАFFАQIYATI$$
$$«Verusava» sovxozi$$da yirik cho‘chqachilik kompleksi foydalanish uchun topshirildi. Bu $$«Litmejkolxozstroy» birlashmasi$$ning yubiley yilida ishga tushiriladigan so‘nggi obyekti. Qishloq yil quruvchilari yillik planni respublikadagi qurilish tashkilotlari o‘rtasida birinchi bo‘lib bajardilar.
Birlashma kollektivlari «Yubiley yilini zarbdorlarcha yakunlaymiz» ostida musobaqalashib, o‘z majburiyatlarini sharaf bilan ado etdilar. Sanoat bazasining mustahkamlanishi bunga yordam berdi: Yurbark binokorlik materiallari kombinati, Telshayay va Panevezhis shaharlarida yengil yig‘ma temirbeton konstruktsiyalar ishlab chiqaradigan yangi korxonalar to‘la quvvat bilan ishlay boshladi.
YANGI YIL BАLI UCHUN
$$Baland Pomir tog‘i$$dagi $$«Аndarob» qishlog‘i$$da yangi klub qurib bitkazildi. Dushanbadagi $$«Аrmug‘on» fabrikasi$$ning kollektivi yangi yil bayrami arafasida ana shu klubga havaskorlik orkestri uchun milliy cholg‘u asboblari komplektini sovg‘a qildi. Fabrikada ishlayotgan musiqa asboblari ustalari orasida pomirliklar kam emas. Ular tog‘liklar musiqani yaxshi biladilar. Shu boisdan ham ular uchun ajoyib cholg‘u asboblarini yasadilar. Hozirgi vaqtda Pomirda 180 ta madaniy-oqartuv muassasasi bor. $$«Аrmug‘on» fabrikasi$$ning kollektivi respublikaning barcha oblastlaridagi madaniy qurilish planlarini bilan kuzatib turadi.

Total words

286

Unique words

234

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

9

TTR

0.818

Hapax

197

Distribution

Top frequency chart

Dataset