🔍

Article

MOLIYAVIY RESURSLAR BOZORI Bu boradagi imkoniyatlardan samarali foydalanilayaptimi?

By Abdurashid ALTIYEV, O‘zbekiston Respublikasi Oliy … • in 2006

Albatta, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda, iste’mol bozorini sifatli tovarlar hamda xizmatlar bilan to‘ldirishda, eng muhimi, aholining ish bilan bandligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Qolaversa, mamlakatimizdagi mavjud demografik vaziyat, mehnatga layoqatli aholi sonining sezilarli darajada ortib borishi-ham ushbu sohani keng rivojlantirishni talab etadi. Bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ham kichik firmalarning soni ularda mavjud bo‘lgan jami korxonalarning 70-90 foizini tashkil etmoqda. Aholining asosiy qismi ham kichik korxona va firmalarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Masalan, $$Germaniya$$ tajribasini olaylik. Bu mamlakatning qisqa vaqt mobaynida Yevropa iqtisodiyotining ustunlaridan biriga aylanishida ham kichik biznesni rivojlantirish hal qiluvchi rol o‘ynagan. Bu borada olib borilgan oqilona siyosat tufayli keyingi yillarda mazkur sohaning $$Germaniya$$ iqtisodiyotidagi ulushi 65 foizgacha ko‘tarildi. Yaponiya aholisining esa 71,7 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shubhasiz, bu sohaga moliyaviy ko‘mak berish va ana shu yordamni zamonaviy rivojlangan bank tizimi, ishlab chiqarish korxonalariga foiz stavkalari uncha katta bo‘lmagan kreditlar ajratish orqali amalga oshirish mumkin. Yurtboshimizning “Banklar bozor munosabatlariga yo‘l ochish bilan cheklanib qolmasdan, kichik biznes vakillariga, o‘zining amaliy biznesini ochmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga aniq yordam ko‘rsatishlari, mulkdorlar sinfining oyoqqa turishiga ko‘maklashishlari lozim”, degan fikrlari shu ma’noda banklarning xususiy tarmoqni rivojlantirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashlari muhimligini ko‘rsatmoqda. Ta’kidlash joizki, olib borilgan islohotlar jarayonida bizda zamonaviy bank-moliya tizimi to‘liq shakllantirildi. Buni hozirgi kunda respublikada barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan 12 ta aksiyadorlik tijorat, 9 ta xususiy, 5 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi, 3 ta davlat banklari hamda ularning joylardagi 800 dan ortiq filiallari bilan bir qatorda 1350 ta mini banklari, 711 ta maxsus kassalari va Xalq bankining 2,5 mingdan ortiq shoxobchalari faoliyati misolida ham ko‘rishimiz mumkin. O‘tgan davr mobaynida tijorat banklari tomonidan kichik biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish, ularga ko‘rsatiladigan bank xizmatlarini har tomonlama kengaytirish va sifatini yaxshilash, shuningdek, ajratilayotgan kreditlar hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar soha rivojlanishida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Bunday natijalarga erishish uchun tijorat banklarida tadbirkorlik subyektlari uchun kichik hajmli kredit ajratish, kafolatsiz va garovsiz kredit ajratish, kreditlarni turli yo‘nalishdagi korxonalarga ajratish, yangi tarmoq va yangi korxonalarni tashkil etish uchun kreditlar ajratish, kreditlarni imtiyozli, past foizlarda va uzoq muddatlarga yo‘naltirilgan holda ajratishning yagona prinsiplari yaratildi.

Rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tayotgan tadbirkorlik subyektlari xorijdan yangi texnologiyalar olib kelib, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan investitsiyaviy loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlashda $$Osiyo taraqqiyot banki$$, Islom taraqqiyot banki kabi ko‘plab xorijiy yirik bank va xalqaro moliya institutlarining ham kredit liniyalari jalb etilgan. O'rta va uzoq muddatga xorijiy kredit liniyalari hisobidan kreditlar eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlash, mashinasozlik, elektron sanoati uchun detallar, uzellar hamda kundalik ehtiyojga iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutadigan investitsiyaviy loyihalarni moliyalash maqsadlarida berilmoqda. Bu amaliy harakatlarning samarasini esa, xususiy sektorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi muntazam oshib borayotganida ko‘rishimiz mumkin. Xususan, 2000-yilda tadbirkorlik subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib bu boradagi ko‘rsatkich 36 foizdan ortiqni tashkil etmoqda. Xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasiga tayanib tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kreditlashda tijorat banklari bilan bir qatorda mamlakatda nobank moliya institutlarini tashkil qilish masalalariga ham alohida e’tibor berildi. Natijada bank xizmatlari bozori rivojlanishiga zamin yaratishga ishonch hosil qilinib, mamlakatimizda dastlab kredit uyushmalarini tashkil qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirila boshlandi. Bu yo‘nalishda birinchi qadam 2002-yil 4-aprelda $$Oliy Majlis$$ tomonidan "Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi $$O‘zbekiston Respublikasi Qonuni$$ qabul qilinishi bilan qo‘yildi. Qonun asosida yangi nobank moliya muassasalari — kredit uyushmalari faoliyatini shakllantirish uchun qonuniy negizga asos solindi va mamlakatda kredit uyushmalari faoliyatining huquqiy asosini takomillashtirish, ular faoliyatini rivojlantirish hamda litsenziyalash bo‘yicha me’yoriy-huquqiy baza to‘liq yaratildi.

Bugungi kungacha respublikamizning barcha viloyat va tumanlarida 23 ta kredit uyushmasi tashkil etilgan bo‘lib, ular barqaror faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, $$Toshkent shahri$$da “Baraka”, “Kapital-Yunion”, "Finansplyus”, “Osiyo-Trans”, “Universitet”, “Imkon”, $$Samarqand viloyati$$da “Sherdor”, "Xazina”, $$Buxoro viloyati$$da “Umid”, $$“Buxoro tadbirkori$$”, “Avitsenna", $$Jizzax viloyati$$da “Ishonch”, “In’om”, $$Andijon viloyati$$da "Madadkor”, “Asr”, $$Namangan viloyati$$da “Tayanch", “Marvel”, Farg‘ona viloyatida “Oltin vodiy”, “Nurafshon", $$Navoiy viloyati$$da “Lastochka", $$Surxondaryo viloyati$$da “Farovon", $$Sirdaryo viloyati$$da “Omad” va $$Qashqadaryo viloyati$$dagi “Kesh” kredit uyushmalari shular jumlasidandir. Respublikada nobank moliya tizimini rivojlantirish orqali kredit bozorini kengaytirishdagi dastlabki qadam tijorat banklari va kredit uyushmalari tizimini tashkil etishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, keyingi amalga oshirilgan ishlar lombardlar faoliyatini tashkil qilishdan iborat bo‘ldi. Hozirda lombardlar faoliyati o‘zining rivojlanish pallasida bo‘lib, ular tomonidan respublikamizda qimmatbaho buyumlar garovi asosida kreditlar ajratish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda 6 ta lombard tashkilotlariga Markaziy bank tomonidan litsenziya berilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirda mamlakatimizda mikrokreditlash asosan tijorat banklari, kredit uyushmalari va lombardlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Aholining “kichik hajmdagi" kredit mablag‘lari va moliyaviy xizmatlarga talabining yuqoriligi sabab, kredit beruvchi tashkilotlarning turlarini ko‘paytirish uchun “Mikrokredit va mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida"gi $$O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi$$ ishlab chiqilib, $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ga kiritildi. Qonun loyihasida ko‘zda tutilgan talablarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda mamlakat aholisining keng ko‘lamda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ishtirokini rag‘batlantirish uchun mikrokreditlar milliy valyutada naqd pul mablag‘larida berilishi mumkin. Shu bilan birgalikda, qarz oluvchiga pul mablag‘larini tadbirkorlik faoliyatiga ishlatilish maqsadlari mikrokredit beruvchi tashkilotlar tomonidan oldindan belgilab qo‘yilmasdan, qarz oluvchining o‘zi mustaqil hal etishi belgilanishi nazarda tutilgan. Aynan mazkur Qonunning qabul qilinishi kelgusida bu tizimni to‘liq shakllantirish orqali mamlakat kredit bozorini yanada kengaytirishda tijorat banklari, kredit uyushmalari va lombardlar bilan bir qatorda yana bir muqobil tizim — mikrokreditlash tashkilotlarini tashkil etishni rag‘batlantirishning huquqiy asosini yaratadi. Bu bilan esa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining moliyaviy muassasalarni o‘zlari tashkil qilishlari va boshqarishlariga tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi.

Biroq, ta’kidlab o‘tish joizki, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda faqat tijorat banklari kreditlari, kredit uyushmalari, lombardlar va mikrokreditlash tashkilotlarini tashkil qilish bilan mavjud muammolar to‘liq hal qilindi, deb bo‘lmaydi. Chunki moliyaviy resurslar bozori kompleks infratuzilma shakllantirilgandagina to‘liq o‘z samarasini berishi mumkinligi bizga yaxshi ma’lum. Xorijiy davlatlarda kichik biznes korxonalari umuman ishlab chiqarish faoliyatlarini sug‘urtalash iqtisodiy rivojlanishning asosiy omiliga aylanib bo‘lgan. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish subyektlari faoliyatining barqarorligini oshirib, ularning hamkorlari oldidagi ishonchi oshishiga xizmat qilmoqda. To‘g‘ri, yurtimizda sug‘urtalash faoliyatining huquqiy tartibga soluvchi hujjat sifatida xalqaro normalarga to‘liq javob bera oladigan $$O‘zbekiston Respublikasi$$ning “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilingan. Lekin mukammal qonunchilik bazasi yaratilgani bilan tavakkalchilikni sug‘urtalovchi sug‘urta bozori rivojlanmaganligi sababli ham tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini sug‘urtalash kabi xizmatlardan foydalanishni hali kundalik ish faoliyatlariga aylantira olmayaptilar. Buning oqibatida, birinchidan, korxonalarning bundan keyingi faoliyati shubha ostida qolayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlarning tavakkalchilik darajasi oshmoqda.

Respublikamizda moliyaviy resurslar bozorini rivojlantirishning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozori, fond birjalari faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirishni o‘zida to‘liq aks ettirgan qonunchilik bazasi ham to‘liq yaratilgan. Xususan, “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida"gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi $$O‘zbekiston Respublikasi$$ qonunlarini keltirib o‘tish mumkin.

Aytish joizki, taraqqiy etgan davlatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi ularda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarining to‘laroq qondirilishida qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Negadir respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan ba’zi korxonalar moliyaviy resurs taqchilligi yuzaga kelishi bilan qo‘shimcha aksiya va obligatsiya chiqarish hisobiga moliyaviy resurslar jalb qilish o‘rniga faqatgina banklarning kredit mablag‘laridan foydalanishga harakat qiladilar. Biroq bunday korxonalarning moliyaviy holatining barqaror emasligi, kredit ta’minotining yetishmasligi, pul oqimlarining yomonligi moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirishda muammo bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar bozorida ular aksiyalariga talabning yo‘qligi va nolikvidligi sababli sotilmasdan qolmoqda. Shu bois korxonalarda moliyaviy resurslarning birinchi manbai sifatida qo‘shimcha qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotish emas, balki bank kreditlarini moliyaviy manba sifatida jalb etishga harakat qilish kunlik amaliyotga aylanib qolmoqda. Banklarning kredit resurslari bunday korxonalar uchun faoliyatlarini kengaytirishda uchinchi va to‘rtinchi darajali resurs manbasi bo‘lib xizmat qilish o‘rniga birinchi manba sifatida xizmat qilmoqda. Buning oqibatida ayrim korxonalar hali hanuz eskicha boqimandalik kayfiyatiga barham berolmay kelmoqda.

Total words

1,244

Unique words

729

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

20

TTR

0.586

Hapax

536

Distribution

Top frequency chart

Dataset