2001-yilda $$Termiz shahri$$ning 2500-yillik to‘yi katta tantanalar bilan nishonlandi. $$Yubiley$$ga tashrif buyurgan mehmonlar $$Termiz$$ mutlaqo yangi qiyofa kasb etganini, ko‘hna shahar yana ham navqiron, ko‘rkam bo‘lib ketganini ta’kidlashdi. Ular yangi qurilgan binolardagi ganchkorlik ishlari, sharqona bezaklardan hayratga tushganliklarini ham yashirishmadi.
$$Samarqand$$dagi viloyatlararo $$«Usto» birlashmasi$$ni nafaqat mamlakatimizda, chet ellarda ham yaxshi bilishadi. Birlashma ustalari $$Parij$$, $$London$$, $$Moskva$$, $$Sankt-Peterburg$$ kabi shaharlardagi binolarga, metro bekatlariga bergan sharqona bezaklari bilan xorijliklarni ham lol qoldirishgan.
Ta’kidlash lozimki, «Usto» ustalari $$Termiz yubileyi$$ga tayyorgarlik ishlarida ham faol ishtirok etdilar. Imzolangan o‘zaro shartnomalarga asosan ular shahardagi $$«Amfiteatr» binosi$$da va viloyat hokimligi mehmonxonasi qurilishida ganchkorlik ishlarini amalga oshirishdi. Birlashma ustalari o‘z muddatida buyurtmachilar — $$Termiz shahar$$ hokimligi kapital qurilish boshqarmasining 13889567 so‘mlik, $$Surxondaryo viloyati$$ hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasining 10237600 so‘mlik ishlarini oxiriga yetkazishdi. Hatto, belgilangan ishlar to‘la, o‘z vaqtida amalga oshirilgani to‘g‘risida bajarilgan ishlarni topshirish- qabul qilish dalolatnomalari tuzildi.
$$Termiz shahar$$ hokimligi kapital qurilish boshqarmasi «Usto»ga 6830522 so‘mlik qurilish materiallari berib, qarzining bir qismini to‘ladi. Shundan so‘ng shahar hokimligi 7062045 so‘m, viloyat hokimligi- ning «Yagona buyurtmachi xizmati» esa 10237600 so‘m qarzdor bo‘lib qoldi.
Qarz yomon narsa. Iloji bo‘lsa, uni tezroq to‘lab qutulgan ma’qul. Bo‘lmasa, boshing baloga qoladi, sudma-sud yuraverib charchay- san. Lekin surxondaryolik buyurtmachilar suddan ham qo‘rqishmas ekan. Shuning uchun ular qarzini to‘lashga mutlaqo shoshilishmadi.
Oradan oylar o‘tdi. Bir-birin quvlab yillar ketdi. Lekin qarzlarini to‘lash haqida buyurtmachilar o‘ylab ham ko‘rishmadi. «Usto» ustalari «Sabr tagi oltin» maqoliga amal qilib kutishdi. Ammo kutishdan hech bir natija chiqmadi. Shundan so‘ng $$Surxondaryo$$ga maktublar jo‘natildi. Birlashma rahbarlari bir necha marta viloyat va Termiz shahri hokimiyatlariga qarzlarini so‘rab yozma murojaat qilishdi. Lekin pul o‘rniga turli xil izoh bitilgan javoblar oldi, xolos.
Sabr-toqatning ham chegarasi bor. U bir kuni tugab qahrga aylanishi mumkin. Birlashma ustalari oz emas, ko‘p emas, uch yil kutishdi. Nihoyat, 2004-yilning boshida ular sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldilar. Utgan yil 24-fevral kuni $$Surxondaryo$$ viloyati xo‘jalik sudi ushbu ishni ko‘rib chiqdi va da’vogarning da’vosini qanoatlantirish to‘g‘risida qaror chiqardi. Ushbu qarorda $$Termiz shahar$$ kapital qurilish boshqarmasidan 7062045 so‘m, Surxondaryo viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injirining kompaniyasidan 10237600 so‘m «Usto» foydasiga undirish aytilgan. Oradan bir oy muddat o‘tgach, hal qiluv qarori kuchga kirdi va ijro varaqasi ham berildi. Lekin sud qarorini bajarish hamon orqaga surib kelinmoqda. To‘g‘ri, sud qaroridan so‘ng «Yagona buyurtmachi xizmati» qarzning bir qismini to‘ladi. Bugunga kelib uning qarzi 8207896 so‘mni tashkil etmoqda.
$$«Usto» viloyatlararo birlashmasi ijodiy tashkilot$$ hisoblanadi. Bitta ustani tarbiyalash, voyaga yetkazish uchun yillar kerak bo‘ladi. Afsuski, undirilmagan qarzlar tufayli bugun birlashma tang ahvolga tushib qolgan. Bir necha oydan buyon ustalar maoshlarini olisholmayapti. Natijada ko‘plari o‘z ish joylarini tashlab ketishayapti.
— O‘z halol mehnating haqini olish uchun yillab chopish odamga alam qilar ekan, - deydi birlashma rahbari [Jo‘raqul Inoyatov]. — Ustalarimizni dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida yaxshi tanishadi, ularning san’at asari darajasida bajargan ishlarini qadrlashadi. Surxondaryoda esa…
«Usto» va $$Termiz shahar$$ hokimligi hamda «Yagona buyurtmachi xizmati» kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomada bajarilgan ish uchun haq to‘lashning har bir kechikkan kuniga ma’lum miqdorda penya qo‘shilishi belgilangan. Agar sud shuni ham hisobga olganda buyurtmachilarning qarzi 15 million emas, 20 million so‘mdan ham oshib ketardi. Bundan tashqari, sud jarayonida o‘tgan to‘rt yilda pulning qadrsizlanishi ham hisobga olinmadi. Ustalar sudning qaroridan norozi emas. Ular bajargan ishlarining haqini to‘lashlarini istashayapti. Buyurtmachilar esa bahona izlashdan charchashmayapti. Eng achinarlisi, shu unmagan qarzlar tufayli o‘z san’atlari bilan Vatanimiz, xalqimiz shuhratini xorijda ham ko‘z-ko‘z qilayotgan «Usto» viloyatlararo birlashmasi tarqalib ketishi mumkin. Afsus…