🔍

Article

Uchastkada ish qizgʻin

By Ziyoda ASHUROVA • in 2005

$$Markaziy saylov komissiyasi$$ning $$"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi$$ deputatlari saylovi bo‘yicha ayrim okruglarda takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, ayni paytda belgilangan okruglarda takroriy ovoz berish jarayonini o‘tkazish yuzasidan tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Aytish mumkinki, takroriy ovoz berish tadbirida ham xuddi avvalgilaridek, teng, ochiq va oshkora tarzda o‘tilishiga e’tibor qaratiladi.

Poytaxtimizdagi 8-Xadra saylov okrugiga qarashli 481-uchastka saylov komissiyasida bo‘lganimizda, bu yerda yaratilgan sharoitdan, ochig‘i, ko‘nglimiz to‘ldi. Tushlik bo‘lishiga qaramay, navbatchilar guruhi faollik bilan ishlamoqda. Hali hujjatlarni yangilash, ovoz beruvchilarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ishqilib, saylov bilan shug‘ullanayotgan a’zolarning qo‘li qo‘liga tegmaydi.

— Ko‘rib, guvohi bo‘lganingizdek, takroriy ovoz berish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rdik, - deydi uchastka saylov komissiyasi raisi [Hamdam Ganjayev]. — Hujjatlarni yangiladik, saylovchilar ro‘yxatini qaytadan tuzdik. Chunki 9-yanvargacha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar ham takroriy ovoz berish huquqiga ega bo‘ladilar. Saylovchilarni takroriy ovoz berish tadbiridan ogoh qilish, ilk marotaba ovoz berishda qatnashayotgan yoshlarga tushuntirish ishlarini olib borishga ham alohida e’tibor qaratyapmiz.

Total words

150

Unique words

122

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

2

TTR

0.813

Hapax

112

Distribution

Top frequency chart

Dataset